Bugun 8 mart, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 07.03.2026 00:45
      • Napoli
      • 2:1
      • Torino
      • 07.03.2026 19:00
      • Kalyari
      • 1:2
      • Komo
      • 07.03.2026 22:00
      • Atalanta
      • 2:2
      • Udineze
      • 08.03.2026 00:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Piza
      • 08.03.2026 16:30
      • Lechche
      • -:-
      • Cremonese
      • 08.03.2026 19:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Verona
      • 08.03.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Parma
      • 08.03.2026 22:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Roma
      • 09.03.2026 00:45
      • Milan
      • -:-
      • Inter
  • La-liga
      • 07.03.2026 01:00
      • Selta
      • 1:2
      • Real Madrid
      • 07.03.2026 18:00
      • Osasuna
      • 2:2
      • Malyorka
      • 07.03.2026 20:15
      • Levante
      • 1:1
      • Jirona
      • 07.03.2026 22:30
      • Atletiko
      • 3:2
      • Real Sosyedad
      • 08.03.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Barselona
      • 08.03.2026 18:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Elche
      • 08.03.2026 20:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Betis
      • 08.03.2026 22:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 09.03.2026 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Alaves
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 27 65
2 Real Madrid 27 63
3 Atletiko 27 54
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 26 36
8 Atletik Bilbao 27 36
9 Real Sosyedad 27 35
10 Osasuna 27 34
11 Xetafe 26 32
12 Jirona 27 31
13 Rayo Valyekano 26 30
14 Sevilya 26 30
15 Valensiya 26 29
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 27 25
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 26 17

O'tgan o'yinlar.

27-тур Selta 1-2 Real Madrid
27-тур Osasuna 2-2 Malyorka
27-тур Levante 1-1 Jirona
27-тур Atletiko 3-2 Real Sosyedad

Navbatdagi o'yinlar.

08/03/26 Atletik Bilbao - Barselona
08/03/26 Vilyarreal - Elche
08/03/26 Xetafe - Betis
08/03/26 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03/26 Valensiya - Alaves
10/03/26 Espanyol - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kuchli «beshlik»dan gapiramiz: Ilk quvonchu alamlar haftasi...

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Noyabrning oxirgi «uik-end»i ham murosasiz va qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi. APLda amaldagi chempion navbatdagi zafar evaziga yetakchilik mavqeini mustahkamlab oldi. Yaqin ta’qibchilarning biri ham ochkolari sonini 3taga oshirib oldi, ammo ikkinchisi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi. La Ligada esa peshqadam yana o‘zgardi, tur grandlar uchun omadsiz keldi. Bundesliga bayroqdori o‘z uyida autsayder bilan jangovar durangga erishdi.

Angliya. Sarrining dastlabki  maG‘lubiyati

Hisobot turida Londonga tashrif buyurgan «Manchester Siti» «Vest Xem» ustidan yirik (4:0) g‘alabaga erishdi. Mehmonlar ustunligida o‘tgan uchrashuvda Gvardiola shogirdlari tezkor qarshi hujum taktikasidan unumli foydalandilar. Ispaniyalik David Silva hisobni ochib, qatorasiga 3-o‘yinda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Rahim Sterling va Leroy Sanening gollarida ham u faolligi bilan ko‘maklashdi. Shu tariqa «Siti» 67 yildan beri ilk marta Londondan qatorasiga 6 marta g‘olib sifatida qaytgan jamoaga aylandi. Bunday natijani 1950|1951 yillar mavsumida «Portsmut» qayd etgandi.

O‘z navbatida, «Liverpul» ham safarda «Uotford»ni ishonchli tarzda yengib (3:0), peshqadamning olislab ketishiga yo‘l qo‘ymadi. Biroq mezbonlardan 3 ochkoni tortib olish oson bo‘lmadi - Saloh, Aleksander-Arnold va Firminoning gollari so‘nggi 24 daqiqa ichida amalga oshirildi.

Ikkinchi ta’qibchi - «Chelsi» esa «Tottenxem»ga qarshi London derbisida mavsumdagi dastlabki mag‘lubiyatini (1:3) tan oldi. Bu «ko‘klar»ning Maurisio Sarri davridagi ilk omadsizligi edi. Maurisio Pochettino jamoasi mazkur g‘alabadan keyin «Chelsi» bilan o‘rin almashib oldi.

Londonning boshqa bir nomdor jamoasi - «Arsenal» esa «Bornmut» safaridan 3 ochko bilan qaytib, yetakchi kvartetga yaqinlashib oldi. «To‘pchilar»ga muhim g‘alabani hadya etgan Obameyyang gollari sonini 8taga yetkazib, Aguero bilan tenglashib oldi.

O‘z uyida «Kristal Pelas» qarshiligini sindira olmagan «MYU» va uning murabbiyini «Old Trafford»­dagi 75000 muxlis kuchli hushtakbozlik bilan kuzatib qo‘ydi. Oxirgi 48 yil ichida ilk marta «Qizil iblislar» bu jamoa darvozasiga yo‘l topa olmadilar va «Everton»­ni oldinga o‘tkazib yubordilar.

Ispaniya. Yangi karvonboshi va «Real»ning sharmandaligi

13-tur «Barselona», ayniqsa, «Real» uchun chin ma’noda omadsiz keldi. To‘g‘ri, peshqadam o‘zining asosiy ta’qibchilaridan bo‘lmish «Atletiko» bilan Madridda kuch sinashdi va zaxiradan tushirilgan Dembelening aniq zarbasi evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Yetakchining ochko yo‘qotishidan unumli foydalangan «Sevilya» «Valyadolid» darvozasiga urilgan yagona gol evaziga 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Santyago Solari rahbarligida 2ta g‘alabaga erishgan «Real» «Eybar»ga 3 ochko umidida borganiga shubha yo‘q. Ammo barcha o‘yinchilarining qiymati birgina Kurtuaning bahosidan kam bo‘lgan jamoaning mohir darvozabonni 3 marta dog‘da qoldirishi hech kimning xayoliga kelmagandi. To‘g‘ri, YECHLning amaldagi g‘olibi faollikni oshirgan bo‘lsada, o‘z ustunligini golda ifodalay olmadi. Hozir «Qirollik klubi» va «Sevilya» o‘rtasidagi farq atigi 6 ochko, uni bartaraf etish mumkin. Biroq eng asosiysi, «Real» shunga yarasha o‘yin ko‘rsata olmayapti.

Italiya. «Yuventus» uzoQlashmoQda

Ortda qolayotgan har bir tur «A» seriya yetakchisini nurli cho‘qqiga tobora yaqinlashtirmoqda. Ta’qibchilarning ochko yo‘qotishlari esa «Keksa sinyora»ga xotirjam to‘p surish imkoniyatini berayotgandek, go‘yo. 13-turda «Yuventus» Turinda kamtarin SPALni qabul qilib, har bo‘limda bittadan gol bilan siyladi, 29-daqiqada hisobni ochgan Ronaldu esa chempionatdagi gollari sonini 9taga yetkazib oldi. Bu «A» seriya debyutantlari uchun so‘nggi 50 yil ichidagi eng yuqori mahsuldorlikdir! Qolaversa, Krishtianuning qatorasiga 6ta o‘yinda maydonni golsiz tark etmayotganligi ham o‘ziga xos natija.

Ikkinchi pog‘onada borayotgan «Napoli» kutilmaganda autsayder - «Kyevo»ni yenga olmadi. Ya’ni, mehmonlarga bir ochkoni hadya etib, o‘zi qimmatli 2 ochkodan judo bo‘ldi. Natijada yetakchi yana farqni oshirdi.

«Juzeppe Meassa»da ikkinchi autsayder - «Frozinone»ni ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lub etgan «Inter» ham «Napoli»ga yetarli tashvish tug‘dirishi aniq. Boisi, bu ikki jamoa o‘rtasidagi farq atigi bir ochko, xolos.

Milan shahrining nomdosh klubi Rimdan 3 ochko bilan qaytishga yaqin turgandi. Biroq qo‘shimcha vaqtning so‘nggi daqiqasida Korrea muvozanatni tiklab, «Lasio»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Germaniya. Omad «Fortuna» tomonida

Hozir Bundesligada kamdan-kam uchraydigan vaziyat yuzaga keldi - nemis grandining marraga birinchi bo‘lib kelish ehtimoli tobora pasayib bormoqda. Noyabrda birorta g‘alabaga erisha olmagan jamoa uchun «Fortuna»ni yengish so‘nggi imkoniyat edi. Ammo bu umid ham puchga chiqdi. Vaholanki, Niko Kovach shogirdlari 20-daqiqada 2:0, 58-daqiqada esa 3:1 hisobida oldinda edilar. Lekin mehmonlar yarim himoyachisi Dodi Lukebakio nafaqat Manuel Noyerni, balki butun «Alyans-Arena»ni dod deyishga majbur etdi. Raqib futbolchisining «xet-trik»­ka erishishidan ko‘ra ta’sirchanroq, azobliroq jazo bo‘lmasa kerak grand va uning muxlislari uchun!

Yetakchilikni o‘z qo‘liga olgan ikki nomdosh jamoalar esa navbatdagi g‘alabalar hisobiga bayroqdordan uzoqlashishni davom ettirdilar. Dortmundliklar safarda «Mayns» ustidan 2:1, Myonxengladbax vakillari esa o‘z maydonlarida «Gannover»dan 4:1 hisoblarida ustun keldilar.

Augsburgda Sebastyan Allerning fidoyiligi evaziga ishonchli (3:1) g‘alabaga erishgan «Ayntraxt» 3-o‘ringa chiqib oldi. E’tiborlisi, mehmonlarning 24 yoshli fransiyalik hujumchisi oxirgi 5ta o‘yinda 6ta gol urdi va eng yaxshi to‘purarlar safiga ko‘tarildi. Qo‘shimchasiga, 4ta samarali uzatmalari bilan gol}pas tizimida yaqqol peshqadam bo‘lib oldi.

Fransiya. «Monako» ham zafar Quchdi

Nihoyat, knyazlik klubining joriy mavsumdagi ayanchli seriyasi yakunlandi - 3 oydan beri g‘alaba nima ekanini bilmay kelayotgan «Monako» safarda «Kan»ni kichik hisobda mahv etdi. Orziqib kutilgan g‘alabani ta’minlagan yagona golni Radamel Falkao amalga oshirdi. Hujumchining standart vaziyatdan yo‘llagan zarbasiga bosh murabbiy Tyerri Anri yuksak baho berdi.

Ta’qibchilaridan ancha ilgarilab ketgan «PSJ» esa 100 foizli seriyani davom ettirmoqda. Bu gal Mbappe va Neymarsiz maydonga tushgan poytaxt jamoasi «Tuluza» darvozasini bir bor ishg‘ol etish bilan kifoyalandi. Gol Edinson Kavani hisobiga yozildi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:37, 29.11.2018. O'qildi: 3077 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 11
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 11
9 Атлетико Aleksandr Serlot 10
10 Райо Вальекано Xorxe De Frutos 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.