Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 11 25
2 OKMK 11 23
3 Dinamo 10 22
4 Navbahor 11 20
5 Neftchi 10 19
6 Paxtakor 11 18
7 Bunyodkor 11 17
8 Surxon 11 13
9 Andijon 11 12
10 Qo‘qon-1912 11 12
11 Mash’al 11 12
12 Xorazm 10 11
13 Qizilqum 10 11
14 So‘g‘diyona 11 9
15 Buxoro 11 8
16 Sho‘rtan 11 5

O'tgan o'yinlar.

11-тур Andijon 2-1 Surxon
11-тур Nasaf 1-0 OKMK
11-тур Neftchi 4-0 Sho‘rtan
11-тур So‘g‘diyona 1-1 Buxoro
11-тур Navbahor 3-0 Qo‘qon-1912
11-тур Paxtakor 2-1 Xorazm
11-тур Dinamo 3-2 Qizilqum
11-тур Mash’al 1-1 Bunyodkor

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 29.05.2025

      05:00 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. Ответный стыковой матч за место в Бундеслиге. "Эльферсберг" - "Хайденхайм 1846".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Вердер Бремен" - "Боруссия Дортмунд".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Аугсбург".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Самсунспор".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Германии. Ответный стыковой матч за место во 2-й Бундеслиге. "Айнтрахт Брауншвейг" - "Саарбрюккен".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Фрайбург".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Чемпионат Германии. Ответный стыковой матч за место в Бундеслиге. "Эльферсберг" - "Хайденхайм 1846".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "РБ Лейпциг".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Германии. "Унион Берлин" - "Санкт-Паули".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Самсунспор".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. Ответный стыковой матч за место во 2-й Бундеслиге. "Айнтрахт Брауншвейг" - "Саарбрюккен".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 29.05.2025

      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Борьба. 1-я рейтинговая группа. Этап в Загребе, Хорватия.
      10:15 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      12:00 LIVE Лёгкая атлетика. Командный чемпионат России в Сочи. Прямая трансляция.
      15:55 "Непобедимый".
      16:25 Автоспорт. DTM. Этап 2 на трассе Лаузицринг, Германия. Гонка 2.
      17:55 Лыжное двоеборье. Чемпионат мира в Норвегии. Мужчины. Прыжки на лыжах с трамплина. HS 138.
      19:05 Лыжное двоеборье. Чемпионат мира в Норвегии. Мужчины. Гундерсен. 10 км.
      19:45 Д/ф "Як-15".
      20:30 "Лучшие из лучших".
      20:55 Борьба. Ulaanbaatar Open в Улан-Баторе, Монголия.
      23:15 "Страна спортивная".
      23:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      00:00 LIVE Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:35 "Непобедимый".
      02:05 Лёгкая атлетика. Командный чемпионат России в Сочи.
      04:45 Д/ф "Олег Григорьев. Народный чемпион".
  • MATCH-TV
    • Sana: 29.05.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. Финал. "Зенит" (Санкт-Петербург) - ЦСКА (Москва). 1-й матч.
      08:00 "Непобедимый".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 LIVE Лёгкая атлетика. ПСБ Командный чемпионат России в Сочи. День 2. Прямая трансляция.
      15:55 Есть тема! Прямой эфир.
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 "Большой хоккей".
      18:55 LIVE Бокс. Кубок Победы. Этап 2 в Саранске, Россия. Прямая трансляция.
      21:00 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. Финал. "Зенит" (Санкт-Петербург) - ЦСКА (Москва). 2-й матч. Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:00 LIVE Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:35 Церемония закрытия сезона Фонбет Чемпионат КХЛ 2024/25.
      03:35 "Большой хоккей".
      04:05 Лёгкая атлетика. ПСБ Командный чемпионат России в Сочи. День 2.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 29.05.2025

      06:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 17. Сан-Микеле-алл-Адидже - Бормио.
      08:00 Теннис. "Ролан Гаррос". День 4.
      10:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 17. Сан-Микеле-алл-Адидже - Бормио.
      11:30 Теннис. "Ролан Гаррос". День 4.
      13:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 5 в Солт-Лейк-Сити, США. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      14:30 Гольф. Тележурнал "Discovery Golf".
      15:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 17. Сан-Микеле-алл-Адидже - Бормио.
      16:30 LIVE Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 18. Морбеньо - Чезано-Мадерно. Прямая трансляция.
      20:45 LIVE Теннис. "Ролан Гаррос". День 5. Прямая трансляция.
      02:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 18. Морбеньо - Чезано-Мадерно.
      04:30 Теннис. "Ролан Гаррос". День 5.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Antuan Grizmann: «Biz «Oltin to‘p»ga loyiqmiz»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Antuan Grizmann - «Oltin to‘p»-2018 uchun real da’vogar. Fransiyalik hujumchi JCH-2018 finalidan oldin nega jahon kubogiga qaramadi va dush qabul qilmadi? «Atletiko» yulduzi nega N`golo Kanteni firibgar o‘rnida ko‘radi?

Bu savollar javobiga qiziqsangiz, marhamat, Grizmann va France Football muxbiri o‘rtasidagi suhbat mazmuni bilan tanishib chiqing...

- Ko‘zlaringizni bir lahzaga yumib, o‘zingizni JCH-2018da tasavvur qilsangiz, birinchi navbatda, nimani esga olasiz?

- Finaldan keyin qizim Mia bilan jahon kubogi yonida suratga tushganimizni. Avvaliga qizimning tribunadan pastga tushishini istamagandim. Chunki jala quyib turgandi. Ammo rafiqam Erika dalda berdi: «Qo‘ysangchi, yomg‘ir tosh emas-ku! Yoningga bora qolsin, birga suratga tushasizlar».

- Jahon kubogini bosh uzra baland ko‘tarish qanday hissiyotlar bag‘ishlaydi?

- Kishi o‘zini boshqa olamga tushib qolgandek sezadi. O‘ta hayratlanarli! Ta’riflashga til ojiz. Hattoki, qayerga qarashni ham, kimning yoniga borishni ham bilmay qolasan. Bir yoqda muxlislar, boshqa tarafda oila a’zolaring, yana jamoadoshlaring... Kiyinish xonasidagi manzara esa telbalar to‘dasi kengashini eslatadi.

- Mehmonxonada ham o‘zgacha xursandchilik qilgandirsizlar, o‘zi bunga kuch qolganmidi?

- Ha, u yerda ham rosa yayradik. O‘sha oqshom atigi 1 soatcha uxladim, xolos, chamamda. Lukas (Ernandes) va «Tom-Tom» Lemar bilan eng oxirida yotdik. Xullas, tuni bilan o‘ynab-kuldik, musiqa tinmadi. Hattoki, yaqinlarimiz ham uxlaganlari yo‘q.

- Olamshumul g‘alabadan keyin ilk SMS-xabarni kimga yo‘lladingiz?

- «El Sholo» («Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone)ga. Unga kubok suratini jo‘natib, ostiga shunday yozdim: «Qarang, qanday chiroyli! Siz tufayli jahon chempioni bo‘ldim. Demak, sovrin sizga ham tegishli».

- JCH payti sizga yuborilgan eng qadrli SMS qaysi?

- Argentinaliklarni yengganimizdan keyin Simeonedan ajoyib xabar oldim: «Bu faqat boshlanishi. Sizlar finalga loyiqsiz. Sizlarga ishonaman. Jamoangiz ajoyib!» Nufuzi baland mutaxassisdan bunday maqtov eshitish juda yoqimli.

Finalning ertasiga unga qo‘ng‘iroq qildim: «Evropa superkubogi uchun bahsda o‘ynashni istayman» (15 avgust kuni «Atletiko» hamshahri - «Real»ni 4:2 hisobida yengdi).

- Bu borada rafiqangiz bilan maslahatlashdingizmi? Axir mundialdan keyin dam olishga ehtiyoj bor edi.

- Albatta, oilam davrasida hordiq chiqarishni xohladim. Lekin yakunda superkubok bahsida qatnashish ishtiyoqi ustun keldi. Talab darajasida to‘p surish uchun hattoki, alohida massajchi xizmatidan foydalandim.

- Final uchrashuvidan so‘ng Fransiya prezidenti Makron qulog‘ingizga nimalarnidir shivirladi...

- Hech gap yo‘q. Shunchaki, Fransiyani sharaflaganimiz uchun bizdan minnatdor ekanligini bildirdi.

- Finalda gol urish zavqi qanday?

- Bu takrorlanmas hissiyot. Goldan keyin 5 daqiqacha osmonda uchib yurgandek bo‘ldim.

- Millionlab muxlislar ko‘z o‘ngida penalti tepish oson emas, albatta.

- Barchasini unutib, bor e’tiborni zarbaga qaratishim talab etilardi va xuddi shunday qildim. To‘pni nuqtaga qo‘ya turib, o‘zimni tinchlantirdim: «Hammasini odatdagidek bajar, xuddi odatiy o‘yindagi kabi...».

- Final arafasida miyangizda qanday xayollar charx urgandi?

- Hamma hayajonda, oyoqlar tezroq maydonga tushish va to‘xtovsiz yugurishga shay. Faqat kubok turgan tomonga qaragim kelmadi. Yevro-2016 finalidan oldin sovringa chuqur razm solgandim va yakunda mag‘lubiyatga uchragandik, CHLning hal qiluvchi bahsida shu omadsizlik takrorlandi.

YEL finalidan oldin esa kubokka qiyo boqmadim va g‘olib chiqdik. Shularni nazarda tutib, Moskvada o‘zimga o‘zim buyruq berdim: «Kubokka qarama, aslo qarama». Ha, aytgancha, mamlakat madhiyasi yangragan payt yig‘lamaslikka ham ahd qildim.

- Bunisi nima uchun?

- O‘yinlar arafasida madhiya ijro etilsa, hamisha negadir ko‘zimga yosh keladi, ayniqsa, Fransiyada. Rossiyada yig‘lashdan tiyildim. Ehtimol, ko‘pchilikka qaysidir tomondan ojiz ekanligimni ko‘rsatishdan uyalgandirman... Zafardan keyingi ko‘z yoshlar yo‘rig‘i boshqa.

- Odil Rami - Fransiya termasi qalbi. Aytingchi, uning mo‘yloviga nega tegajog‘lik qilaverasiz?

- Qaysidir uchrashuv oldidan mo‘ylovidan tortib, hazillashgandim, o‘shanda jamoamiz g‘alaba qozongan. Shu-shu bunday «hunar» men uchun taomilga aylandi.

- Yong‘in signali payti (Argentina termasi mahv etilgach, Odil ayrim jamoadoshlarini o‘t o‘chirish moslamasi yordamida ko‘pikda «cho‘miltirgan» va xavfsizlik tizimi ishlab ketgandi) qayerda edingiz?

- Xonamda dam olayotgandim. Signalizasiya ovozini eshitib, hech nimani tushunmadim. Shu payt kimdir eshikni ochib qichqirdi: «Evakuasiya». Tashqariga chiqsam, hamma yoq tutun. Keyin mehmonxona yonida jamoadoshlarimga duch keldim.

- Mittigina N~Gole Kante o‘yinda Leo Messini butunlay «eb qo‘ydi». Aytishlaricha, u tabiatan o‘ta quv va mug‘ombir ekan...

- To‘ppa-to‘g‘ri! Ayniqsa, qarta o‘yinida. Avtobusda kim u bilan o‘ynasa, yakunda albatta, «shuler» iborasini ishlatadi.

- Kilian Mbappe haqida nima deysiz? U chin vunderkindmi?

- «Kuku»mi? Unga shunday murojaat qilaman, garchi bu o‘ziga yoqmasa ham. Qanday kuch! Hozirgi o‘yini bilan Ronalduning «MYU»dagi holatini eslatmoqda. Kilian endi Ronalduning «Real»dagi darajasiga chiqishi kerak. Shunda har mavsum 50tadan kam gol urmaydi.

- Samuel Yumtiti tanaffus payti parfyumeriya vositalaridan foydalanar ekan. Nima, bu o‘ziga xos irimmi?

- Ochig‘i, bu odatini ilk marta Rossiyada ko‘rdim. Agar omad keltirayotgan bo‘lsa, qarshilik yo‘q. Mana, o‘zim nimchorak final o‘yinidan e’tiboran dush qabul qilishdan voz kechdim. Chunki o‘yinim yaxshi tomonga o‘zgardi. Endi Ispaniya chempionatida ham shunday yo‘l tutyapman.

- JCHdagi muvaffaqiyat uchun terma jamoaga MVA g‘olibiga beriladigan xalqaga o‘xshash maxsus sov-rin topshirilishi rostmi?

- Ha, bunday taklifni o‘zimiz ilgari surdik. Fransiya futbol federasiyasi prezidenti Pogba bilan uchrashuvda barchasiga rozi ekanligini aytdi. Demak, futbol olamining yangi sovrini bizga nasib etadi.

- Endi faqat «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish qoldi...

- Muhim masalani o‘rtaga tashladingizmi, o‘ylab ko‘rishga majburman. Javobim oddiy: «Oltin to‘p» - men uchun orzular cho‘qqisi.

- Agar sovrin Fransiya termasi vakillarini chetlab o‘tsa, juda achinarli holat yuzaga keladi, to‘g‘rimi?

- Fikringizga qo‘shilaman. Axir biz jahon chempionlarimiz-ku. Lekin baho berish va munosib nomzodni tanlash - mutaxassislar hukmidagi ish. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, xulosam bitta - sovrin fransiyalik futbolchiga nasib etishi shart. Chunki bunga haqlimiz!

Abdulloxon ISROILXONOV tayyorladi 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 23:40, 13.11.2018. O'qildi: 2646 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 9
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 6
3 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 5
5 Бунёдкор Luis Kachorri 5
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 5
7 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Насаф Husayn Norchayev 4
10 Қизилқум Alen Mashovich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.