Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Osiyo Kundaligi, 18-kun. Mehnatning rohatini ko‘radigan kun yaqin

Baho:
+2 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Yig‘inlar
Rukn: Reportajlar
A A A

Avstraliyaga qarshi o‘yinga ham tobora oz vaqt qolyapti. Ertaga rasmiy tadbirlar, matbuot anjumani va o‘yinoldi mashg‘ulot. Barchasi belgilangan reja asosida ketmoqda. Eng muhimi bosh murabbiyning aniq maqsadi, puxta rejasi bor.

Bugungi mashg‘ulotlar juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Kuper va uning yordamchilari futbolchilarimizning ruhiyatini ko‘tarishga, ishtiyoqini oshirishga, bir jamoa bo‘lib harakat qilishga undaydigan mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Futbolchilarning mashg‘ulotini kuzata turib, beixtiyor Sizning ham kayfiyatingiz ko‘tarilib ketardi.

Fishkalar bilan qiziqarli harakatlar, diqqatni jamlovchi mashqlar, tezlikni oshirishga qaratilgan vazifalar... Ammo murabbiylar kunduz kuni mehmonxona lobbisida o‘zaro yig‘ilishganda, jiddiy qiyofada suhbatlashib o‘tirishganini ko‘rish mumkin. Soatlab qolib ketishadi ba’zan. O‘tgan o‘yinlarning tahlili amalga oshirilib, bo‘lg‘usi mashg‘ulotlar uchun rejalar muhokama qilinadi.

Avstraliyaga qarshi o‘yin taktikasi tuzib chiqilayotgani ham aniq. Mahmud Fayozning noutbukida juda ko‘plab ma’lumotlar bor. Ana shu ma’lumotlardan foydalaniladi. Shuningdek, terma jamoa videotahlilchisi Jamoliddin Solihovning ham jamoa qozonayotgan g‘alabalarida hissasi katta. O‘rni kelganda buni ham ta’kidlab o‘tish kerak.

U har bir o‘yinimizni tasvirga olib, keyin xato va kamchiliklarni tahlil qilish uchun maxsus videoroliklar tayyorlab beradi.

Bundan tashqari, raqib jamoalarning o‘yinlarini topib, ularning himoyadagi, hujumdagi va qarshi hujumdagi harakatlarini alohida-alohida kesib, tayyorlab, murabbiylar shtabiga taqdim qiladi.

Murabbiylar shtabi ana shu videolavhalar yordamida raqibni kuchli va kuchsiz nuqtalarini o‘rganib chiqishadi. Raqib tarkibidagi har bir futbolchi haqida xulosa qilinadi.

Nasib qilsa, amalga oshirilayotgan katta hajmdagi bu ishlar albatta o‘z samarasini beradi. Har qanday raqibni mag‘lubiyatga uchratsa bo‘ladi. Har qanday raqibni ojiz nuqtasini topib, taslim etish mumkin.

Shunday ekan, 21 yanvar kuni milliy terma jamoamiz a’zolaridan yorqin o‘yin va ijobiy natija kutib qolamiz. Yurtimizda ularga ko‘z tikib turgan, futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlayotgan millionlab muxlislarimizning daldalari va duolari evaziga albatta o‘z maqsadimizga yetamiz!

Yoqubjon Bobojonov, O‘FA Matbuot xizmati

Al-Ayn, BAA

Manba: UFA
Kiritildi: 04:56, 20.01.2019. O'qildi: 4760 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик