Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Ginnes» kitobi va futbol

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Chelsi» zaxira o‘rindig‘iga «mixlangan» Sesk Fabregas, nihoyat... «ko‘klar» asosiy tarkibi bir chetda qolib, Ginnesning rekordlar kitobi-2019dan joy oldi.

Ispaniyalik yarim himoyachi APLda samarali uzatmalar uzatish bo‘yicha 100lik dovonni eng tez bosib o‘tdi. Fabregas bu natijani 293ta o‘yinda qayd etdi. Umuman, eng qiziqarli rekordlar yozilgan kitobda futbolga taalluqli shunga o‘xshash ma’lumotlar bisyor va bugungi maqolada ularning eng saralarini e’tiboringizga havola etamiz.

1. Futbolchilik faoliyatidagi eng ko‘p o‘yin

Maydonda hammadan ko‘p ko‘rinish bergan futbolchi haqida gap borganda, ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida Xavyer Zanetti, Rayan Giggz yoki Janluiji Buffon gavdalanishi shubhasiz. Ayniqsa, italiyalik darvozabonning bu borada rekord o‘rnatishini taxmin qilish mumkin. Vaholanki, hozirgi paytda futbolchilik faoliyatida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan afsona sifatida angliyalik darvozabon Piter Shilton qayd etilgan. Buyuk Gordon Benksning vorisi 1966-1997 yillar mobaynida 1391ta uchrashuvda to‘p surgan! Ulardan 125tasi Angliya termasi o‘yinlariga to‘g‘ri kelgan - bu ham o‘ziga xos rekord. Shilton bugungi kunda goh-gohida televideniyeda ko‘rinish berib, o‘z darvozasiga yo‘llangan adolatsiz gol uchun Maradona manziliga turli gap-so‘zlarni yog‘dirish bilan mashg‘ul.

2. Eng ko‘p tomoshabinlar tashrifi

Mana 70 yildirki, bu boradagi rekord o‘zgarmay kelmoqda. JCH-1950 doirasida o‘tkazilgan, «Marakanaso» nomi bilan tarixdan joy olgan Braziliya - Urugvay bahsi uchun rasman 173 850ta chipta chiqarilgandi, ammo guvohlarning ta’kidlashlaricha, o‘shanda arenada 210 000ga yaqin muxlis bo‘lgan. Tribunalardagi xavfsizlik darajasi yuqori emasdi, shu bois aksariyat ishqibozlar stadionga chiptasiz kirishgani katta ehtimol. Shunday qo‘llab-quvvatlash ham braziliyaliklarni XX asrning eng shov-shuvli fiaskosidan saqlab qololmagan: Urugvay termasi mazkur uchrashuvda 2:1 hisobida zafar quchgan, vaholanki, durang ham Braziliya jamoasiga jahon kubogini taqdim etishi mumkin edi.

3. Eng tezkor chetlatish

«Minus» belgisi ostidagi yangi rekordlardan biri 2017 yilning fevralida qayd etilib, uni Avstraliya termasining asosiy yulduzi Tim Kexill rasmiylashtirgandi. «Melburn Siti» - «Viktoriya Siti» uchrashuvi yakunlanishiga besh daqiqa qolganda Kexill zaxiradan maydonga tushishga tayyorgarlik ko‘rayotgandi. Aynan shu pallada voqealar tez rivoj oldi. Raqib hujum uyushtirib, darvozani ishg‘ol qildi - laynsmen «ofsayd» qayd etdi, bosh hakam esa golni inobatga oldi. Jarayonni maydon chetida kuzatib turgan Timga bu holat o‘taketgan adolatsizlikdek tuyulib, referini haqorat qildi. Shu zahoti uning qarshisida qizil kartochka paydo bo‘lgach, Kexill bir soniya ham to‘p surishga ulgurmay, tribunalar ostidagi xonaga yo‘l oldi.

4. Eng uzoq masofadan urilgan gol

Bu natija 2013 yili, APL doirasidagi «Stok Siti» - «Sautgempton» uchrashuvining dastlabki daqiqalarida qayd etildi. Ko‘rinishidan hech qanday xavf yo‘qdek edi: «avliyolar» markazdan o‘yinni boshlab berishdi, ammo raqib jarima maydonchasi yonida to‘pni yo‘qotishdi. Uni «kulollar» darvozaboni Asmir Begovich egallab olib, bor kuchi bilan oldinga tepdi. Natijada to‘p maydonning narigi qismiga borib, maysaga bir marta urilib, «Sautgempton» posboni Artur Borusning ustidan o‘tib, to‘rdan joy oldi. Begovichning oyog‘i to‘pga tekkan joydan, qarama-qarshi tomondan darvoza orasidagi masofa 91,9 metrga teng edi - avvallari hech kim bunday uzoqlikdan gol urmagandi. Mazkur holatdan so‘ng bosh­qa bir diqqatga molik voqea ham kuzatildi: bunga qadar Borus yettita uchrashuvda atigi bitta to‘p o‘tkazib yuborgandi. Begovichning superzarbasidan keyin esa polshalik kiperning ishlari orqaga ketdi. O‘sha payt­lari Chempionshipda qatnashayotgan «Bornmut» safiga o‘tdi, jamoa bilan APLga yo‘l oldi. Biroq 2017 yili «olchalar»ning asosiy darvozaboni maqomini boshqa hamkasbiga boy berdi. Yana kimsan... Asmir Begovichga!

5. Eng sermahsul darvozabon

Ko‘pchilikka ma’lum-u mashhur ko‘rsatkichni ham yodga olmaslik mumkin emas. Braziliyalik golkiper Rojerio Seni - mabodo, kimdir bexabar bo‘lsa - 23 yillik faoliyati davomida raqiblar darvozasini 128 marta (FIFA rasman shuncha qayd etgan, aslida bundan ham ko‘proq) ishg‘ol qilgan. Uning asosiy gollari jarima zarbalari va penaltidan urilgan. Bunday natijani manaman degan hujumchilar havas qilsa arziydi. Shuningdek, braziliyalik darvozabon yana ikki ko‘rsatkich bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan - bir klubda eng ko‘p (1100dan ko‘proq) o‘yin o‘tkazish va bir klubda sardorlik bog‘ichida eng ko‘p (900ga yaqin) o‘yin o‘tkazish.

6. Eng uzoq masofadan bosh bilan urilgan gol

2011 yilning sentyabrida «Odd Grenland» klubi a’zosi Yon Samuelsen g‘aroyib gol muallifiga aylandi. «Tromse»ga qarshi kechgan bahsda u 57,32 metr uzoqlikdan turib, boshi yordamida raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Tan olish kerak, hammasi tasodifan ro‘y bergandi: raqib himoyachisi to‘pni o‘yinga kiritayotganda, uning barcha sheriklari, hattoki, darvozabon ham «Odd Grenland» jarima maydonchasi ichida turishgandi. Zarba yo‘llangan payt to‘p Samuelsonning boshiga tegib, ortga qaytdi va bo‘sh qolgan darvozadan joy oldi. Hozir ham «Odd» sharafini himoya qilayotgan rekordchi futbolchi Norvegiya termasida 10ta o‘yin o‘tkazgan. Biroq ayni paytgacha boshqa fantastik ko‘rsatkichga erishgani yo‘q.

7. Xalqaro maydonda eng ko‘p gol urgan futbolchi

Milliy termada eng ko‘p to‘p kiritish bo‘yicha jahon rekordi eronlik forvard Ali Daiga tegishli: forslar bosh jamoasidagi 13 yillik faoliyati davomida u 149ta o‘yin o‘tkazib, 109ta golga mualliflik qilgan. Ali Dai Eron termasida to‘rtta «poker» va bitta «penta-trik» muallifiga aylangan - to‘g‘ri, chapdast hujumchi asosan Nepal, Shri-Lanka va Laos singari uchinchi navli termalar darvozasini ishg‘ol qilgan. Shunga qaramay, fakt faktligicha qoladi: ayni payt Portugaliya milliy jamoasida 85ta gol urgan Krishtianu Ronaldu ham eronlik sobiq futbolchiga yetib olish uchun hali ko‘p ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Ali Daining klub futbolidagi eng yuksak natijasi 1998|1999 yillar mavsumiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda «Bavariya» sharafini himoya qilgan forvard Bundesliga oltin medallarini qo‘lga kiritib, Chempionlar Ligasi finaligacha yetib borgan.

8. Professional futboldagi eng erta debyut

Boliviyalik Maurisio Baldivyeso professional futbol o‘yinida maydonga tushgan eng yosh o‘yinchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan. Tarixiy voqea 2009 yilning 19 iyulida Boliviya chempionati doirasidagi «Aurora» - «La-Pas» uchrashuvida ro‘y bergan. Uning otasi Xulio Sesar Baldivyeso mezbon jamoa bosh murabbiyi bo‘lib, o‘sha payt uni kadrlar yetishmovchiligi qiynayotgandi. O‘yin yakunlanishi arafasida «Aurora» a’zosi jarohat oldi va murabbiy endigina 12 yoshu 362 kunlik bo‘lgan o‘g‘lini maydonga tushirishdan o‘zga chora topolmagan. Bolakay uch marta to‘pga tegib, hattoki, jarima zarbasi ishlashga ham ulgurgan. Bunday debyutdan keyin Baldivyeso «Real» yoki «Manchester Yunayted»dagi faoliyatni orzu qilgandi, biroq hamon Boliviya chempionatida o‘ynamoqda.

9. Bir o‘yinda foydalanilmagan uchta penalti

Argentinada Martin Palermoni deyarli barcha taniydi, ammo uning ismini hadeb yodga olishni yoqtirishmaydi. Hammasiga Kopa Amerika-1999 doirasidagi Argentina - Kolumbiya (0:3) uchrashuvida ro‘y bergan voqea sabab bo‘lgan. Maradona va Batistutaning vorisi o‘n bir metrlik jarima zarbalarini ajoyib tarzda ijro etishi bilan tanilgandi, ammo o‘sha kuni omad undan ochiqchasiga yuz o‘girdi. 5-daqiqada belgilangan dastlabki penaltida Martin to‘sinni nishonga oldi, ikkinchisida (o‘yin yakunlanishiga 15 daqiqa qolganda) to‘p darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi, uchinchi urinishda esa (hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda) kolumbiyaliklar darvozaboni zarbani bartaraf etdi.

10. Zaxiradan tushiboq urilgan eng tezkor gol

Bunday o‘ziga xos ko‘rsatkich muallifi bo‘lish mojarolardan boshi chiqmaydigan daniyalik forvard Niklas Bendtnerga nasib qildi. «Lord» taxallusi bilan mashhur bo‘lgan futbolchi 2007 yilning 22 dekabr kuni, «Arsenal»da o‘ynab yurgan kezlari, APL doirasidagi «Tottenxem»ga qarshi bahsda zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Maydonga tushganiga 6 soniya bo‘lib-bo‘lmay, burchak uzatmasidan so‘ng «shporlar» darvozasini ishg‘ol qildi. Hozir Bendtner «Rusenborg»da to‘p surish orqali faoliyatini tiklashga intilmoqda: so‘nggi ikki mavsumda Niklas 24ta gol urdi. Uning maydon tashqarisidagi xurmacha qiliqlarini inobatga olsak, futbolda muvaffaqiyatga erishyapti, desak bo‘laveradi.

O‘.UMAROV tayyorladi 

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:44, 06.11.2018. O'qildi: 8872 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.