Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba.

  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 22.06.2025 03:00
      • Fluminense
      • 4:2
      • Ulsan Xyonde
      • 22.06.2025 06:00
      • River Pleyt
      • 0:0
      • Monterrey
      • 22.06.2025 21:00
      • Yuventus
      • 4:1
      • Vidad
      • 22.06.2025 23:59
      • Real Madrid
      • 3:1
      • Pachuka
      • 23.06.2025 03:00
      • Zalsburg
      • 0:0
      • Al-Hilol
      • 23.06.2025 06:00
      • Manchester Siti
      • 6:0
      • Al-Ayn
  • Superliga
      • 22.06.2025 20:00
      • Paxtakor
      • 2:0
      • Qo‘qon-1912
      • 22.06.2025 20:00
      • Sho‘rtan
      • 2:1
      • Surxon
      • 22.06.2025 20:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Bunyodkor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 13 31
2 Dinamo 11 25
3 OKMK 13 24
4 Navbahor 13 23
5 Neftchi 12 23
6 Paxtakor 13 22
7 Bunyodkor 12 18
8 Mash’al 13 15
9 Xorazm 13 14
10 Andijon 13 14
11 Surxon 13 14
12 So‘g‘diyona 13 13
13 Qizilqum 13 13
14 Qo‘qon-1912 13 12
15 Buxoro 13 9
16 Sho‘rtan 13 9

O'tgan o'yinlar.

13-тур So‘g‘diyona 1-0 Xorazm
13-тур Andijon 1-1 Qizilqum
13-тур Neftchi 1-0 Buxoro
13-тур Mash’al 1-3 Nasaf
13-тур Navbahor 3-0 OKMK
13-тур Paxtakor 2-0 Qo‘qon-1912
13-тур Sho‘rtan 2-1 Surxon

Navbatdagi o'yinlar.

22/06/25 Dinamo - Bunyodkor

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 23.06.2025

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Германии. "Штутгарт" - "Байер 04 Леверкузен".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Бохум".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Санкт-Паули".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Германии. "Айнтрахт Франкфурт" - "Штутгарт".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Унион Берлин".
      16:05 Новости футбола.
      16:10 Чемпионат Германии. Итоги сезона.
      17:40 Новости футбола.
      17:45 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Майнц 05".
      19:45 Новости футбола.
      19:50 Чемпионат Германии. "Вольфсбург" - "РБ Лейпциг".
      21:50 Новости футбола.
      21:55 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Бохум".
      23:55 Новости футбола.
      00:00 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Санкт-Паули".
      02:00 Новости футбола.
      02:05 Чемпионат Германии. "Айнтрахт Франкфурт" - "Штутгарт".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Унион Берлин".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 23.06.2025

      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии.
      09:10 "Формула-1. Гаснут огни".
      09:40 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 3 на автодроме "Игора Драйв". Туринг-лайт. Гонка 2.
      10:10 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 3 на автодроме "Игора Драйв". SMP GT4. Гонка 3.
      10:45 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 3 на автодроме "Игора Драйв". SMP TCR. Гонка 2.
      11:15 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 3 на автодроме "Нижегородское кольцо".
      12:05 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Paavo Nurmi Games в Турку, Финляндия.
      14:15 "Заплыв длинною в жизнь". Специальный репортаж.
      14:30 "Непридуманные истории". Ленинградская область.
      15:00 Настольный теннис. Командный чемпионат России в Верхней Пышме. Женщины. 1/2 финала.
      17:10 "Магия большого спорта". "Синхронное плавание".
      17:40 Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии.
      18:55 "Я вырасту чемпионом!". Специальный репортаж.
      19:15 "Лучшие из лучших".
      19:45 LIVE Плавание. Кубок России. Финальный этап в Казани. День 1. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      22:10 Д/ф "Владимир Петров. Центр нападения".
      23:10 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Paavo Nurmi Games в Турку, Финляндия.
      01:15 "Непридуманные истории". Ленинградская область.
      01:45 Настольный теннис. Командный чемпионат России в Верхней Пышме. Женщины. 1/2 финала.
      03:50 Плавание. Кубок России. Финальный этап в Казани. День 1. Вечерняя сессия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 23.06.2025

      05:00 Д/ф "История Джесси Лингарда".
      05:55 Новости.
      06:00 Д/с "Один за всех".
      08:00 "Футбол на все времена".
      08:30 "Век нашего спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Дарья Пикалова.
      11:25 "Что за спорт?". "Экстрим".
      12:30 Профессиональный бокс. Алексей Мазур против Тиграна Узлянаа.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 LIVE Регби. Pari Чемпионат России. "Енисей-СТМ" (Красноярск) - "Красный Яр" (Красноярск). Прямая трансляция.
      18:30 Новости.
      18:35 LIVE Громко. Прямой эфир.
      19:45 LIVE Плавание. Кубок России. Финальный этап в Казани. День 1. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      22:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:00 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Финал.
      00:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:45 Наши в UFC.
      04:00 Регби. Pari Чемпионат России. "Динамо" (Москва) - "Стрела-Ак Барс" (Казань).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 23.06.2025

      05:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Валь-ди-Соле, Италия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      06:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 8. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      07:00 Снукер. Masters в Лондоне, Великобритания. Финал.
      09:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Валь-ди-Соле, Италия. Женщины. Шорт-трек кросс-кантри.
      09:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Валь-ди-Соле, Италия. Мужчины. Шорт-трек кросс-кантри.
      10:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Валь-ди-Соле, Италия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      10:45 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Валь-ди-Соле, Италия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      11:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 5 в Солт-Лейк-Сити, США. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      12:30 Снукер. Masters в Лондоне, Великобритания. Финал.
      14:30 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 5.
      15:45 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 7.
      16:45 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 8. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      18:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Валь-ди-Соле, Италия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      19:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Валь-ди-Соле, Италия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      20:00 Снукер. Masters в Лондоне, Великобритания. Финал.
      22:00 Олимпийский канал. Д/ф "Том Дейли: 1,6 секунды".
      23:30 Пауэрлифтинг. Чемпионат мира по классическому троеборью в Хемнице, Германия. Обзор.
      00:30 Снукер. Masters в Лондоне, Великобритания. Финал.
      01:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Валь-ди-Соле, Италия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      02:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Валь-ди-Соле, Италия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      03:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 5.
      04:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 7.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Don daryosi bo‘ylarida porlayotgan o‘zbek universiali Eldor Shomurodov...

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Fors ko‘rfazi qirg‘oqlaridagi maydonlarda o‘tadigan Osiyo chempionati boshlanishiga ham oz fursatlar qolmoqda. Vaqtning o‘tishini qarangki, yaqindagina milliy jamoamizni qabul qilib olgan Ektor Kuper to‘rtta o‘yinni ham o‘tkazib ulgurdi, sanoqli kunlardan so‘ng esa yigitlarni yana 2ta bahsda maydonga tashlaydi. Argentinalik murabbiy tuzayotgan jamoadagi o‘yinchilar orasida bir yigit borki, shaxsan men undan boshqa barcha futbolchilardan ham ko‘ra ko‘proq yuksalish kutmoqdaman. Agar ta’bir joiz bo‘lsa, u milliy termamizning kelajagi, 2022, hattoki, 2026 yilgi jahon chempionatlari yo‘llanmasi uchun kurashuvchi asosiy «jangchi»larimizdan biri bo‘ladi. Bu - 23 yoshli Eldor Shomurodov...

«Bunyodkor» klubining sobiq vakili so‘nggi paytlarda Rossiya futbol ommasi e’tiborini ham o‘ziga qaratishga ulgurdi. Eldorning legionerlik faoliyatida hozir ikkinchi mavsum ketmoqda. Aytish joizki, shu davr mobaynida u «Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpinning tobora ishonchiga kirib bormoqda.

Shomurodovning Rossiya maydonlaridagi faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, juda «kamtar» raqamlarni ko‘rishimiz mumkin: Premyer-ligada deyarli 1,5 mavsumda bor-yo‘g‘i 2ta gola urdi, xolos va aksariyat uchrashuvlarda zaxiradan maydonga tushayotgani bilan yodda qolmoqda. Albatta, hujumchi uchun bu natijalar juda oz. Shunga qaramay, Eldorning faoliyati chuqurroq tahlil qilinganida, uning mehnatlari «Rostov» uchun kam foyda keltirmayotganiga guvoh bo‘lamiz.

Men shu vaqt mobaynida «Rostov» ishtirokidagi o‘yinlarni muntazam kuzatib boryapman, Eldorning yutuqlaridan ham, kamchiliklaridan ham deyarli to‘liq xabardorman. Hattoki, Premyer-liganing navbatdagi turidan so‘ng bo‘ladigan «Rostov» klubi fanatlari o‘rtasidagi o‘zaro tortishuvlar, u yerda nimalar xususida gap-so‘zlar bo‘ladi, shular haqida ham ma’lumotlarim bor.

ROSTOV SARI ILK QADAMLAR

Avvalo, Shomurodovning dastlabki mavsumdagi ishtiroki xususida biroz fikr yuritsak. Hamyurtimiz Rossiyaga ilk bor tashrif buyurganida, «Rostov»ni taniqli mutaxassis Leonid Kuchuk boshqarayotgandi. O‘tgan mavsumning dastlabki turlarida jamoa yuksak natijalar qayd etib, Premyer-ligada 1-pog‘onaga joylashishga ham erishgandi. Lekin mavsum o‘rtalariga bormasidanoq, «Rostov»ning ishi ortga ketdi: ketma-ket mag‘lubiyat va duranglar jamoani turnir jadvalining ancha pastki qismlarigacha surib yuborgandiki, rostovliklarning so‘nggi turlarda quyi divizionga qulamaslik yo‘lida kurashishi ko‘rinib qolayozdi. Aynan shu natijalar yakuni o‘laroq, Leonid Kuchuk ishdan olindi, uning o‘rnini Rossiya futbolining yanada taniqli vakili Valeriy Karpin egalladi.

Kuchuk qo‘l ostida Shomurodov dastlabki turlarda asosan zaxiradan maydonga tushayotandi. 8-turda mehmondagi «Zenit»ga qarshi uchrashuvdan oldin jamoaning ikki asosiy hujumchisi jarohat tufayli o‘ynolmasligi ma’lum bo‘lgach, Eldorga ham o‘zini ko‘rsatishi uchun vaqt yetib kelgandi. Boshqa variantlar yo‘qligidan, bosh murabbiy asosiy tarkibda aynan Shomurodovni o‘ynatishga majbur bo‘ldi. Aytish joizki, hamyurtimizning ilk 11talikdagi debyut uchrashuvi ancha chiroyli natija bilan tugadi: Piterdagi o‘yinda «Rostov» Yevropa darajasidagi tarkibga ega «Zenit» bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi.

Ushbu o‘yinni yaxshilab kuzatganman, Shomurodovning Rossiya Premyer-ligasida asosiy tarkibdagi ilk uchrashuvi, u yaxshigina hayajonlangan, ba’zida oddiy vaziyatlarda ham to‘p uning oyog‘iga bo‘ysunmagandi. O‘z hamyurting bo‘lsa, ancha hijolat tortarkansan. Shunaqa saviyadagi o‘yindan so‘ng, Shomurodov «Rostov»dagi (zaxiradagi!) o‘rnini saqlab qola olarmikan, deb o‘ylagandim. Aytganimdek, keyingi uchrashuvlarda uni yana asosan ikkinchi bo‘limlarda maydonga tushirib turishdi.

MAVSUM SO‘NGIDAGI ZAFAR

Qishki tanaffusda jamoaga islandiyalik mahoratli hujumchi Byorn Sigurdarson kelib qo‘shildi-yu, Shomurodov uchun asosiy tarkibda maydonga tushish eshiklari yanada «toraydi». Deyarli barcha uchrashuvlarda dastlabki daqiqalardan Sigurdarson o‘ynay boshladi, Shomurodov esa yana 2-bo‘lim o‘rtalarida, ba’zan esa o‘yin oxirlarida maydonga tushardi. Bu vaqtga kelib jamoani Karpin boshqara boshlagan, xuddi oldingi murabbiy Leonid Kuchuk davridagi kabi Shomurodov uchun asosiy tarkibda maydonga tushish katta muammo edi.

Lekin futbolda jarohat atalmish bir holat borki, u kimgadir aziyat yetkazsa, boshqasiga eshiklarni keng-roq ochib berishi mumkin ekan. Aynan o‘sha Sigurdarsonning jarohat tufayli safdan chiqishi Shomurodovga bitta o‘yinda bo‘lsa ham asosiy tarkibda maydonga tushish uchun zamin hozirladi. «Tosno»ga qarshi uchrashuvda Karpin o‘yinning boshidanoq Shomurodovni maydonga tushirishga majbur edi - xuddi mavsum avvalidagi «Zenit»ga qarshi bahsda sobiq bosh murabbiy Kuchukda bo‘lgani kabi Karpinda ham bundan boshqa chora qolmagandi.

«Tosno» bilan o‘yin Shomurodovning kelajak yo‘llarini ancha o‘zgartirib yubordi. O‘sha bahsda Eldor aslida birinchi bo‘limda ham ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishi mumkin edi. Lekin barchasi keyingi 45 daqiqalikda yuz berdi. Avvaliga Zuyevning o‘ng qanotdan oshirgan to‘pini boshi bilan darvoza to‘riga tushirgan hamyurtimiz 5 daqiqa vaqt o‘tiboq, Artur Yusupov bilan chiroyli kombinasiya uyushtirdi va yakunda o‘zi golni nishonladi - 2:0. Mana shu hisob uchrashuv oxirigacha o‘zgarmadi va legionerimiz ilk bor Rossiya Premyer-ligasida turning eng yaxshi 11 futbolchisi safidan joy oldi.

Aynan mana shu bellashuvdan so‘ng «Rostov»ning Premyer-ligada qolishi masalasi uzil-kesil hal qilindi. So‘nggi uchrashuvlarni Karpin shogirdlari unchalik katta bosim bilan o‘tkazishmadi - so‘nggi ikki tur ular uchun deyarli keyingi mavsumga tayyorgarlik sifatida o‘tdi. Xususan, o‘sha «Tosno»ga qarshi uchrashuvdan birozgina muddat o‘tib, Shomurodov Moskvada «Spartak»ka qarshi o‘yinda ham asosiy tarkibda maydonga tushdi. Mazkur bellashuvda ham Eldor ancha yuqori saviyada harakat qildi. Dastlabki turlardagi «Zenit»ga qarshi o‘yinda ancha yosh va tajribasizligi bilinib qolgandi, bu gal esa haliyam o‘sha yoshida bo‘lsada, tajriba, ayniqsa, dadillik borasida anchagina rivojlangani yaqqol sezildi. Hattoki, bir vaziyatda o‘ng qanotdagi chiziqqa juda yaqin masofada «Spartak»ning 2-3 futbolchisi orasidan «masterlarcha» chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi va o‘yinni sharhlab borayotgan rossiyalik sharhlovchilardan-da olqish olishga erishdi.

O‘tgan mavsumda Shomurodov bilan bog‘liq yana bir qiziq voqea ham sodir bo‘lgandiki, buniyam alohida tilga olmay ilojimiz yo‘q. «Rostov» Rossiya kubogidagi yurishini o‘z maydonida o‘tgan «Amkar»ga qarshi bellashuvda to‘xtatdi. O‘sha uchrashuvda g‘olib masalasi penaltilar seriyasigacha borib taqalgandi. Dastlab to‘p oldiga aynan Eldor keldi va darvozani aniq nishonga oldi - 1:0. Shundan so‘ng ikkala jamoa vakillari birin-ketin gollar ura boshlashdi va barcha 10 futbolchi, hattoki, ikki darvozabon penalti tepguncha ham hisob tengligicha turaverdi. Voqealar rivoji shu bilan yakun topdiki, ro‘yxatda birinchida turgan hamyurtimizga yana bir bora penalti tepish navbati yetib keldi. Afsuski, ikkinchi urinishda Eldor to‘pgan to‘pni darvozabon qaytarib qoldi. Yakuniy hisob - 9:10, «Rostov» o‘z maydonidagi penaltilar seriyasida «Amkar»ga mag‘lub bo‘lib, kubok bilan xayrlashgandi...

ASOSIY TARKIBDAGI RAQOBAT

Joriy mavsum «Rostov» safiga Islandiyadan yana bir hujumchi - Vidar Kyartansson ham kelib qo‘shilganini hisobga olsak, hamyurtimiz uchun mazkur jamoadagi katta raqobatni tasavvur qilsa bo‘ladi. So‘nggi paytlarda Rossiya terma jamoasi saflarida ham ko‘rinib qolayotgan Aleksey Ionov «Rostov»ning ishongan tog‘laridan biri sanaladi. Demak, Sigurdarson - Ionov - Shomurodov - Kyartansson. Mazkur to‘rtlikdan ko‘p hollarda ikki, ba’zan esa faqat bir nafarigina asosiy tarkibda o‘yinni boshlashini aytib o‘tsak, Karpin jamoasining old chizig‘idagi raqobat naqadar kuchli ekaniga guvoh bo‘lasiz.

Aytish joizki, Sigurdarson ham, Ionov ham bu yilgi mavsumdagi 12 turdan so‘ng 4tadan gol urishdi, Shomurodov esa hali biror marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qila olmadi. Aynan shu ko‘rsatkichlar ham Sigurdarson va Ionovning ustunligini belgilab turibdi. Lekin haqiqat yuzasidan olib qaraydigan bo‘lsak, islandiyalik 27 yoshli hujumchi ham, rossiyalik Ionov ham Eldor ko‘rsatayotgan o‘yinlardan birmuncha kuchli futbol namoyish qiladi.

Aslida, bu yilgi chempionat ham xuddi oldingisi kabi Shomurodov uchun zaxira o‘rindiqlaridagi kunlar bilan boshlangandi. Dastlabki turlarning deyarli barchasida u 2-bo‘limda maydonga tushdi. Lekin taqdirning qiziq kunini qarangki, xuddi o‘tgan mavsumdagi kabi, bu yil ham eng zarur o‘yinlardan biri oldidan asosiy hujumchi Byorn Sigurdarson jarohat tufayli maydonga tusholmasligi ma’lum bo‘ldi. Mehmonda «Spartak»ka qarshi uchrashuvda Karpin ikki hujumchi bilan o‘ynadi va oldingi chiziqqa Shomurodov - Ionov juftligini qo‘ydi. Tarixda «Spartak» maktabining vakili bo‘lgan, murabbiylikda ham aynan shu jamoani boshqargan Valeriy Karpin o‘sha oqshom sobiq shogird-lariga qarshi munosib o‘yin o‘tkazdi. Butun o‘yin davomida tengma-teng tarz-da to‘p surgan Shomurodov jamoadoshlari yakunda 1:0 hisobida zafar quchishdi. Albatta, bu g‘alabada legioner futbolchimizning ham hissasi katta bo‘ldi. Maydonda qariyb 60 daqiqa harakat qilgan Eldor shu vaqt davomida ham hujumda, ham yarim himoyada munosib harakat qildi. Ba’zi hollarda esa uning hattoki, himoya chizig‘i atroflarida ham to‘p uchun kurashayotganini ko‘rish mumkin edi...

Rossiya Premyer-ligasining so‘nggi turida «Rostov» o‘z maydonida «Anji»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va mazkur bahsda ham Shomurodovning asosiy tarkibda maydonga tushgani ko‘pchilik uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Bu gal Sigurdarson soppa-sog‘ edi va Eldor mazkur jamoadagi faoliyati davomida ilk bor hujumda aynan shu islandiyalik futbolchi bilan tandemda o‘ynadi.

Valeriy Karpin o‘yindan keyingi matbuot anjumanida Ionovning maydonga tushirilmagani haqidagi savolga javob bera turib, shunday dedi: «Ionov ochiq zonalarda o‘ynashni yaxshi ko‘radiganlar toifasidan. Bugun raqiblar tomonidan bunday zonalar qoldirilishi qiyinroq edi. Shu sababli, uning o‘rniga asosiy tarkibda Shomurodovni tushirdim va bu qanday foyda berganini uchrashuv davomida o‘zingiz guvohi bo‘ldingiz».

E’tibor beryapsizmi, Karpin ba’zi holatlarda Rossiya termasi a’zosidan ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi vakilini afzal ko‘rmoqda va eng muhimi, bu qarori ish berganini ta’kidlamoqda. Bundan shu xulosaga kelish mumkinki, Shomurodovning bir qancha o‘yinlarda yo‘l qo‘yayotgan xatolariga hatto Karpin ham ko‘z yummoqda va unga hozircha ishonmoqda.

KARPIN FALSAFASI

Valeriy Karpin deganda rus futbolining yangi avlodiga rahbarlik qilayotgan shaxsni tushunishadi. Katta va o‘rta yoshli kishilarning xabari bor, u o‘z davrida juda iste’dodli futbolchi bo‘lgan. Moskvaning «Spartak», Ispaniyaning «Selta», «Valensiya», «Real Sosyedad» klublarida yetakchi o‘yinchilardan biri bo‘lgan. Karpin xuddi bizning Kuper kabi asosiy e’tiborni mustahkam himoya-ga qaratadi. Uning shogirdlari chindan ham juda kam gol o‘tkazib yuborishadi va aksariyat hollarda minimal ustunlik bilan g‘olib chiqishadi. Mag‘lubiyatlar ham shunga monand - asosan 0:1 yoki 1:2 hisoblarida yutqazishadi.

Bunday futbol sharoitida Shomurodov uchun gol urish har doim ham asosiy vazifa bo‘lavermasligi aniq. Shaxsan o‘zimning kuzatishlarim natijasida shu xulosaga keldimki, Eldor rossiyalik mutaxassis qo‘llayotgan taktikaga o‘zini ancha moslashtirib oldi. Shu darajada moslashtirib oldiki, so‘nggi - «Anji»ga qarshi bahsda «Rostov» vakili Skopinsev qizil kartochka olganidan so‘ng, Karpin qo‘rqmasdan Eldorni qanot himoyachisi pozisiyasida o‘ynatdi. «Qo‘rqmasdan» deyishimga sabab, bunday qaltis hisob paytida («Rostov» atigi 1:0ga yutayotgandi), boz ustiga, bir kishi kam bo‘lib harakatlanayotgan jamoa uchun bu «eksperiment» o‘zini oqlamasa - «Rostov»ning ahvoli «voy» bo‘lishi turgan gap edi. Lekin Karpin Eldorning himoyani ham bemalol ushlay olishiga ishonganki, uni aynan shu pozisiyaga o‘tkazgan.

Fikrimcha, Karpin hamyurtimizni yaqinda Rossiya kubogi doirasidagi «Sizran-2000» klubiga qarshi uchrashuvda yaxshilab sinab olganidan so‘ng shu qarorga kelgan. O‘sha o‘yinda mehmonda to‘p surgan «Rostov» zafar quchgan (4:0) va hisobni ochuvchi golga aynan Eldor mualliflik qilgandi. O‘sha uchrashuvda Shomurodovning o‘yinini yana bir bora yaxshilab kuzatdim. Qanotdagi juda faol harakatlari bilan ajralib turdi. Ko‘p holatlarda himoyagacha yetib kelib to‘p surdi, ayniqsa, to‘pni raqibdan olib qo‘yishda faollik ko‘rsatdi.

XULOSA

Ko‘rib turganingizdek, 1,5 yillik legionerlik faoliyati davomida Eldor dunyoning anchagina kuchli futbolchilariga qarshi to‘p surishga erishdi. Hozircha Shomurodovning o‘yinida ma’lum xatolar ko‘zga tashlanadi, birinchi galda to‘p bilan muomala qilishdagi kichik kamchiliklar. Raqib bilan cho‘chimay kurashishi, oldingi chiziq vakili bo‘lishiga qaramay, to‘pni raqibdan olib qo‘yish borasidagi ko‘rsatkichlari tobora yuqorilab borayotgani esa, albatta, quvonarli hol va bu narsa birinchi galda uning universal futbolchi bo‘lib yetishishiga zamin hozirlaydi. To‘g‘ri, urgan gollari soni judayam oz, shunga qaramay, uning yarim himoya va himoyadagi ishonchli o‘yini bu qusurni umuman yopib ketmoqda.

Behzod AHMADJONOV

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:38, 05.11.2018. O'qildi: 8868 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 10
2 Навбаҳор Pedro 7
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
4 Насаф Husayn Norchayev 6
5 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
6 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 5
7 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
8 Бунёдкор Luis Kachorri 5
9 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 5
10 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.