Bugun 20 sentyabr, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 19.09.2025 18:30
      • OKMK
      • 5:1
      • Bunyodkor
      • 19.09.2025 19:00
      • Sho‘rtan
      • 0:0
      • Paxtakor
      • 20.09.2025 17:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 20.09.2025 18:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Navbahor
      • 20.09.2025 19:15
      • Neftchi
      • -:-
      • Dinamo
      • 21.09.2025 17:00
      • Andijon
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 21.09.2025 19:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • Nasaf
  • «A» Seriya
      • 19.09.2025 23:45
      • Lechche
      • 1:2
      • Kalyari
      • 20.09.2025 18:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Jenoa
      • 20.09.2025 21:00
      • Verona
      • -:-
      • Yuventus
      • 20.09.2025 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Milan
      • 21.09.2025 15:30
      • Lasio
      • -:-
      • Roma
      • 21.09.2025 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Parma
      • 21.09.2025 18:00
      • Torino
      • -:-
      • Atalanta
      • 21.09.2025 21:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Komo
      • 21.09.2025 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Sassuolo
  • La-liga
      • 20.09.2025 00:00
      • Betis
      • 3:1
      • Real Sosyedad
      • 20.09.2025 17:00
      • Jirona
      • -:-
      • Levante
      • 20.09.2025 19:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Espanyol
      • 20.09.2025 21:30
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Osasuna
      • 20.09.2025 21:30
      • Alaves
      • -:-
      • Sevilya
      • 21.09.2025 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 21.09.2025 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Selta
      • 21.09.2025 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Atletiko
      • 21.09.2025 21:30
      • Elche
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 22.09.2025 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Xetafe
  • APL
      • 20.09.2025 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Everton
      • 20.09.2025 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Tottenhem
      • 20.09.2025 19:00
      • Byornli
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 20.09.2025 19:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 20.09.2025 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Lids
      • 20.09.2025 21:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Chelsi
      • 21.09.2025 00:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Brentford
      • 21.09.2025 18:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Nyukasl
      • 21.09.2025 18:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Aston Villa
      • 21.09.2025 20:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 21 46
2 Neftchi 21 42
3 Paxtakor 22 40
4 OKMK 22 40
5 Bunyodkor 22 38
6 Dinamo 20 38
7 Navbahor 21 33
8 Qizilqum 21 26
9 Surxon 22 25
10 So‘g‘diyona 21 24
11 Mash’al 22 22
12 Andijon 20 21
13 Qo‘qon-1912 21 21
14 Xorazm 21 19
15 Buxoro 21 17
16 Sho‘rtan 22 12

O'tgan o'yinlar.

22-тур Surxon 0-0 Mash’al
22-тур OKMK 5-1 Bunyodkor
22-тур Sho‘rtan 0-0 Paxtakor

Navbatdagi o'yinlar.

20/09/25 Xorazm - Qo‘qon-1912
20/09/25 Buxoro - Navbahor
20/09/25 Neftchi - Dinamo
21/09/25 Andijon - So‘g‘diyona
21/09/25 Qizilqum - Nasaf

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 4538 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1958 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 20.09.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Крузейро".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Интернасьонал".
      10:00 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Бешикташ".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Мирасол".
      14:00 Чемпионат Турции. "Эюпспор" - "Галатасарай".
      16:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Аланьяспор".
      18:00 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Бешикташ".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Крузейро".
      21:55 LIVE Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Газиантеп". Прямая трансляция.
      00:00 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      00:45 "Всё о главном". Дмитрий Вязьмикин.
      01:15 Д/ф "Манчестер Юнайтед". Вперёд к славе".
      02:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Атлетико Минейро". Прямая трансляция.
      04:30 "Третий тайм". Кирилл Фольмер.
      04:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Форталеза". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 20.09.2025

      07:20 "Спорт, который есть". "Городки".
      07:35 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. Кубок мира. Этап в Ставрополе, Россия. Комбинированная пирамида. Мужчины. 1/2 финала.
      09:30 Д/ф "Куртуа. Возвращение", 4 с.
      10:15 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 8. Утренняя сессия.
      12:35 Прыжки на батуте. ФГК Чемпионат России в Екатеринбурге.
      14:20 "Взойди на свой Олимп".
      14:55 LIVE Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 8. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      18:30 Автоспорт. DTM. Этап 7 на трассе Ред Булл Ринг, Австрия. Гонка 2.
      20:00 Бильярд. Кубок мира. Этап в Ставрополе, Россия. Комбинированная пирамида. Мужчины. 1/2 финала.
      21:35 "Тайны звёзд спорта".
      22:05 Прыжки на батуте. ФГК Чемпионат России в Екатеринбурге.
      23:45 "Страна спортивная".
      00:05 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 8. Вечерняя сессия.
      03:55 "Взойди на свой Олимп".
      04:30 Автоспорт. DTM. Этап 7 на трассе Ред Булл Ринг, Австрия. Гонка 2.
  • MATCH-TV
    • Sana: 20.09.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Греко-римская борьба. Чемпионат мира в Хорватии. День 7.
      06:55 LIVE Фигурное катание. Олимпийский отборочный турнир в Китае. Мужчины. Короткая программа. Прямая трансляция.
      11:00 Новости.
      11:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 М/с "Чемпионы".
      12:25 LIVE Регби. Pari Чемпионат России. "Красный Яр" (Красноярск) - "Динамо" (Москва). Прямая трансляция.
      14:25 LIVE Фигурное катание. Олимпийский отборочный турнир в Китае. Женщины. Произвольная программа. Прямая трансляция.
      18:50 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:10 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Реал Мадрид" - "Эспаньол". Прямая трансляция.
      21:15 LIVE Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 9-й тур. "Динамо" (Махачкала) - "Локомотив" (Москва). Прямая трансляция.
      23:35 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Удинезе" - "Милан". Прямая трансляция.
      01:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      03:30 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 8 на автодроме "Казань Ринг Каньон".
      03:55 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 8. Вечерняя сессия.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 20.09.2025

      08:30 Парусный спорт. The Ocean Race Europe. "На борту", 12 эп.
      09:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. 1/4 финала.
      11:30 Велоспорт. Тур Словакии. Этап 3.
      12:30 Велоспорт. Тур Люксембурга. Этап 3.
      13:00 Парусный спорт. The Ocean Race Europe. "На борту", 12 эп.
      13:30 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 8. Сессия 1.
      15:00 LIVE Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 8. Сессия 2. Прямая трансляция.
      18:30 LIVE Велоспорт. Тур Словакии. Этап 4. Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Велоспорт. Тур Люксембурга. Этап 4. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. Прямая трансляция.
      21:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Ленцерхайде, Швейцария. Женщины. Даунхилл.
      21:45 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Ленцерхайде, Швейцария. Мужчины. Даунхилл.
      22:45 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      02:30 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 8. Обзор.
      03:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. 1/2 финала.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

2018 yil sport sarhisobi Turon24 nigohida

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

2018 yil o‘zbek sporti uchun muhim voqealarga boy bo‘ldi. 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarning Osiyo chempionatidagi g‘alabasidan tortib, G‘ofur Rahimovning AIBA prezidentligini qo‘lga kiritganigacha bo‘lgan yorqin voqeliklar yoki Toshkentda o‘tkazilgan tennis bo‘yicha "WTA Tashkent Open"dagi muvaffaqiyatsizlikdan tortib Jamshid Kenjayev va boshqalar bilan bog‘liq mojarolarga qadar o‘zbek sportida 2018 yil voqealari sifatida yozildi. Turon24 2018 yilning eng muhim voqeliklarini e’tiboringizga havola etadi.

Futbol. Qor jangidagi triumf

2018 yilning 9–27 yanvar kunlari oralig‘ida Xitoyda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘tkazildi. Turnirning A guruhidan o‘rin olgan Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa dastlabki o‘yinda Qatar terma jamoasiga 1-0 hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ammo keyingi o‘yinlarda mezbon jamoa Xitoy va Ummon terma jamoasini ayni shu hisobda yenggan o‘zbekistonliklar guruhda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan holda chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Bu bosqichda Yaponiya 4-0 hisobda mag‘lub etilgan bo‘lsa, yarim finalda Janubiy Koreya ustidan ekstra taymlarda 4-1 hisobda g‘alaba qozonildi.

Finalda esa ko‘pchilik musobaqadan avval u qadar jiddiy raqib sifatida qaramagan Vyetnam terma jamoasi raqiblik qildi. O‘zbekiston uchun juda qiyin o‘tgan o‘yinda qo‘shimcha taymlardan so‘ng 1-2 hisobi qayd etildi.

Changjoudagi Changzhou Olympic Sports Centre qalin qor sabab futbol o‘ynash uchun ancha noqulay holatga kelib qolgandi. Uchrashuvning 8-daqiqasida Rustam Ashurmatov hisobni ochgan bo‘lsa, 41-daqiqaga kelib, Nguen Kuang Xai hisobni tenglashtirdi. O‘yinning 120-daqiqasida Andrey Sidorov tomonidan bosh bilan urilgan golgina O‘zbekistonga tarixiy g‘alabani taqdim etdi.  

Kuper navbatdagi xatomi yoki oldinga tashlangan qadam?

6 avgust kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga argentinalik Ektor Kuper bosh murabbiy etib tayinlandi. 63 yoshli mutaxassis dastlabki matbuot anjumanidayoq O‘zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqishga va’da bera olmasligini ta’kidladi. Bunga bor imkoniyatini ishga solishini ham qo‘shib qo‘ygan mutaxassis terma jamoa bilan o‘tkazgan 6 ta o‘rtoqlik uchrashuvida 2 ta g‘alaba, 2 ta durang va shuncha mag‘lubiyat qayd etdi. Bundan tashqari, jamoa o‘tkazilgan o‘yinlarda prinsipial raqiblar hisoblangan Eron va Janubiy Koreyaga hech qanday jiddiy qarshilik ko‘rsata olmadi. Taktik jihatdan himoyaviy uslubni afzal ko‘ruvchi Kuper jamoasi Toshkentda Erondan 1 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, Avstraliyadagi yig‘inda Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda yirik 4-0 hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Albatta O‘FA mutasaddilari va terma jamoa atrofidagi ko‘pchilik mutaxassislar Shimoliy Koreya va Qatar terma jamoalarini bir xil 2-0 hisobda mag‘lub etgan, Suriya va Livan terma jamoalari bilan 1-1 va 0-0 hisoblaridagi durang natija qayd etgan jamoaning haqiqiy kuchi Osiyo kubogi doirasidagi rasmiy o‘yinlar vaqtida namoyon bo‘lishi  borasida bot-bot gapirishmoqda. Ammo 2019 yilning dastlabki yirik turniri uchun argentinalik mutaxassisning qanday syurpriz tayyorlab qo‘yganligi hozircha hamma uchun qiziq.

Osiyo o‘yinlaridagi rekordlar

18 avgust–2 sentyabr kunlari oralig‘ida Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlaridan O‘zbekiston bir necha rekordlar bilan qaytdi.

Xususan, terma jamoa delegasiyasi o‘z tarixida ilk marotaba 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza, jami 70 ta medalni qo‘lga kiritdi. O‘sha musobaqaga qadar O‘zbekiston 2010 yilgi Guanjou mezbonligidagi Osiyo o‘yinlarida eng ko‘p medal jamg‘argan: 11 ta oltin, 22 ta kumush va 23 ta bronza. Medallar sifati bo‘yicha eng yaxshi natija esa 2002 yilgi Pusan mezbonligidagi turnirda qayd etilgan: 15 ta oltin, 12 ta kumush va 22 ta bronza.

Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekistondan 30 ta sport turidan 252 nafar sportchi ishtirok etgan bo‘lsa, shundan 17 ta yo‘nalishda medallar jamg‘arilgan. Agar buni sport turlari kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, qo‘lga kiritilgan 70 ta medalning 12 tasi (6 ta oltin,  2 ta kumush, 4 ta bronza) kurashchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, kurashchilar terma jamoa delegasiyasiga eng ko‘p oltin medallarni ham taqdim etishdi: 6 ta. Bu borada kurashchilardan keyingi o‘rinni 5 ta oltin va 2 ta kumush bilan bokschilar band etishdi. Aslida bokschilarda oltin medallar soni ko‘proq bo‘lishi ham mumkin edi. Ammo -49 kg vazn toifasida musobaqa favoriti hisoblangan Hasanboy Do‘smatovning hindistonlik Amit Pangalga mag‘lub bo‘lishi va Shunqor Abdurasulovning mo‘g‘ulistonlik Erdenebatin Senbaatarga imkoniyatni boy berib qo‘yishi vaziyatni shu ko‘rinishga olib keldi.

Bundan tashqari, sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 15 nafar sportchi bilan ishtirok etib,  2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Kayak va kanoeda eshkak eshuvchilar 1 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza – jami 8 ta medalni qo‘lga kiritishgan. Medallar soni bo‘yicha bu kurashchilardan keyingi eng yaxshi natijada. Agar medallar soni bo‘yicha 5 ta va undan ko‘p muvaffaqiyat qozongan sport turlarini hisobga oladigan bo‘lsak, jami 70 ta medalning 44 tasi 6 ta sport turi vakillari tomonidan jamg‘arilganiga guvoh bo‘lamiz. Bular: kurash (6 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza jami – 12 ta), boks (5 ta oltin, 2 ta kumush – jami 7 ta), sport kurashlari (2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza – jami 6 ta), kayak va kanoeda eshkak eshish (1 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza – jami 8 ta), taekvondo (1 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza – jami 6 ta), og‘ir atlektika (1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza – jami 5 ta). 

Shuningdek, Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari 2 ta rekordni qayd etishdi. Avvaliga Ruslan Nuriddinov og‘ir atletika bahslarida -105 kg vazn toifasida ishtirok etib, 421 kglik natija bilan Osiyo o‘yinlari rekordini yangilagan bo‘lsa, yengil atletikaning balandlikka sakrash bahslarida Svetlana Radzivil 1,96 metrlik natija bilan o‘zining 2010 yilgi Osiyo o‘yinlaridagi rekordini yangiladi. Bunda u jamoadoshi Nadiya Dusanovani 2 smga ortda qoldirdi.

Osiyo o‘yinlarida qayd etilgan yana bir rekord gimnastikachi Oksana Chusovitina bilan bog‘liq. 43 yoshli gimnastikachi Osiyo o‘yinlaridagi eng yoshi katta sportchi sifatida o‘z yo‘nalishida rekord o‘rnatdi. Bu bir tomondan yaxshi. Ammo boshqa tomondan bu yurishni Chusovitinaning o‘rnini munosib tarzda bosa oladigan sportchining ko‘zga tashlanmayotgani bilan bog‘laydigan bo‘lsak, kishi biroz o‘yga toladi.

"WTA Tashkent Open"dagi muvaffaqiyatsizlik

24–29 sentyabr kunlari oralig‘ida Toshkent shahri tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi "WTA Tashkent Open" turniriga mezbonlik qildi. Sovrin jamg‘armasi 250 000 AQSH dollari bo‘lgan turnirda o‘zbekistonliklardan yakkalik bahslarida Sabina Sharipova va Nigina Abduraimovalar, juftlik yo‘nalishida Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodovalar asosiy bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Biroq har ikkala yo‘nalishda ham O‘zbekiston vakillari birinchi bosqichning o‘zidayoq turnir bilan xayrlashdi. Xususan, yakkalik bahslarida Sabina Sharipova musobaqaning bo‘lajak g‘olibi Margarita Gasparyanga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Nigina Abduraimova germaniyalik Mona Bartel to‘sig‘idan o‘ta olmadi. Juftlik yo‘nalishida esa Nigina Abduraimova rossiyalik Anna Kalinskaya bilan, Oqgul Omonmurodova jahonning sobiq birinchi raketkasi kanadalik Ejeni Bushar bilan tandem hosil qildi. Ammo Nigina Abduraimova–Anna Kalinskaya juftligi Margarita Gasparyan–Anastasiya Potapova tandemiga, Oqgul Omonmurodova–Ejeni Bushar tandemi esa Katerina Kozlova–Vera Zvonareva juftligiga mag‘lub bo‘ldi.

Ushbu turnirning yakkalik bahslarida Rossiya vakilasi Margarita Gasparyan g‘alaba qozongan bo‘lsa, juftlik yo‘nalishida Olga Danilovich–Tamara Zidansek tandemiga teng keladigan raqib topilmadi.

AGMK O‘zbekiston kubogining yangi sohibi

28 oktyabr kuni Farg‘ona shahridagi Istiqlol stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi. AGMK va Paxtakor jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan o‘yinda olmaliqliklar 3-1 hisobda g‘alaba qozondi. O‘yinning 16 daqiqasida AGMKning serbiyalik legioneri Yovan Jokich hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasida esa Paxtakor legioneri Ismoil Gonsalvesh penaltidan Roman Abdulov darvozasiga gol urib muvozanatni tikladi. 57-daqiqada yana o‘sha Jokich gol urib, dublga erishdi. AGMK yarim himoyachisi Zohir Pirimov 90-daqiqada gol urib, jamoasining uchrashuvda g‘alaba qozonishini ta’minladi. Shu bilan AGMK o‘zi uchun Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qildi.

Olmaliqliklar Farg‘onada Paxtakorni mag‘lub etishlariga qaramay, oradan 6 kun o‘tib, 3 noyabr kuni o‘z maydonlarida Qo‘qon-1912ga 1-3 hisobda mag‘lub bo‘ldi. Umuman olganda, AGMK chempionatni autsayder sifatida yakunladi va o‘tish o‘yinidagina ligada jon saqlab qolishning uddasidan chiqdi. 4 dekabr kuni Pro A ligada 3-o‘rinni egallagan Istiqlolga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa 1-0 hisobda g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golga jamoaning belorussiyalik legioneri Vladislav Kasminin mualliflik qildi.

"AIBA"ni o‘zbek boshqaradi

3 noyabr kuni Moskva shahrida joylashgan Radisson Royal mehmonxonasi qoshidagi "Congress Park"da AIBA (Xalqaro havaskor bokschilar assosiasiyasi) prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovda o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov g‘alaba qozondi. Saylov jarayonlarida ishtirok etgan 137 nafar delegatning 86 nafari G‘ofur Rahimov, 46 nafari esa Osiyo boks konfederasiyasi prezidenti Serik Konakbayevning nomzodini qo‘llab quvvatladi. Qolgan 3 nafar delegat esa o‘zlariga taqdim etilgan byulletenlarni bo‘sh holda qaytarib bergan.

Ba’zi matbuot nashrlarida nomi kriminalistika bilan bog‘lanuvchi funksioner ushbu lavozimga kirishgach, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi boksning 2020 yilgi olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishi bilan bog‘liq masalani kun tartibiga qo‘ydi. Keyinchalik esa TASS XOQ prezidenti Tomas Baxning jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytgan so‘zlariga tayanib bergan xabariga ko‘ra, tashkilotning shaxsan G‘ofur Rahimovga hech qanday e’tirozi yo‘qligi va Yaponiya milliy boks federasiyasidan boks bo‘yicha Olimpiya musobaqasini bekor qilmaslik haqida so‘rov olingani va XOQ bu so‘rovni qanoatlantirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. 

Olimpiada toji yosh shaxmatchilarda

24 noyabr–3 dekabr kunlari Turkiyaning Ko‘nyo shahrida shaxmat bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi olimpiada o‘tkazildi. Dunyoning 46 mamlakatidan kelgan sportchilar qatnashgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 8 ta g‘alaba va AQSH terma jamoasidan uchralgan 1 ta mag‘lubiyat bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shu kunga qadar o‘zbekistonlik shaxmatchilar ushbu turnirda biror marotaba oltin medalni qo‘lga kiritishmagandi. Xususan, 1 yil oldin o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston vakillari 9 ta turdan so‘ng 5 ta g‘alaba 1 ta durang va 3 ta mag‘lubiyat bilan 5-o‘rinni band etishgandi.

Manba: Turon24.com
Kiritildi: 10:42, 22.12.2018. O'qildi: 2579 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 13
2 Насаф Husayn Norchayev 12
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 12
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
9 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
10 Сурхон Rustam Turdimurodov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.