Bugun 1 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 1:3
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • 2:2
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • 0:2
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • 2:2
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • 4:1
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 01.01.2026 22:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Fulhem
      • 01.01.2026 22:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Lids
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • -:-
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 18 28
8 Everton 19 28
9 Brentford 18 26
10 Nyukasl 19 26
11 Kristal Pelas 18 26
12 Fulhem 18 26
13 Tottenhem 18 25
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/26 Kristal Pelas - Fulhem
01/01/26 Liverpul - Lids
02/01/26 Brentford - Tottenhem
02/01/26 Sanderlend - Manchester Siti

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vunderkindlar: Qobiliyatli shogird

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Chelsi» tarkibidagi oxirgi 7 uchrashuvda bu yigitcha raqiblari darvozalarini 6 marta zabt etdi. Yozda esa Angliya terma jamoasi bilan JCH-2018 yarim finalida to‘p surishga muvaffaq bo‘lgandi. Quyidagi maqola London klubi hamda «uch sherlar»ning yangi umidi - Ruben Loftus-CHikka bag‘ishlangan.

Bolalikdan futbolga oshno

Otasi gayanalik bo‘lgan Loftus-CHik Londonda dunyoga keldi. Uning oilasi futbol bilan chambarchas bog‘liq. Ya’ni, ukasi va amakivachchasi ham shu sport turiga ko‘ngil berishgan. Rubenning o‘zi esa yoshligidan to‘p tepib ulg‘aydi. Avvaliga shunchaki xursandchilik uchun, albatta.

«9-10 yoshli paytimda sinfdoshlarim bilan ko‘chada to‘p surishni yoqtirardim. Shuningdek, maktab jamoasida ham o‘ynardim. 14ga chiqqach, futbolga bo‘lgan munosabatim jiddiylashdi. Ota-onam maqsadga erishish uchun astoydil shug‘ullanishim kerakligini aytishdi», - deydi Ruben. O‘sha payt u «Chelsi»da to‘p surish orzusini yashirmas, o‘zini faqat ko‘k libosda tasavvur qilardi. Klub akademiyasiga ortiqcha muammolarsiz qabul qilingan Loftus-CHik barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. «Ko‘rikdan o‘ta olganimdan behad baxtiyor edim. Guruhimizda ajo-yib bolalar to‘planishgandi. Ular bilan do‘stlashib oldim. Biz har bir o‘yinda g‘alabaga intilardik, «Arsenal» va boshqa jamoalardan doimo ustun kelardik».

Afsonaviy ustoz

«Chelsi»dagi ilk kunlardan boshlab Loftus-CHikni Jon Terriga qiyoslab, qachondir bu yigitcha buyuk sardor o‘rnini egallashiga umid bildira boshladilar. Aynan Jon asosiy jamoada Rubenga madadkor bo‘ldi. Afsonaviy himoyachi bilan bo‘lgan muloqotlar yosh futbolchi qalbiga o‘chmas xotira bo‘lib muhrlandi: «Biz, bolalar uchun bu hayratlanarli uchrashuv edi. Jonning mashg‘ulotlarimizga tashrifini, ota-onalarimiz bilan muloqotini hech qachon unutmayman. Kecha yoshlar jamoasida yurgan yigitchaning endi afsona bilan yonma-yon to‘p surishi yoqimli ertakdan ham lazzatliroq!»

Qizig‘i shundaki, Terri Angliya chempioni unvoniga sazovor bo‘lganida Ruben maktab o‘quvchisi edi. O‘sha davrdayoq tajribali himoyachi yosh iqtidor sohibiga jiddiy e’tibor qaratgan va qimmatli maslahatlarini ayamagandi. Ana shu yaqinlik chinakam do‘stlikka aylandi: «Jon Terri bilan doimiy aloqadaman. Futbol yoki boshqa mavzuda gaplashganimizda, u mendan yordamini ayamaydi, muloqotdan mamnun ekanligini ta’kidlaydi. O‘gitlarining yaxshi-yomoni yo‘q, hammasi foydali va kerakli».

Ilk natijalar

Loftus-CHikning noyob iqtidori xususida ko‘p va xo‘b gapirilgan. Bu bejiz emas. 2015 yilda Rubenni «Golden Boy» sovrini nomzodlari ro‘yxatiga kiritishgandi. G‘oliblik yosh yarim himoyachiga nasib etmadi. Lekin 1 yildan so‘ng uni «Chelsi»dagilar yilning eng yaxshi o‘yinchisi unvoniga loyiq topishdi. Uning o‘yinlari chindan ham muxlislarni maftun etmoqda. Ruben ayniqsa, to‘p uzatish san’atini mukammal egallagan. APL doirasidagi «Liverpul»ga qarshi debyut uchrashuvining birinchi bo‘limida Ruben 27ta uzatmani 100 foiz aniqlikda amalga oshirgandi. «Ko‘klar»ning o‘sha paytdagi ustozi Glenn Xoddl yosh shogirdini maqtash chog‘ida talabchanlikni ham unutib qo‘ymadi: «U qandaydir fantastik harakatni namoyish etgani yo‘q. Ammo shu 27 uzatmasi bilan o‘yinni to‘la nazorat qildi. Maydon tubidan harakat boshlaydigan o‘yinchi to‘pni qadrlay bilishi kerak. O‘ylashimcha, Ruben o‘yinni yaxshi his etadigan futbolchi. U avval o‘ngga, keyin chapga, qo‘shimchasiga ortga ham alanglaydigan sustkashlardan emas».

Debyutdagi kichik muvaffaqiyatga qaramasdan, Loftus-CHik uchun asosiy tarkibdan joy topilmadi. Unga esa o‘yin amaliyoti suv bilan havodek zarur edi. Avvaliga «Vest Bromvich» talabgor bo‘lgandi. Biroq yakunda Ruben «Kristal Pelas»ga ijaraga berildi va aynan «burgutlar» safida o‘zini to‘la namoyish etdi. Iqtidorli yarim himoyachi har bir o‘yinda hech bo‘lmaganda bitta hal qiluvchi uzatmani amalga oshirar va raqib uzatmasini ilib olardi. Dribling va uzatmalar aniqligi borasida risoladagidek natijalarni qayd etdi. Qizig‘i shundaki, aynan «surgun»da to‘p surgan davrida Ruben Angliya terma jamoasining ilk taklifiga sazovor bo‘ldi. Tabiiyki, endi «Chelsi» ham uni intiqlik bilan kutayotgan, jamoaning sobiq hujumchisi Kris Satton Loftus-CHik mahorat bobida Sesk Fabregasdan ustunroq ekanligini ta’kidlagandi. Hozirda «ko‘klar»ning yetakchilaridan biriga aylangan Villian esa Rubenni nima uchun ijaraga berib yuborishganini bila olmay hayron edi: «Loftus-CHik - ajoyib futbolchi, kuch-quvvati, saviyasi talab darajasida. Uni porloq kelajak kutmoqda. Qiziq, nima uchun Ruben «Kristal Pelas»da? Sira tushuna olmayapman. U albatta qaytishi kerak».

Shu yilning yozida Loftus-CHik faoliyatidagi tarixiy voqea yuz berdi: yosh iqtidor sohibi «uch sherlar» safida Rossiya mundiali sari yo‘l oldi. E’tiborlisi, bosh turnirning mas’uliyati Rubenni dovdiratib qo‘ymadi va u ishonchni oqlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi: «Eng yirik musobaqada munosib to‘p surish uchun 100 foiz shayligimni ma’lum qilaman. U yerdagi yuksak bosimni qanday yengish kerakligini yaxshi bilaman. Hech qanday o‘yinchi yoki jamoa-dan tap tortmagan holda to‘p suraman. O‘ylashimcha, muvaffaqiyatga erishishning eng zarur sharti shu. Turnirga kuchli ishtiyoq va ko‘tarinki kayfiyatda yo‘l olyapman. Bizni hisobdan chiqarib yuborishlarini xato deb hisoblayman. Yigitlarimizning mashg‘ulotlarini kuzatgan kishi hayratdan yoqa ushlashi aniq. Jamoamiz imkoniyatlari yetarli, deb o‘ylayman. Navqiron, lekin uyushqoq va ahil. Agar mahoratimizni yetarli darajada va kerakli paytda namoyish eta olsak, turnirni yuksak saviyada o‘tkazamiz. Yoshlar terma jamoasida olgan tajribam mening bosh jamoada ham talab darajasida to‘p surishimda qo‘l keladi. Iloji boricha yuqoriroq bosqichga ko‘tarilish uchun kuch-mahoratimni ayamayman».

Darhaqiqat, «uch sherlar» mundialda munosib ishtirok etishdi va yarim finalgacha yetib borishdi. Bronza medallari Belgiya vakillariga nasib etgan bo‘lsada, inglizlar, xususan, Loftus-CHik namoyish etgan yorqin o‘yin yaxshi taassurot qoldirdi. «Chelsi» rahbariyati esa yarim himoyachi jamoa sharafini munosib himoya qilishga tayyor ekanligiga amin bo‘ldi. Murabbiylik tizgini Maurisio Sarri qo‘liga o‘tgach, Rubenning «surgun»i xususidagi gap-so‘zlar butunlay g‘oyib bo‘ldi. «Mavsum boshlanishidan avval uning kuchli o‘yinchi ekanligidan xabardor edim. Hozir bunga guvoh bo‘lib turibman. Ruben mening uslubimga mos o‘yinchi. To‘g‘ri, himoyadagi harakatlarini yaxshilashi lozim. Biroq bu faqat unga emas, barchaga tegishli talab», - dedi italiyalik mutaxassis. Joriy mavsum Azar bilan yorqinlik bobida bahslashishni aynan Loftus-CHik amalga oshirmoqda. Yaqinda u Yevropa Ligasi turnirida haftaning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi, BATEga qarshi bahsda «xet-trik»ka erishib, angliyalik futbolchilarga 4 yildan beri nasib etmagan natijani takrorladi. Umuman, hozir Ruben jamoada Eden Azardan keyin ikkinchi to‘purar bo‘lib turibdi. Qo‘shimchasiga, belgiyalik yulduz Loftus-CHikdan hayratda ekanini yashirmayapti: «Ruben - fantastik o‘yinchi. Bunga zarracha shubham yo‘q. Chunki u bilan 5 yildan beri yonma-yon mashq qilaman. Ya’ni, bolaligidan birgaman. Hozir u ancha ulg‘aydi. Lekin mahoratini yanada oshirishi aniq. Ruben tez orada Angliyaning yetakchi yarim himoyachilari safidan joy oladi».

Loftus-CHik kelganidan keyin «Chelsi»ning himoya chizig‘i sezilarli darajada kuchaydi: Rubenning raqibdan to‘pni olib qo‘yish foizi oshdi, to‘p yo‘qotishlarga barham berdi, aniq uzatmalar 90 foizga ko‘tarildi. Shunga qaramasdan, futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida ijaraga yuborishlarini so‘radi, «Kristal Pelas» va «Shalke» esa umid bilan kutmoqda. Ammo Sarri shogirdlarining «Fulxem» ustidan erishgan g‘alabasidan (2:0, ikkinchi gol Rubenga tegishli) keyin mahalliy yarim himoyachini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lmasligi ham mumkin: «Oxirgi bir necha hafta davomida Ruben bizni ancha muammolardan xalos etdi, YELdagi o‘yi-ni orqali meni xursand qildi. Chunki o‘shanda Loftus-CHik taktika nuqtai nazaridan mukammal o‘yinni namoyish etgandi». Agar Rubenni Londonda olib qolishsa, tez orada murabbiy unga nisbatan yuksak e’tirofini APL o‘yinlaridan keyin ham takrorlashiga shubha yo‘q.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 04:55, 25.12.2018. O'qildi: 2779 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.