Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chempionlar ligasi. Kimda imkoniyat qancha? Foizlarda!

Baho:
+1 | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Chempionlar ligasi qizigandan qizimoqda. Buyog‘iga kuchsizlar, autsayderlar bo‘lmaydi. Uchrashuvlar biri-biridan tomoshabop bo‘lib boraveradi. Qur’adan xammaninig xabari bor. Juftliklar haqida qisqacha sharhlar bilan kimda qancha imkoniyat borligini ko‘rib chiqamiz.

«Real Madrid» 55% — 45% «Ayaks»

Bir qarashda bu uchrashuvning g‘olibi aniqdek, go‘yo. Aslida, unday emas. Sababi shundaki, «Eybar», «SSKA» singari jamoalardan yengilgan «Real»ga, o‘z guruhida kimsan «Bavariya» bilan ikkita o‘yinda ham yengilmagan (1:1, 3:3) «Ayaks» yaxshigina bosh og‘riq bo‘la oladi.

«Yuventus» 55%  45% «Atletiko»

Bu juftlikda deyarli kuchlar teng. Biroq «Yuventus»ning ichki chempionatdagi ishonchli o‘yinlariga nazar solsangiz, hozirda «Yuve» biroz kuchliroq ko‘rinmoqda. Yana shuni aytish joizki, bu uchrashuvlar pley-offning eng kurashlarga boy kechadigan uchrarashuvlari bo‘lishi kutilmoqda.

«PSJ» 60%  40 % «Manchester Yunayted»

Bosh murabbiysiz qolgan «qizil iblislar» o‘ta qiyin ahvolda qolishdi. Tuxel boshchiligidagi «PSJ» hozirda Yevropaning istalgan jamoasini yer tishlatishga qodir. Ular bu to‘qnashuvda ortiqcha qiyinchilikga uchramasa kerak. Chunki ham jismoniy, ham taktik jihatdan ustunlik hozir ochiqchasiga Fransuzlar tomonida.

«Roma» 50%  50% «Portu»

Ochig‘i, bu juftlik qolgan o‘yinlarga nisbatan nom jihatidan ancha ortda qolmoqda. Lekin ko‘hna qit’ada, yana pley-offda zerikarli futbol kam-kamdan uchraydigan holat. Jamoalarning imkoniyatlari bir qarashda «Roma»da ko‘proqdek, ammo, unutmaslik kerak, «Portu» o‘z guruhida 1- o‘rinni egallagan.

«Borussiya Dortmund» 55%  45% «Tottenhem»

Bu bahsda Yevropaninig ko‘plab nashrlari “Borrusiya"ning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. «Borussiya» himoyada tartibsizroq ekanligini hisobga olmasa, qolgan jabhalarda «shporlar»dan ustun. Favr va Pochettino dueli ham ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda. Bu uchrashuv juftliklar orasida gollarga boy o‘tishi bilan esda qolsa ajab emas.

«Manchester Siti» 85% 15% «Shalke-04»

Eng zerikarli juftlik bilan tanishing. Bundesliganining 13-o‘rnidagi jamoasi APLning g‘olibligiga asosiy da’vogar bilan to‘qnash kelmoqda. O‘zi aslida, shaharliklarga yuz foizlik natija berishmoqda. Biz shunchaki o‘zbekchilik qilib «Shalke-04» jamosiga ozgina obro‘ olib berdik.

«Barselona» 65%  35% «Lion»

Kataloniyaliklar bu o‘yinlarda bexato o‘ynasalar, ortiqcha muammolarga uchramasalar kerak. Lekin shuni aytib o‘tishimiz joizki, «Lion» ham bu uchrashuvda sovg‘a emas. Ular buni «Manchester Siti» bilan o‘yinlarda ko‘rsatib qo‘yishdi. Tan olish kerak, hozirgi «Barsa» «Lion» dan ancha kuchli, lekin bu futbol. To‘p yumaloq, maydon esa tekis.

«Bavariya» 40%  60% «Liverpul»

Bu juftlikda nomdor «Bavariya» ojizroq ko‘rinmoqda. Ular ichki chempionatda ham birin-ketin «qovun» tushirishmoqda. Ularda vaziyatni o‘nglash uchun yagona imkoniyat — murabbiyni zudlik bilan almashtirish. Ko‘pchilik «Bavariya» postida Vengerni ko‘rishni istamoqda. Bu boshqa masala, albatta, lekin, agar Venger keladigan bo‘lsa, «Bavariya»da imkoniyat oshadi. Sababi Venger APL bo‘yicha professional.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz

Мақоладаги айрим имло ва техник хатолар учун  узр сўраймиз!

Kiritildi: 20:47, 18.12.2018. O'qildi: 23975 marta. Fikrlar: 26 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик