Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Messisiz «Barsa» «Inter»ga qarshi. YECHL intrigalari

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun, 24 oktyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichi, 3-turi doirasida yana 8 uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

«A» guruhi

BORUSSIYA DORTMUND - ATLETIKO
24 oktyabr. Dortmund. «Signal Iduna Park» stadioni. 23.55.
Yo‘qotishlar: Akanji (jarohat), Tolyan, Shmelser (ikkisi so‘roq ostida), Pako Alkaser (so‘roq ostida).
Hakam: Oliver (Angliya).

Guruhnig markaziy o‘yini Dortmundda bo‘lib o‘tadi. Top-klublarga qarshilik qilish qismati, rivojlanish davri va Chempionlar Ligasi finalidagi mag‘lubiyatlar bilan bir-biriga o‘xshaydigan ikki jamoa guruh g‘olibi masalasiga oydinlik kiritadi. Har ikki jamoa ham aqlli transfer siyosati va murabbiy mehnati orqali raqobatbardosh jamoa tuzish mumkinligini isbotlay olgan. «Atletiko» hamon Simeone qo‘l ostida o‘ynayotganidan barqarorroq, ammo Dortmund uslubi turli trenerlarning qo‘li tufayli nisbatan rang-barang tuyulishi mumkin. Har qanday ma’noda bu ikki xil maktab to‘qnashuvini ko‘rish qiziq bo‘lsa kerak.

Shuningdek, har ikki jamoa hozirda juda yuqori sport formasiga kirib olganini alohida ta’kidlash kerak. «Atletiko» barcha musobaqalarda 8 o‘yindan beri yutqazmayapti va peshqadamlar safida bormoqda. «Borussiya» esa, umuman, 14 o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. Dastlabki ikki turda yuz foizlik natija ko‘rsatgan bu ikki jamoa yakunda guruhdan chiqish ehtimoli yuqori, ammo guruhda 1-o‘rinni olish ham ahamiyatga ega.

Mehmonlar tarkibida yo‘qotishlar yo‘q. Nemislar safida esa, ayniqsa himoya chizig‘ida muammolar yetarli. Manuel Akanji, Marsel Shmelser jarohatdan forig‘ bo‘lishmagan, Rafayel Gereyro mashg‘ulotlarni boshlagan bo‘lsa-da, hali to‘liq sport formasini tiklagani yo‘q. Nomi tilga olingan bu futbolchilarning bari himoya vakillaridir. Shuningdek, so‘nggi o‘yinlarda juda sermahsul o‘ynayotgan ispaniyalik hujumchi Pako Alkaserning maydonga tushishi so‘roq ostida qolgan.

21:55. BRYUGGE – MONAKO
24 oktyabr. Bryugge. «Yan Breydel» stadioni. 21.55.
Yo‘qotishlar: Fossen (jarohat), Grenefeld (so‘roq ostida) – Benalyo, Ndoram, Pellegri, Roni Lopesh, Subashich, Falkao (barchasi – jarohatda)
Hakam: Teylor (Angliya).

Ikkinchi juftlikdagi jamoalarda guruhdan chiqish imkoniyati bormi? Ha, lekin buning uchun avvalo, mana shu dueldan 6 ochko olish kerak bo‘ladi. G‘alabasiz seriyasini 11 o‘yinga yetkazgan «Monako» bunga qodirmi? «Bryugge»ning kayfiyatini ham u qadar yaxshi deb bo‘lmaydi – Ivan Leko shogirdlari milliy chempionatdagi so‘nggi 2 turda besh ochko yo‘qotishdi va peshqadamlikni boy berib qo‘yishdi.

Bu o‘yinga Yevropa Ligasiga beriladigan yo‘llanma uchun kurash sifatida ham qarash mumkin. Uchrashuv boshqa o‘yinlardan ertaroq – soat 21:55da boshlanishini e’tiborga olsak, muxlislar uchun asosiy o‘yinlardan oldin o‘ziga xos repitisiya vazifani o‘taydi.

«V» guruhi

BARSELONA – INTER
24 oktyabr. Barselona. «Kamp Nou» stadioni. 23.55.
Yo‘qotishlar: Messi, Fermalen, Yumtiti (barchasi – jarohatda) – Nainggolan (jarohat)
Hakam: Xasegan (Ruminiya).

«Inter» «Kamp Nou»ga oxirgi marta 2010 yilda tashrif buyurgandi. Yarim final doirasidagi o‘yinda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan, lekin Milandagi 3:1 hisobi evaziga Mourinyo shogirdlari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. O‘sha o‘yin ishtirokchilaridan «Inter»da hech kim qolmagan. Mezbonlar safida esa Buskets, Messi va o‘sha oqshomdagi yagona gol muallifi Pike hozir ham jamoada. Lekin «Sevilya» bilan o‘yinda qo‘lidan olgan jarohati tufayli Messi ushbu uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.

YECHL ushbu mavsumi to‘purarlar ruyxatini boshqarib turgan Messining yo‘qligi Valverde jamoasiga qay tariqa ta’sir qilishini kuzatish qiziq bo‘lsa kerak. Masalan, «Sevilya»ga qarshi o‘yinda Messi maydonni tark etgach, «Barselona» u qadar ishonchli ko‘rinmadi, hujumlar tashkil qilish, to‘pni nazorat qilishda muammolarga duch keldi. Balki o‘sha o‘yinda Messining jarohati kutilmagan vaziyat bo‘lgandir. Keyingi bir oy, xususan «Real»ga qarshi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda ham Messisiz o‘ynashga majbur bo‘ladigan Valverde jamoaga qanday o‘zgarishlar kiritadi, ko‘rib olamiz.

«Inter» juda yaxshi sport formasida. Ayniqsa, so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga qozonilayotgan irodali g‘alabalar ko‘payib ketdi. Bu ham jamoaning bugungi kundagi yuqori jismoniy tayyorgarligidan darak beradi. Qatorasiga 7 o‘yinda (shulardan ikkitasi YECHLda) g‘alaba qozongan Spaletti jamoasi guruhdan chiqish uchun «Barselona» bilan o‘yinlarda hech bo‘lmasa 1 ochko olishi kerak bo‘ladi.

PSV – TOTTENHEM
24 oktyabr. Eyndxoven. «Filips» stadioni. 21.55.
Yo‘qotishlar: Tomas (jarohat) – Alli, Fertongen (ikkisi – jarohatda), Vanyama, Rouz (ikkisi – so‘roq ostida)
Hakam: Vinchich (Sloveniya).

«Tottenhem» esa, kurashga qo‘shilish uchun «PSV» bilan bahslarda maksimal ochko olishi shart. Erediviziya yetakchisidan ochko olish esa, oson emas. Boshqa o‘yinlardan ertaroq boshlanadigan ushbu o‘yin ham alohida e’tiborga arziydi.

«S» guruhi

PSJ – NAPOLI
24 oktyabr. Parij. «Park de Prens» stadioni. 23.55.
Yo‘qotishlar: Buffon (diskvalifikasiya), Dani Alves, Kurzava (ikkisi – jarohatda), Xese (so‘roq ostida) – Verdi, Kirikesh (ikkisi – jarohatda)
Hakam: Svayer (Germaniya).

Parijda nafaqat bugunning, balki butun guruh bosqichining markaziy o‘yinlaridan biri bo‘lib o‘tadi. Uchta teng kuchli top-jamoalar joylashgan va ularning har biri keyingi bosqichga chiqish uchun jiddiy natijalarni qayd etayotgan guruh.

«Napoli» 1-turda Belgradda ochko yo‘qotgach, «Liverpul» va «PSJ» S guruhini muvaffaqiyatli yakunlashga asosiy da’vogar deilgan edi. Ammo keyingi turda «Napoli» inglizlar ustidan g‘alaba qozondi. Anchelotti shogirdlari shunday ishonchli g‘alabaga erishdilarki, «Liverpul» o‘yin davomida biror marta ham darvozaga aniq zarba bera olmadi. Klopp jamoasini bunday ahvolda qachon ko‘rganimizni ham eslay olmasak kerak. Natijada, o‘ziga xos intriga paydo bo‘ldi va endi «Napoli» ham guruhdan chiqish uchun da’vogar. Hozircha aynan «Napoli» «Srvena» bilan ochko yo‘qotganini e’tiborga olsak, Italiya jamoasi asosiy raqiblari bilan o‘yinlarda faolroq bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.

Ichki chempionatdagi so‘nggi turda har ikki jamoa ham yetakchi futbolchisiga dam berdi. «PSJ» Neymarsiz «Amyen» darvozasiga besh gol urgan bo‘lsa, «Napoli» «Udineze»ga Insinyesiz yo‘l oldi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Umuman, «Napoli» uch o‘yindan beri o‘z darvozasidan gol olib chiqmayotganini e’tirof etish kerak.

23:55. LIVERPUL – SRVENA ZVEZDA
24 oktyabr. Liverpul. «Enfild» stadioni. 23.55.
Yo‘qotishlar: Keyta, Oksleyd-CHemberlen, Henderson (barchasi – jarohat) -
Hakam: Zibert (Germaniya).

«Liverpul» og‘ir davrni kam talofatlarsiz o‘tkazib oldi. Jamoa qatorasiga to‘rt o‘yinni g‘alabasiz o‘tkazgan bo‘lsa-da, APLda ham, Chempionlar Ligasida ham yaxshi holatda turibdi. «Haddersfild» bilan o‘yinda g‘alabasiz seriyaga barham berildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozonildi. So‘nggi o‘yinlardagi kamtar natijalar, Mane va Keytaning jarohatlanganini nazarda tutsak, Klopp jamoasi sentyabrdagi yuqori formadan biroz uzoq, lekin aynan shunday paytda «Srvena Zvezda» kabi kuchsizroq jamoa raqib bo‘layotgani ayni muddao. Bolqon jamoalari «Liverpul» uchun juda qulay bo‘lishini o‘tgan mavsumda ham ko‘rgandik. «Qizillar» «Maribor» darvozasiga ikki o‘yinda 14 gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Har o‘yinda 7tadan gol.

Parijdagi o‘yinda belgradliklar 1:6 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Yana 7 gol. Balki bugun ham guruh bosqichining eng sermahsul o‘yinlaridan birini ko‘rarmiz?

«D» guruhi

23:55. LOKOMOTIV - PORTU
24 oktyabr. Moskva. «RJD Arena» stadioni. 23.55.
Yo‘qotishlar: Kolomeysev, Ribus, Smolov, Farfan (barchasi – jarohatda), Chorluka (so‘roq ostida) – Abubakar, Ernani (ikkisi – jarohatda), Otaviu (so‘roq ostida)
Hakam: Madden (SHotlandiya).

Bu guruhda yaqqol favorit hali aniqlanmadi. 4 ochko bilan guruhni boshqarib turgan «Portu» balki raqiblaridan kuchliroq ko‘rinayotgandir, ammo hozirdan uch jamoadan qaysi ikkitasi keyingi bosqichga o‘tishini aytish oson emas. Balki hali ochko qo‘lga kiritish tugul, birorta ham gol urmayotgan «Lokomotiv» ham kurashga qo‘shilar?

Ha, o‘sha «Portu» hozir Moskvada yuribdi. Buni biz Iker Kasilyasning tvitteridan ham «bilib oldik». Ispaniyalik darvozabon Moskva klubini Toshkentniki bilan adashtirib qo‘yib, Toshkentning «Lokomotiv»i tvitter akkaunti bilan gaplashishga ham ulgurdi. Bu o‘yinlardagi muvaffaqiyatli natija «Portu»ni guruhning asosiy favoritiga aylantirsa kerak.

Tarkiblar borasida «temiryo‘lchilar»da muammolar jiddiy. Aleksandr Kolomeysev, Fedor Smolov, Andrey Ribus va Jefferson Farfanning yo‘qligi jamoa o‘yiniga yaxshigina ta’sir qiladi.

23:55. GALATASAROY  - SHALKE
24 oktyabr. Istanbul. «Turk Telekom». 23.55.
Yo‘qotishlar: Oqbobo, Onyekuru (ikkisi – jarohat), Serdar Aziz, Feguli, Fernandu (barchasi – so‘roq ostida) – Toyxert (jarohat), Gays, Ochipka, Riter, Stambuli, Fermann, Embolo (barchasi – so‘roq ostida)
Hakam: Bastyen (Fransiya).

Istanbulda esa, qaysidir ma’noda derbi o‘yini. Nemislar va turklar to‘qnashuvini Yevropada bemalol shunday maqom bilan qarshi olish mumkin. Katta ehtimol bilan turklar hatto Germaniyada ham muxlislarning yaxshigina quvvatiga ega bo‘ladi. Bugun esa, o‘yin Turkiyada: futbolchilar tomonidan o‘ta shovqinli va qiyin hisoblangan stadionda «Galatasaroy»ning imkoniyatlari yuqoriroq bo‘lsa kerak.

Bu jamoalar besh yil oldin ham guruh bosqichida to‘qnash kelgandi. Turkiyadagi o‘yin durang bilan yakunlangan, «Shalke» maydonidagi dramatik o‘yinda esa, so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mehmonlar g‘alaba qozonishgan va keyingi bosqich masalasini hal qilishgandi.

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 18:47, 24.10.2018. O'qildi: 2620 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.