Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Arsenal - Byornli

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik avjida: MOQ ishchi guruhi terma jamoalarimiz mashg‘ulotlariga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Sir emaski, O‘zbekiston Tokio 2020 Olimpiadasida medallar soni bo‘yicha ham, sifati bo‘yicha ham o‘z natijasini yaxshilashni maqsad qilgan. Sport federasiyalari Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan strategiya asosida ish olib bormoqdalar. Ayni paytda bu yo‘lda keng ko‘lamdagi ishlar bajarilmoqda. Biroq, shu bilan birga kamchiliklar, ishni tashkil etishda yo‘l qo‘yilgan xatolar xam yo‘q emas.

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov boshchiligidagi ishchi guruh yaratilgan sharoit, mashg‘ulot jarayonlarini ko‘zdan kechirish uchun sport federasiyalariga tashrif buyurdi.

Ishchi guruhning tashrifi O‘zbekiston gimnastika federasiyasidan boshlandi.

Sport zalida terma jamoa a’zolari reja asosida o‘z mashg‘ulotlarini davom ettirishmoqda. Badiiy gimnastikaning jamoaviy yo‘nalishida sportchilarimiz bilan Rossiyadan tashrif buyurgan tajribali murabbiy Yekaterina Pirojkova ish olib bormoqda. U Jasur Matchanovga o‘z rejalari haqida gapirib berdi, ishni tashkil etishda yuzaga kelayotgan muammolarni ma’lum qildi. Bundan tashqari sport zali uchun lozim bo‘lgan bir qator jihozlar yo‘qligi, jumladan, balandlikka chiqish mashqlarini olib borish uchun maxsus arqon o‘rnatilmaganiga alohida e’tibor qaratildi.

Federasiyaga tashrif davomida terma jamoa a’zolari ovqatlanadigan oshxona ham ko‘zdan kechirildi. Oshxonani ko‘rish chog‘ida sportchilarning ovqatlanish tartibi, rasioni tekshirildi. Afsuski, kuzatish chog‘ida bu bo‘yicha muammolar borligi, sportchilarning to‘g‘ri ovqatlanishini tashkil etishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani MOQ Bosh kotibining jiddiy e’tiroziga sabab bo‘ldi. Jasur Matchanov bu bo‘yicha federasiya shifokori bilan suhbatlashdi, uchrashuv chog‘ida terma jamoa uchun diyetolog shifokor jalb etib, ushbu muammoni bartaraf etish lozimligi haqida gapirdi.

Shundan so‘ng ishchi guruh O‘zbekiston Milliy paralimpiya assosiasiyasida o‘z yig‘inini o‘tkazayotgan karatechilarimizning mashg‘ulotiga bordi. Sport zalida terma jamoamiz a’zolari murabbiy O‘ktam Bekpo‘latov qo‘l ostida oldinda turgan muhim musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Sportchilarimiz shu kunlarda Parijda o‘tkaziladigan Premyer-Liga musobaqasiga jiddiy hozirlik ko‘rmoqdalar. Bosh kotib reyting musobaqasida ishtirok etadigan sportchilarimiz bilan suhbatlashar ekan, ularni qiynayotgan muammolar, yaratilgan sharoitlar haqida so‘radi. 22 yanvar kuni Fransiya poytaxtiga jo‘nab ketadigan sportchilarimizga omad tiladi.

Navbatdagi manzil – O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasi bo‘ldi. Terma jamoa yig‘inining birinchi bosqichi Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatida boshlangandi. Bugungi kunga kelib mashg‘ulotlar assosiasiya sport zalida qizg‘in davom etmoqda. Sportchilarimiz belgilangan reja asosida mashg‘ulotlarni olib bormoqdalar. Ishchi guruh u yerda ham sportchilarimiz uchun yaratilgan sharoitlar, ovqatlanish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Yo‘lga qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan assosiasiya mutasaddilariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 23:35, 18.01.2019. O'qildi: 2173 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик