Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maykl Kerrik: «Alam ham motivasiya...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«MYU»ga xos buyuk an’analar himoyachisi sifatida e’tirof etilayotgan va hech kimni xafa qilmaslikka intiladigan Maykl Kerrik samarali faoliyatiga o‘tgan mavsum nuqta qo‘ygandi. Angliyalik kasbdoshlarimiz sobiq yarim himoyachiga bitta savol berishlari bilan uning «qulflangan» tili «zanjir»ni uzdi. Qiziq, Mayklni qaysi savol oshkora gapirishga majbur etdi? Bu savol ancha oddiy: «Aytingchi, qaysi davrdan e’tiboran o‘zingizni Rayan Giggz va Pol Skoulz kabi ichki qoidalarni belgilab beradigan yetakchi sifatida his qilgansiz?» Demak, quyida Kerrikning turli masalalar yuzasidan bildirgan fikrlari bilan tanishib chiqamiz.

- Qachondir nomdor jamoadoshlarimga taqlid qilgan yoki ularga o‘xshashni istagan emasman. Aslida hech qachon klubda o‘zimni erkin his etmaganman. O‘zi «MYU»ga kelgan futbolchining zavq bilan to‘p surishi qiyin masala. Erkinlikni o‘ylash - telbalik. Har bir yigit yangi maqom, yuqoriroq saviyaga intiladi. Mashaqqatli jarayon hech kimga zavq ulashmaydi. Faqat maqsadga erishgandan keyin bosib o‘tilgan yo‘lga nazar tashlagan holda, natijadan rohatlanishing mumkin.

- CHLning 2009 yilgi finali, «Barselona»dan qabul qilingan mag‘lubiyat alamini unutish juda qiyin bo‘ldi. Hattoki, Xosep Gvardiolaning o‘sha jamoasi futbol tarixidagi eng kuchli klub maqomini olgani ham meni tinchlantirolmaydi. Chunki maydonda yuz bergan voqealarni tushunish qiyin. Ba’zida omadsizlik sababini anglagandek bo‘laman, ammo... 2007 yili yarim finalga chiqqandik, keyin sovrinni qo‘lga kiritdik. 2009 yilgi finalga esa qatorasiga 25ta mag‘lubiyatsiz o‘yin bilan kirishdik. Ehtimol, shuning uchun finalda yut-qazganimiz kuchli og‘riq uyg‘otgandir... Chunki o‘sha payt jamoamizni qit’a yetakchisi o‘rnida ko‘rardik. Biroq nima bo‘ldiyu, hal qiluvchi o‘yinda talab darajasida to‘p surolmadik. «Nima uchun aynan finalda?» Shu savol meni ko‘p qiynaydi...

- Asosiy sahna. Men ham yaxshi o‘ynolmadim, jamoa tushunarsiz sustkashliklarga yo‘l qo‘ydi. Vaholanki, o‘yindan oldin buning alomatlari sezilmagandi. Amalda CHLning hal qiluvchi bahsi eng yomon o‘yinimizga aylandi... 2011 yili esa raqibimiz chindan ham, eng kuchli jamoa edi. Lekin u zafarli yurishni 2 yil avval boshlagandi. Demoqchimanki, 2009 yili saviya bobida biz oldinda edik. Aniqrog‘i, «MYU» yaqqol kuchli bo‘lib, shohsupaga ko‘tarilishimiz uchun sharoit va vaqt yetilgandi. Biroq...

- Ha, noxush xotiralardan qutulish yo‘li hamisha topiladi. Faqat undan motivasiya sifatida foydalansang, bas. G‘alaba yoqimli hissiyotlar va lazzat baxsh etadi, shunda yanada kuchliroq ishtiyoq bilan olg‘a intilasan. Deylik, «MYU»dagi ilk mavsumdayoq jamoa bilan chempionlikka erishganman. Lekin atigi 2 haftadan so‘ng Angliya kubogi finalida «Chelsi»ga yutqazgandik. Chempionlik  rasmiylashtirilgach, butun yoz bo‘yi g‘oliblik zavqini surish haqida o‘ylaganim rost. Ammo kubokning qo‘ldan ketgani alami kuchlilik qildi, g‘oliblik shukuhidan asar ham qolmadi. Muhimi, shu alamni motivasiya sifatida yangi mavsumga saqlab qo‘ygandim.

- Ochiq-oydin aytishim kerak, «MYU» 2006 yilning yozida mening transferimga 18,5 mln. funt sterling to‘laganida, mutaxassislar buni ser Aleks davrining so‘nggi pasayish belgisi sifatida baholashgandi. Ya’ni talab darajasida o‘ynab ketishimga hech kim ishonmagandi. Amalda «Yunayted» meni 100 foizga o‘zgartirib yubordi. Cho‘qqini zabt etish uchun qancha kuch sarflash kerak? Bu borada muayyan fikrga ega edim. «MYU» safiga qo‘shilgach, «Old Trafford» qoidalari, futbolchilar hayoti va mashg‘ulotlar jarayoni bilan tanishgach, beixtiyor o‘yga toldim: «Eh-he, bu yerdagi hayot menikidan keskin farqlanar ekan. Chuchvarani xom sanabman». Muhimi, o‘sha zahoti umidsizlik kayfiyatini tanqidiy va umidbaxsh yondashuv egalladi: «Axir o‘zing shuni orzu qilgansan-ku, yetuk futbolchilar qatoriga qo‘shilishni istaganding-ku». To‘g‘ri, Rayan Giggz va Pol Skoulzdek yuqori maqomga erisholmasligimni sezib turardim - ular o‘zga sayyoradan kelishgan. Xullas, shunchaki, o‘z salohiyatimdan to‘liq foydalanishim lozimligini vaqtida tushungandim. Shundan keyin ko‘zlarim ochildi, eng yaxshi maqomiga erishish qandayligini to‘liqroq angladim.

- Xursand qilgan tomoni, Fergyuson qit’ada hukmronlik qilishga qodir oxirgi buyuk jamoasini shakllantirish ishlarini yakuniga yetkaza oldi. Ayniqsa, Skoulz bilan hamkorligimiz yaxshi chiqdi, ajoyib juftlik sifatida to‘p surdik. Asosiysi, ser Aleksning Yevropadagi eng omadli davriga asos soldik - YECHLda bitta g‘alaba va yana 2ta final. Yana bir jihat, Roy Kinning yo‘qligi sezilmadi. Murabbiy menga biror marta «Sendan mana bunday o‘yin kutyapman» yoki «Shunday o‘ynashingni istayman» qabilida gapirmagan. U iloji boricha bexato o‘ynashim zarurligini uqtirardi: «Seni jamoaga qo‘shdim, chunki fazilatlaringdan xabardorman. O‘yna va mahoratingni oshirishda davom et». Ser Aleks o‘yin payti ayrim ko‘rsatmalarni berib turar, lekin erkin o‘ynashga imkon berardi. Umuman olganda, «MYU»da qanday to‘p surish kerakligini hech kim tushuntirgan emas, o‘zim o‘yinni kuzatib, kerakli jihatlarni o‘rgangan holda, moslashib olganman.

- O‘sha paytlar zimmamizga asosan olg‘a intilish vazifasi yuklanardi: oldinga yugur, oldinga uzat, jarima maydoniga kir. Jamoa uslubi aynan shunday edi. Murabbiy talabini bajarish uchun har bir futbolchi o‘zicha yo‘l topardi. Mening jamoadagi vazifam tabiiyki, Giggz, Skoulz va boshqa o‘yinchilar rolidan farqlanardi. Masalan, Pol «devor» usulida o‘ynashni, Rayan esa driblingni yoqtirardi. Ammo qoida, nazariya hammamiz uchun bir xil edi. Eng ajablanarli tomoni, bizni hech kim qandaydir uslubga o‘rgatgan emas. Murabbiyning asosiy quroli da’vat: «Sizlarga to‘liq ishonaman, maydonga tushing va vazifangizni ado eting».

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:27, 23.12.2018. O'qildi: 3956 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.