Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aka, uyga non olib kira olmay qoldik, deydigan futbolchilar ham bor...

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

5 yanvar kuni PFL vakillari O‘FA rahbariyati bilan uchrashuvda ishtirok etdi. Unda milliy chempionatning 2019 yilgi mavsumi yuzasidan muhokamalar bordi.   

“O‘tgan yil so‘ngida qilgan eng yaxshi ishimiz — PFLni alohida chiqarib yuborganimiz bo‘ldi. Endi bu tashkilot o‘z aravasini o‘zi tortishni boshladi.

Kechagi muhokamadan ko‘nglim to‘ldi. Hatto ayrim bandlar yuzasidan PFL yigitlari men bilan tortishishgacha borishdi (kuladi). Aslida shunday bo‘lishi ham kerak. Mamlakat futbolini ko‘tarish yo‘lida biz bunday erkin muloqot va muhokamalarga tayyormiz”, — deb so‘z boshladi O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov.    
Quyida Ahmadjonov tomonidan aytilgan fikrlarni monolog ko‘rinishida taqdim etamiz...

Superliga formati haqida
“Superliga formatini rosa muhokama qilishdi, xuddiki mamlakat futboli rivojiga shu format to‘sqinlik qilayotgandek. Har qanday inson mag‘lubiyatni to‘g‘ri tan ola bilishi kerak. Kelishilgan o‘yinlar yoki intriganing yo‘qolib qolishi kabi masalalar istalgan formatda yuz berishi mumkin. Muhimi o‘tgan mavsumni hamma “0” ochkodan boshladi va hech kimga alohida imtiyoz berilmadi. Hammada chempionlik uchun birdek imkoniyat bor edi. “Metallurg”, “Buxoro”, “Nasaf” yoki “Qizilqum”ning intrigadan chetda qolgani oddiy holat. Istalgan formatda ham o‘rtalik jamoalarida shunday bo‘ladi.Muhimi quyi ligaga tushib ketmaslik, chempionlik masalasi, Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun yaxshi kurash ketdi”.     “Futboldagi shuncha muammo turganida formatni bayroq qilib olgan hurmati biz formatni o‘zgartirdik. Ko‘raylikchi, endi kim nima o‘ylab toparkin”.   

Klublarning mukofot pullari
“Biz mukofot pullarini va’da qildikmi, uni albatta beramiz. PFL oldidagi qarzlari 2018 yil oxiriga qadar osilib kelgan, futbolchilar oldidagi qarzlari yillar davomida osilib yotgan klublar bor. 2019 yil bunday bo‘lmasligi kerak”.  “Mamlakat rahbari futbolni qo‘llayotgani uchun ham shunday katta tashkilotlar klublarga pul ajratib turibdi. Endi uni oqilona ishlatish kerak. Klublar  rahbarlari o‘sha pullarni joyiga qo‘yib, o‘z futbolchilari, ishchilari oldidagi qarzlarini uzsin. Keyin esa mukofot pullarini yaxshilikka, klub rivojiga ishlatsin. Yo‘qsa smetasidagi pulni aql bilan ishlatmay, uni shunchaki havoga sovurgani yetmagandek, mukofot pullarini ham bir narsa qilishadi. Qarabsizki, 2019 yil yana eski hammom, eski tos. Mayli hozir bir narsalar deyaverishsin, keyin mukofotni olganlaridan so‘ng rahmat aytishadi”.    

Ligalar haqida
“O‘tgan mavsumda Pro-ligani bekorga ikkiga bo‘lmagandik. O‘zingiz ko‘rdingiz, “A” guruhida kurash qizg‘in bo‘ldi. “B” ishtirokchilarining ko‘pi mavsumga umuman tayyor emasligi ko‘rindi. Endi biz ham “B” rejani ishga solamiz va bu guruhlarni ikki alohida ligaga ajratamiz”.    “Superligada 12 ta klub qoladi, agar biror jamoani FIFA quyi ligaga tushirib yuborishni talab qilmasa. Qachonki raqobatbardosh jamoalar ko‘payib borsa, Superliga ishtirokchilari ham ikkitaga ko‘payib boraveradi. Vaqti kelib jamoalar sonini 16 taga yetkazish rejamiz bor, bu O‘zbekiston uchun eng normal variant. Hozir esa bizga Pro-liga “A” zonasida ham raqobat kerak”.   “O‘FA har bir liga uchun talablarni aniq-tiniq belgilab bergan. Yillar davomida “uni qilyapmiz, buni qilyapmiz”, degan bahonalar bilan deyarli hech narsa qilmagan klublar bor. Ertak tamom. Endi yo qilinadi yoki xayrlashamiz. Ichki chempionat talablari OFKnikidan ham yuqori bo‘ladi, yaxshi niyat bilan Yaponiyaning yo‘lidan yuramiz. Akademiyalar bo‘yicha talabni ham OFK elit akademiyalari singari oldik. Shu yo‘ldan yursak, 3-4 yil ichida mevasini birgalikda ko‘ramiz. Maqsad Jahon chempionatiga chiqib olib, keyin qarsak chalib o‘tirish emas. Ichki chempionat kuchli bo‘lsa, mundial yo‘llanmasi ham o‘z-o‘zidan keladi”.   

Muhim o‘zgarishlar
“PFL bizning tasdig‘imiz bilan klublarga umumiy shartnomalar tarqatdi. Hamma shu shartnoma asosida ishlaydi. Istamagani chempionatda o‘ynamaydi. “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Sho‘rtan”, “Andijon” degan klublarning FIFA oldida hisob berib yurishi jonga tegdi. Telefonim tinmaydi, u klubning futbolchilardan qarzi bor, bunisi murabbiyga pulini bermagan. Aka, uyga non olib kira olmay qoldik, deydigan futbolchilar ham bor. Biz futbol tepasidagilar bunday bemalolgarchilikka yo‘l qo‘ya olmaymiz. Hamma joyda tartib, intizom va qonunlar ustuvorligi bo‘lishi shart. Shahar bedarvoza emas”.    “Shuningdek, biror klub boshqasiga ikki nafar futbolchidan ortig‘ini ijaraga bermaydi. Ijaraga bergan futbolchilari ham o‘ziga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Chidasa shu, chiday olmasa, bermasin ijaraga hech kimni”.    “2019 yildan boshlab biror murabbiy yoki rahbar o‘z futbolchisini olib, boshqa klubga sotishga olib borsa, biz bunday sotqinlarni futboldan chetlatib qo‘ya qolamiz. Shu klubdan non-tuz yeb turib, uyalmaysanmi uning uyini parokanda qilishga? Biror klub rahbari, murabbiyi yoki futbolchisi boshqa bir klubning taqdirlash marosimiga borishi ham shart emas. Yo‘qsa biz natijalardan shubhalanishni boshlaymiz. Juda borishni istasa — marhamat. Otning kallasidek jarima to‘laydi. Biz bu pullarni bolalar futbolini rivojlantirish ishlariga sarf etamiz”.    Umid Ahmadjonov qolgan masalalar yuzasidan PFL rasmiy axborot berishi haqida aytib o‘tdi. Oldindagi ikki oy futbol klublari uchun ham, PFL va O‘FA uchun ham og‘ir bo‘ladi. “Hech qisi yo‘q, mashg‘ulotda qiyin bo‘lsa, jangda oson bo‘ladi”, — deb fikrini yakunladi O‘FA birinchi vise-prezidenti.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:40, 07.01.2019. O'qildi: 6167 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик