Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma.

  • Superliga
      • 15.08.2025 19:00
      •   Paxtakor
      • 0:0
      • So‘g‘diyona
      • 16.08.2025 18:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Neftchi
      • 16.08.2025 19:00
      • Dinamo
      • -:-
      • OKMK
      • 16.08.2025 20:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Sho‘rtan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 18 37
2 Neftchi 18 36
3 OKMK 18 34
4 Dinamo 18 34
5 Navbahor 18 31
6 Bunyodkor 18 31
7 Paxtakor 18 30
8 Surxon 18 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 18 21
11 So‘g‘diyona 18 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 18 15
14 Mash’al 18 15
15 Buxoro 18 14
16 Sho‘rtan 18 10

O'tgan o'yinlar.

18-тур So‘g‘diyona 2-0 Mash’al
18-тур Neftchi 1-0 Nasaf
18-тур Dinamo 1-1 Paxtakor
18-тур OKMK 0-0 Qizilqum
18-тур Andijon 0-1 Navbahor
18-тур Sho‘rtan 1-2 Qo‘qon-1912
18-тур Buxoro 1-1 Xorazm
18-тур Surxon 3-1 Bunyodkor

Navbatdagi o'yinlar.

16/08/25 Navbahor - Neftchi

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1313 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 523 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevropaning kuchli 10ta ligasida o‘ynayotgan eng sadoqatli futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kimlar yaxshigina takliflarga qaramay, o‘z klublariga sodiq qolmoqdalar? Kimlar bitta jamoadagi faoliyat davomiyligi buyicha alohida maqtana olishadi? Soccer.ru sayti ijodkorlari aynan eng sadoqatli o‘yinchilarni e’tirof etishdi. Tahlil uchun Yevropaning eng kuchli 10ta ligasi olindi: Ispaniya, Angliya, Italiya, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Portugaliya, Belgiya, Gollandiya va Turkiya elit divizionlari. Alohida ta’kidlash kerak, ayrim futbolchilar borki, ular bolaliklaridan klub tizimida shug‘ullanishgan, ya’ni uning tarbiyalanuvchisi sanalishadi. Shuning uchun faoliyat davomiyligini to‘g‘ri hisoblash maqsadida har bir futbolchining bosh jamoada aynan qachon debyut qilgani e’tiborga olingan. Umumiy hisobda aytsak, «ko‘hna qit’a»dagi ilg‘or 10ta chempionatda bitta klubda 10 yil yoki ko‘proq muddatdan buyon o‘ynayotgan futbolchilar soni - roppa-rosa 60 nafar. Bu ro‘yxatda Jerar Pike va Alan Zagoyev, Gilyerme va Serxio Buskets kabi taniqli o‘yinchilar bor. Serxio Ramos esa 16-pog‘onada, undan oldinda Jorjo Kyellini («Yuventus»)...

10-o‘rin. Mark NOBL («Vest Xem») - 13 yil 11 oy 6 kun. Bolaligida «Arsenal» tizimida shug‘ullangan Mark deyarli 14 yildan buyon «bolg‘achilar»ga sadoqat bilan xizmat qilmoqda. To‘g‘ri, u vaqtida «Xall Siti» va «Ipsvich Taun» klublarida ijara muddatini ham o‘tadi. Umuman, yoshlar jamoasidagi davrini ham qo‘shsak, Nobl 18 yildan buyon «Vest Xem» ixtiyorida!

9-o‘rin. Xulian SPERONI («Kristal Pelas») - 14 yil 4 oy 24 kun. Argentinalik golkiper yevrofutbolga juda yoshligida yuzlangan va «Kristal Pelas» safiga qo‘shilishiga qadar Shotlandiyaning «Dandi» klubi safida 4 yil tajriba oshirgan. Speroni London jamoasidagi 14 yillik faoliyatida ko‘p narsalarni ko‘rdi: mashhur Gabor Kiray o‘rinbosari rolini bajardi, «burgutlar» bilan Premyer-Ligadan tushib ketdi, naq 7 mavsum Chempionshipda o‘ynadi va yana yuqoriga ko‘tarildi.

8-o‘rin. Serxio ALVARES («Selta») - 14 yil 5 oy 9 kun. Serxio aslida «Selta» tizimida 13 yoshli payti, ya’ni 1999 yili paydo bo‘lgan. «El Gato» («Mushuk») jonajon jamoasida uzoq vaqt sabr bilan ishladi, garchi asosiy tarkib vakili bo‘lsada, ko‘pincha «Selta-V» darvozasini qo‘riqladi. Mavsum-2014|2015 esa burilish nuqtasiga aylandi: Serxio La-liga doirasidagi 38ta o‘yinda ham maydonga tushdi. Xullas, sabrli va sadoqatli Alvares deyarli 20 yildan buyon «Selta» ramziga vafo qilmoqda.

7-o‘rin. Lionel MESSI («Barselona») - 14 yil 11 oy 6 kun. Futbol bilimdonlari orasida ushbu «notanish» yigitni biladiganlar bormi? Leo Kataloniya poytaxtiga 2000 yili ko‘chib kelgandi, jamoada debyut qilganiga esa 15 yil bo‘lyapti. Bir tomonda futbol masalasidagi daholigi, ikkinchi tarafda yuksak sadoqati. Ha, chindan ham, bebaho yulduz.

6-o‘rin. Loik PERRIN («Sent-Etyen») - 15 yil 5 oy 7 kun. Kamtarin  klubning irodasi bukilmas himoyachisi va tirik afsonasi. Diqqatga sazovor tomoni, Perrin hozir 33 yoshda, demak, unda o‘z ko‘rsatkichini hali ancha yaxshilash imkoniyati bor. Gap «Sent-Etyen» tizimiga 12 yoshida kelgan bolakay va ortda qolgan davrda «yashillar»ning 400tadan ortiq rasmiy uchrashuvida ishtirok etgan futbolchi haqida ketmoqda.

5-o‘rin. Killian OVERMER («Lokeren») - 15 yil 5 oy 7 kun. Faoliyati davomiyligi bo‘yicha Perrin bilan teng ko‘rsatkichga ega Overmer «Lokeren»dagi debyutini 2003 yili nishonlagan. Aytish joiz, u chorak asrdan buyon Belgiya klubida rizq teryapti. Oddiy aytganda, Killian 1994 yildan beri «Lokeren bilan birga.

4-o‘rin. Igor AKINFEEV (SSKA) - 15 yil 11 oy 6 kun. Umr bo‘yi «armiyachi». Igor SSKA futbol seksiyasiga 6 yoshli payti yozilgan va 2003 yili qishda asosiy jamoa safiga qo‘shilgan. Qisqasi, Akinfeev SSKAda 17 yoshida debyut qildi va shu kunga qadar naq 20ta sovrin yutdi. Vaqtida darvozabon Yevropaning kuchli klublari nazariga tushdi, ammo «harbiylar» safidan ketmadi.

3-o‘rin. Vulqon DEMIREL («Fenerbaxche») - 16 yil 4 oy 3 kun. Yana bir xizmat ko‘rsatgan darvozabon. Lekin Demirelning tarixi boshqacha. Istanbulda tug‘ilgan Vul-qon «Kartalspor» maktabida tahsil olgan va kattalar futbolidagi debyutini ayni shu jamoada nishonlagan. 2002 yili esa «Fenerbaxche» taklifini qabul qilib, faoliyatida muhim qadam tashladi. Darvoqe, Demirel yaqinda 37 yoshga to‘ldi.

2-o‘rin. Daniele De ROSSI («Roma») - 16 yil 5 oy 9 kun. Reytingning 2-o‘rni «Roma»dagi yana bir sadoqatli o‘yinchiga tegishli. Oldinroq Franchesko Totti o‘ziga xos siymo edi, endi uzoq yillar «Kelajak sardori» maqomida yurgan de Rossi asosiy rolga chiqdi. Ha, Rim jamoasida qandaydir sehr bor. Har holda, Daniele ham xuddi Totti kabi ne-ne jamoalardan tushgan manfaatli takliflardan yuz o‘girdi.

 

1-o‘rin. Serjo PELLISSYER («Kyevo») - 18 yil 5 oy  9 kun(suratda) Yana bir italiyalik. Serjoning natijasi de Rossinikidan naq 2 yilga yaxshi. Tinib-tinchimas 39 yoshli faxriy joriy mavsum «Milan» darvozasiga gol urishni ham uddaladi. Pellissyer - «Torino» tarbiyalanuvchisi, ammo «buqalar» uni ortiqcha bilishgan... «Kyevo» esa Serjo uchun allaqachon qadrdon jamoaga aylandi: 17 mavsum, 500tadan ko‘p o‘yin, 136ta gol.

Jahon bo‘yicha reyting. Sayyoramizning eng sadoqatli futbolchilari - bu yaponiyalik Misuo Ogasavara va Xitoshi Sogaxata. Har ikkisi «Kashima Antlers» klubi vakili va tarbiyalanuvchisi. Ogasavara - yarim himoyachi, Sogaxata - darvozabon. 39 yoshli faxriylarning «Kashima» safidagi o‘yinlarini qo‘shsak, 1000tadan oshadi. Umuman, ikki futbolchi ham 20 yilu 11 oydan buyon jamoa bilan birga - ajoyib natija. To‘g‘ri, Sogaxata 1-o‘rinda turishi kerak, baribir. Chunonchi, uning ko‘p yillik jamoadoshi orada ma’lum vaqt Italiyaning «Messina» klubida ijara kelishuvi asosida to‘p surgan. Yaponlardan tashqari, bitta klubda 20 yildan ko‘proq «staj»ga ega yana ikki futbolchi bor: eronlik Farzad Hussaynxoni («Mes») va saudiyalik Muhammad al Shlxub («Al-Hilol»). Ular 37 yoshda va ko‘rsatkichlarini hali yanada yaxshilashlari mumkin.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:39, 16.12.2018. O'qildi: 7305 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Андижон Rustam Turdimurodov 5
10 Нефтчи Zoran Marushich 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.