Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 18.03.2026 01:00
      • Arsenal
      • 2:0
      • Bayer
      • 18.03.2026 01:00
      • Chelsi
      • 0:3
      • PSJ
      • 18.03.2026 01:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Real Madrid
      • 18.03.2026 22:45
      • Barselona
      • 7:2
      • Nyukasl
      • 19.03.2026 01:00
      • Bavariya
      • 4:1
      • Atalanta
      • 19.03.2026 01:00
      • Liverpul
      • 4:0
      • Galatasaroy
      • 19.03.2026 01:00
      • Tottenhem
      • 3:2
      • Atletiko
  • Superliga
      • 18.03.2026 19:15
      • Qo‘qon-1912
      • 2:1
      • Navbahor
      • 18.03.2026 19:15
      • Xorazm
      • 1:2
      • Bunyodkor
      • 18.03.2026 20:00
      • Qizilqum
      • 0:1
      • OKMK
      • 19.03.2026 16:00
      • Andijon
      • -:-
      • Mash’al
      • 19.03.2026 18:15
      • Buxoro
      • -:-
      • Dinamo
      • 20.03.2026 16:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 20.03.2026 17:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Surxon
      • 20.03.2026 18:15
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Paxtakor
  • «A» Seriya
      • 20.03.2026 22:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Napoli
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 3 9
2 Lokomotiv 3 7
3 Nasaf 3 7
4 Buxoro 3 7
5 Bunyodkor 4 7
6 Navbahor 4 6
7 Paxtakor 3 6
8 Qizilqum 4 6
9 Dinamo 3 4
10 OKMK 4 4
11 Qo‘qon-1912 4 4
12 Xorazm 4 4
13 Andijon 3 3
14 Surxon 3 1
15 So‘g‘diyona 3 1
16 Mash’al 3 0

O'tgan o'yinlar.

4-тур Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
4-тур Xorazm 1-2 Bunyodkor
4-тур Qizilqum 0-1 OKMK

Navbatdagi o'yinlar.

19/03/26 Andijon - Mash’al
19/03/26 Buxoro - Dinamo
20/03/26 Neftchi - Lokomotiv
20/03/26 Nasaf - Surxon
20/03/26 So‘g‘diyona - Paxtakor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol endi ilgarigidek bo‘lmaydi(mi?)

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Futbol o‘yini tajriba maydoni emas", degan edi FIFAning sobiq boshlig‘i Yozef Blatter. U bu sport turiga har qanday yangilik kiritilishiga qarshi edi. Biroq korrupsiya janjali bilan lavozimini tark etgach, futbolga yangilik kiritishga urinuvchilar ko‘paydi, – deb yozadi "AiF" (2018 y. 30-son).

Maydonda nima gap?

2018 yilgi jahon chempionatida hakamlarga videoyordam tizimi (VAR) paydo bo‘ldi. Rekord miqdorda penaltilar soni (28 ta. 2014 yilda bu atigi 13 ta edi)ni mutaxassislar aynan ana shu yangi tizim bilan bog‘lashmoqda. Natijada futbolchilar ehtiyotroq bo‘lib o‘ynashga intilishmoqda. Hakamning qaroridan norozi bo‘luvchi o‘yinchilar ko‘paydi. Bu esa hakamlarda o‘ziga ishonchni susaytirdi. Umuman, futbol ozgina o‘z jozibasini yo‘qotib, bahs-munozaralar sal ko‘paydi. Lekin baribir hakamlar mus­taqilligiga bu uncha ta’sir etgani yo‘q.

Videotakrorga hakamlardan boshqa hech kim murojaat qilishga haqli emas. Xullas, videoyordam tizimida muammolar bor va FIFA uni takomillashtirishga so‘z bermoqda.

Yangi g‘oyalar

Qo‘pol futbol o‘ynagani uchun futbolchini maydondan vaqtincha – 10 daqiqaga chetlatish g‘oyasi taklif etilmoqda. Bu o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarda tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazilyapti.

Yana bir tajriba. Almashtirilgan o‘yinchini yana qayta maydonga tushirish g‘oyasi ilgari surilyapti. Bu hali hammasi emas. 1862 yildan buyon amal qilib kelayotgan o‘yindan tashqari holat (ofsayd)ni bekor qilish taklif etilmoqda.

Ochko hisoblash tizimini o‘zgartirish. 1981 yildan buyon g‘alaba uchun 3 ochko berilmoqda. Endi yirik hisobda g‘alaba qozongan jamoani qo‘shimcha ochko bilan rag‘batlantirish ham taklif etilmoqda.

2026 yildan boshlab jahon chempionati finali ishtirokchilari sonini hozirdagi 32 tadan 48 taga ko‘paytirish taklif qilinmoqda. Ular uchtadan 16 guruhga bo‘linadi. Guruhdan 2 ta eng kuchli jamoa 1/16 finalga chiqadi. Bundan tashqari, 2026 yilda birinchi marta jahon chempionati biryo‘la uch mamlakat – AQSH, Kanada, Meksikada bo‘lib o‘tadi. Bu jamoalar saralash o‘yinlarisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCHda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Turnirning birinchi kuni har bir maydon egasiga birinchi o‘yinni o‘z maydonida o‘tkazish huquqi beriladi.

Hozirda ushbu takliflar mutaxassis va muxlislarda har xil bahs-munozaralar uy­g‘otmoqda. Kimlar yangiliklar futbol o‘yinlari jozibadorligini oshiradi, degan fikr­ni bildirayotgan bo‘lsa, boshqalar final bosqichiga chiquvchi terma jamoalar soni oshirilishi JCHning zaiflashuviga olib keladi, deb hisoblamoqda.

Aftidan biz yaqin kelajakda ilgari guvohi bo‘lgan shiddatli va murosasiz o‘yinlarni endi ko‘rmaymiz. Yirik mutaxassislar va mashhur futbolchilarning fikricha, millionlar o‘yiniga har xil o‘zgartirishlar va qoidalarni tiqishtirish to‘p suruvchilarning va hakamlik qiluvchilarning erkin harakatlanishini cheklab qo‘yadi.

Manba: www.zarnews.uz
Kiritildi: 09:36, 10.09.2018. O'qildi: 6516 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 3
2 ОКМК Abror Karimov 2
3 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
4 Пахтакор Doston Hamdamov 2
5 Пахтакор Piotr Pajishek 2
6 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
7 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
8 Насаф Sharof Muhitdinov 2
9 Навбаҳор Ruslanbek Jiyanov 2
10 Нефтчи Jamshid Iskanderov 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.