Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jahon chempionatlarida sovrinli o‘rinlarni egallagan sportchilar va ularning murabbiylari taqdirlandi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha 2018 yilda o‘tkazilgan jahon chempionatlarida sovrinli o‘rinlarni egallagan bir guruh sportchilar va ularning trenerlarini har biriga bir martalik pul mukofoti ajratish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishlari qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 15 yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz hamda ularning trenerlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, sportchilar, murabbiylar, sport jamoatchiligi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 3 yanvar kuni imzolangan “Jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan sportchilarni taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoyishni o‘qib eshittirdi. Sportchi va murabbiylarni o‘tgan yildagi g‘alabalar bilan tabriklab, oldinda katta marralar turganini, ularni egallash uchun butun kuch va imkoniyatni ishga solish lozimligini ta’kidladi.

Farmoyishga ko‘ra, jahon chempionatining oltin medali sohiblari 12000, kumush medal sovrindorlari 6000, bronza medaliga ega chiqqan sportchilarimiz esa 3000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli bilan birma-bir taqdirlanishdi. O‘z navbatida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan shogirdi chempion bo‘lgan murabbiyga 6000, vise-chempionlarni yetishtirib chiqargan murabbiylarga 3000 va  shogirdi bronza medalga ega chiqqan murabbiylariga esa 1500 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli topshirildi.  

Shuningdek, tadbirda 1-10 noyabr kunlari kattalar o‘rtasida Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 102 kilogrammgacha vazn toifasida dast ko‘tarishda jahon rekordini yangilab, oltin medal bilan taqdirlangan, yoshlar o‘rtasida jahon va Osiyo chempionatlarida muvafaqqiyat qozongan 2018 yilda “Yilning eng yaxshi sportchisi” O‘zbekiston Milliy kubogi sohibi deb topilgan Akbar Jo‘rayevga belgilangan namunadagi guvohnoma hamda 10 000 (o‘n ming) AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘i bilan taqdirlandi.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev, yunon-rum kurashchisi Elmurat Tasmuradov, og‘ir atletika bo‘yicha murabbiy Farxod Mirzajanov so‘zga chiqishdi.

Ma’lumot uchun, Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan yunon-rum kurashi va erkin kurash sport turlari bo‘yicha 2018 yilning 20-28 oktyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida Elmurat Tasmuratov -63 kg vazn toifasida kumush medalni va Bekzod Abdurahmonov -74 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

2018 yilning 1-10 noyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida esa Akbar Jo‘rayev (-102 kg) oltin, Doston Yoqubov (-67 kg) kumush, Ruslan Nurudinov (-109 kg) bronza va Rustam Jangabayev (-109 kg) ikkita bronza (siltab ko‘tarish va ikki kurash bahslarida) medaliga sazovor bo‘lgan edi. 

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 15:58, 15.01.2019. O'qildi: 1985 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик