Bugun 1 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 1:3
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • 2:2
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • 0:2
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • 2:2
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • 4:1
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 01.01.2026 22:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Fulhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • -:-
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 18 28
8 Everton 19 28
9 Brentford 18 26
10 Nyukasl 19 26
11 Kristal Pelas 18 26
12 Fulhem 18 26
13 Tottenhem 18 25
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Liverpul - Lids
01/01/26 Kristal Pelas - Fulhem
02/01/26 Brentford - Tottenhem
02/01/26 Sanderlend - Manchester Siti

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Har ikkisi – «o‘zga sayyoralik», ammo...

Baho:
+ | -1
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yaqindagina 25 yoshga to‘lgan Paulo Dibala zamonamizning asosiy ikki yulduzi - Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan jamoadosh sifatida to‘p surish baxtiga musharraf bo‘lgan 11-futbolchi ekan.

Ha, hozirga qadar atigi 11 nafar futbolchiga «o‘zga sayyoralik» ikki o‘yinchi bilan ham bitta jamoa bayrog‘i ostida maydonga tushish nasib etgan. Tabiiyki, ular portugaliyalikni ham, argentinalikni ham baralla maqtashgan, maqtashadi.

Ehtimolki, oxirgi vaqtlarda «Kim kuchli - Messimi yoki Ronaldu?» mavzusidagi bahs-munozaralar biroz tingandir, biroq vorislik masalasini hech kim kun tartibidan olib tashlaganicha yo‘q. Buning uchun yangi qahramonlar Leo va Krishni chetga surib qo‘yishlari kerak.

Xullas, soccer.ru sayti yana o‘sha asosiy savol - futbol hamjamiyatini birdek qiziqtiradigan masalani ko‘tardi - kim kuchliroq? Faqat bu safar «mustaqil ekspertlar» rolini XXI asr futbolining har ikki durdonasi bilan birga shug‘ullangan (to‘p surgan) 11 nafar o‘yinchi bajardi. Qani, ko‘raylikchi, ularning xulosalaridan nimanidir aniqlashtirish mumkinmikan?

1. Anxel di MARIYA

(Argentina)

- Ronaldu va Messi aql bovar qilmas darajada ko‘p gol urishdi, barcha rekordlarni yangilashdi. Nazarimda, hech kim ularga tenglasholaydi. Gap o‘z zamonasining ikki buyuk futbolchisi va eng yaxshi sportchilari haqida ketmoqda. Krishtianu va Lionel yildan yilga nafaqat boshqalar, balki bir-birlaridan galma-gal o‘zib ketishyapti, hammani yanada kuchliroq hayratga solishmoqda. Qarang, rekord qayd etishdan charchashmayapti, yangi-yangi sovrinlarni yutishdan zerikishmayapti. Asosiysi, ular har bir o‘yinda eng yuqori saviyani namoyish etishyapti. Shaxsan men har ikkisi o‘yini oldida lolman! Qisqasi, Leo yoki Krishni ustunroq ko‘rolmayman («Real» safida o‘ynagan vaqtdagi fikrlari).

- Ronaldu ajoyib futbolchi, shunchaki, super! Biroq Messi davrida benazir o‘ynash, unga tenglashish oson emas. Menda Leoni ta’riflashga so‘z yo‘q. U hamisha va har dam hayratlantirishga qodir. Yillar o‘tyapti va Messi hamon eng kuchlisi. Ko‘rasizlar, keyingi yili ham aynan uni yana birinchi raqamli o‘yinchi sifatida tilga olamiz. Oddiy aytganda, Leo o‘zga sayyoradan kelgan futbolchi («Real»dan ketgan vaqtdagi fikrlari).

2. Karlos TEVES (Argentina)

Krishtianu eng yaxshilar qatoriga kirish uchun juda ko‘p ishladi, tinmay ter to‘kdi. Uning ko‘tarilgan yuqori saviyada qolish uchun yanada jiddiyroq ishlashiga to‘g‘ri kelayotganini ham yaxshi bilaman. Lionel esa buyuklik sari tabiiy ravishda odimladi, bu yo‘lda o‘zini qiynoqqa solgani yo‘q. Ya’ni uning holati o‘zini o‘zi qurbon qilish sanalmaydi. Shaxsiy fikrimcha, sayyoramizning eng yaxshi futbolchilari - Ronaldu va Messi o‘rtasidagi asosiy hamda katta tafovut shu. Ha, Leo barchamizdan farqli o‘laroq, qandaydir boshqa sport turi vakilidek. Uning uchun xohlagan uchrashuvda 3ta gol urish - do‘konga non uchun tushib kelishdek gap...

3. Andre GOMESH (Portugaliya)

- Har ikkisiga hurmat nuqtai nazaridan hech qachon ularni o‘zaro taqqoslamayman. Ronaldu - hamyurtim, jonajon mamlakatim tarixidagi eng yaxshi futbolchi. Messi - klubdoshim, «Barselona» tarixidagi bebaho yetakchi. Iltimos, qay biri kuchliroq ekanligini so‘rab, meni qiynamanglar...

4. Jerar PIKE (Ispaniya)

- Messi ham, Ronaldu ham buyuk futbolchi va ularning tarixga kirishlari aniq. Biroq bitta farq bor: Leo biz kabi oddiy inson emas, Krish esa insonlar orasida eng yaxshisi.  

5. Esekyel GARAY (Argentina)

- Bu savolga juda ko‘p bora javob berishimga to‘g‘ri kelgan. Lekin yakdil xulosam hech qachon o‘zgarmaydi - shubhasiz, Messi! Buni ko‘p yillar oldin to‘liq anglagandim. Ya’ni Argentinaning U-15 toifasidagi terma jamoasida Leo bilan ilk marta to‘qnash kelganimdayoq uning futbol uchun beqiyos ekanligini tushungandim. Leo o‘sha kundan buyon meni hayratlantirishda davom etyapti. Bir qarashda, bu yigit uchun chegara yo‘qdek...

6. Xenrik LARSSON (Shvesiya)

- Krishtianu - qoyilmaqom o‘yinchi. Biroq Lionel yaxshiroq, baribir. Ronaldu har qanday davrda sayyoraning eng kuchli futbolchisi bo‘lardi, birgina Messi davri bundan mustasno. Aytish mumkinki, argentinalik dahocha bilan bir vaqtda o‘ynagani unga biroz omad yetishmaganidan dalolat. Leo bu dunyo kishisi emas, u shunchalik benazirki, buni aqlga sig‘dirish mushkul. To‘p bilan olg‘a intilgan Messini bir kuzating: uning harakatlariyu, fintlari... Shunda qaysidir boshqa futbolchi barchasini Leo kabi bajarishi mumkin emasligini payqaysiz. Fantastikaning o‘zginasi. Har holda, Leo men ko‘rgan eng ajoyib o‘yinchi.

7. Gabriel XAYNSE (Argentina)

- Krishtianuning o‘ziga xosligi shuki, u havas qilsa arziydigan tartib-intizomi bilan ajralib turadi. Bu eng yorqin yulduzlar uchun noyob fazilat hisoblanadi. U yana maqsadidan aslo chekinmaydi, o‘ziga o‘ta-o‘ta talabchan. Muayyan vazifa uddasidan chiqmagunicha urinishdan aslo to‘xtamaydi. Leoga kelsak, u mutlaqo boshqacha - tushunish qiyin bo‘lgan fenomen. Go‘yoki, Messi futbolga boshqa sayyoradan tushgandek. Inson sifatida esa o‘ta kamtar, osuda hayot tarziga amal qiladi. Bunga qarab, uning milliardlar insonlar uchun kumir ekanligiga ham ishonmaysan. Xullas, Leoning o‘yini va o‘zini tutishi birdek hayratlanarli!

8. Fernando GAGO (Argentina)

- Men uchun Ronaldu birinchi raqamli emas, hech qachon bunday bo‘lmagan. Zero, shaxsiy fikrimcha, futbolda Messiga yetadigani yo‘q. To‘p bilan qanday ishlashiga qarang, o‘ta yengil harakatlanishiga boqing, nafis zarbalarini ko‘z oldingizga keltiring, himoyachilarni aldab o‘tishiyu, muxlislarni hayratga solishiga baho bering. Qisqasi, Leo o‘yin borishini yolg‘iz o‘zi o‘zgartirib yuboradigan va 3 ochko taqdirini hal qiladigan ijrochi. Umuman, u aqlga sig‘mas darajada iqtidorli va asosiysi, o‘z salohiyatidan to‘liq foydalanishni biladi. Xulosa shu - men Messi namoyish etadigan futboldan lolman.

9. DEKU (Portugaliya)

- Krishtianu- sof atlet, maqsadi yo‘lida qancha kerak bo‘lsa, shuncha ishlashga tayyor o‘yinchi. Unga faqat sprintercha yugurish bilan yetib olish mumkin, boshqa yo‘l yo‘q. Messi ham hozirgi darajasiga chiqish yo‘lida qattiq mehnat qilgan va mana, «Barselona» bilan tarix yaratishdan bo‘shamayapti. Yo‘q, Leoning barchasiga tabiiy ravishda erishgani haqidagi fikrlar noto‘g‘ri. Bu xato fikr. Axir hech narsa osmondan tushib qolmaydi. Har ikkisi mo‘’jizakor yigit, lekin men uchun eng kuchlisi - Ronaldinyo. U aqlga sig‘mas tryuklarni shu qadar tabiiy va yengillik bilan ijro etardiki, raqiblarimiz shunchaki, gangib qolishardi. Hattoki, bizning boshimiz ham aylanib ketardi. Har safar Ronaldinyoga to‘p uzatganimizda, u futbolga boshqa dunyodan qandaydir yangilik olib kirardi. Oddiy aytganda, Ronaldinyo qobiliyat borasida Krishtianu va Lioneldan ancha oldinda. U chinakam sehrgar edi.

10. Gonsalo IGUAIN

(Argentina)

- Messi va Ronaldu haqidagi savolga javob berishim juda oson. Negaki, ulardan birini ustun ko‘rmayman aslo. Ikkisi ham bir xil ta’rifga munosib - futbol yirtqichi! Ha, Leo o‘ziga yarasha ustun xislatlarga ega, Krishtianu ham qaysidir jihatlarda kuchli. Ular shuning hisobiga qoyilmaqom o‘yin saviyasini namoyish etishadi. Messi yoki Ronaldu? Yigitlar, jiddiy gapirsanglar-chi, balki Kasilyas va Buffonni ham o‘zaro solishtirib ko‘rarmiz...?

11. Paulo DIBALA (Argentina)

Men omadi chopgan yigitman: Ronaldu bilan «Yuventus»da, Messi bilan esa Argentina terma jamoasida birga o‘ynash imkoniyatiga egaman. Ayni payt bunday baxtga ega jahondagi yagona futbolchiman. Ular o‘rtasidagi farqni ko‘rsatishni istamayman, chunki har ikkisi fenomenal darajada zo‘r. Ronalduga xos ehtiros tahsinga sazovor. U hattoki, mashg‘ulotlarga ham o‘ta jiddiy yondashadi, g‘alabaga chanqoqligi maksimal darajada baland. Maydon tashqarisida esa oddiy yigit - Krish hammaga birdek adolatli munosabatda. Vaqti kelib, Messi va Ronaldu butsalarini mixga ilishadi, lekin ular hali-hamon aqlga sig‘mas ishlarni bajarishga qodirlar. Menimcha, har ikkisi allaqachon ko‘nikilgan me’yordan o‘zib ketdi, demak, ularning o‘zga sayyoradan kelishgani aniq. Men esa Leo va Krishdan o‘rganib, insonlar orasida eng yaxshi bo‘lishga urinishim mumkin.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:14, 29.11.2018. O'qildi: 7866 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.