Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

MLS: Ibrahimovich uchun mavsum tugadi, Runi pley-offda

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Milliy chempionatlar / MLS
Rukn: Yangiliklar
A A A

MLS chempionatining 2018 yilgi mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi.

23 yildan buyon hozirgi formatda tashkil etib kelinadigan chempionat reglamentiga asosan, jamoalar ikki mintaqa – Sharqiy va G‘arbiy birinchiliklarga bo‘lingan holda 34 tadan o‘yin o‘tkazishadi va yakunda eng ko‘p ochko to‘plagan klub chempionlikka erishgan hisoblanadi. Bu mavsum Sharqiy mintaqada 71 ochko to‘plagan «Red Bulls» «Muxlislar qalqoni» unvoniga (bosh sovrin) sazovor bo‘ldi.

Endilikda ikki liganing eng yuqori oltiligiga kirgan 12 jamoa MLS kubogi uchun pley-off o‘yinlariga kirishadi. Bunda setkaning ikki tomoni ikki mintaqa uchun ajratiladi, natijada finalda Sharqiy va G‘arbiy ligalar vakillari o‘zaro to‘qnash keladi.

Kecha chempionatning hal qiluvchi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Tarkibida Zlatan Ibrahimovich ham bo‘lgan «Los-Anjeles Gelaksi» jamoasi o‘z maydonida Hyustonning «Dinamo»sini qabul qilib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Lon-Anjeles shahri vakillari yuqori oltilikka kirib, kubok uchun kurashni davom ettirish uchun bu o‘yinda g‘alaba qozonishlari kerak edi. Mag‘lubiyatdan so‘ng, jamoa mavsumni Sharqiy mintaqaning 7-o‘rnida yakunladi, Ibrahimovich esa 22 ta gol bilan mavsum to‘purarlari ro‘yxatida 2-o‘rinni egalladi.

Bu o‘yin bilan parallel ravishda ikkinchi ligada kechgan o‘yinda «Di Si Yunayted» safarda «Chikago Fayr» bilan ochkolarni bo‘lishib oldi – 0:0. Vashingtonliklar hujumchisi Ueyn Runi 90 daqiqa maydonda bo‘lib, gol kirita olmadi. Chempionat yakunlariga ko‘ra, «Di Si Yunayted» o‘z mintaqasida 4-o‘rinni egallab, kubok uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Sharqiy mintaqa:

G‘arbiy mintaqa:

MLS kubogi o‘yinlari 31 oktyabrdan boshlanib, 8 dekabr kuni bo‘ladigan final bahsi bilan yakuniga yetadi. Bunda ikki mintaqada 3-6 o‘rinni olgan jamoalar nimchorak, 1-2 o‘rin egalari chorak finaldan kurashga kirishadi.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 11:49, 29.10.2018. O'qildi: 5807 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик