Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • 1:2
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • 2:1
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • 4:1
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • 0:0
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • 2:1
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • 1:0
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • 1:2
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • 1:1
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • 0:2
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
      • 29.12.2025 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Inter
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 18 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 18 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 17 27
8 Brentford 18 26
9 Kristal Pelas 17 26
10 Fulhem 18 26
11 Everton 18 25
12 Brayton 18 24
13 Nyukasl 18 23
14 Tottenhem 17 22
15 Bornmut 18 22
16 Lids 17 19
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 13
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
18-тур Arsenal 2-1 Brayton
18-тур Brentford 4-1 Bornmut
18-тур Byornli 0-0 Everton
18-тур Liverpul 2-1 Vulverhempton
18-тур Vest Xem 0-1 Fulhem
18-тур Chelsi 1-2 Aston Villa

Navbatdagi o'yinlar.

28/12/25 Sanderlend - Lids
28/12/25 Kristal Pelas - Tottenhem

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kuzgi ko‘rsatkich ko‘rki yoxud Bikmayev va Fyodorovlar oy laureatlari

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Statistika
Rukn: Yangiliklar
A A A

Oktyabr futbol uchrashuvlariga boy bo‘ldi. Superligadagi murosasiz o‘yinlar, O‘zbekiston kubogidagi shov-shuvli natijalar, milliy jamoamizning o‘rtoqlik uchrashuvlarini muxlisu mutaxassislar zo‘r qiziqish bilan kuzatishgani bor gap.

Termamiz Ektor Kuper boshchiligida dastlabki g‘alabalarni rasmiylashtirgan bo‘lsa, o‘z tarixida ilk bor kubok finaliga chiqqan AGMK muvaffaqiyatni paysalga solmadi: Farg‘onada o‘tgan hal qiluvchi bahsda «Paxtakor»ni taslim etdi (3:1). Superligada esa yuqori va quyi oltilikdagi klublarning yuqoriga astoydil intilishayotganiga guvoh bo‘ldik.

«InterFutbol» an’anaga muvofiq, oyning eng yaxshilarini aniqlarkan, aynan shu uchrashuvlar qahramonlarini ham yoddan chiqarmadi. Demak, oktyabr laureatlari bilan tanishing.

Futbolchilar orasida birinchi o‘rinni «Lokomotiv» hujumchisi Marat Bikmayev egalladi. Birinchi navbatda, bu forvardning terma jamoadagi o‘yiniga e’tibor qaratsak. KXDR va Qatarga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida aynan Bikmayev eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘ldi. Shimoliy koreyaliklar darvozasini ikki marta ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Qatarga ham chiroyli gol urdi va bugungi kunda O‘zbekistonning tengsiz hujumchisi ekanligini yana bir bor isbotladi. O‘z navbatida, Marat Superligada ham samaradorlikni yo‘qotmayapti. Oktyabrda 4ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan forvard 352 daqiqa to‘p surib, 2ta to‘p kiritdi. Shunday ekan, «temiryo‘lchilar» bilan chempionlik maqomini saqlab qolishga juda yaqin turgan Bikmayev haqli ravishda laureatlar safidan o‘rin oldi.

Shota Arveladze ma’lum muddat chap qanot himoyasida boshqa futbolchiga imkoniyat berishi natijasida Farrux Sayfiyev asosiy vaqtini zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgandi. «Nasaf» tarkibida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatgan himoyachi «Paxtakor»da ham imkoniyat berishlarini kutdi va mana, ayni payt murabbiy bildirgan ishonchni oqlamoqda. Sayfiyev «sherlar» libosida o‘tkazgan har bir uchrashuvida faol futbolchilardan biri bo‘lib, eng asosiysi, deyarli har bir bahsda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ymoqda. Jumladan, oktyabr oyida ham Farrux sermahsullik ko‘rsatdi va laureatlar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, AGMK shov-shuvli tarzda O‘zbekiston kubogi-2018 sohibiga aylandi. Ehtimol, olmaliqliklar ushbu g‘alaba orqali kuchli oltilikdan chetda qolishgani tasodif ekanini isbotlagandek bo‘lgandirlar? Har holda, bu klub salmoqli yutuqqa erishdi - axir kubok sohibi kelgusi yili o‘tadigan OCHL «pley-off» bosqichida qatnashadi-da! AGMK qo‘lga kiritgan g‘alabalarda jamoa legioneri Yovan Jokichning hissasi katta bo‘lmoqda. Aynan serbiyalik futbolchining «Paxtakor»ga qarshi kechgan O‘zbekiston kubogi finalida qayd etgan «dubl»i yakuniy natijada muhim ahamiyat kasb etdi. Qisqasi, Jokich ham oktyabr oyining eng yaxshi futbolchilariga atalgan ro‘yxatdan o‘rin oldi.

Shuningdek, milliy jamoamizni o‘rtoqlik uchrashuvlarida sardor sifatida boshlab tushgan Odil Ahmedovning jonbozligini ham e’tirof etish joiz. «Shanxay SIPG» bilan Xitoy chempionligi sari katta qadam tashlagan legionerimiz termamiz safida ham haqiqiy yetakchi ekanligini isbotlamoqda. Oktyabr oyida o‘zidan yorqin taassurot qoldirgan boshqa futbolchilar ham bor. Jumladan, Sardor Mirzayev («Lokomotiv»), Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»), Oston O‘runov («Navbahor»), Sardor Sobirxo‘jayev («Bunyodkor»), Bobur Abduxoliqov («Nasaf») kabilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.

Endi laureat murabbiylar bilan tanishtiramiz.

Pepsi Superliga uchrashuvlariga befarq bo‘lmagan muxlislarning xabarlari bor: shiddatli tezlik olgan «Lokomotiv»ni to‘xtatish hech bir klubga nasib qilmayapti. O‘zbekiston kubogi yarim finalida «Paxtakor»ga imkoniyat boy berilishi bu «temir-yo‘lchilar»ga ijobiy ta’sir qilgan, chog‘i, chempionat bahslarida hech kimni ayashmayapti. Ayniqsa, futbolchilarning bir-birlarini yaxshi tushunib to‘p surishlari muxlislarga xush yoqmoqda. O‘yinning to‘g‘ri tashkil etilishi, tabiiyki, murabbiyga bog‘liq. Demak, o‘z vazifasini a’lo darajada uddalayotgan Andrey Fyodorov okt-yabr oyiga kelib laureatlar reytingining birinchi pog‘onasini egalladi.

AGMKning kubok finalidagi g‘alabasiga hech kim ishonmagandi. Faqatgina Baxtiyor Ashurmatovdan tashqari, albatta. Ushbu mutaxassis o‘ta ahamiyatli uchrashuvda har qanday raqibni yenga olish mumkinligiga shogirdlarini ham ishontirdi va Olmaliq jamoasining tarixiy g‘alabasi asoschilaridan biriga aylandi. Albatta, bunday natijaga erishgan murabbiyni eng yaxshilar ro‘yxatiga kiritmaslik adolatdan bo‘lmaydi. Umid qilamizki, Ashurmatovning e’tirof etilgani AGMKning kelgusidagi g‘alabalariga turtki bo‘ladi.

Iqtisodiy muammolarni boshdan kechirayotgani aytilgan «Nasaf»ning Superliga ikkinchi bosqichida quyi oltilikda ham qiyinchilikka uchrashi taxmin qilingandi. Ammo qarshiliklar o‘zlarini tezda o‘nglab, ushbu oltilikdagi peshqadamlikni «Qizilqum»dan tortib olishga ham ulgurishdi. Albatta, bugungi kunda «Nasaf» tarkibida asosan yoshlar to‘p surishmoqda, ularni g‘alabalar sari undash esa oson emas. «Ajdarlar» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bu vazifani sharaf bilan uddalamoqda. Xususan, Qarshi jamoasi kuzning ikkinchi oyida o‘tkazilgan uchrashuvlarning aksariyatida g‘alaba qozonib, kelgusi yil ham elitadagi ishtirokni deyarli naqd qildi.

Futbolchilarning oy davomidagi natijalari

 

T|r         Futbolchi                        O‘yin          Daqiqa         Gol       

 

1.           Marat Bikmayev                4                352               2

2.           Farrux Sayfiyev              4                360               2

3.           Yovan Jokich                    5                450               2

 

Futbolchilar

Yanvar

1. Odil Hamrobekov («Nasaf»)

2. Jasur Yaxshiboyev («Paxtakor»)

3. Akrom Komilov («Bunyodkor»)

Fevral

1. Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»)

2. Igor Golban («Nasaf»)

3. Ikrom Aliboyev («Lokomotiv»)

Mart

1. Xurshid G‘iyosov («Bunyodkor»)

2. Botirali Ergashev («Navbahor»)

3. Suhrob Nurulloyev («Metallurg»)

Aprel

1. Eldor Suyunov («Paxtakor»)

2. Javlon Ibrohimov («Bunyodkor»)

3. Arslonmurot Amanov («Buxoro»)

May

1. Aziz Turg‘unboyev («Navbahor»)

2. Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»)

3. Sardor Sobirxo‘jayev («Bun-yodkor»)

Iyun

Laureatlar aniqlanmagan.

Iyul

1. Marat Bikmayev («Lokomotiv»)

2. Javlon Ibrohimov («Bunyodkor»)

3. Darko Stanoyevich («Navbahor»)

Avgust

1. Ikrom Aliboyev («Lokomotiv»)

2. Jahongir Mehmonov («Navbahor»)

3. Islom Isoqjonov («Metallurg»)

Sentyabr

1. Tiago Bezerra («Paxtakor»)

2. Jasur Hasanov (AGMK)

3. Avaz O‘lmasaliyev («Neftchi»)

Oktyabr

1. Marat Bikmayev («Lokomotiv»)

2. Farrux Sayfiyev («Paxtakor»)

3. Yovan Jokich (AGMK)

------------------------------------------

Murabbiylar

Yanvar

1. Ravshan Haydarov (O‘zbekiston U-23)

2. Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf»)

Fevral

Laureatlar aniqlanmagan.

Mart

1. Mirjalol Qosimov («Bunyodkor»)

2. Andrey Shipilov («Metallurg»)

3. Ilhom Mo‘minjonov («Navbahor»)

Aprel

1. Ulug‘bek Baqoyev («Buxoro»)

2. Sergey Lushan («So‘g‘diyona»)

3. Shota Arveladze («Paxtakor»)

May

1. Ilhom Mo‘minjonov («Navbahor»)

2. Shota Arveladze («Paxtakor»)

3. Mirjalol Qosimov («Bunyodkor»)

Iyun

Laureatlar aniqlanmagan.

Iyul

1. Mirjalol Qosimov («Bunyodkor»)

2. Andrey Fyodorov («Lokomotiv»)

3. Ilhom Mo‘minjonov («Navbahor»)

Avgust

1. Ilhom Mo‘minjonov («Navbahor»)

2. Andrey Shipilov («Metallurg»)

3. Andrey Fyodorov («Lokomotiv»)

Sentyabr

1. Shota Arveladze («Paxtakor»)

2. Baxtiyor Ashurmatov (AGMK)

3. Bahrom Haydarov («Neftchi»)

Oktyabr

1. Andrey Fyodorov («Lokomotiv»)

2. Baxtiyor Ashurmatov (AGMK)

3. Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf»)

Umumiy natija

Murabbiylar

1. Ilhom Mo‘minjonov - 12 ochko

2. Mirjalol Qosimov - 11 ochko

3-4. Shota Arveladze - 9 ochko

3-4. Andrey Fyodorov - 9 ochko

5-6. Andrey Shipilov - 6 ochko

5-6. Baxtiyor Ashurmatov - 6 ochko

7-8. Ravshan Haydarov - 5 ochko

7-8. Ulug‘bek Baqoyev - 5 ochko

9. Ro‘ziqul Berdiyev - 4 ochko

10. Sergey Lushan - 3 ochko

11. Bahrom Haydarov - 1 ochko

Futbolchilar

1. Marat Bikmayev - 10 ochko

2-3. Javlon Ibrohimov - 6 ochko

2-3. Ikrom Aliboyev - 6 ochko

4-9. Odil Hamrobekov - 5 ochko

4-9. Ignatiy Nesterov - 5 ochko

4-9. Xurshid G‘iyosov - 5 ochko

4-9. Eldor Suyunov - 5 ochko

4-9. Aziz Turg‘unboyev - 5 ochko

4-9. Tiago Bezerra - 5 ochko

10-16. Jasur Yaxshiboyev - 3 ochko

10-16. Igor Golban - 3 ochko

10-16. Botirali Ergashev - 3 ochko

10-16. Jaloliddin Masharipov - 3 ochko

10-16. Jahongir Mehmonov - 3 ochko

10-16. Jasur Hasanov - 3 ochko

10-16. Farrux Sayfiyev - 3 ochko

17-24. Akrom Komilov - 1 ochko

17-24. Suhrob Nurulloyev - 1 ochko

17-24. Arslonmurot Amanov - 1 ochko

17-24. Sardor Sobirxo‘jayev - 1 ochko

17-24. Darko Stanoyevich - 1 ochko

17-24. Islom Isoqjonov - 1 ochko

17-24. Avaz O‘lmasaliyev - 1 ochko

17-24. Yovan Jokich - 1 ochko

------------------------------------------------

Izoh: 1-o‘rin - 5 ochko, 2-o‘rin - 3 ochko, 3-o‘rin - 1 ochko.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 06:16, 12.11.2018. O'qildi: 1811 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 7
6 Манчестер Сити Filip Foden 7
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Тоттенхэм Risharlison 7
9 Ньюкасл Nik Voltemade 7
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.