Angliya Premyer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 34-turidan o‘rin olgan «Fulxem» va «Aston Villa» jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Jamoalar London (Angliya) shahridagi «Kreyven Kottedj» stadionida o‘zaro to‘qnash kelishdi. Uchrashuvni bosh hakam Maykl Oliver boshqarib bordi. Maydon egalari 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
O‘yindagi yagona gol 43-daqiqada kiritildi. «Dala hovli egalari» himoyachisi Rayan Sesenyon o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Fulxem» mavsumdagi ochkolari sonini 48 taga yetkazib oldi va APL turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarildi. «Brentford» va «Chelsi» hisobida ham shuncha ochko mavjud. «Aston Villa» esa 58 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Zaxirasida bitta o‘yini bor «Liverpul» ulardan uch ochkoga ortda qolmoqda.
Angliya Premyer-ligasi. 34-tur
25.04.2026 | 16:30, «Kreyven Kottej», London
«FULXEM» — «ASTON VILLA» — 1:0
Gol: Rayan Sesenyon 43 (1:0).