Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jizzaxda «So‘g‘diyona» uchun o‘qituvchilardan «xayriya» yig‘ilgan. Endi mablag‘lar ortga qaytarilmoqda

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / So‘g‘diyona
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xalq ta’limi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati Jizzax viloyatida o‘qituvchilardan mahalliy «So‘g‘diyona» futbol klubining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 272,15 mln. so‘m mablag‘ yig‘ilganini aniqladi. Hozirda ushbu mablag‘larni egalariga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Vazirlik xabariga ko‘ra, Jizzax viloyati hokimi 2018 yilning 2 noyabrida «So‘g‘diyona» professional futbol klubining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida»gi 360-F sonli farmoyishi qabul qilingan. Mazkur farmoyishga asosan joriy yilning 3–4 noyabr kunlari umumxalq hashari tashkil etilgan. Farmoyishda umumxalq hashari doirasida boshqarmalar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘lari «So‘g‘diyona» professional futbol klubining hisob raqamiga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.

Ushbu umumxalq hashari doirasida Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 10ta tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ishchi-xodimlaridan jami 272.156.729 so‘m miqdorida pul mablag‘lari ishchi-xodimlarning ish haqidan o‘tkazib berilgan.

Ta’kidlash lozimki, hokimning bu farmoyishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 349-sonli «O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga zid ravishda qabul qilingan.

Hukumat qarorining 2-bo‘lim «a» bandiga ko‘ra, umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risida faqat O‘zbekiston Prezidentining tegishli hujjati yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori mavjud bo‘lgandagina tashkil etish mumkin.

Xalq ta’limi vazirining Huquqiy-nazorat xizmati aralashuvidan so‘ng Jizzax viloyati hokimining 2018 yil 2 noyabrdagi «So‘g‘diyona professional futbol klubining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida»gi 360-F sonli farmoyishi 2018 yil 10 noyabrdagi 369-F-sonli farmoyish bilan bekor qilinishi ta’minlandi.

Hozirda «So‘g‘diyona» futbol klubi hisob raqamiga noqonuniy o‘tkazilgan pul mablag‘larini qaytarish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi vazirlik axborot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz avvalroq Andijon viloyati hokimi SH.Abdurahmonovning farmoyishiga ko‘ra viloyatda noyabr oyining ikkinchi o‘n kunligida xayriya hashari o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlar, korxonalar va muassasalar xodimlarining ixtiyoriylik asosidagi yozma roziligiga ko‘ra bir kunlik ish haqlari xayriya hasharida ishlab topilgan mablag‘ sifatida Andijon viloyati hokimligining maxsus hisob raqamiga tushirilishi lozimligi belgilangandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning joriy yilning noyabr va dekabr oylarini viloyatda «ma’naviyat oyi» deb e’lon qilgani haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.

Vazirlik munosabatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 349-sonli qaroriga muvofiq, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan hasharlar qanday shartlarga qat’iy rioya etilgan holda tashkil etilishi va o‘tkazilishi eslatib o‘tilgan.

Manba: Tribuna
Kiritildi: 07:49, 16.11.2018. O'qildi: 3470 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик