Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 7 18
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 7 9
9 Surxon 7 8
10 OKMK 7 8
11 Qo‘qon-1912 7 7
12 Dinamo 7 7
13 Qizilqum 7 6
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
7-тур Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
7-тур Bunyodkor 0-1 Neftchi

Navbatdagi o'yinlar.

17/04/26 Lokomotiv - Navbahor
17/04/26 OKMK - Buxoro
17/04/26 Surxon - Qizilqum
18/04/26 Neftchi - Nasaf
18/04/26 Mash’al - Xorazm
18/04/26 Paxtakor - Dinamo
19/04/26 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04/26 Qo‘qon-1912 - Andijon

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shaxmatchimiz Javohir Sindarov 12 yoshida jahonning eng yosh grossmeysteri bo‘ldi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Budapesht shahrida “First Saturday GM” xalqaro turniri yakunlandi. Quvonarlisi, ushbu musobaqada yosh shaxmatchimiz Javohir Sindarov muvaffaqiyatli ishtirok etib, uchinchi grossmeysterlik talabini bajardi va 12 yoshida jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteriga aylandi.

Javohir 12 yosh 10 oy 8 kunligida grossmeysterlik unvonini qo‘lga kiritib, jahon shaxmat tarixida ukrainalik Sergey Karyakindan (12 yoshu 7 oy) keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Osiyoda qit’asida esa birinchi eng yosh shaxmatchi sifatida qayd etildi.

Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yili boshqa bir umidli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattarov (13 yoshu 1 oy 11 kunligida) grossmeysterlik talabini bajara olgandi va bu borada ikkinchi ko‘rsatkichni qayd etgandi. Shu yilning iyun oyida esa Hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa 12 yosh 10 oy 13 kunda grossmeysterga aylanib, ikkinchi o‘ringa chiqib olgandi. Endi esa Javohir hind shaxmatchisini 5 kunga ortda qoldirdi va jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteri unvoniga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, bu yuksak unvonga shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen 13, jahon chempionlari Robert Fisher 15, Vladimir Kramnik 16, Garri Kasparov 17, Anatoliy Karpov, Vishanatan Anand 19, Mixail Tal 21, Tigran Petrosyan 23, Vasiliy Smislov 29, Mixail Botvinnik 39 yoshida sazovor bo‘lishgan.

«Mazkur yutuqni qo‘lga kiritishimda ustozlarim Sabohat va Sirojiddin Zayniddinovlar, Akrom Toshxo‘jayev, Bobur Sattarov va xalqaro grossmeyster Marat Jumayevlarning bergan saboqlari, ota-onam, yaqinlarim, ayniqsa, bobom Komil Sindarov, ma’naviy ustozimlarim Baxriddin Zaripov, Murtazo Rahmatovlarning qo‘llab-quvvatlashi, yurtimizda sportga yaratilgan shart-sharoitlar, Prezidentimizning shaxmatga e’tibori asosiy omil bo‘ldi», – dedi Sindarov UzA’ga bergan intervyusida.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan yosh shaxmatchimizni muborakbod etadi.

Jahon shaxmat tarixida eng yosh grossmeysterlar ro‘yxati:

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:34, 16.10.2018. O'qildi: 3179 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик