«Ayaks» yarim himoyachisi Frenki de Yong «Barselona» bilan shartnoma imzolaganidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Barselona» bilan shartnoma imzolaganimdan xursandman va bu bilan faxrlanaman. Barchasi ortda qolganidan keyin yelkamdan tog‘ ag‘darilgandek his qilyapman.
Shuningdek, men «PSJ» sport direktori Maksvell bilan gaplashdim. Agentim orqali bu jamoaga o‘tmasligimni aytdim. Bundan tashqari, men Gvardiola bilan ham suhbatlashdim.
Bu ikki klub va boshqa jamoalar ham menga qiziqish bildirishganidan xursandman. Ammo «Barselona» anchadan beri men bilan shartnoma imzolashni istayotgandi. Bu klub moliyaviy muammolar tufayli katta pul sarflay olmasligini bilaman.
«Barselona»da o‘ynash hamisha mening orzum edi. Bu jamoa meni qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakat qildi. Yoshligimda "ko‘k-anorranglilar"ning o‘yinlarini tomosha qilganman. Natijada bu jamoa muxlisiga aylanganman.
«Barselona»da oddiy yo‘lovchi bo‘lishni istayman. Shuningdek, jamoa yulduzlarini zaxira o‘rindig‘iga o‘tkazib qo‘yaman, deb ham aytmayman. Lekin menga mos keladigan uslubda o‘ynash imkoniyatiga egaman.
Transfer summasi menga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Men shunchaki o‘z ishim bilan shug‘ullanaman», – dedi de Yong.