Kecha internetda avvaliga Aziz Turg‘unboyevning «Paxtakor»ga o‘tgani haqidagi xabar yashin tezligida tarqadi. Ortidan esa, bu xabarni inkor etuvchi intervyu paydo bo‘ldi. To‘g‘risi, bu voqea ko'pchilikni hayratda qoldirdi.
Men bir narsaga hech tushuna olmayman. «Paxtakor» jamoasining kuchi, moliyaviy qudrati janubiy amerikalik hujumchilar, yevroplaik yarim himoyachilarga bemalol yetadiku! Nahot ichki chempionatimizdagi kuchsiz klublarni battar ojizlashtirib jamoani tuzishdan ularga naf bo‘lsa! Axir kuchsiz ichki chempionat bilan xalqaro maydonda klublarimiz hech narsaga erisha olmagasligini futbolga chuqur tushunmaydigan muxlislar ham bilishadiku!
«Paxtakor» ichki chempionatimizda jamoasini yelkasida ko‘tarib yuradigan yulduz futbolchilarimizni o‘z safiga chorlab jamoasini kuchaytira olmaydi,shunchaki raqiblarini zaiflashtirmoqda, xolos! «Sherlar»ning transfer siyosatini boshqatdan ko‘rib chiqish va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak. Aks xolda, jamoa xali-beri bu siyosati bilan siyqasi chiqqan ichki chempionat g‘olibligidan boshqa hech narsaga erisha olmasligi aniq!
To‘g‘risi, butun o‘zbek xalqi OCHL bahslaridagi nafaqat «Paxtakor»ning, balki o‘zbek klublarining zafarli odimlarini, xalqaro maydondagi g‘alabalarini sog‘ingan. Bu istakni amalga oshirish uchun esa saviyali legionerlarni olib kelish talab etiladi!