Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 7 18
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 7 9
9 Surxon 7 8
10 OKMK 7 8
11 Qo‘qon-1912 7 7
12 Dinamo 7 7
13 Qizilqum 7 6
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
7-тур Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
7-тур Bunyodkor 0-1 Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Santyago Solari: «La liga g‘olibligi uchun oxirigacha kurashamiz»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Intervyular
A A A

«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari «Ueska»ga qarshi bo‘ladigan o‘yindan oldin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Ueska» haqida
«Ishonchim komil, ular ilk daqiqalardanoq bizni maksimal kuch bilan harakat qilishga majbur qilishadi. Biz himoyada ehtiyotkor harakat qilib, hujumda tajavuzkor bo‘lishimiz lozim. Yigitlarni qo‘shimcha ruhlantirish shart emas deb o‘ylayman. Biz La ligada chempionlik uchun oxirigacha kurashamiz».

Boshlang‘ich tarkib haqida
«Boshlang‘ich tarkibni tanlashda ko‘p narsaga ahamiyat qarataman: futbolchilarning formasi, murabbiylar shtabining fikri, raqib. Men faqat bitta boshlang‘ich tarkibga suyanib qolmayman».

Markos Lyorente haqida
«Men jamoa boshqaruviga kelgunimga qadar, u deryali o‘ynamagan edi. Futbolchida tajriba va o‘yin amaliyoti bo‘lmasa — bu qiyin. Uning yaxshi o‘ynayotganida o‘zining hissasi katta. U professional futbolchi. Futbolchi uchun eng qiyin ish — bu mashg‘ulot o‘tkazish, formani saqlab turish, ammo maydonga tushmaslik. Markos ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan bo‘lsa-da, u jamoada baxtli».

«River Pleyt» – «Boka Xuniors» o‘yini haqida
«Bunday o‘yinni o‘z maydonimizda qabul qilish — biz uchun sharaf. Ammo ish bu darajagacha yetib kelmagani yaxshi edi. Umid qilaman, barchasi yuqori saviyada o‘tadi va hech qanday muammo paydo bo‘lmaydi».

Toni Kroos haqida
«Klub bergan bayonotni takrorlashim mumkin. U klublar o‘rtasidagi jahon chempionatigacha tiklanishi lozim. So‘nggi so‘zni shifokorlar aytishadi».

Keylor Navas haqida
«Menda kimgadir qandaydir maslahat berish uchun vakolat yo‘q. Har bir o‘yinchining o‘z hissiyotlari mavjud. «Real» safida o‘ynashdan yaxshiroq ajoyib narsa yo‘q. Faqat shuni ayta olishim mumkin».

Garet Beyl haqida
«U «Valensiya»ga qarshi o‘yinda jarohat olmadi. O‘zini biroz noqulay his qildi. U «Eybar», «Roma» va «Valensiya»ga qarshi o‘yinlarda borini berib o‘ynadi. Uning o‘yinidan qoniqish hosil qilayotganimni unga ingliz tilida aytdim. Ba’zida o‘zing istagan barcha narsa amalga oshmaydi. Ammo uni tanqid qilmayman. Bundan tashqari, u «Roma» darvozasiga ajoyib gol urdi».

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 12:15, 09.12.2018. O'qildi: 2867 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик