Bugun 8 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbolimiz ko‘chalari oydinmi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bundan 5-6 yil muqaddam yozilgan mulohazalardan birini «Maydonda qanday bo‘lsa, maqolada ham shunday», deb nomlagandik. Miyangizda charx urayotgan fikrlar har doim ham qog‘ozga o‘ylaganingizdek tushavermaydi.

Ana, «Sevilya» va «Atletiko»ga qarshi kechgan uchrashuvlarda rosa qiynalgan «Real» endi «Alaves»ni ayab o‘tirmasligi taxmin qilingandi. Yo‘q, ko‘pchilikning o‘ylagani emas, balki maydonning aytgani bo‘ldi va so‘nggi daqiqada omad «Real»dan yuz o‘girdi.

«Bavariya»da ham xuddi shunday holat kuzatildi. Yetakchi klublarning mag‘lubiyati bizga bo‘ladigan telefon qo‘ng‘iroqlariga ham keskin salbiy ta’sir o‘tkazdi. Sezildiki,  hisoblardan asablar tarang, boshlar garang. To‘g‘ri, «MYU» - «Nyukasl» uchrashuvidan so‘ng «qizil iblislar»ning sadoqatli muxlisi Doniyorbek ham qo‘ng‘iroq qildi.

Lekin javob berishni lozim topmadik. Chunki u Joze Mourinyo masalasida fikrimizni so‘rardi, albatta,. Ochig‘i, keskin qarorlari bilan hurmatimizga sazovor «Benazir»ni tanqid qilsakda, uni «MYU»da uzoqroq ishlashi tarafdorimiz. «MYU» g‘alabalarini sog‘ingan Doniyorbek kabi qat’iyatli muxlisning bu mavzuga munosabati bizga noma’lum edi.

Xullas, bahs-munozara kelib chiqishini oldini olish maqsadida uning qo‘ng‘irog‘ini javobsiz qoldirdik. Ishonchimiz komilki, Doniyorbek uzrxohlik ma’nosida yozilgan bu satrlarni o‘qib, bizni to‘g‘ri tushunadi. Axir maydon va maydon tashqarisidagi ziddiyatlar, kurashlar hamisha bir-biriga uyg‘un...

Mazkur xulosa ushbu mulohazalar qog‘ozga tushishidan avval yana bir bora o‘z isbotini topdi. Tahririyat dizayner operatori vaqt tig‘izligini aytib, har qancha qistamasin, maqolani tugatishga shoshilmadik.

Shunda beixtiyor ulug‘ shoirimiz G‘afur G‘ulomning «Sher g‘afurona yozilishi uchun kayfiyatim zo‘r bo‘lishi kerak!» degan so‘zlari yodimizga tushdi va televizor «qulog‘i»ni «Zo‘r TV» kanaliga buradik. Qoyil! «Xushvaqt» ko‘rsatuvi berilayotgan ekan. Dastur mehmoni - o‘zbek san’atining tirik afsonasi Muhabbat Shamayeva!

Ummon ortida yashayotgan xonanda «O‘zbekistonday yurt bu dunyoda yo‘q!» deya qayta-qayta ta’kidladi. Uning so‘zlari barchani ta’sirlandirdi. Ko‘rsatuv boshlovchisi hattoki, yig‘lab yuborishdan o‘zini arang tiydi. Hammasi samimiy va ajoyib! Ko‘rsatuv yakunida atoqli xonanda o‘zining mashhur «Ko‘chalar» qo‘shig‘ini kuyladi. Biz esa «Evrika!» deya pichirladik qo‘limizda ruchka tutgancha...

Ha, shunday! Qo‘shiq ta’sirida xayolan o‘zbek futboli ko‘chalarida kezdik. Qo‘shiqdagi bir misrani «Rahmingiz kelmasmi muxlis holiga...», deya o‘zimizcha o‘zgartirdik. Maydonda qanday bo‘lsa, maqolada ham shunday. Mulohazada ham birdan hammasi o‘zgarib ketishi hech gap emas. Rafael Benitesga 0:2 hisobida yutqazayotgan Joze Mourinyo bahsning 19-daqiqasida birinchi shoh yurishini amalga oshirdi.

Ya’ni Xuan Matani zaxiradan maydonga tushirdi. Ispan yarim himoyachisi o‘yinga qo‘shilgach, oradan 3 daqiqa o‘tib, Markus Rashford eng qulay vaziyatni ko‘kka sovurdi. «Naverno on ne vinovat», dedi Jozening o‘sha vaziyatdagi harakatini izohlagan rus hamkasbimiz. «Benazir»ning ikkinchi shoh yurishi - Maruan Fellayni «MYU» o‘yinidagi shiddatni yanada kuchaytirdi. Uning yakuniy shoh yurishi 67-daqiqaga to‘g‘ri keldi va g‘alaba to‘pini «Nyukasl» darvozasiga Aleksis Sanches yo‘lladi. Nazarimizda, murabbiyning mardlik haqidagi so‘zlari boshqa futbolchilarga nisbatan «quloqsiz va o‘zboshimcha» Pol Pogbani ko‘proq junbushga keltirgan ko‘rinadi. Balki shuning uchun ikkinchi gol fransuzlar tandemi hisobiga yozildi.

Qarang, Joze o‘sha-o‘sha, ammo maydonda o‘yin o‘zgardi, «MYU» o‘zini, qanday jamoa ekanligini esladi. G‘alabani ta’minlovchi bunday o‘zgarish qanday yoqimli?! Mourinyo, «MYU» va klub muxlislari uchun bu o‘zgarish juda zarur edi.

«Qizil iblislar»ning kelgusi bahslarda muxlislar qarshisida yuzlari qizarmasligi uchun «Benazir» o‘zgarishlar olovini lovillata oladimi-yo‘q - buni vaqt ko‘rsatadi. Har holda, cho‘rtkesar Mouning ham kuldirishi, ham kuydirishiga hamma allaqachon o‘rganib qoldi.

Joze Mourinyoning baxti - yevroarenada faoliyat yuritayotgani. Har qanday holatda ham, natijalardan qat’iy nazar, uni qadrlashadi. Faoliyati davomida portugaliyalikka o‘xshashni istagan, uning kabi keskin qarorlarni futbolimizga tatbiq qilishni ko‘zlagan Vadim Abramov esa afsuski, bugun o‘z so‘zini aytolmayapti.

O‘zgarishlarning kutilmagan shamoli uning taqdirini izdan chiqarib yubordi. Demoqchimizki, maydondagi o‘zgarishlar hisoblarga ta’sir ko‘rsatadi, uning tashqarisidagi qarorlar esa taqdirlarga.

Ana, maydon chetidagi gap-so‘zlar sabab, «Navbahor»da bosh murabbiy o‘zgardi. Jamoa-ning aksariyat muxlislari oydin bilgan ko‘cha aslida u qadar ravshan emasligi o‘zgarishlarda o‘z tasdig‘ini topdi.

Garchi ko‘ngildagidek natijalar qayd etilayotgan bo‘lsada, «lochinlar»ning parvozi ko‘zni quvontiradigan darajada maftunkor emasligi, ya’ni jamoa o‘yin saviyasi bo‘yicha o‘rtamiyona ekanligi xususida bir necha bor yozgandik. Oxir-oqibat, zo‘rma-zo‘raki harakatlarning misi chiqdi. Ilhom Mo‘minjonovning murabbiylik potensiali «Navbahor»ni chemponlik sari yetaklashga yetmasligini nihoyat, mutasaddilar ham tan olishdi. Jamoa o‘z oldiga «Metallurg» kabi maqsad qo‘yganida, ehtimol, mavsum qizig‘ida bu kabi o‘zgarishga ehtiyoj sezilmasdi. Biroq «lochinlar» turnir jadvalining eng yuqori qismiga qadar parvoz qilishni rejalashtirishgan.

O‘yin sifati rejaga muvofiq kelmasa, bunday maqsaddan nima foyda?! Xo‘sh, Andrey Kanchel-skis xuddi Maurisio Sarri «Chelsi»ni o‘zgartirgani kabi jiddiy yuksalishni ta’minlashga qodirmi?! Binobarin, Habib Nurmagomedov misolida ko‘rdikki, har qancha adolatli bo‘lmasin, istalgan vaziyatdagi o‘zgarish yaxshilikka olib kelmaydi.

Har bir ishda yoki o‘zgarishda mantiq va me’yorni unutmaslik maqsadga muvofiq. Yo‘q, Kanchelskisning «Navbahor»da ish boshlagani uzoq strategiya debochasiga aylanishidan umidvormiz.

Mayli, rossiyalik mutaxassisda kalondimog‘ Konnorni okpagonga qorishtirgan Habib kabi qat’iyat va g‘olibona ruh ufurib tursin. Faqat u ham muddatidan avval shart-nomasini buzmasa bo‘lgani. Biz «Navbahor»da shunday yorug‘ kelajakni istaymiz.

Chempionat formatini o‘zgarishga oid rejalar xususida ham shunday mazmunda mulohaza bildirish mumkin. Futbolimiz muhiti chempionat formatini o‘zgartirishga tayyormi? Umuman olganda, futbolimiz ko‘chalari oydinmi?! Muhtaram muxlis! Yuqoridagi savollarga kelgusi maqolalarimizda javob izlashga harakat qilamiz. Sizdan esa mulohazalar kutamiz...

Muhammad VALI

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 00:04, 12.10.2018. O'qildi: 3287 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик