Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • Superliga
      • 27.02.2026 18:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 27.02.2026 18:45
      • Andijon
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 27.02.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Qizilqum
      • 28.02.2026 18:45
      • Neftchi
      • -:-
      • Mash’al
      • 28.02.2026 19:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Surxon
      • 28.02.2026 19:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Navbahor
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eng «dahshatli» derbilar. Top-7

Baho:
+1 | -1
JAHON FUTBOLI / Klublar turnirlari / Libertadores kubogi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kecha oqshom Libertadores kubogining finalida Argentinaning ikki jamoasi «River Pleyt» va «Boka Xuniors» jamoalari o‘zaro to‘qnash keldilar. Buenos-Ayres shahrining bu ikki klubi bir-biriga azaliy raqib bo‘lib, ular ishtirokidagi o‘yinlarga «Argentina superklasiko»si deb nom berilgan. Keling, muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo‘ladigan jahondagi derbilarga to‘xtalib o‘tamiz.

7-o‘rin. «Real Madrid»- «Atletiko Madrid»
«Real» va «Atletiko» jamoalari qanday turnirda to‘qnash kelishmasin, bu uchrashuvlar o‘ta yuqori tempda o‘tadi. Madrid shahrining shimolida joylashgan «Real»ga asosan shaharning boy qatlami muxlislik qilsa, «Atletiko»ni shaharning janub qisimidagi mehnatkashlar qo‘llab-quvvatlaydi. Eng qizig‘i shundaki, «Atletiko» muxlislari derbilarda ko‘pincha raqib jamoa muxlislaridan faolroq bo‘lishadi.

6-o‘rin. «Everton» – «Liverpul»
Mersisayd derbisinig tarixi ancha uzoq. Aslida «Everton» «Liverpul»dan avvalroq tashkil topgan. Hatto «Liverpul»ning hozirgi uy stadioni ham aslida «Everton»ga tegishli bo‘lgan. Jamoa yangi shaharga ko‘chib o‘tganida bir yo‘la baza stadioniga joylashadi. Bo‘sh qolgan «Enfild»ni «Liverpul» darrov egallaydi. Mana shuning uchun ham «Everton» muxlislari «qizillar»ni hali hamon yoqtirishmaydi. Jamoalarning to‘qnashuvlari ham shunga yarasha kurashlarga boy o‘tadi.

5-o‘rin. «Boka Xuniors»- «River Pleyt»
Janubiy Amerikaning «Superklassiko»si deya ataladigan ushbu o‘yinni Amerika jurnallaridan biri «Albatta ko‘rish kerak bo‘lgan 50 ta o‘yindan biri», — deya izohlagan edi. Darhaqiqat, shu ikki jamoa to‘qnash kelganda hisob-kitoblar bo‘yicha Argentina aholisining 70 foizi o‘yinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri TV orqali tomosha qiladi. So‘zimizning yaqqol isboti deya bu mavsumdagi «Libertadores» kubogi finalini keltirish mumkin. Muxlislarni jilovlay olmagach, o‘yin mutasaddilari finalning javob o‘yinini Yevropaga ko‘chirishga majbur bo‘lishdi.

4-o‘rin. «Milan» - «Inter»
Bu jamoalar to‘qnashuviga ortiqcha izoh berishning, chamamda, hojati bo‘lmasa kerak. Jamoalarning mehr-oqibatlari shunchalar «kuchli»ki hatto bitta stadionda uy o‘yinlarini o‘tkazishsa ham stadion nomini ikki xil atashadi. Eng qizig‘i, 2003 yilda bu ikki jamoa YECHL yarim finalida to‘qnash kelishadi. «Juzeppe Meassa» stadionida 1:1 hisobi qayd etiladi. Bir haftadan so‘ng javob o‘yinida «San-Siro»da hisob ochilmaydi — 0:0. «Milan» «mehmon»da urilgan go‘l evaziga finalga chiqadi va finalda «Yuve»ni penaltilar seriyasida yengadi.

3-o‘rin. «Manchester Yunayted» - «Manchester Siti»
Hozirgi kunda dunyoning eng katta byudjetli derbisi deya bemalol ayta olamiz. Shaharni ikkiga bo‘lib yuboradigan o‘yin bu! Eng qizig‘i, «Siti» «Yunayted»dan avvalroq tashkil topgan. 20-asr o‘rtalarida bu jamoalarning to‘qnashuvlari judayam ayovsiz bo‘lgan ekan. Xiyla ustunlik «shaharliklar» tomonida ham bo‘lgan ekan. Lekin 20-asrning oxirlariga yaqinlashgach, Fergi bobo «qizil iblislarni» top-klubga aylantirib yubordi. Shundan so‘ng bu jamoalar o‘rtasidagi «klass»da farq sezilib qola boshladi. 21-asrning boshlarida esa «shaharliklar»da yangi investor paydo bo‘lgach, ishlar ancha yurishib ketdi. Sheyxlarning pullari osmonga uchib ketmadi. Asta-sekinlik bilan «Siti» ko‘tarilishni boshladi va mana hozir «Yunayted» bilan yana avvalgidak tengma-teng kurashmoqda.

2-o‘rin. «Fenerbahche» - «Galatasaroy»
Mana buni derbi deb emas, bemalol jang desak ham bo‘ladi. Chunki Yevropada muxlislarning eng ko‘p to‘polonlari aynan shu o‘yinda kuzatilgan ekan. Bu jamoalar haqida qiziqarli faktlar ko‘p. «Fener» Istanbulning Osiyo qit’asidagi yerlarida joylashgan bo‘lsa, «Galatasaroy» Yevropa qit’asida joylashagn. Eng qizig‘i, bu ikki klubni dengiz suvlari bir-biridan ajratib turadi. Deyarli ikki qit’ada joylashagan bir shaharning ashaddiy dushmanlari desak ham bo‘ladi. Bu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinda 132 desibelga teng shovqin ko‘tarilgan. Bu reaktiv samolyotning ovozi bilan teng degani! «Fener»- «Galatasaroy» uchrashuvi faqat janjallar bilan esda qoladi desak, xato qilamiz. Chunki bu jamoalar to‘qnashuvida kamdan–kam hollarda natija uchun o‘yin bo‘ladi. Qolgan payt haqiqiy tomoshabop futbol namoyish etishadi. Bir vaqt topib albatta ko‘ring, bu shunga arziydi!

1-o‘rin. «Glazgo»- «Seltik»
Mana bu prinsipial raqiblarga alohida to‘xtalamiz. Ular bejiz bizning top-7ligimizda birinchi pog‘onani zabt etishmadi. Keling, batafsil to‘xtalsak. 19-asrning boshlarida Irlandiyada ommaviy ochlik tarqaladi. Irland xalqi jon saqlab qolish ilinjida ommaviy Shotlandiyaga ko‘chib kela boshlaydi. Biroz vaqt otgach, Shotlandiya poytaxtiga muqim joylashib olishadi. 19-asr oxirida shotlandlar «Glazgo» jamoasiga asos solishadi. Irlandlar ham ko‘p o‘tmay o‘zlarnig «Seltik» jamoasini tuzishadi. Ular klublarida iloji boricha Irlandiya bayrog‘ini aks ettiradigan ranglardan foydalanishadi. Hatto hozirda ham «Seltik» jamoasi muxlislari o‘yinlarga Irlandiya tug‘ini olib kirib hilpiratib turishadi. Bu esa shotlandlarda g‘azab uyg‘otadi. Asrlar o‘tsa ham bu g‘azab zarracha so‘nmagan. Hali beri so‘nmasa ham kerak!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:00, 10.12.2018. O'qildi: 17825 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.