Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jahongir Mehmonov: «Navbahor»ga taklif etilayotgan futbolchilar professional»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

6 yanvardan qishgi o‘quv yig‘in mashg‘ulotlariga kirishgan Namanganning «Navbahor» jamoasi tarkibga yangi futbolchilarni jalb qilish bilan birgalikda klubning o‘tgan yilgi natijalariga ulkan hissa qo‘shgan futbolchilar bilan ham yangitdan shartnoma imzolashga erishdi.

Ular tarkibida «lochinlar»ning himoya qo‘rg‘onidagi mustaxkam ustunlaridan biri Jahongir Mehmonov ham bor. Quyida esa futbolchi bilan kechgan suhbatni e’tiboringizga havola qilamiz.

- Suhbatimiz avvalida «Navbahor»ning o‘tgan mavsumdagi umumiy ishtirokini tahlil qilib bersangiz!

- Mavsum biz uchun omadli keldi. Shu bilan birgalikda mehnatimizga yarasha chempionatni sovrindor sifatida yakunladik. Agarda bundanda kuchliroq ishtiyoq va tirishqoqlik bilan o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rganimizda natijalarimiz bundanda yaxshiroq ko‘rinish olishi mumkin edi.

O‘tgan mavsum davomida qayerdadir xato qildik, qayerdadir omad yetishmadi. Endilikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchtida jiddiy ish olib borsak o‘ylagan maqsadimizga erishamiz deb o‘ylayman.

- Mavsumning so‘ngi o‘yinida «Lokomotiv» tomonidan «lochinlar»ning o‘z uyidagi yoqimli an’anasiga barham berildi. Uchrashuvdan keyin kiyinish xonasida kayfiyat qanday edi?

- Butun mavsum davomida shu o‘yin men uchun eng achinarlisi bo‘ldi. Chunki o‘sha o‘yinda maydonga tushmadim. Jamoamning o‘yinini chetdan kuzatish doimo og‘ir. Boz ustiga ko‘p gol o‘tkazib yubordik, himoyachilar uchun qancha kam gol o‘tkazib yuborilsa shuncha yaxshi.

Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz o‘z maydonida eng kam gol o‘tkazib yuborgan jamoa «Navbahor» bo‘lib turgandi. Afsus so‘ngi turda bu boradagi seriya ham payoniga yetdi.

- Jamoa bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis bu yilgi tarkibni o‘zi shakllantiryapti. Shunday kelib chiqib aytadigan bo‘lsak «Navbahor» o‘tgan yilgidan ko‘ra mazmunliroq o‘yin namoyish eta oladimi?

- Har bir murabbiyning o‘ziga xos uslubi va qarashlari bo‘ladi. Barcha murabbiylar ham yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qiladi. O‘ylaymanki, to‘g‘ri yo‘ldamiz. Nasib qilsa ajoyib natijalar va chiroyli o‘yinlar ko‘rsatamiz.

- Jamoaga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilar haqida qanday fikrdasiz?

- Ular haqida bosh murabbiyimizga savol bersangiz yaxshi bo‘lardi. Chunki, qaysi futbolchi qanday holatda ekanligi ularga ko‘proq bilinadi. Biz esa maydonda ular bilan birga shug‘ullanayotganimiz uchun aniq bir nima deya olmayman.

Shunisi aniqki, bu yigitlar professional, yaxshi futbolchilar shuning uchun ham ular «Navbahor»ga taklif etilishdi.

- Kanchelskis mahalliy mutaxassislardan nimasi bilandir ustunmi?

- Yevropada tajriba orttirgan murabbiy. Shuning uchun mashg‘ulotlarida ko‘hna qit’a nafasi sezilib turadi.

- Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?

- Albatta oltin medallarni. Biroq buning uchun ko‘proq mehnat va harakat qilish kerakligini yaxshi bilaman

- O‘tgan mavsumda jamoa sardori tez-tez o‘zgarib turdi. Bu nima bilan bog‘liq?

- Aytishim mumkinki, biz uchun bitta inson jamoa sardori bo‘lgan. Bu ham bo‘lsa Dilshod Jabborov.

Jabborov ko‘p o‘yinlarda maydonga tushmaganligi sababli sardorlik bog‘ichi turli futbolchilarga topshirildi.

- Sizni ham o‘tgan yili kartochkalar bilan juda ko‘p bor «siylashdi». Bu o‘yinlarning shiddatli o‘tganidan dalolatmi?

- Himoyachining vazifasi raqib hujumini qaytarish. Shunday ekan jamoamiz yaxshi natija qayd etishi uchun har qanaqasiga bo‘lsa ham harakat qilish kerak.

- Muvafaqqiyatlaringizga soya soladigan hodisalar ham bo‘lganmi?

- Yo‘q bo‘lmagan. Ota-onamni duolari meni doimo barcha narsada yaxshi natijalarga erishishimga sababchi bo‘lgan.

Aynan ularning duolari sababli ham mana shu darajaga erishdim deb o‘ylayman. Otam vafot etdilar endi ularning xotiralari uchun yanada yorqinroq o‘ynashga intilaman.

- Bizningcha «Navbahor»ning himoya chizig‘i ko‘ngildagidek ko‘rinishga keldi. Yana qaysi chiziqlarga kuchli ijrochilarni jalb etish kerak? Shu borada shaxsiy fikringizni bildira olasizmi?

- Murabbiylar har bir chiziq uchun kuchli ijrochilarni jalb etshyapti. Menimcha hammasi yaxshi.

- «Navbahor» ma’lum omillar evaziga OCHLga yo‘llanma olish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Joriy yildan kubok bellashuvlari uchun ham jiddiy e’tibor qaratish kerakligi gapirilyaptimi?

- Albatta, bundan buyon har bir o‘yin, har bir natija uchun faqat va faqat g‘alaba ilinjida maydonga chiqamiz.

Xurshid Yusupov suhbatlashdi.

Kiritildi: 19:59, 16.01.2019. O'qildi: 3847 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик