Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

G‘iyos Komilov : «Superliga formatiga biroz o‘zgartirish kiritilsa yaxshi bo‘lar edi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / https://stadion.uz/uz/news/sections/uzfootball/uzpfl/players
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yakuniga yetgan mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z darvozasidan eng kam to‘p o‘tkazgan jamoa bo‘ldi. Bunday natijada jamoa himoyachilarining xizmatlari ham beqiyos hisoblanadi. Biz bugun “Qo‘qon-1912” jamoasining markaziy himoyachilaridan biri G‘iyos Komilov bilan suhbatda bo‘ldik.

-G‘iyosbek o‘tgan mavsum sizda qanday taassurotlar qoldirdi? O‘zingiz  ko‘rsatgan o‘yiningizdan qoniqdingizmi ?

– Bu yilgi mavsum juda qiziqarli o‘tdi deya olaman. Ayniqsa mavsum starti barcha muxlislar va futbolchilar uchun anchagina hayajonli o‘yinlar bilan esda qolarli bo‘ldi. O‘zim ko‘rsatgan  o‘yin haqida gapirishim biroz noqulay, bahoni muxlislar va mutaxassislar bergani ma’qul bo‘lar edi. Jamoamiz superligada eng kam gol o‘tkazibdimi, demak himoyada yomon o‘yin ko‘rsatmapmiz.Biroq jamoamizning  turnir jadvalida egallagan o‘rniga qarasak , o‘zimizga mos bo‘lmagan joyda mavusmni yakunladik. Shunisi biroz dilni xira qiladi.

-O‘tgan mavsumda siz uchun eng esda qolgan o‘yin , qaysi o‘yin bo‘ldi ?

-Albatta so‘nggi turdagi Farg‘onada bo‘lib o‘tgan “derbi”  eng esda qolarli  o‘yin bo‘ldi. Chunki mavsum yakuniga kelib “Neftchi” bilan bo‘ladigan o‘yin biz uchun judayam ahamiyati yuqori o‘yinga aylandi, aksincha mezbonlar uchun esa deyarli keraksiz o‘yin edi. Shunga qaramay mezbonlar o‘z muxlislari uchun jonlarini berib o‘ynashdi. Biz esa maydonga faqat g‘alaba uchun tushgandik. Shuning uchun bu uchrashuv hayot-mamot jangiga aylandi. Muxlislar esa haqiqiy “derbi”ga xos , shiddatli o‘yin guvohi bo‘lishdi. Mana shunday o‘yinlar ko‘paysa muxlislar uchun  futbol yanayam uchun qiziqarli bo‘ladi.

photo_2018-12-01_09-27-19

-Superliga formatiga munosabatingizni bildirsangiz. Kelasi mavsum qanday formatda o‘tishini istagan bo‘lar edingiz ?

-Formatning o‘zgarishi mavsum boshida barchada yuqori qiziqish uyg‘otdi. 1-bosqich o‘yinlarida intriga judayam kuchli bo‘ldi. Muxlislar ham stadionlarga ko‘p kelishdi. O‘yinlarni televideniyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilishi, stadionlardagi muxlislar uchun yaratilgan sharoitlar, ayniqsa ramazon oyida o‘yin vaqtlari muxlislarning ibodat vaqtlariga qarab qo‘yilishi, bular juda katta o‘sish bo‘ldi. Lekin jamoalar ikkita oltilikka bo‘linishgandan so‘ng, quyi oltilik jamoalari o‘yinlariga bo‘lgan qiziqish biroz pasaydi. Biz futbolchilarda ham kuchli oltilikka kira olmaganimizdan so‘ng  qandaydir xafsalasizlik paydo bo‘ldi. Manimcha kelgusi mavsumda chempionat formatiga biroz o‘zgarishlar kiritishsa yaxshi bo‘lardi. Chempionatda 12 ta jamoaning qolgani menimcha intrigani kuchaytirib beradi. Faqat “oltin ochko” qoidasini yana bir ko‘rib chiqish kerak deb o‘ylayman.

-Siz oldin boshqa jamoalarda to‘p surgansiz, Qo‘qonda yaratilgan sharoitlar sizni qoniqtirdimi ?
-Ochig‘i Qo‘qondagi sharoitlardan nolisak yaxshi bo‘lmaydi. Sharoitlarimiz yaxshi bo‘ldi. Jamoa rahbariyati futbolchilarni yaxshi yashashlari uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni amalga oshirdilar. Moliyaviy tomondan ham katta muammolar bo‘lmadi.
DSC_9044 kopiya

-Murabbiylar shtabi haqida ham fikringizni bildirsangiz.

-Murabbiylar haqida ham iliq fikrdaman. Bosh murabbiyimiz O‘zbekistonning yang mashhur futbolchilaridan biri bo‘lganlar. Futbolchilarni yaxshi tushunishadi.No‘’mon aka ayrim murabbiylarga o‘xshab , natija uchun futbolchini qurbon qilmaydi. Ya’ni kim o‘yinga hamma tomondan tayyor bo‘lsa shu futbolchiga imkon beradi. Bizlarni doim to‘g‘ri tushunadilar, futbolchilarni qanday muammolari bo‘lsa eshitib , qo‘llaridan kelgan yordamlarini ayamadilar. Qolgan murabbiylarimiz ham o‘z ishlariga juda yaxshi munosabatda bo‘lishdi. Ko‘plab yosh futbolchilar bu mavsumda anchagina o‘sishga erishgani so‘zimga isbot bo‘la oladi.

-Kelgusidagi rejalaringiz qanday, yana Qo‘qonda qolasizmi yoki boshqa takliflar ham bormi ?
-31 dekabr kuni “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan tuzilgan shartnomamiz o‘z yakuniga yetadi. Jamoa rahbariyati kelgusi mavsumda ham jamoada qolishimni hohlashmoqda. Albatta boshqa jamoalardan ham takliflar bor. Lekin 1-o‘rinda jamoamiz rahbariyati bilan muzokara olib boramiz, maqsadlarimiz mos kelsa yana Qo‘qonda o‘ynashda davom etaman.  Qolaversa otam va Zafar aka Musaboyev bilan ham maslahatlashaman.
Shu o‘rinda mavsum davomida bizni qo‘llab turgan Qo‘qonlik muxlislarimizga hamda meni doim qo‘llab turadigan ashaddiy  muxlislarimga  o‘zimning samimiy minnatdorchiligimni yetkazib qo‘yishingizni iltimos qilaman. Qo‘qon halqi futbolni chin dildan sevishadi. Ularga kelayotgan yangi yilda eng yaxshi tilaklarimni izhor qilaman. 2019-yil barchalarining  xonadonlariga shodlik olib kelsin.

DSC_9692 kopiya

Akramjon Mamadaliyev suhbatlashdi.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 12:13, 17.12.2018. O'qildi: 2790 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик