Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 10109 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3127 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.11.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      08:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
      12:00 Д/ф "Джеррард. Прирождённый лидер".
      13:10 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      14:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      18:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      22:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      02:00 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии".
      02:50 Д/ф "Манчестер Юнайтед". Вперёд к славе".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.11.2025

      05:25 "Непобедимый".
      05:55 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Группы. Прямая трансляция.
      07:50 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Группы. Прямая трансляция.
      10:20 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      15:00 "10 лет в спорте". "2024/2025".
      15:25 "Вы это видели".
      16:15 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Гала-концерт. Прямая трансляция.
      17:30 "Эволюция спорта".
      17:55 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. Свыше 87 кг.
      19:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 102 кг.
      20:25 "Непобедимый".
      20:55 LIVE Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 1. Прямая трансляция.
      23:30 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах.
      03:15 "Эволюция спорта".
      03:40 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах.
      04:55 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. Свыше 87 кг.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.11.2025

      05:50 Новости.
      05:55 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Группы. Прямая трансляция.
      07:50 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Группы. Прямая трансляция.
      10:20 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      15:00 "Небесная грация".
      15:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:15 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Friday Fights 133" в Бангкоке, Таиланд. Прямая трансляция.
      21:30 Смешанные единоборства. UFC. Ислам Махачев. Лучшее.
      23:30 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:30 "Вы это видели".
      03:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      04:00 Театрализованное спортивно-гимнастическое шоу Светланы Хоркиной "Спортрота".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.11.2025

      05:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Зал славы. Олимпиада 2020 в Токио.
      09:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      10:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      12:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      15:00 Зал славы. Олимпиада 2024 в Париже.
      16:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      18:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      21:30 Зал славы. Олимпиада 2020 в Токио.
      22:30 Олимпийский канал. "Монументы", 1 эп.
      23:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      02:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      04:00 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Лучшие моменты.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Abduqahhor Hojiakbarov: «Finalda ikki jamoa bir xil sharoitda bo‘ladi…»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston Superligasi asta-sekin finish marrasi sari yaqinlashmoqda. Demak, g‘alvirni ko‘taradigan vaqt yaqin.

 

Mana, so‘nggi turlarda ham yuqori, ham quyi oltilikda kurash keskin tus olmoqda. Elit guruhda «Lokomotiv», «Paxtakor», «Navbahor» va «Bunyodkor» jamoalari chempionlik hamda sovrinli o‘rinlarga da’vo qilyapti. Quyida esa «Qo‘qon-1912», «So‘g‘diyona» va «Neftchi» klublari Superliga «propiskasi»da qolish uchun jon olib, jon bermoqda. Ikkinchi bos­qichda quyi oltilikdagi AGMK o‘z holatini ancha yaxshilab oldi. Umuman, jamoa boshqaruvi Baxtiyor Ashurmatov qo‘liga o‘tgach, olmaliqlik futbolchilar o‘yinida ham, tabiiyki, natijada ham sezilarli o‘zgarish ko‘zga tashlandi. Deylik, AGMK Superligada ijobiy natijalar qayd etish barobarida, o‘z tarixida ilk marta O‘zbekiston kubogi finaliga yo‘l oldi. Yagona o‘yindan iborat yarim finalda «Bunyodkor» «Milliy» stadionida mag‘lub etildi. Ashurmatov shogirdlari shundan so‘ng Superliga 25-turida «Qo‘qon-1912» mehmoni bo‘lib, g‘alaba (2:1) bilan qaytishdi. Biz aynan shu uchrashuvdan so‘ng klub himoyachisi Abduqahhor Hojiakbarovni suhbatga chorladik. 

- Abduqahhor, jamoangiz kech bo‘lsada, o‘z o‘yinini topib oldi. Ketma-ket g‘alabalar fikrimizga isbot. Qo‘qondagi uchrashuv va umuman, 25-tur haqida nima deya olasiz?

- Qo‘qonda mezbonlarni avvalo, jamoaviy o‘yin evaziga mag‘lubiyatga uchratdik, menimcha. Lekin g‘alaba yo‘lida ko‘p ter to‘kishimizga to‘g‘ri keldi. Eng muhimi, aytganingizdek, jamoamiz o‘yin ritmiga tushib oldi. Asosiysi aynan shu. Turning qolgan o‘yinlariga kelsak, «Bunyodkor» va «Navbahor» o‘rtasidagi jang ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otgani aniq. Chempionlik uchun kurashayotgan «Paxtakor»ning ishlari ham zo‘r - «sherlar» bu safar Bekobodda «Metallurg»ni osongina yengishdi. Umumiy xulosa shuki, chempionatning so‘nggi turlarida aksariyat o‘yinlar 6 ochko uchun kechadi. Xususan, chempionlikni ko‘zlayotgan jamoalarning ochko yo‘qotishi juda qiyin.

- Ochig‘i, kubok yarim finalida hech kim AGMKdan bunday o‘yin va natija kutmagandi. «Bunyodkor»dan nimaning evaziga ustun keldinglar?

- Ha, fikringizga 100 foiz qo‘shilaman - bizdan hech kim bunday o‘yin kutmagandi. Balki shu holat ham ishimizni birmuncha yengillashtirgandir. Har holda, kuchli e’tibor - bu katta bosim. Biz esa o‘yinga xotirjam holda jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Xususan, «Bunyodkor» ishtirokidagi o‘yinlar yozuvini ko‘rib chiqib, barchasini sinchkovlik bilan o‘rgandik. Shaxsiy fikrimcha, bizga aynan «qaldirg‘ochlar» o‘yini va kamchiliklarini chuqur tahlil qilganimiz qo‘l keldi.

- Demak, raqibni o‘rganish g‘alabaning muhim omili bo‘ldi, shundaymi?

- Ha, qolaversa, jamoaviy birdamlik namoyish etdik. O‘zi futbolda bitta yo‘nalishni mukammallashtirish bilan natijaga erishish qiyin. Buning uchun ko‘p jihatlarni uyg‘unlashtirish talab etiladi. Birinchi bosqich o‘yinlarida bizga aynan jamoaviy o‘yin to‘liq shakllanmagani pand bergandi. Endilikda murabbiylarning bu boradagi barcha ko‘rsatmalarini bekamu ko‘st bajaryapmiz.

- O‘yin oldidan murabbiylar aynan qarshi hujum taktikasi bo‘yicha o‘ynashni tayinlaganmidilar yoki...?

- Yo‘q, ular shunchaki, ehtiyotkorlikni aslo unutmaslikni uqtirishgandi.

- Qiziq, «Bunyodkor»dan qanday o‘yin kutgandinglaru, amalda nima bo‘ldi?

- Kim qanday fikrda bilmadim, lekin «Bunyodkor» shu holatida ham chempionatimizdagi eng kuchli jamoa­lardan biri bo‘lib turibdi. Jamoa­da eng tajribali murabbiylardan biri faoliyat yuritmoqda. Bir holatni unutmaslik kerak, butun dunyoda kubok bahslarida kutilmagan natijalar ko‘p qayd etiladi. Jumladan, O‘zbekistonda ham.

- Kubok turnirining yangi formatiga munosabatingiz - juftlik g‘olibining bitta o‘yin orqali aniqlanishi ma’qul keldimi?

- Menimcha, yomon emas. Bir tomondan, qiziqish ortdi. Hozirgi format ayniqsa, o‘rtamiyona klublarga imkoniyat hisoblanadi. Zero, har qanday klub bitta o‘yinga puxta hozirlanib, natijaga erishishi mumkin. Qisqasi, kubok turnirining yangi tizimi kichik klublar uchun qo‘shimcha motivasiya bag‘ishlasa, ajabmas. Deylik, oldingi bosqichda quyi liga vakili - «Mash’al» bizga jiddiy qarshilik taqdim etdi.

- Umuman, AGMK final yo‘lida eng murakkab o‘yinni qaysi bos­qichda, qaysi jamoaga qarshi o‘tkazdi?

- Eng og‘iri - bu yarim final bahsi, albatta. Lekin finalda bizni yanada  murakkabroq uchrashuv kutib turibdi. 

- Ikkinchi yarim final o‘yinida qaysi tomonga muxlislik qildingizu, o‘yin qanday taassurot qoldirdi?

- Ikki jamoa ham iliq taassurot qoldirdi. Lekin tan olish kerak, hozirgi «Paxtakor» tarkib jihatidan «Qo‘qon-1912»dan ancha kuchli. Jamoada raqobat juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Zaxira vakillari ham kuchli. Qaysi klub yutishini xohlaganimga kelsak, endi buning ortiqcha ahamiyati qolmadi.

- Xo‘sh, kubok finalidan nimalar kutyapsiz?

- Nasib etsa, hal qiluvchi bahsda ham chiroyli futbol namoyish etamiz. Bir narsa aniq - finalda ikki jamoa bir xil sharoitda bo‘ladi. Qaysi jamoa yaxshiroq tayyorgarlikka ega bo‘lsa va o‘yinga jiddiy yondashsa, bosh sovrin unga nasib etadi. Oliy maqsadga bir qadam qoldi. Albatta, muxlislarimizni quvontirish uchun borimizni beramiz.

- Lekin «Paxtakor»ni yengish oson emas. Nima deb o‘ylaysiz, AGMK balki durang natijani saqlab qolib, penaltilar seriyasiga umid bog‘lashi kerakdir?..

- Futbolda har narsa bo‘lishi mumkin. Demak, har qanday holatga tayyor turishimiz kerak. Tabiiyki, masala 1ta o‘yinda hal etiladigan kubok bahslarida jamoalar penaltilar seriyasiga ham tayyorgarlik ko‘radi. Ya’ni mashg‘ulotlarda 11 metrli nuqtadan zarba berish ustida ish olib boriladi. Lekin «Paxtakor»dek hujumkor klubga qarshi bahsda faqat himoyaga tayanish natija berishi qiyin. Demoqchimanki, qarshi hujumga o‘tishni unutmaslik lozim. Nima bo‘lganda ham, final kuni muxlislar ajoyib o‘yin guvohiga aylanishadi, deb o‘ylayman.

- Boz ustiga, finalga OCHL yo‘llanmasi tikilgan. Bu ham AGMKga qo‘shimcha kuch bag‘ishlashi aniq.

- Albatta. Superliganing birinchi bosqichida kuchli oltilikdan joy ololmadik. Endi oliy maqsadga kubok turniri orqali erishmoqchimiz. Muhimi, barcha yigitlar kayfiyati a’lo darajada. Klub rahbariyati ham zarur sharoitlarni yaratib beryapti. Qisqasi, futbolchilarda qo‘shimcha motivasiya bor. Shunday ekan, finaldan ham ijobiy natija kutsak bo‘ladi.

- Shaxsan siz finalni qaysi hakam boshqarishini xohlardingiz?

- Bu masala unchalik ahamiyatli emas. Kim tayinlansa ham, u o‘z qarorlari bilan o‘yinni buzib qo‘ymasa, bas. Qaytaraman, final biz uchun «yil o‘yini» hisoblanadi va unda maqsadga erishish uchun astoydil ter to‘kamiz. Axir bunday imkoniyat yana qachon yuzaga keladi? Qisqasi, bizda «Paxtakor»ga nisbatan motivasiya kuchliroq bo‘lishi kerak. O‘yinda bu fikrim to‘liq tasdiqlanishiga ishonaman.

- Final Farg‘onada tashkillashtiriladi. Bu variant qaysi jamoaga ma’qulroq, sizningcha?

- O‘zbekiston kubogi taqdiriga Far­g‘onada oydinlik kiritilishi oldindan e’lon qilingandi. Muhimi, stadion maydoni final kuni yaxshi holatda bo‘lsin. Aks holda, muxlislar chiroyli, kombinasion futbol ko‘rolmaydilar. Ikki jamoa ham betaraf maydonda o‘ynaydi. Shunday ekan, Far­g‘ona varianti qaysidir tomon uchun qulay ekanligini aytishdan ma’no yo‘q. 

- Endi Superliga haqida - ikkinchi bosqich o‘yinlarida kutilgan jangovarlik kuzatilmoqdami? Yangi format bo‘yicha umumiy xulosalar qanday?

- Barchasi ma’qul. O‘yinlarda shiddat va murosasizlik oshdi. Muxlislar aynan shunday uchrashuvlarni sog‘inishgandi. Ko‘pchilik bilan gaplashamiz, aksariyat muxlislar yangi formatga nisbatan ijobiy fikrdalar. Ayniqsa, ikkinchi bosqich uchrashuvlarini alohida qayd etish o‘rinli. Shaxsiy fikrim, deyarli har bir o‘yin finalga monand o‘tmoqda. Jamoalarning ikki guruhga bo‘lingani ham yaxshi, nazarimda. Har holda, saviya bo‘yicha bir-biriga yaqin jamoalar o‘zaro bahs­lashmoqda. Bu ham murosasizlikni ta’minlamoqda.

- Viktor Kumikov boshqaruvidagi AGMK va hozirgi jamoa o‘rtasida qanday farq yaqqol sezilmoqda?

- Viktor Balyutovichga hurmatni saqlagan holda aytishim kerak, farq bor. Buni jamoa o‘yini va natijalari misolida ham ko‘rish mumkin. Viktor Kumikov asosiy e’tiborni standart vaziyatlarga qaratardi. Ya’ni hujumlarni standart vaziyatlar bilan yakunlash birinchi darajaga olib chiqilgandi. Baxtiyor Ashurmatov esa jamoaviy o‘yinga alohida yondashmoqda. Asosiysi, ishlar samara bermoqda. Quvontirgan tomoni, jamoa o‘yinida yorqinlik paydo bo‘ldi. Kombinasion, hujumkor futbol o‘zimizga ham yoqyapti. Zero, endilikda hujumga ko‘proq kuch beryapmiz. Eng yaxshi himoya - bu hujum. Ushbu tushuncha tasdig‘ini o‘zimizda ko‘ryapmiz. Umuman, ikki murabbiy uslubi turlicha.

- Hozirgi holatda qaysi jamoaning Superligada chempion bo‘lish imkoniyatini yuqoriroq baholaysiz va nima uchun?

- Menimcha, «Paxtakor» qolgan klublarga qaraganda ustunroq. Qolgan turlarga qarasak, «Paxtakor»ning uchrashuvlari yengilroq, nazarimda. Lekin «Lokomotiv» va «Bunyodkor»da ham imkoniyat chakki emas. Shuningdek, «Nav­bahor» hali umid uzmagan. Ammo hal qiluvchi pallada «Paxtakor» va «Lokomotiv» boshqalarga nisbatan kuchliroq o‘yin namoyish etsa kerak, baribir. Yana kim biladi, bunday chempionatda har qanday natija qayd etilishi mumkin. Superligada qolish uchun kurash ham keskinlashib boryapti. Shukrki, ketma-ket g‘alabalardan so‘ng turnir jadvalidagi mavqeimizni mustahkamlab oldik. Lekin xotirjamlikka berilish uchun asos yo‘q.

- Terma jamoamiz yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper haqida nima deya olasiz?

- To‘g‘risi, bu mavzuda tayinli fikr bildirishim qiyin. Chunki bu murabbiyni yaqindan bilmayman. Menimcha, unga ancha vaqt kerak. Zero, chempionatimiz va futbolchilar haqida to‘liq tasavvurga ega emas. Endigina 2ta uchrashuv o‘tkazildi. Ular orqali murabbiy ishiga baho berishning iloji yo‘q.

- YECHL o‘yinlarini ham kuzatib boryapsizmi?

- Shubhasiz. Har doimgidek o‘yinlar shiddati o‘zgacha. Yevropada futbol san’at darajasiga ko‘tarilgan va bu bejiz emas. O‘yinlarni televizor orqali ko‘rsangiz ham, rohatlanasiz. Umuman, biz uchun yevrofutboldan o‘rganadigan jihatlar ko‘p.

- Aynan qaysi klublarga alohida e’tibor qaratyapsiz?

- «Barselona» muxlisiman. Deylik, klubning Londonda «Tottenxem»­ga qarshi kechgan o‘yinini miriqib tomosha qildim. Hujumkor futbol, ajoyib muhit, gollar shousi... Muhimi, «Barselona» ketma-ket ochko yo‘qotishlardan so‘ng nihoyat, o‘zligini ko‘rsatdi. Lionel Messini bir muddat yo‘qotib qo‘ygandik. Uni ham shu o‘yinda qayta topdik.

- Sizningcha, jamoa o‘yinidagi pasayish nima bilan bog‘liq edi?

- Endi katta shaharlarda ham ba’zan shunday «ko‘ngilsizliklar» bo‘lib turadi. Eng muhimi, «Barselona» yana avvalgi qiyofasiga kirib, hujumkor, yorqin o‘yin namoyish eta boshladi. «Tottenxem»ni ko‘ryapsiz, bu yil uni APLda to‘xtatishning iloji topilmayapti. Ko‘pchilik bu o‘yinda «Barselona»ning yana ochko yo‘qotishini taxmin qilgandi. Shaxsan menda ham shunday xavotir yo‘q emasdi. Lekin amalda asl «Barsa»ni ko‘rdik.

- Biroq jamoa yolg‘iz Messiga suyanib qolgandek...

- Ehtimol. Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas. Axir Messi jamoada katta o‘rin tutadi. U maydonga tushmasa, futbolchilar qandaydir kayfiyatsiz o‘ynayotgandek tuyuladi. O‘ylaymanki, «Barselona» joriy mavsum o‘zi ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda bosh mukofotni qo‘lga kiritadi. 

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:34, 17.10.2018. O'qildi: 1900 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.