Bugun, 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 27-turi yakuniga yetdi. Superliga jadvaliga ko‘ra, Toshkentning “Lokomotiv” klubi Namanganning “Navbahor” klubini mag‘lub etib, ochkolari sonini 33 ochkoga yetkazgan holda chempionlik uchun kurashda yuqoriladi.
Bugun safarda “Bunyodkor”ni taslim etgan “Paxtakor” esa 27 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni band etib turibdi. 24 ochko jamg‘argan “Navbahor” hamon yuqoriga intilishda davom etmoqda. Jadvalning 4-o‘rnini “Bunyodkor” egalladi. Keyingi o‘rinlarni “Metallurg” va “Buxoro” klublari egallab turibdi.
Superligada qolish uchun jadvalida Qarshining “Nasaf” klubi peshqadam hisoblansada, “ajdarlar” bilan bir xil 26 ochko to‘plagan “Qizilqum” “ajdarlar”ni quvishda davom etyapti.
“Qo‘qon-1912”dan mag‘lub bo‘lgan “Neftchi” jadvalning so‘nggi pog‘onasida joylashgan. Shuningdek, “Sug‘diyona” klubida ham 16 ochko mavjud bo‘lib, jizzaxliklar faqatgina to‘plar nisbatiga ko‘ra, “Neftchi”dan bir pog‘ona ustunlik qilishmoqda.
27-turning barcha o‘yinlari natijasi:
27-tur |
23.10.2018 |
A |
18:00 |
Lokomotiv |
1:0 |
Navbahor |
B |
18:00 |
Qizilqum |
2:1 |
AGMK |
B |
18:00 |
Nasaf |
3:0 |
So‘g‘diyona |
24.10.2018 |
A |
18:00 |
Bunyodkor |
0:2 |
Paxtakor |
A |
18:00 |
Buxoro |
1:0 |
Metallurg |
B |
18:00 |
Qo‘qon-1912 |
2:0 |
Neftchi |
Superliga jadvali - chempionlik uchun:
Superliga jadvali - qolish uchun
28-tur o‘yinlari:
Chempionlik guruhi:
31.10 Lokomotiv – Metallurg
01.11. Buxoro – Bunyodkor
01.11. Paxtakor - Navbahor
Superligada qolish uchun kurashayotganlar:
31.10. Qizilqum - Sug‘diyona
31.10. Neftchi - AGMK
01.11. Nasaf – Qo‘qon-1912