Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 10.03.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Sassuolo
  • La-liga
      • 10.03.2026 01:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Ovyedo
  • Superliga
      • 10.03.2026 19:00
      • Neftchi
      • 3:0
      • Andijon
      • 10.03.2026 19:45
      • Mash’al
      • 0:2
      • Qizilqum
      • 10.03.2026 20:30
      • Paxtakor
      • 0:2
      • Navbahor
      • 11.03.2026 16:30
      • Surxon
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 11.03.2026 19:30
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 11.03.2026 19:45
      • Buxoro
      • -:-
      • Xorazm
      • 12.03.2026 19:30
      • OKMK
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 12.03.2026 19:45
      • Dinamo
      • -:-
      • Nasaf
  • ECHL
      • 10.03.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • 1:0
      • Liverpul
      • 11.03.2026 01:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bavariya
      • 11.03.2026 01:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Tottenhem
      • 11.03.2026 01:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Barselona
      • 11.03.2026 22:45
      • Bayer
      • -:-
      • Arsenal
      • 12.03.2026 01:00
      • Bude-Glimt
      • -:-
      • Sporting
      • 12.03.2026 01:00
      • PSJ
      • -:-
      • Chelsi
      • 12.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 3 9
2 Lokomotiv 2 6
3 Nasaf 2 6
4 Navbahor 3 6
5 Buxoro 2 6
6 Paxtakor 3 6
7 Qizilqum 3 6
8 Andijon 3 3
9 Dinamo 2 3
10 Bunyodkor 2 3
11 Xorazm 2 3
12 Qo‘qon-1912 2 0
13 OKMK 2 0
14 Surxon 2 0
15 So‘g‘diyona 2 0
16 Mash’al 3 0

O'tgan o'yinlar.

3-тур Neftchi 3-0 Andijon
3-тур Mash’al 0-2 Qizilqum
3-тур Paxtakor 0-2 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

11/03/26 Surxon - Bunyodkor
11/03/26 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03/26 Buxoro - Xorazm
12/03/26 OKMK - So‘g‘diyona
12/03/26 Dinamo - Nasaf

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Frank Riberi dardli o‘tmishi haqida so‘zlaydi...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Bavariya» yoki Fransiya termasi mavzusida gap ketganida, bu futbolchi ham albatta tilga olinadi.

Uning yashil maydondagi yutuq va kamchiliklarini ozmi-ko‘pmi bilamiz. U bilan shaxsan tanish emasligim bois, tashqi ko‘rinishiga qarab o‘ta janjalkash, bezori yigit deb o‘ylardim.

Aslida, yuzidagi chandig‘i yarim himoyachining bolaligida ro‘y bergan jiddiy, lekin xayr­li avtohalokat asorati ekan. Hikoyamiz Frank Riberiga bag‘ishlanganini fahmlab ulgurdingiz, deb o‘ylayman. Keling, tirishqoq yarim himoyachi bosib o‘tgan yo‘l bilan uning hikoyasi orqali tanishamiz.

«Oltin to‘p-2013»

- Uni tom ma’noda o‘marishdi. Bunga aql bovar qilmaydi. O‘sha yili barcha sovrinlarni o‘zimniki qilgandim. Bundan ortig‘i imkonsiz edi. Menga nisbatan adolatsizlik qilishdi. O‘z yurtim meni qo‘llab-quvvatlamadi. Fransuzlar tanlovda Ronaldu g‘olib chiqishi kerak, deyishganiga o‘zim guvoh bo‘lganman. Ayting-chi, portugaliyaliklar Riberi yoki Messi uchun ovoz berisharmidi? Albatta, yo‘q! Menimcha, bu siyosatdan o‘zga narsa emas. Bu - noto‘g‘ri. Har bir futbolchi qulog‘iga quyib olsin - Messi va Ronaldu bor joyda uchinchi nomzod ortiqcha.

Sobiq ixtisosi

- Hayotda murakkab davrlarni boshdan kechirdim. Lekin bebaho saboqlar uchun taqdirimdan minnatdorman. Nima istayotganimni doimo yaxshi bilardim va unga erishishga intilardim. Bir kuni qarzlarim ko‘pa­yib ketgach, bank menga pul bermay qo‘ydi. Oqibatda boshqa ish topishga majbur bo‘ldim. Ko‘p o‘ylab o‘tirmay, otam kabi yo‘l qurilishida ishlay boshladim. Vazifam asfalt pishirish va ko‘chaning ta’mirtalab qismini sozlash edi. Anchagina ter to‘kishga to‘g‘ri kelgandi. Qarzdan bo‘lak hech vaqom qolmagan paytda bo‘lajak turmush o‘rtog‘im bilan tanishdim. To‘yga pulim bo‘lmagan murakkab vaziyatda Vohiba katta yordam berdi.

Xaynkes

- U jamoaga sof havo baxsh etdi. Hammamizni birlashtirib, o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonchni qaytardi. Ushbu mutaxassis nimani uddalay olishimni yaxshi biladi. Ilk bora uchrashganimizda quchoqlashib ko‘rishdik. Shundan beri samimiy munosabatdamiz: o‘zaro hurmat, ishonch hech qachon yo‘qolgan emas.

Avtohalokat

- Men juda kichkina, taxminan 2 yoshda edim. Hammasi bir zumda yuz berdi. Yodimda qolgani - avtomobilning old oynasidan uchib ketganim. Keyin shifoxonada hushimga keldim. Otamning sertashvish yuzi hanuzgacha yodimda. Lekin eng muhimi, sog‘a­ydim! Shu asoratlar bilan o‘sib-ulg‘aydim. Halokatdan keyingi voqealar kuchimga kuch qo‘shardi. Yuzimdagi chandiqlar tufayli juda ko‘p jig‘imga tegishardi. Bolalarning mazax qilishlari o‘z yo‘liga, eng dahshatlisi, kattalar ham doimo ola qarashardi. Oila a’zolarimga ham oson bo‘lmadi. Kimdir menga uzoqroq tikilib qolsa, otam yoxud onam bezovtalanib, norozilik bildirishardi. O‘sha mushkul pallada ruhan kuchli va aqlli bo‘lmagan kishi o‘lib qolishi mumkinligini tushunib yetdim. O‘zimni faqat o‘zim qutqara olardim. Ana shu zarurat sabab yanada kuchliroq bo‘ldim. Sinfdoshlarimning ota-onalari ustimdan kulishlarini ham yaxshi bilardim. Bu o‘ta shafqatsizlik edi. Ayniqsa, yoshlik chog‘imda. Biroq hech qachon yig‘lamaganman.

Mablag‘

- Pulga qiziqmaganman. Farovon hayot kechirishda u muhim ahamiyatga ega, albatta. Lekin shaxsan men uchun mablag‘ hech qachon birinchi o‘rinda bo‘lmagan. Mo‘may daromad ilinjida boshqa klubga o‘tishni xayolimga ham keltirmayman.

O‘zgalarga ko‘maklashish

- O‘zimni ochiqko‘ngil yigit, deb hisoblayman. Doimo atrofdagilarga nimadir bergim keladi. Muvaffaqiyatimni omadi yurishmaganlar bilan baham ko‘rishni istayman. Oila a’zolarim va do‘stlarimni baxtiyor ko‘rish menga zavq beradi.

«Bavariya»

- Bu gapni ko‘p takrorlaganman: «Bavariya» - Yevropadagi so‘nggi jamoam. Imkoni boricha uning sharafini uzoqroq himoya qilish niyatidaman. Bu yerda oilam o‘zini baxtiyor his etmoqda. Faoliyatimni yakunlagach, «Bavariya»da murabbiylik qilmoqchiman. Lekin faqat yoshlar bilan ishlayman.

Messi

- Uni butun dunyo kuzatmoqda. Leo - sayyoramizdagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri. Ammo men hech qachon unga o‘xshashga intilmaganman. Orzu qilishga faqat «Oltin to‘p» majbur eta oladi. Agar siz chinakam professionallar toifasidan bo‘lsangiz, sovrinlar haqida o‘ylashingizga shubha qilmayman.

Ota

- Menga otamning juda ko‘p yordami tekkan. U doimo qo‘llab-quvvatlardi. To‘g‘ri, xarakterimni o‘zim tobladim. Otam meni hayotdagi eng buyuk ne’mat - bolalar ekaniga o‘rgatdi. Mana shu sabog‘i juda ko‘p asqotdi. Buning uchun undan minnatdorman.

Ovqatlanish

- Alkogol va go‘shtni umuman iste’mol qilmayman. Hayotda ham, futbolda ham.

Motosiklga muhabbat

- 2-3 soat miriqib gazni bossang, miyang barcha nojo‘ya fikrlardan forig‘ bo‘ladi.

Bolalikdagi krossovkalar

- Ittifoqo, maktab mavsumi arafasida onam menga yangi krossovka olib berdi va uning o‘ta qimmat ekanligi, avaylab kiyishim kerakligini aytdi. Bu poyabzalni faqat maktabga borganimda kiyar va qaytib kelgach, darrov yechib qo‘yardim. To‘p tepishda esa eskilaridan foydalanardim.

Lui van Gal

- Bu mutaxassisni futbolchilarning nomlari mutlaqo qiziqtirmasdi. Unga yulduzlardan ko‘ra natija muhimroq edi. Shu sababli har bir shogirdi o‘z ustunligini qaytadan isbotlashini xohlardi. U bilan dastlabki uchrashuvim ko‘ngildagidek o‘tmadi. Bunday kezlarda futbolchining o‘ziga bo‘lgan ishonchi susayadi. Ha, yashil maydondagi van Gal xususida gap bo‘lishi mumkin emas. Ammo murabbiy sifatida yaxshi inson emasdi.

Gvardiola

- Xosep - ajoyib mutaxassis! Aynan arzimas ikir-chikirlar jamoani yanada kuchliroq qilishini u juda yaxshi biladi. O‘yinni o‘sha lahzaning o‘zida mukammal tahlil qiladi. Bu - Pepning asosiy ustunligi. Uning to‘pni nazorat qilish va yuqori pressing uslubi hujumkor futbolchilarga mos keladi. Shu tariqa ularda raqib darvozasiga yaqinroq hududda ko‘proq to‘p surish imkoniyati tug‘iladi. Lekin raqibning tezkor qarshi hujumlaridan ehtiyot bo‘lish kerak. Shu talabni uddalay olgan jamoa albatta maqsadiga yetadi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 22:50, 29.10.2018. O'qildi: 3931 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 3
2 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
3 Пахтакор Doston Hamdamov 2
4 Пахтакор Piotr Pajishek 2
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
6 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
7 Навбаҳор Ruslanbek Jiyanov 2
8 Нефтчи Jamshid Iskanderov 1
9 Нефтчи Anvarjon G‘ofurov 1
10 Навбаҳор Katulondi Kati 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.