Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Homiyga muhtoj klublar yoki qaynotasidan umidvor kuyovlar...

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Maydonga keldingiz, sezyapsizki kechasi ko‘rganingiz Yevropadagi maydon oldida ancha haroba. Siz buni tushunyapsiz, kimdir esa chiroyli so‘zlar bilan qorishtirib, “ma’naviyatimiz qayga ketdi” qabilidagi maqolalar bilan ochko olyapti. Bu tahlil emas, bu gapdon odamlar uchun mavzu tashlab qo‘yish xolos. 

Hayot shartta o‘zgarib, futbol ichiga kirib qolmaganimda quyidagi savollarga javob olishni istardim, balki surishtiruv o‘tkazardim. 

— Nima uchun kamida 6 ta klub yillik smetasini tasdiqlab bo‘lganidan va shuning asosida shartnomalar imzolaganidan keyin (taxminan mart-aprel oylarida), ularning smetasi to‘satdan qayta ko‘rib chiqildi va pullari keskin kamaytirildi? 
O‘ylab ko‘raylik, raqobatga format emas, mana shu masala katta ta’sir o‘tkazgandir?

— “Paxtakor”, “Metallurg”, AGMK kabi klublarda yaqinlashish uchun de fakto imkoniyat yuzaga keldi. Bu holat chempionat o‘yinlariga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi mumkin? ...
Shu mavzu tinimsiz ko‘tarilganidagina PFL ham majbur bo‘lardi bu haqda jiddiy o‘ylab ko‘rishga (hali ham o‘ylab yotibdi, ammo mavzu futboldan ancha jiddiyroq). 

— Futbol klublari yillar davomida nima uchun moddiy-texnik bazasini yaxshilash ustida ishlamagan. Umuman stadionlar klublar tasarrufida bo‘lgani yaxshimi yoki bu ularga chindan ham og‘irlik qiladimi? ...
Biz nuqul tayyor emasmiz deymiz. Bu ketishda tayyor bo‘lmaymiz ham. 

— Nima uchun ayrim jamoalarning yillik smetasi chempionlik uchun kurash olib borayotgan klublarnikidan ko‘prog‘-u, biroq ularning oldiga konkret maqsad qo‘yilmaydi? ...
"Otkat" tushunchasining lirik ko‘rinishi shu aslida. 

— Nima uchun shu vaqtda qadar mukofot pullari bosh murabbiyning tanloviga ko‘ra berilgan. Nima uchun murabbiylar uzluksiz ravishda futbolchilarning shartnoma va maoshlari masalasiga aralashib kelgan? ....

Kishini ajablantiradigani, bosh murabbiy ishdan ketsa, unga qo‘shilib 10 ta futbolchi ham ketadi...

— Nima uchun klublar marketingda o‘sishga erishishga, jilla qursa muxlislarni stadionlarga chorlash ustida ish olib bormaydi? Boqimandaligi bunga asosiy sabab emasmi? ....
Bu ham yetmay, O‘FA klublarga homiy topishda yordam berishi kerak deydiganlar ko‘paygan. Men ularni qaynotasidan umidvor kuyovlarga juda o‘xshataman.

Hozircha yodimga tushganlari shu. Bularning har biri katta bir mavzuga aylanishi mumkin. Hozirgi holatda biz “Paxtakor” yoki “Nasaf” singari klublarning ko‘payishidan manfaatdormiz.

Biri xususiy sektor tomonidan moliyalashtiriladi, bu nur ustiga a’lo nur. Ikkinchisi davlat korxonasidan pul olsa-da, moddiy-texnik bazasi evaziga har kimning havasini keltiradi. Demak, davlat korxonalari shu vaqtgacha pul berib kelayotgani uchun ham qolganlar kamida “Nasaf”dek bo‘lishi kerak emasmidi?

Keyingi qadam esa klublarning xususiylashishi bo‘lardi. Hozir biror xorijiy investor bir qop pul bilan kelsa, faqatgina “Nasaf”ni sotib olishi mumkin. Chunki uning hamma narsasi bor. Yana kimda nima bor? Undan boshqa kimdir jilla qursa o‘z stadioniga egami?

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 23:27, 10.01.2019. O'qildi: 3548 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик