Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chetdan turib gapirish

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadion.uz va gazeta / Bloglar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ushbu maqolamni boshlashdan oldin sizlarni, avvalo, urf bo‘lib qolgan yangi yil bayrami bilan tabriklamayman. Aslo, bunday qilmayman. Odatni nazarga ilmayman. Kurramizda oddiy bir qish kunida boshlanuvchi Yangi yil hisobi bilan sizlarni tabriklamayman. Nima uchun? Bu yilgi futbol mavsumi ortda qolgan bo‘lsa, besh kundan keyin yurtimizga yangi yil kirib kelsa, Siz, azizlarim bilan 2018 yili boshqa uchrasholmasak, sizni So‘z bilan sirtdan nechun bag‘rimga bosmayman? Chunki... chunki boshqa gap bor. Futbolimizda kuz tugab qish uyqusi boshlangani yo‘q. Futbolimizda bu yilni kabisa yili deb bilaman. Jo‘jani sanash yanvarga qolgan, yanvarda bo‘ladi. Xudo xohlasa yaxshi bo‘ladi. Keyin mavsumga, Osiyo kubogi janglari bilan tugagan, yaxshi tugagan mavsumga, bir yillik futbol hayotimizga yakun yasaymiz. Asosiy, yakuniy sinov boshlanishiga 8 kun qoldi.

TERMA JAMOA MADHI
Futbolimizdagi barcha voqealarga, chempionatimizga, formatimizga, yashil yo sariq, yo maysa, yo ajriq maydonlarimizga, afsonalarimizga, go‘daklarimizga yo o‘rnaklarimizga, rahbarotga, axborotga, nuqsonlarimizga, to‘q sonlarimizga, xullas futbolimizning barcha jabhasiga, avvalo termamiz ko‘zgusida aks ettirib, so‘ngra termamiz foydasini o‘ylab, undan keyin yana termamiz ravnaqini o‘ylab, ertani ko‘zlab baho beraman.

Bizda JCH-2014dan keyin Italiya termasida boshlagan o‘z ishini “Chelsi” foydasiga tashlab ketgan Antonio Konteni yoki JCH-2018dan oldin, uch kun oldin Ispaniya termasida boshlagan o‘z ishini “Real” klubini deb tashlab ketgan Xulen Lopetegini hech kim oqlamaydi, ularni hech kim yoqlamaydi. Bizda hamma termani deydi. Terma deganda barcha hamma narsani: ginani, o‘rinli arazni, safdagi marazni, dildagi g‘arazni, raqib so‘zini, makkor ko‘zini, hatto o‘z o‘zini unutadi. Terma uchun xizmat qilishni, termada o‘ynashni, terma bilan birga bo‘lishni, yelkadosh bo‘lib kunday to‘lishni, sharqirab toshishni barcha orzu qiladi.

RASHQ QILISH
Termamizni hamma narsadan ustun qo‘yamiz. Man bir qariya, 40 yildan beri o‘zgarmas o‘sha-o‘sha ishqibozman. Go‘yo sitilgan eski bo‘zman. Mendek “eski do‘ppi” shunchalar eskirib ketganki, haligacha gazeta o‘qib yuribman (aypon-mayponmi yo sensor-mensorlar betini silab-siypalashni bilmayman. “Dilbuzarim”, ”dilivizorim”, ya’ni TV qutisi ham buzilib qolgan-da). Shuning uchun oldingizda uzrliman. Faqat o‘qiganimni chaynayman. Siz buni sezib qolgansiz, shekilli. Nima o‘qimay, uni termaga bog‘lab o‘qiyman, uni terma qozig‘iga arqonlab qo‘yaman. Hamma o‘qiganlarimni shunday qilaman. Shu kunlari juda bahtli ishqibozman. Oldingi paytlarda terma jamoam, yurtim jamoasi har gal biror kimsaning manfaat oyoqlari ostida qolib ketar edi. Boshqalarni gapirmayman. Hatto, Abramov ham Dohaga Olim Navkarovni olib ketib, termani emas o‘zini, Olimni o‘ylagan edi. Ilgari shunday paytlarda suyukligimni birovning quchog‘ida ko‘rgandek bo‘lardim. Hozir terma meniki, sizniki, uniki. Hammamizning sha’nimiz. Shuni sezyapman. U hech kimning “yotog‘iga kirib ketmaydi”. Hamma unga o‘zida borini bermoqda. Hamma uni dildan ardoqlamoqda. Mana shu o‘zgarish tufayli natija qanday bo‘lmasin OK-2019 oldidan Umidni ham, Omonni ham, Diyorni ham sirtdan turib (gazeta sirtidan, So‘zlari ichidan olib) bag‘rimga bosaman.

ORQAGA QAYTISH TARAFDORI
Birodar Abduraimov bergan xos-suhbatlarini doim qiziqib o‘qiyman. Seulga termamiz ketishi oldidan Rustam Akramov bosh murabbiyga, g‘alabamizga ishonib (aslida, mutaxassis sifatida bunga ishonmasa-da), termamizga oq yo‘l tilagan edi. O‘sha o‘yinni yutqazgan edik (1:2). Akromov barcha maqtovlarga jo‘r bo‘lgan edi o‘sha o‘yindan oldin. Undan jiddiy gapni kutmayman. Abduraimov bir suhbatda o‘sha bosh murabbiyga ishonmasligini, u aslida murabbiy emasligini ochiq aytgan edi. Shuning uchun, keskin fikrlari uchun suyukli afsonamizni muhbirlar kamdan kam suhbatga tortishadi.

Abduraimov “Paxtakor” klubida o‘ziga xos, o‘ziga mos bir lavozimda ishlar ekan. U kishi ko‘ngli to‘q, o‘zi to‘q inson. Klub tarkibiga suqulib kirib olmagan. Obro‘sini biladi. “FE” tahririyati nima qilib bo‘lsa-da, futbolimizdagi islohatlarga qarshilik qilsam deydi, shekilli. Kamchilik topsam deydi, shekilli. Topib, chempionatni eski formatga qaytarsam deydi, shekilli. Bu gal tahririyatga Abduraimovning keskin, ochiq gapirishi qo‘l keb qolibdi (“FE” №100. 8-b). Hech kimning qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lmas, qo‘lga qo‘nmas Abduraimovning samimiy, soddadil noroziligidan ustalik bilan foydalanib qolishibdi. “Biz boshqalardan 11 ochkoga oldinda edik. Keyin ochkolar kesib tashlandi. Bunday holat yana qayerda bo‘lgan? Bunday chempionatni nima keragi bor? “Paxtakor” 3-o‘ringa tushib qoldi. Bundan ko‘zlangan maqsad nima edi?” deb, futbolimiz afsonasi keskin tarzda formatni qoraladi. Keyin “Men buni tushunmadim” deb qo‘shib qo‘ygan. Men ham Abduraimovni tushunmadim. Birodar-og‘amiz “Paxtakor” tizimidan tashqarida qolib ketganida, biror bir boydan-boy klub manfaatini emas, butun Futbolimiz ravnaqini o‘ylab yangi format maqsadini tushunib turgan bo‘larmidi yoki o‘shandayam tushunmasmidi?

Birodar-og‘a, shunchalar oq ko‘ngil bo‘lasizmi? Bugungi “Paxtakor” biz bilgan Rahmatullayev, Tadjirov, Belyakov, Azizxo‘jayev, Motorin, Krasniskiylaru Keller “Paxtakor”i emas. Arveladze va Shodiyevlar “Paxtakor”idir. Uning tizimida ishlab nimaga doxil bo‘lmoqdasiz? Yaxshilikkami yo “Nasaf”ni qiyratib tashlashgami? Bugungi “Paxtakor” barcha klublardan moliyasi bilan kuchliroq bo‘lgan, barcha qulayliklar qurshovida, ardog‘ida bo‘lgan, eng kuchli legionerlar evaziga kuchli tarkibga ega bo‘lgan klub hisoblanadi. Ushbu jamoa murabbiylik mahoratisiz, izlanishlar qilmasdan oltin medalga ega chiqsinmi? Futbolchilari matonat ko‘rsatmasdan, mashaqqatsiz, zo‘riqmay o‘ynab ko‘proq ochko terib olgani evaziga yil sayin doim chempion bo‘lib yursinmi? Unda chempionat o‘tkazib maqamiz. Mavsum boshidanoq oltin va kumushlarni topshirib qo‘ya qolaylik. Ikki davralik tizimda Bronzamat o‘tkazib qo‘ya qolaylik.

TERIMCHILIK XALTASIDAN QURUQ QOLGANLAR
Birodar Abduraimovga shu narsa kerakmi? Shunday qilsak, orqaga qaytsak, futbolimiz darajasi o‘sadimi? Bu yilgi yangi formatgacha shunday bo‘lib kelgan. Natijani bilasiz. U hammaga ma’lum. Bugun termamizdagi futbolchilarimiz darajasiga o‘zingiz baho berib turibsiz. Termamiz tarkibiga kirgan 23ta futbolchimizdan birontasi Yevropa darajasi tugul Osiyo darajasida ham porlab o‘ynay olmagan. Kuper shunday jamoa bilan ishlamoqda. Masalan, Nepomnyashchiy yurtimizda ishlaganida o‘zbeklardan Roje Millaga o‘xshagan bironta o‘yinchini topolmay Rossiyaga qaytib ketgan edi. Ektor Kuper boriga shukr qilib, bugungi yurtimiz yigitlari bilan ish-la-moq-da.

“Paxtakor”chilar paxta dalasiga chiqib hashar qilib turadilarmi deyman, gohi-gohida. Shuning uchun terimchilik qilib, paxta emas, kuchsizlarni yutish evaziga xaltaga ochko terib olib, chempion bo‘lib yurishni xohlashar ekan-da. Yuzma-yuz to‘qnashuvda bor yo‘g‘ini jangga tashlab bilmay, so‘ngi soniyagacha jangovor o‘ynab bilmay birinchi bo‘lishni “Paxtakor”ga kim qo‘yibdi. Endi bunday bo‘lmaydi. Ikki marta temir yo‘lchilarga yuzma-yuz jangda yutqazib, aybni formatga to‘nkab qo‘yganimiz uchun, aniq-taniq aybdorni oqlaganimiz uchun Kubokdayam finalni boy berganmiz. Abduraimovning “Hayronman, nega o‘shanda yutqazib qo‘ydik?” deb aytgan gapi tagida nima gap bor? O‘yindagi kamchiliklarni ko‘rsatib berish, ularni tan oldirish qiyin ish-da. Hammasiga aybdor bo‘lgan bosh murabbiyni oppog‘im deb bilib, “Ochkolarni qirqib tashlagan” formatni qop-qora deb aytish oson ish. Rahbarlarga yoqar ish. Boyga boqar ish.

TTZda bo‘lib o‘tgan o‘sha o‘yinni eslab ko‘raylik. “Paxtakor” maydon markazini ham, o‘yin nazoratini ham raqibga topshirib qo‘ygan edi. Hujum boshlar ekan, 3 yo 4-oshirmadan keyin to‘pni raqib olib qo‘ya berdi. “Lokomotiv” bu yil sheriklashib to‘pni olib qo‘yishni joriy qilgan. “Paxtakor” to‘psiz o‘ynashda yutqazib qo‘ydi. Shunday paytda Shota almashtirish bilan o‘yinni battar qildi. To‘psiz o‘ynashni umuman bilmaydigan Sergeevni maydonga tashlagan edi. Nega bunday tafsilotlarni esladim? To‘g‘ri so‘z Abduraimov nega formatni aybladi? Qayoqdagi “qishloqi” Baxtiyor yo vodiylik Andrey oldida Yevropa havosini olgan Shota oq bilak zodagon odam-da. Uni urishib, bir nimada ayblab bo‘ladimi?

Islohotlar “maqsadini tushunmadim” deb aytgan gaplari bilan Shotani boshini silagan Abduraimov gazeta sahifasida qay ahvolga tushib qoldi? Buni o‘zi bilarmikan? Keyin o‘zi yaratgan munosabatdan, yangi formatga bo‘lgan salbiy munosabatidan o‘zi jabr ko‘rmadimi? Gazetani yana o‘qiyman. Ajablanarli so‘zlari bor. Arveladze yaratgan murabbiylar shtabidan “ular o‘zlaricha osmonga chiqib olishgan” deb, “biz futbol nimaligini bilmaydigandek, biror masalada biz bilan maslahat ham qilishmaydi” deb nolishiga yig‘laymi, kulaymi? Aybdor yonini olish, uni oqlash, ketini ko‘tarish, formatni qoralash oqibati emasmi bu hol.

GAP-SO‘ZI SARVATLI ODAM
Birodar-og‘a, sizga qolsa, JCH saralash o‘yinlarini ham ikki davralik ochko terib g‘olib bo‘lish turniriga aylantirib qo‘yar edingizmi? Kulgili gap bo‘ldimi? JCH saralash o‘yinlari uch bosqichli, buni bilasiz. Har gal 0 ochkodan turnir boshlanadi. Bizning formatimiz bo‘yicha ham oltin ochkolarni olib tashlab, har bir bosqich 0 ochkodan boshlansinmi, deyman. Birodar-og‘a, bugungi formatdagi majburiy, vaqtinchalik choralarimiz ayni “Paxtakor” misolida o‘zini oqladi. Buni inkor etmang. “Paxtakor” chempion bo‘lishni istasa, kissani qappaytirgan holini uch pul, ochko xaltasini do‘ppaytirgan chog‘ini bir paqir sanab yuzma-yuz jangda raqibini g‘ajib tashlashi kerak bo‘ladi. Bu yil bunday bo‘lmadi. Futbolchining darajasi jangovor o‘yinlarda, hayot-mamot to‘qnashuvlarda, kuchli raqobat bor joyda o‘sadi. Farmat orqali shunga erishmoqchimiz. Siz ravnaq yo‘lini to‘smang. U ham to‘smasin.

Tushuning, terma jamoamiz oldidagi har bir o‘yin so‘ngi jang qatorida o‘tadi. Arveladze buni eplay olmas ekan. Ikki taym davomida o‘yinga o‘yin qo‘sha olmas ekan. Kuper eplarmikan, bilmadim. Shota jamoa tarkibini, o‘yin va mashg‘ulot tashkilini yangitdan tuzib chiqdi. O‘ziga xos o‘yin tizimini yaratdi. Hujumkor o‘yin tizimini. Lekin yuzma-yuz jangda o‘yinni boy berdi. Kuper ham yangi jamoani yaratib bormoqda. Tashkiliy ishlarni yangicha qilmoqda. Yuzma-yuz janglarda uni endi ko‘ramiz. Kuperning yurish-turishi qurshovli, gap-so‘zi sarvatli. Shota unday emas. Kelbati qurshoq. Turbat zamini bo‘shroq odamga o‘xshaydi. Ular haqida bundan boshqa ma’lumot manba’im yo‘q. Ektor Kuper bergan xos suhbatdan o‘zi haqida hech narsani uqiy olmadim. Unda-bunda ko‘rib qolganlarimdan xulosa chiqarib yozdim.

Azizlarim, ahvolimni, kechinmalarimni sizga Shota misolida tushuntira oldimmi? Shotani payrov qilganimdan mendan rozi bo‘lsin. Shotani gapiramanu fikru hayolim terma jamoamizda. Kuperda. Birinchi o‘yinni sabrsizlik bilan, katta umid bilan kutmoqdaman. 20 yildan beri kutib, murodimga, orzuimga yetgan paytimdaman hozir. Ilohim, kutganim puch bo‘lmasin.

OK-2019 final o‘yinlariga 7 kun qoldi.

Hurmat bilan Hasanali-otangiz yozdim. 30.12.2018y.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:16, 01.01.2019. O'qildi: 4940 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик