Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 20 49
2 Real Madrid 20 48
3 Vilyarreal 19 41
4 Atletiko 20 41
5 Espanyol 20 34
6 Betis 20 32
7 Selta 20 32
8 Elche 20 24
9 Real Sosyedad 20 24
10 Atletik Bilbao 20 24
11 Jirona 20 24
12 Osasuna 20 22
13 Rayo Valyekano 20 22
14 Sevilya 20 21
15 Malyorka 20 21
16 Xetafe 20 21
17 Valensiya 20 20
18 Alaves 20 19
19 Levante 19 14
20 Real Ovyedo 20 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Espanyol 0-2 Jirona
20-тур Real Madrid 2-0 Levante
20-тур Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
20-тур Osasuna 3-2 Real Ovyedo
20-тур Betis 2-0 Vilyarreal
20-тур Xetafe 0-1 Valensiya
20-тур Atletiko 1-0 Alaves
20-тур Selta 3-0 Rayo Valyekano
20-тур Real Sosyedad 2-1 Barselona
20-тур Elche 2-2 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bahodir Mahkamov: «Akademiyalarni yopish emas, ularga yordam berish kerak»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbek futbolida «Bunyodkor» klubi va tabiiyki, akademiyasining o‘rni bo‘lakcha. Tashkil etilganiga hali unchalik ko‘p bo‘lmagan bu jamoa qisqa fursatda maqtovga arzigulik yutuqlarni qo‘lga kiritib ulgurdi. 60 yillik tarixga ega «Paxtakor» klubi singari OCHL yarim finaliga qadar yetib bordi. Rivaldo, Skolari, Ziko kabi yulduzlarning bu klubda o‘ynab hamda ishlab ketgani «Bunyodkor»ning dunyoda brendga aylanishiga sabab bo‘ldi. Bundan ko‘z yuma olmaymiz. Klub qoshida akademiya tashkil etilganiga olti yil to‘ldi. Lekin ana shu fursat ichida yetishib chiqqan iste’dodlarni sanab o‘tirish shart bo‘lmasa kerak. Ammo shu yilning yozida ana shunday iste’dodlar fabrikasi hisoblangan akademiyaning yopilishiga bir bahya qoldi. Haliyam bu xavf yo‘qolgani yo‘q. Biz aynan shu mavzu va yakuniga yetib borayotgan 2018 yilgi futbol mavsumi yuzasidan «Bunyodkor» akademiyasi direktori o‘rinbosari Bahodir Mahkamovdan intervyu oldik.

- Bahodir aka, har bir sohada yil yakunida ortda qolgan 12 oy sarhisob qilinadi. Yangi rejalar tuziladi. Jumladan, sportda va tabiiyki, futbolda ham xuddi shunday manzaraga guvoh bo‘lamiz. Ayting-chi, 2018 yil «Bunyodkor» akademiyasi uchun omadli keldimi?

- Biz o‘tgan yilning dekabr oyida 2018 yil uchun o‘z rejalarimizni ishlab chiqqandik va shu asnoda ish olib bordik. Sir emaski, har bir akademiyaning birinchi galdagi vazifasi kichik yosh toifasidagi terma jamoalarga munosib nomzodlarni yetkazib berishdan iborat bo‘ladi. O‘zimizni maqtamoqchi emasman-u, lekin fakt shuki, har bir terma jamoada kamida 3-4 nafardan «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchilari bor. Ayniqsa, Otabek G‘ulomxo‘jayev jamoasi tarkibida bizning futbolchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu yil davomida qilinayotgan mehnatning samarasi bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Yakunlanib borayotgan 2018 yilda akademiya tarbiyalanuvchilari Rossiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Bolgariya kabi davlatlarda tashkil etilgan xalqaro turnirlarda munosib tarzda qatnashib kelishdi. Jamoalarimiz o‘tgan yili ham men sanab o‘tgan musobaqalarda juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishgandi. Shu sababli tashkilotchilar bu yilgi turnirga ham taklif etishdi. Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘tkazilgan turnirda yaxshi taassurot qoldirgandik, kelasi yilgi musobaqada ham qatnashishimizni so‘rashdi. Qozog‘istondagi turnirda ham xuddi shunday holat kuzatildi. O‘zim Janubiy Koreyadagi musobaqaga 2002 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoamizni olib bordim. «Bunyodkor» ishtirokidagi o‘yin-ni tomosha qilish uchun hatto boshqa klub murabbiylari ham kelishdi. Asosiy jamoamiz OCHLda koreys klublariga qarshi munosib o‘yin namoyish etgani uchun mahalliy mutaxassislarning esida qolgan. Kezi kelganda aytish kerakki, gohida taklif olgan xalqaro turnirlarga mablag‘ yetishmovchiligi sabab bora olmaymiz. Lekin qiyinchiliklarga qaramay, yiliga 3-4ta xalqaro turnirda qatnashish uchun imkoniyat yaratib berishadi. Bir necha yildan beri bolalar futbolida ishlab kelyapman. Tajribamga tayanib bir narsani aytishim lozimki, bolalarga imkon qadar ko‘proq xalqaro turnirlar kerak. Bu musobaqalarda Yevropa, Osiyo, Amerika qit’asi jamoalariga qarshi maydonga tushiladi. Bunday holatda futbolchi o‘sadi. Agar o‘zimizning «yog‘imizda qovurilishda» davom etsak, ma’lum bir me’yordan nariga o‘ta olmaymiz. Men bu gaplarni faqat «Bunyodkor» misolida aytmoqchi emasman. Katta futbolda natijaga erishish uchun poydevorni mustahkamlash kerak. Poydevor - bu bolalar futboli! Boshqa klub murabbiylari xafa bo‘lishmasinu, «Lokomotiv», «Bunyodkor», «Paxtakor» jamoalari boshqa futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bilan yil davomida o‘ynayverganidan raqiblarni oson yutishga o‘rganib qolyapti. Men sanab o‘tgan klublarning turli yosh toifasidagi jamoalari baribir, boshqa raqiblaridan bir bosh ustun. Oldindan g‘alaba qozonishi ma’lum bo‘ladi. Qolaversa, bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlariga qiziqish u darajada yuqori emas. Bu ketishda o‘sishga erishilmaydi. Shuning uchun, albatta, xal-qaro turnirlar kerak. Bolalarning dunyoqarashi ham o‘zgaradi. Umumiy olganda, yil biz uchun yaxshi keldi. Shu o‘rinda bir narsani aytishim lozim, asosiy jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov akademiya tarbiyalanuvchilariga katta e’tibor qaratadi. U yangi iste’dodlarni kashf qilishga intiladi.

- Bu yil katta guruhlarda o‘zini har tomonlama ko‘rsata olgan necha nafar kashfiyotni asosiy tarkib yoki o‘rinbosarlar jamoasiga tavsiya qila olasiz?

- Hozir muayyan iqtidorli futbolchilarning ism-sharifini ayta olmaymanku, lekin shunday yoshlar bor. Kelasi mavsum 3-4 nafar futbolchimizning asosiy tarkibning o‘n sakkiztalik ro‘yxatiga kiritilishi, Yoshlar ligasidagi jamoamiz safida o‘ynashiga umid qilib turibmiz. Masalan, bu yil 2002 yilda tavallud topgan futbolchilarimizdan 4-5 nafari o‘rinbosarlar tarkibida maydonga tushishdi. Ulardan Jasur Jaloliddinov Superligada to‘p surgan eng yosh o‘yinchiga aylandi. U 16 yoshu 80 kunligida elitada debyut qildi. Albatta, bu ham akademiyamizda ishlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani va Mirjalol Qosimovning yoshlarga e’tibor berishi mahsulidir. Sir emaski, aynan mana shu yoshda bolalar o‘zlariga jamoa topishda qiyinchilikka duch kelishadi. Bizda esa iste’dodlar qo‘llab-quvvatlanadi. Bu futbolchi uchun juda muhim. Qolgan bolalar ham harakat qiladilar. Bir futbolchining yarq etib chiqishi qolgan 7-8 nafar futbolchining intilishiga zamin yaratadi. «Do‘stim shunday natijalarga erishyapti-yu, nega endi men bu vazifani uddalay olmas ekanman?» deb astoydil yeng shimaradi.

- Bahodir aka, yurtimizda shaxsan davlat rahbarining sa’y-harakati bilan korrupsiyaga qarshi jiddiy kurash ketmoqda. 8 dekabr - Konstitusiya kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ham hurmatli Yurtboshimiz bu mavzuga yana alohida to‘xtalib o‘tdilar. Endi istaymizmi-yo‘qmi, sportda, xususan, futbolda ham bunday jirkanch holatlar uchrab turadi. «Bunyodkor» akademiyasida tanish-bilishchilik, pul evaziga muayyan futbolchining jamoada alohida e’tiborga ega bo‘lishi holatlariga qarshi qanday ishlar olib borilmoqda?

- To‘g‘ri, hamma joyda bunday kamchilik bor. Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi, deyishadi-ku! Masalan, har bir ota-ona o‘z farzandining mashhur futbolchi bo‘lishini xohlaydi. Lekin maydonga iste’dodli, qobiliyati borlar tushishadi. Bizda boshqalardan ajralib turadigan, har tomonlama kuchli bolalar «A» guruhida jamlangan. Bu guruhimizdagilar akademiyada bepulga futbol sir-asrorlarini o‘rganishadi. Keyingi «V» va «S» guruhlarimizda esa o‘yinida pasayish kuzatilgan bolalar to‘p surishadi. Bugungi kunda yuqoridan telefon kelishi yoki tanish-bilishlarni ishga solish holatlari ro‘y bersa, bundaylarga e’tibor qaratmaymiz. Bu bilan ular taklif qilgan futbolchilarni akademiyaga qabul qilmaymiz, demoqchi emasman. Hammaga imkoniyat beriladi. Bola o‘zini ko‘rsata olsa, haqiqatan futbolga layoqati borligini isbotlasa, bundan biz murabbiylar ham quvonamiz. Mashg‘ulot va o‘yinlardagi harakatlarini s’yomka qilamiz. Bu ota-onalar uchun isbot vazifasini o‘taydi. Farzandining videotasmadagi o‘yinini ko‘rib, uzr so‘raganlar ham yetarlicha bo‘lgan. Hattoki, 15 yoshli farzandini ham futbolga olib kelishadi. Vaholanki, bunga qadar u hech bir futbol maktabida boshlang‘ich bilimni olmagan bo‘ladi. Shunga qaramay, biz ularga sog‘lomlashtiruvchi yoki pulli guruhlarimizni tavsiya qilamiz. Bunday bolalarning yuz nafaridan biri iste’dodli bo‘lib chiqadi.

- Siz aytgan «V» va «S» guruhidagi bolalarning o‘yinida ijobiy tomonga o‘zgarish bo‘lsa, ular kuchli hisoblangan «A» guruhiga qayta oladilarmi?

- Albatta. Bizda 18 nafar bolani «A» guruhiga yig‘ib, oxirigacha shu futbolchilar bilan ishlanmaydi. Tabiiy holatda rotasiya, ya’ni almashish, o‘zgarish jarayoni bo‘ladi. «A» guruhidagi o‘yini pasayib ketgan futbolchilar pastki guruhlarga o‘tkaziladi. Aksincha, quyidan yuqoriga o‘tkazish holatlari ham uchrab turadi. Ta’kidlash joizki, ayrim holatlarda yosh futbolchilarimizda ham yulduzlik kasali paydo bo‘ladi. Bunday paytda o‘sha bolalarning o‘yinida keskin pasayish kuzatiladi. Bu holatda akademiyamizda faoliyat yuritayotgan psixologlar tarbiyalanuvchilar bilan individual tarzda ishlashadi. Bitta misol keltiraman, 2004 yilda tug‘ilgan futbolchimiz Rustam Zabirov «S» guruhida o‘ynayotgandi. Shu bolamiz o‘z ustida ishladi va kuni kecha Azamat Abduraimov tomonidan terma jamoaga taklif etildi. Bundan juda xursand bo‘ldik.

- Murabbiylarga «Tanish-bilishchilik, bir futbolchiga nisbatan ko‘proq yon bosish holatlariga yo‘l qo‘ymanglar, aks holda, sizlarni jiddiy jazo kutyapti», degan ma’noda ogohlantirish e’lon qilganmisizlar?

- Achchiq bo‘lsa ham aytaman, bunday vaziyatlarga duch kelganmiz. Ota-onalar bolasi yaxshi o‘ynamasa ham, murabbiyga «Keyin xursand qilaman» qabilida ish tutib, taklif bildirgan paytlar bo‘lgan. Biz ayni holatlarga chek qo‘yganmiz. Har yakshanba akademiyamiz direktori Vadim Shodimatov, asosiy tarkib murabbiylari tarbiyalanuvchilar ishtirokidagi uchrashuvlarni kelib tomosha qilishadi. O‘yin paytida yaxshi o‘ynay olmaydigan bolalar yaqqol ajralib, ko‘rinib qoladi. Buni tajribali murabbiylar darhol payqashadi.

- Shunday holatlar aniqlansa, isbot qilib berilsa, murabbiyga nisbatan chora ko‘riladimi?

- Akademiya 2012 yili faoliyatini boshlagan bo‘lsa, o‘tgan davr mobaynida siz aytgan holatlarga duch kelingan. Bundan ko‘z yuma olmaymiz. Shunday murabbiylarni o‘sha ondayoq ishdan bo‘shatganmiz. Hozir ishlayotgan mutaxassislarni ham bu haqda jiddiy ogohlantirganmiz. Bu kasbga nisbatan xiyonat hisoblanadi. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, bundaylarga futbolda o‘rin yo‘q! Yaxshi futbolchi yetkazib bergan murabbiy o‘z mukofotini oladi. Ushbu ta’lim maskanida faqat ishlash kerak.

- Joriy yilning yoz oylarida «Bunyodkor» akademiyasini markazlashgan Respublika futbol akademiyasiga aylantirish taklifi ilgari surildi. Hattoki, bu borada amaliy ishlar ham boshlandi. Aynan o‘sha paytda o‘nlab iste’dodli futbolchilar «Endi nima bo‘lar ekan?» qabilida ish tutib, «Bunyodkor» akademiyasini tark etishdi. Bugungi kunda vaziyat qanday? Muassasa kelasi yili o‘z faoliyatini davom ettiradimi?

- Haqiqatan ham, iyul oyida akademiyamizga nisbatan futbolchilar va ularning ota-onalari tomonidan ishonchsizlik holati kuzatildi. Internetda bu haqdagi ma’lumotlar tar-qalganidan keyin ko‘pchilikda ikkilanish kuzatildi. Bizga murojaat qilib, «Endi akademiyaning taqdiri nima bo‘ladi, ertaga jamoasiz qolamizmi?» kabi savollar bilan murojaat qilishdi. Yuqorida aytganimdek, ko‘pchilik «Paxtakor», «Lokomotiv» kabi klublarga o‘tib ketdi. Iste’dodli futbolchilarimizning taxminan 30 foizi boshqa jamoalar safini to‘ldirishdi. O‘ylaymanki, hammasi biz uchun ijobiy yakunlanadi. Aslida terma jamoalarimizga «Bunyodkor», «Paxtakor», «Nasaf» va «Mash’al» akademiyalari nomzod futbolchilarni yetkazib beradi. Prezidentimiz sovg‘a qilgan «Malibu» rusumli beshta mashina aynan «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchilariga topshirildi. O‘zim hisoblab chiqdim, turli yosh toifasidagi termalarimiz, oliy liga klublarida o‘ynayotgan futbolchilarning 60 foizini «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchilari tashkil etarkan. Bunday ta’lim maskanlarini yopish emas, ularga yordam berish kerak. Xorijdan kelayotgan legionerlarning asosiy maqsadi pul bo‘ladi. Hech qachon «O‘zbek futbolini yuksaltirishga hissa qo‘shaman», degan niyatda bu yerga kelmaydi. Kelajagimiz bolalar bo‘lganidan ke-yin, ularga har tomonlama yordam berishimiz kerak. Hozir sizga bir sirni ochaman. Kuni kecha yosh futbolchilarimizdan beri Germaniyaning «Bavariya» klubi taklifiga binoan Myunxenga jo‘nab ketdi. Ism-sharifini hozircha ayta olmayman. Ota-onasi bilan gaplashdim, ular farzandlari uchun juda xursand bo‘lishdi. Akademiyamizda ingliz tilini o‘rgandi. 2001 yilda tavallud topgan bu futbolchimizni Otabek G‘u-lomxo‘jayev murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston yoshlar termasiga ham chaqirishmoqchi. Bizning tarbiyalanuvchimiz bo‘lgani uchun bundan o‘zimizda yo‘q xursandmiz. To‘g‘ri, hozircha «Bavariya»ning asosiy jamoasi tarkibida o‘ynamaydi. Lekin keyinchalik o‘z ustida ishlashda davom etsa, o‘sishdan to‘xtab qolmasa, Myunxen grandi libosida maydonga tushishi mumkin. Hozircha germaniyaliklarning quyi ligadagi jamoalari safida o‘ynab turadi. O‘tgan hafta jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda har ikki gol o‘sha futbolchimiz hisobiga yozilibdi. «Bun-yodkor» akademiyasida bunday iste’dodlar ko‘p.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:32, 23.12.2018. O'qildi: 2239 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 19
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Вильярреал Alberto Moleyro 8
6 Бетис Kucho Ernandes 8
7 Осасуна Ante Budimir 8
8 Барселона Rafinya 7
9 Сельта Borxa Iglesias 7
10 Барселона Lamin Yamal 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.