Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • 2:0
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 1:0
      • Milan
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • -:-
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 31 72
2 Napoli 31 65
3 Milan 31 63
4 Komo 31 58
5 Yuventus 31 57
6 Roma 31 54
7 Atalanta 31 53
8 Bolonya 31 45
9 Lasio 31 44
10 Sassuolo 31 42
11 Udineze 31 40
12 Torino 31 36
13 Parma 31 35
14 Jenoa 31 33
15 Fiorentina 31 32
16 Kalyari 31 30
17 Cremonese 31 27
18 Lechche 31 27
19 Verona 31 18
20 Piza 31 18

O'tgan o'yinlar.

31-тур Sassuolo 2-1 Kalyari
31-тур Verona 0-1 Fiorentina
31-тур Lasio 1-1 Parma
31-тур Cremonese 1-2 Bolonya
31-тур Piza 0-1 Torino
31-тур Inter 5-2 Roma
31-тур Udineze 0-0 Komo
31-тур Lechche 0-3 Atalanta
31-тур Yuventus 2-0 Jenoa
31-тур Napoli 1-0 Milan

Navbatdagi o'yinlar.

10/04/26 Roma - Piza
11/04/26 Kalyari - Cremonese
11/04/26 Torino - Verona
11/04/26 Milan - Udineze
11/04/26 Atalanta - Yuventus
12/04/26 Jenoa - Sassuolo
12/04/26 Parma - Napoli
12/04/26 Bolonya - Lechche
12/04/26 Komo - Inter
13/04/26 Fiorentina - Lasio

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

OK-2019: Qaysi jamoa favorit?

Baho:
+ | -
OSIYO / Osiyo kubogi / Guruh bahslari
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘tayotgan har bir kun bizni Osiyo kubogi-2019ga tobora yaqinlashtirmoqda. Yanvar-fevral oylariga belgilangan navbatdagi qit’a birinchiligida ishtirok etuvchi barcha terma jamoalar allaqachon tayyorgarlikning so‘nggi bosqichiga kirishib ulgurdi.

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper kuni kecha so‘nggi yig‘in oldidan musobaqadagi asosiy maqsad g‘oliblik ekanligini baralla aytib, ko‘nglimizni ozgina ko‘tardi. Har holda, jahon futbolida nom qozongan mutaxassis shunchaki, bo‘lar-bo‘lmasga gapirmasa kerak. Lekin vaziyatga real qarab, baho bersak, milliy jamoamizni favoritlar qatoriga qo‘sholmaymiz, baribir. Xo‘sh, unda qaysi jamoalarni turnirda g‘olib chiqishga asosiy da’vogarlar sifatida e’tirof etish mumkin? Bizningcha, ayni payt 5ta ishtirokchiga favorit yorlig‘ini bersak bo‘ladi. Quyida shu haqda...

AVSTRALIYA. Osiyo kubogining amaldagi g‘olibi va yangi musobaqa g‘olibligiga asosiy da’vogarlardan biri. «Sokkerruz» Okeaniyadan Osiyo oilasiga qo‘shilganidan buyon mintaqadagi barcha musobaqalarda sov­rinli o‘rinlarga da’vo qilmoqda. Avstraliya termasining hozirgi maqsadi ham tayin - chempionlik unvonini o‘zida saqlab qolish. To‘g‘ri, Maykl Yedinak, Massimo Luongo kabi yevrofutbolda nom qozongan yigitlar bo‘lajak Osiyo kubogida rosa qiynalsa kerak. Sababi, turnir arab diyorida o‘tkazilmoqda. Avstraliyaliklar esa aynan shu mamlakatlarda jiddiy raqobatga duch kelishgan. Umuman, sariq libosli «bahaybat» futbolchilardan tashkil topgan jamoa bilan tengma-teng kurashadigan raqiblar safi ham tobora kengaymoqda. Qisqasi, «yashil qit’a» vakillari avvalo, arab o‘lkasi «sindromi»ni yengishlari kerak. Shunda ularning uzoq Avstraliyaga «begona» Osiyo kubogi bilan qaytish imkoniyatlari oshadi.

BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI. Musobaqa mezbonini ham hech ikkilanmay, favoritlar qatoriga qo‘shish kerak. Chunonchi, hozirda amirliklarda shunday ahil jamoa shakllanganki, u istalgan raqibni qiynab qo‘yishga qodir. Eslasangiz, BAA termasi 2015 yilgi qit’a chempionatida yorqin futbol namoyish etish evaziga 3-o‘rinni egallagandi. O‘sha turnirda ko‘zga tashlangan Ali Mabhut, Ahmad Xalil va Umar Abdulrahmon kabi futbolchilar bugun  ajoyib sport formasiga kirishgan, yuqori cho‘qqida turishibdi. Ularda musobaqada g‘olib chiqish uchun barcha imkoniyatlar mujassam. Qolaversa, muxlislar 12-futbolchi rolini bajarishga shaylar. Umuman, BAA termasining asosiy ustunligi aynan mezbonlik faktoriga bog‘liq.

ERON. So‘zsiz, Osiyoning so‘nggi yillardagi eng tartibli va barqaror o‘yin namoyish etayotgan jamoasi. Bugungi Eron termasi barcha jihatlar bo‘yicha musobaqa oltin medaliga asosiy da’vogar bo‘lishga munosib. Portugaliyalik Karlush Keyrush jamoasi tarkibi va o‘yin sifati bilan Fransiya termasini eslatib yubormoqda. Ya’ni har bir chiziq mahoratli futbolchilar bilan to‘ldirilgan. Bosh murabbiy ham xuddi Didye Desham singari bir necha yillardan buyon tarkibga tobora sayqal berish bilan ovora. Portugaliyalik mutaxassis harqalay, buning uddasidan chiq­yapti: jamoa ayniqsa, ruhiy tomondan baquvvat. Tabiiyki, forslar yurtida mamlakat futboli kelajagi sifatida ta’riflanayotgan Sardor Azmun va uning sheriklariga katta umid bog‘lashmoqda. Yana bir tomoni shuki, jamoa BAAda chempion bo‘lmasa, Eronda kuchli malomat ostida qolishi tayin. Qisqasi, forslarni 1-o‘rindan bosh­qasi aslo qoniqtirmaydi va bu hol futbolchilar yondashuviga katta ta’sir o‘tkazishi aniq.

JANUBIY KOREYA. Koreyslar avvalgi Osiyo kubogi final bahsida omadsizlik tufayli oltin medalni mezbon - Avstraliya termasiga topshirib qo‘yishgandi. Aytish mumkinki, JCH-2018da Germaniya termasi 2:0 hisobida dog‘da qoldirilgach, Janubiy Koreyada yangi futbol to‘lqini yuzaga keldi. Koreyslar shu kuchli to‘lqin ta’sirida bu safar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilish niyatidalar. Qisqasi, ular qit’a birinchiligiga o‘zgacha ruhda yo‘l olishmoqda. Binobarin, jamoa so‘nggi paytlar ancha ishonch­li o‘yin namoyish etmoqda. Bu ham jahon chempionatidagi natija samarasidir. Ko‘plab ekspertlar ham Son Xyun Min, Ku Ja Chol kabi yigitlarni katta sahnaga chiqishlarini taxmin qilishyapti. Hozirda ular o‘yin saviyasi bobida ideal holatda. Qo‘shimchasiga, maydonda o‘zaro hamjihat to‘p surish masalasida ham koreyaliklar oldiga tushadigan raqib yo‘q.

YAPONIYA. O‘zbekiston terma jamoasi guruhdoshi ham tabiiyki, yakuniy g‘alabani ko‘zlamoqda. Aslida «kunchiqar yurt» vakillari Osiyo kubogi-2015ga aynan chempionlikni tantana qilish maqsadida borishgandi. Lekin chorak finalda Mehdi Ali boshchiligidagi BAA termasining kutilmagan qarshiligiga duch kelib, chekinishdan o‘zga chora topolmadilar. Xullas, ular avvalgi musobaqadan alam bilan erta qaytishgandi. Demak, BAAda o‘yinlarga yanada jiddiy yondashishlari tayin. Faxriy Keysuke Xonda jamoa bilan xayrlashgach, tarkib iqtidorli yoshlar hisobiga boyitildi. Ular Shinji Kagava va Shinji Okazaki kabi tajribali futbolchilar oldida esankirab qolishayotgani yo‘q. Har holda, yoshlardagi dadillik so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinlarida yaqqol ko‘zga tashlandi. Yaponlar qit’a  birinchiligida shunday aniq tizimdan unumli foydalanishsa, ularning ortga nufuzli kubok bilan qaytishlariga to‘sqinlik qiluvchi kuch topilishi dargumon.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:54, 16.12.2018. O'qildi: 5628 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 16
2 Комо Anastasios Duvikas 11
3 Комо Niko Pas 10
4 Ювентус Kenan Yildiz 10
5 Наполи Rasmus Xeylund 10
6 Удинезе Kinan Devis 10
7 Аталанта Nikola Krstovich 9
8 Милан Rafael Leau 9
9 Интер Xakan Chalxanoglu 9
10 Сассуоло Andrea Pinamonti 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик