Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • 1:0
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 17 39
2 Manchester Siti 18 38
3 Aston Villa 17 36
4 Chelsi 17 29
5 Man. Yunayted 18 29
6 Liverpul 17 29
7 Sanderlend 17 27
8 Kristal Pelas 17 26
9 Brayton 17 24
10 Everton 17 24
11 Nyukasl 18 23
12 Brentford 17 23
13 Fulhem 17 23
14 Tottenhem 17 22
15 Bornmut 17 22
16 Lids 17 19
17 Nottingem Forest 18 19
18 Vest Xem 17 13
19 Byornli 17 11
20 Vulverhempton 17 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl

Navbatdagi o'yinlar.

27/12/25 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12/25 Arsenal - Brayton
27/12/25 Brentford - Bornmut
27/12/25 Byornli - Everton
27/12/25 Liverpul - Vulverhempton
27/12/25 Vest Xem - Fulhem
27/12/25 Chelsi - Aston Villa
28/12/25 Sanderlend - Lids
28/12/25 Kristal Pelas - Tottenhem

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Musofir bo‘lmaguncha…

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yaponiya quyi ligasiga o‘zbekistonlik futbolchining borayotgani ko‘pchilikka yoqmagan ko‘rinadi. «Sharmanda» deb yozayotganlarga ko‘proq duch keldim.

Meni birinchi navbatda Doston Tursunovga xorijdan yaxshi taklif bo‘lgani xursand qildi. Chunki u yana bir necha yil o‘zimizning klublarga qarshi to‘p surib o‘tib ketishi ham mumkin edi. Unga ayni damda yangi cho‘qqi juda muhim.

Yaponiyaning quyi ligasi Doston uchun berayotgan pulni Superliganing eng yaxshi klubi ham unga bera olmaydi. Bu masalaning ikkinchi jihati. Va eng muhim jihati ham.

Masalaning uchinchi jihati — futbol infratuzilmasi. Yaponiyaning quyi liga jamoalari ham bu borada bizning eng yaxshi klubdan oldinda ekanini unutmasligimiz kerak. Yaxshi sharoit, yaxshi vitaminizasiya, yaxshi maydonlar Dostonga faqat va faqat foydalidir.

Yaponiyaga Inyesta, Podolski, Vilya kabi futbolchilar jon deb boryapti. Aytaylik, Tursunov va jamoasi yaxshiroq harakat qilsa, unda mana shunday tipdagi futbolchilarga qarshi to‘p surish uchun imkoniyat bor. Ular hech bo‘lmaganda kubokda to‘qnash kelishi mumkin. «Neftchi» yoki boshqa klubda esa bunday imkoniyatning o‘zi yo‘q.

«Musofir bo‘lmaguncha musulmon bo‘lmas», degan gap bor. Dunyo ko‘rsin, vatani, ota-onasi sog‘inchini his qilsin, til o‘rgansin, kelajagi uchun rivojlangan mamlakatda poydevor qursin. Buning nimasi yomon ekanini tushunmadim.

Anzur Ismoilov biz yaqindagina mensimaydigan Xitoy chempionatiga ancha oldin ketgandi. Qanday o‘sib qaytganini ko‘rdik, «Lokomotiv»ga katta yordam berdi. Ba’zilar aytayotgan Kapadze, Jeparov, Ahmedov kabilar ham o‘zimizda porlagani bilan, juda katta tajribani aynan chetdan olganini tushunishimiz kerak.

Doston Tursunov Bahrom Haydarovdan ko‘rsatma olgani yaxshi. Uning oldiga Ektor Kuper qo‘shilsa, yana chiroyli. Bular qatoriga qandaydir Toyota, Kavasaki degan futbolchi-yu, murabbiylar ham qo‘shilishi yanada zo‘r. Shulardan kelib chiqib, men Doston oldinga qadam tashladi, deb hisoblayman.

ENG YAXSHILARNI TAQDIRLASH HAQIDA

PFL har oy yakunida Superliganing 12ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari, shuningdek, futbol muxlislari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib keldi. Mart oyidayoq aytilgandi: «Oy yakunlariga ko‘ra dastlabki uchlikka kirganlar mos ravishda 3, 2, 1 ochkodan jamg‘arib boradi. Shu tariqa yillik natija e’lon qilinadi».

Bezerra biror marta oy futbolchisi bo‘lmagan, ammo eng yaxshilar ro‘yxatiga muntazam kirib kelgan. Natijada 12 ochko jamg‘argan. Marat Bikmayev faqatgina iyulda eng yaxshi bo‘lgan, oktyabr va noyabrda ikkitadan ochko olgan. Jami 7 ochko bilan yilda ikkinchi bo‘ldi. Javlon Ibrohimov esa 3 ochko bilan uchinchi o‘rinda.

Andrey Fyodorov dastlabki uch oyda umuman ko‘rinmadi, ishni ham kech boshlagan. Biroq yil davomida uch marta oyning eng yaxshisi bo‘lgan. U jami 10 ochko to‘plagandi. Mirjalol Qosimov 8 ochko jamg‘ardi. Baxtiyor Ashurmatov esa - 7.

Ignatiy Nesterov oy darvozabonlari uchun mart, aprel, may va iyulda umuman uchlikka kirmagan. U jami 9 ochko ishlagan. Eldor Suyunov esa oktyabr va noyabrni hisobga olmasa, har oyda yaxshilar qatorida yurgan. Uning ochkolari 12tani tashkil qilayotgandi.

Har oyning chiroyli gollaridan eng yaxshisini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda «Neftchi» vakili g‘olib chiqdi.

Eng yaxshi ayol futbolchini ayollar jamoalariga, eng yaxshi futzalchini futzal jamoalariga murabbiylik qilayotganlar aniqlab berishdi. Fair Play sovrini faqatgina sariq va qizil kartochkalarni emas, o‘rtacha yosh bo‘yicha eng yosh jamoani ham qamrab oldi hamda sovrin Qarshiga ketdi.

Faqatgina yilning ramziy terma jamoasini PFL aniqladi. Unga Mirjalol Qosimov boshchi bo‘lishga haqli edi. Chunki qiyin vaziyatda ham «Bunyodkor» mardonavor kurashdi. Qolgan futbolchilarga kimningdir e’tirozi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham har bir OAV odatda o‘zining rasmiy termasini aniqlaydi.

Albatta, kimdir xafa bo‘lib qolishi turgan gap va bu normal holat. Butun dunyoda shunday. Aniq aytishim mumkin bo‘lgani, oy so‘rovnomalari va boshqa so‘rovnomalar shaffof o‘tkazildi. G‘oliblar ham sun’iylashtirilmadi. Nisbatan barqaror o‘ynaganlar yil odami bo‘lishga haqliroq, faqatgina ikki oygina porlaganlar emas. Masalan, Aziz Turg‘unboyevda shunday bo‘ldi, yil boshida qancha zo‘r bo‘lsa, termaga chaqirilgach, pasayish sezildi. Nesterovda aksincha, u ikkinchi bosqichga kelib kuchaydi, jamoasi «Lokomotiv» ham shunday. Shuning uchun ham chempionlik ularga nasib qildi.

P.S.: Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi masalasida shaxsiy fikrim ham bor. Biroq bu fikrim PFLga ta’sir o‘tkaza olmaydi. Oston O‘runovni alohida muborakbod etib aytamanki, kelajakda «Bun-yodkor»ning 2002 yilda tug‘ilgan iqtidori Jasur Jaloliddinov o‘z so‘zini aytadi. U mamlakat futbolining ertasi ekaniga ishonaman.

FIFAdan XAT KELDI

Erta tongdan ish boshlarkanman, qo‘limda FIFAdan 2ta xat turibdi: legioner futbolchilar bo‘yicha qarzdorliklar masalasi.

Predrag Vuyovich — «Andijon»

Vitaliy Plamadela — «Buxoro»

Bulardan tashqari, «Bunyodkor» Simonenko bo‘yicha ishni yopmagan. Vadim Chemirtan shikoyat arizasi yozgan, «Buxoro» ustidan. Lushan bilan sud ishlari davom etyapti. Xullas, kayfiyatni ko‘taradigan masalalar emas.

Bir haqiqatga ishonaman, agar ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganida edi, uning bunday ta’sirlari chiqib kelmasdi. Va faqat bir tarafni — klublarni ayblashni ham istamayman. PFL bu kabi masalalarni qunt bilan nazorat qilganida, vaziyat bunchalik chigallashib ketmasdi.

Shu kabi xatlar, shu kabi masalalar borligi uchun ham formatni muhokama qilayotgan tarafga zahrimni sochgandim madaniyatsizdek ko‘rinib. Keyingi safar madaniyatli bo‘laman, bosiqroq bo‘laman.

SHARTNOMA MASALASI

Shartnomalar masalasi tartibga solinishi kerak, deyilgandi. PFL 2019 yilgi shartnomalarni jiddiy nazorat qilish niyatida. Kimga qancha pul to‘lanishi, qanday ishlanishi klubning o‘ziga havola. Biroq shartnomalar yuzasidan nizolar kelib chiqqanida, hamma birdek «tupik»ka kirmasligi uchun ham o‘ta muhim jihatlarga e’tiborli bo‘lish shart. Maqsad klublarning ishiga aralashish emas, maqsad nizolar vaqtida klub, murabbiy va futbolchilarni birdek himoya qila olishda, ularning haq-huquqlarini tiklab berishda.

Shartnomaning eng asosiy jihati tovon puli bo‘ladi. «Barselona» Neymarni qo‘yib yuborishni istamadi. Neymar ketmoqchi bo‘ldi, ammo keta olmasdiki, uning shartnomasi bor edi. Mana shu vaqtda «PSJ» 222 million yevrolik tovon pulini to‘lab berdi va futbolchini olib ketdi. Xuddi shu narsa O‘zbekiston klublarida ham bo‘lishi kerak.

Masalan, «Nasaf» Aziz G‘aniyevning tovon pulini istasa 8 milliard so‘m qilib belgilasin. «Paxtakor» bunga rozi bo‘lmasligi mumkin. Biroq juda jahli chiqib ketsa, 8 milliardni to‘lab beradi va G‘aniyev bilan kelishib, uni olib ketadi.

Yangiliklarni birma-bir tushuntirib boraman. Fikrlar bo‘lsa, bemalol. Shu xususda klublar direktorlari bilan ham gaplashildi.

Futbolchi va murabbiylarning ko‘pchiligi soliqlar haqida yaxshi bilmaydi. Men ham zo‘r bilaman, deb ayta olmayman, biroq qilayotgan daromadimdan soliq to‘lashim kerakligini bilaman. 2019 yildan boshlab futboldagilar ham buni bilishlari kerak.

Ispaniyada ham chiqib qoladi-ku, «Ronalduni 2 yillik qamoq jazosi kutyapti...», «Messini 3 yillik kutyapti...», degan narsalar. Aslida ular soliqlardan qochadigan darajadagi futbolchilar emas, shunchaki, bu soha ancha chigalki, hisob-kitoblarda adashgan bo‘lishlari mumkin. Shuning uchun ham moliyaviy jarimalar bilan og‘irroq sanksiyalardan qutulib qolishadi.

Futbolchilarga beriladigan mukofot pullari, rag‘batlantiruvchi pullar bundan mustasno. Buning uchun daromad soliqlari to‘lanmaydi.

2019 yildan boshlab nima qilib bo‘lsa ham «oq qog‘ozga qo‘l qo‘ydirish»ni yo‘q qilish kerak. Bu narsa ayrimlar tushunganichalik oppoq qog‘oz bo‘lmaydi. Chunki bir tonna narsa yozilgan-u, ammo asosiy shartlar, masalan, oylik maoshlar va boshqa turdagi daromadlar yozilmagan qog‘oz bo‘ladi. Shuningdek, futbolchilarning ko‘pi necha yillik shartnomalarga qo‘l qo‘yayotganini ham bilmay, aldanib qolgan.

Endilikda pullar ham, boshqa daromadlar ham, shartnoma muddatlari ham, tovon pullari ham alohida qoraytirilgan holda belgilab qo‘-yiladi. Qavs ichiga raqamlar yozma shaklda tushiriladi. Bu raqamlarning hammasi ruchkada emas, kompyuterning o‘zida terilgan bo‘ladi. Futbolchi ham ishlatishi kerak bo‘lgan bir joyini ishlatib, tushunmasa so‘rab, surishtirib imzo chekadi.

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:46, 23.12.2018. O'qildi: 3995 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
4 Борнмут Antuan Semenyo 8
5 Тоттенхэм Risharlison 7
6 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
7 Брайтон Denni Uelbek 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Ньюкасл Nik Voltemade 7
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.