Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 09.12.2025 00:45
      • Torino
      • 2:3
      • Milan
  • APL
      • 09.12.2025 01:00
      • Vulverhempton
      • 1:4
      • Man. Yunayted
  • La-liga
      • 09.12.2025 01:00
      • Osasuna
      • 2:0
      • Levante
  • Elit OCHL
      • 09.12.2025 15:00
      • Matida Zelviya
      • 3:1
      • Ulsan Xyonde
      • 09.12.2025 15:00
      • Vissel Kobe
      • 2:2
      • Chengdu Rongcheng
      • 09.12.2025 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:2
      • Kangvon
      • 09.12.2025 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 0:0
      • Shangxay Port
      • 10.12.2025 15:00
      • Seul
      • -:-
      • Melburn Siti
      • 10.12.2025 15:00
      • Sanfrechche Xirosima
      • -:-
      • Shanghai Shenhua
  • ECHL
      • 09.12.2025 20:30
      • Qayrat
      • 0:1
      • Olimpiakos
      • 09.12.2025 22:45
      • Bavariya
      • 3:1
      • Sporting
      • 10.12.2025 01:00
      • Monako
      • 1:0
      • Galatasaroy
      • 10.12.2025 01:00
      • Atalanta
      • 2:1
      • Chelsi
      • 10.12.2025 01:00
      • Barselona
      • 2:1
      • Ayntraxt F
      • 10.12.2025 01:00
      • Inter
      • 0:1
      • Liverpul
      • 10.12.2025 01:00
      • PSV
      • 2:3
      • Atletiko
      • 10.12.2025 01:00
      • Tottenhem
      • 3:0
      • Slaviya
      • 10.12.2025 01:00
      • Yunion
      • 2:3
      • Marsel
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 16 40
2 Real Madrid 16 36
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 16 31
5 Espanyol 15 27
6 Betis 15 24
7 Atletik Bilbao 16 23
8 Xetafe 15 20
9 Elche 15 19
10 Selta 15 19
11 Alaves 15 18
12 Rayo Valyekano 15 17
13 Sevilya 15 17
14 Real Sosyedad 15 16
15 Osasuna 15 15
16 Valensiya 15 15
17 Malyorka 15 14
18 Jirona 15 12
19 Real Ovyedo 15 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

13/12/25 Real Sosyedad - Jirona
13/12/25 Atletiko - Valensiya
13/12/25 Malyorka - Elche
13/12/25 Barselona - Osasuna
14/12/25 Xetafe - Espanyol
14/12/25 Sevilya - Real Ovyedo
14/12/25 Selta - Atletik Bilbao
14/12/25 Levante - Vilyarreal
15/12/25 Alaves - Real Madrid
16/12/25 Rayo Valyekano - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 10.12.2025

      06:05 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Форталеза".
      08:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      09:55 U-17. Чемпионат мира в Катаре. Финал. Португалия - Австрия.
      11:55 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:05 U-20. Чемпионат мира в Чили. Финал. Аргентина - Марокко.
      15:05 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Форталеза".
      17:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      18:55 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:05 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Газиантеп".
      22:00 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Трабзонспор".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Форталеза".
      02:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      04:00 U-17. Чемпионат мира в Катаре. Финал. Португалия - Австрия.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 10.12.2025

      05:05 Лыжные гонки. ФосАгро Кубок России. Этап 2 в Тюмени. Спринт. Классический стиль. Финал.
      07:30 "Культовые".
      08:00 Дзюдо. Мировой тур. "Большой шлем" Абу-Даби в ОАЭ. День 3.
      10:40 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      12:15 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Катара. Runabout and freestyle.
      12:45 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Смешанная эстафета.
      14:10 Лыжные гонки. ФосАгро Кубок России. Этап 2 в Тюмени. Женщины. Масс-старт. 20 км. Классический стиль.
      15:35 Лыжная страна.
      16:05 Лыжные гонки. ФосАгро Кубок России. Этап 2 в Тюмени. Мужчины. Масс-старт. 20 км. Классический стиль.
      17:35 "Эволюция спорта".
      18:05 Гольф. Кубок Континентальной гольф-лиги в Москве.
      20:10 Прыжки на лыжах с трамплина. "Тагильская сталь" в Нижнем Тагиле, Россия. Смешанные пары. HS 85. 2-я попытка.
      20:55 LIVE Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Зенит-Казань" - "Кузбасс" (Кемерово). Прямая трансляция.
      23:00 "Культовые".
      23:25 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Смешанная эстафета.
      00:45 "Небесная грация".
      01:00 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      02:35 "Эволюция спорта".
      03:00 "География спорта". Пенза.
      03:25 Лыжные гонки. ФосАгро Кубок России. Этап 2 в Тюмени. Женщины. Масс-старт. 20 км. Классический стиль.
      04:45 Лыжные гонки. ФосАгро Кубок России. Этап 2 в Тюмени. Мужчины. Масс-старт. 20 км. Классический стиль.
  • MATCH-TV
    • Sana: 10.12.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Прыжки на лыжах с трамплина. "Тагильская сталь" в Нижнем Тагиле, Россия.
      08:00 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Д/ф "Дарья Соколова. Вернуться и победить!".
      12:00 Торжественная церемония награждения премией Паралимпийского комитета России "Возвращение в жизнь".
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:20 "Вид сверху".
      16:50 Новости.
      16:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:55 LIVE Бокс. Чемпионат мира в ОАЭ. Мужчины. Прямая трансляция.
      21:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:55 LIVE Бокс. Чемпионат мира в ОАЭ. Мужчины. Прямая трансляция.
      01:00 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      02:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      04:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. ЦСКА (Москва) - "Бетсити Парма" (Пермский край).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 10.12.2025

      05:00 Биатлон. Кубок мира. Этап 1 в Эстерсунде, Швеция. Женщины. Гонка преследования. 10 км.
      05:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 2. Раунд 1.
      06:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 2. Раунд 2.
      06:30 Лыжные гонки. Кубок мира. Этап 2 в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. Скиатлон. 10+10 км.
      07:00 Лыжные гонки. Кубок мира. Этап 2 в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. Индивидуальная гонка. 10 км. Свободный стиль.
      08:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 1.
      09:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 2. Раунд 1.
      09:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 2. Раунд 2.
      10:00 Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Финал. Сессия 2.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Бивер-Крике, США. Мужчины. Скоростной спуск.
      13:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Бивер-Крике, США. Мужчины. Супергигант.
      14:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 1.
      15:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 2. Раунд 2.
      16:00 Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Финал. Сессия 2.
      17:45 LIVE Снукер. Shoot Out в Блэкпуле, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      22:00 Фехтование. Гран-при. Этап в Орлеане, Франция. Сабля. Обзор.
      23:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Бивер-Крике, США. Мужчины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      23:45 LIVE Снукер. Shoot Out в Блэкпуле, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      04:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Бивер-Крике, США. Мужчины. Скоростной спуск.
      04:45 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Бивер-Крике, США. Мужчины. Супергигант.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Taqdir: «To‘pchi»ga aylangan «tankchi»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘tgan hafta chexiyalik afsonaviy darvozabon Petr Chex mavsum yakunida katta futbol bilan xayrlashishini ma’lum qildi. Asosan «Chelsi» va «Arsenal»dagi o‘yinlari bilan millionlab muxlislar qalbini rom etgan futbolchi ko‘plab sovrinlar, rekordlar sohibi sifatida ingliz futbolida o‘chmas iz qoldirdi. Qo‘lqoplarini mixga ilish tadorigini ko‘rayotgan mohir posbon faoliyatidagi e’tiborli voqealarni yodga olib, kelajak rejalari bilan tanishtirishni lozim topdik.

Xokkey o‘rniga futbol

Bolaligidan sportga befarq bo‘lmagan Petr futbolni ham, xokkeyni ham birdek sevardi. Lekin muz ustida ixchamgina darvozani qo‘riqlasa, yashil maydonda markaziy yarim himoyachi pozisiyasini xush ko‘rardi. Ammo taqdir unga o‘zgacha yo‘lni ravo ko‘rdi. «Darvoza qo‘riqlaydigan futbolchi bo‘lishni xayolimga ham keltirgan emasdim. To‘g‘ri, xokkeyda so‘nggi chiziqni himoya qilardim. Ammo futbolda maydon markazida to‘p surganman. Ittifoqo, futboldagi murabbiyim xokkey darvozasi oldidagi o‘yinimni ko‘rib qolibdi. Keyin menga darvoza posbonligini taklif qildi. Ochig‘i, istar-istamas rozi bo‘ldim. O‘zimcha faqat bir marta darvozada turishni mo‘ljallagandim. Lekin ertasiga o‘z xohishim bilan qo‘limga qo‘lqop kiydim va darvozabonlar murabbiyidan mashg‘ulotga izn so‘radim. Taxminan yarim yilcha goh so‘nggi chiziqda, goh markazda o‘ynab yurdim. Keyin esa faqat darvozabon bo‘lishga qaror qildim».

TaniQlilik belgisiga aylangan shlem

2006 yilning kuzida Petr Chexning futbolchilik faoliyati jiddiy xavf ostida qolgandi. «Reding»ga qarshi bellashuvda raqib yarim himoyachisi Stiven Xant u bilan to‘qnashib ketgan, tizzasi bilan Petrning boshiga shikast yetkazgandi. Oqibatda hushini yo‘qotgan darvozabonni maydondan zambilda olib chiqib ketishdi. Tabiiyki, bosh murabbiy Joze Mourinyo juda darg‘azab bo‘lib, alamini kimdan olishni bilmasdi: «Darvozabonim yechinish xonasida tez yordamni yarim soat kutishga majbur bo‘ldi. U stadionni mustaqil tarzda tark eta olmasdi, nogironlar aravasidan foydalanishga majbur bo‘ldik. Agar Chex yechinish xonasida yoki keyinroq vafot etganida, ingliz futboli o‘ta noqulay vaziyatga tushib qolardi», - degandi portugaliyalik mutaxassis.

Murabbiyning keyingi bayonoti yanada kengroq yoyilib ketdi: «Chex omadli yigit ekan. Har holda, tirik qoldi!» Shifokorlarning ta’kidlariga ko‘ra, Petrdagi jarohatga o‘xshagan shikastlanishlar YTHda kuzatilar ekan. Jarohat chindan ham juda qo‘rqinchli ko‘rinardi. Biroq darvozabon ikki oydan so‘ng safga qaytdi. Tabiiyki, boshiga maxsus shlemni kiygan holda.

Avvaliga Petr o‘zini o‘ta noqulay his etgan bo‘lsada, asta-sekin qo‘shimcha himoya vositasiga ko‘nika boshladi. Oxir-oqibat, muxlislar ham suyukli darvozabonni qalpoqsiz tasavvur qila olmaydigan bo‘lib qoldilar. Hatto videoo‘yinlarda ham Chexni maxsus bosh kiyimi bilan tasvirlashadi.

Tabiiyki, hayotda Petr shlem kiyib yurmaydi. Lekin boshqalarga tavsiya etadi: bundan taxminan ikki yil avval futbolchi qishki mavsumga mo‘ljallangan issiq qalpoqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonaga sarmoya kiritdi. E’tiborli jihati shundaki, maxsus bosh kiyimi Chexning faoliyati bemavrid xotima topganini bildiruvchi belgiga emas, balki uning o‘ziga xos imidjiga aylandi. Xuddi Edgar Davidsning ko‘zoynagi kabi. Ta’kidlash joizki, shlem darvozabonga umuman xalaqit bermaydi. U avval qanchalik g‘ayrat-shijoat bilan shug‘ullangan bo‘lsa, hozir ham shunday. Jumladan, «Arsenal»da robot tomonidan yo‘llanayotgan tennis to‘plarini ham chaqqonlik bilan ilib oladi.

Shlemning afzallik va kamchiliklari

Tabiiyki, qo‘shimcha himoya vositasi bilan maydonga tushish chexiyalik darvozabon uchun oson bo‘lmadi: «Albatta, avvaliga shlem kiygan holda to‘p surishga moslasha olmay qiynaldim. Ayniqsa, stadionda shovqin kuchaygan paytlarda turli tovushlar g‘ashimga tegardi. Bundan tashqari, jamoadoshlarimni eshitish ham qiyinlashib qolgandi. Bunday lahzalarda shlemni uloqtirib yuborishga tayyor edim. Biroq shifokorlar uni yechishni taqiqlab qo‘yishgandi. Agar o‘zboshimchalik qilib qalpoqni yechib tashlasam, sug‘urtadan mahrum bo‘lardim. Lekin boshqa tomondan, mana shu himoya vositasi bilan to‘p surishimga qaramasdan, ikki marta miya chayqalishi bilan shikastlandim. Xo‘sh, boshimda shlem bo‘lmaganida nima bo‘lardi? Bu haqda hatto o‘ylashni ham istamayman».

Faoliyatidagi eng badjahl murabbiy

Bu borada Petr Chex quyidagicha fikr bildirdi: «Mourinyoning vajohati tez-tez o‘zgarib turadi. Ammo mening nazarimda, Joze hatto ehtiroslarini ham oldindan rejalashtirib olgandek tuyuladi. Qaysi uchrashuv ekanini hozir eslay olmayman, lekin bir safar tanaffus paytida u jahl ustida stolni shunday mushtladiki, stol ustidagi suv idishi va stakanlar har tarafga sochilib ketdi! Biroq bu - dengizdan tomchi, xolos. Eng dahshatli manzaraga 15 yoshli paytimda, Plzenning «Viktoriya» klubida duch kelganman. O‘shanda murabbiy erkak qiyofasidagi badjahl yalmog‘izga aylangan, yechinish xonasidagi barcha mahkamlanmagan buyumlar turli tomonlarga parvoz qilgandi. Uning dahshatli o‘kirishidan quloqlarimiz bitib qolgandi».

Chexning buyuk kasbdoshlari

«Oliver Kan, Peter Shmeyxel hamda Edvin van der Sar - mening «kumir»larim. Ularning tabiati turlicha bo‘lsada, qaysidir jihatlari bilan menga kuch-quvvat, ilhom baxsh etishgan. Buffonning parvozi ham menda kuchli taassurot qoldirdi. Iker Kasilyas xususida shuni ta’kidlar edimki, u juda barvaqt, 17 yoki 18 yoshida «Real»dagi faoliyatini boshladi. Aynan mana shu jihat menga qo‘shimcha dadillik baxsh etdi: «Shu yosh yigit «Real»dek grand sharafini himoya qilayotgan ekan, nega endi men o‘ynamasligim kerak?! Demak, yoshning ahamiyati yo‘q. Men maqsadga erishishga xalal beradigan biror-bir sababni ko‘rmayapman». Ikerning shijoati men uchun ajo-yib namuna bo‘ldi».

Frenk Lempard

«APL tarixidagi buyuk futbolchilardan biriga aylangan «Chelsi» afsonasi men uchun doimo oddiygina Frenki bo‘lib keldi va shundayligicha qolmoqda. Bu o‘ta samimiy munosabatni yuksak qadrlayman va bu bilan faxrlanaman».

Tibo Kurtua bilan hamkorlik

«Tarkibda ikki nafar mohir darvozabonning mavjudligi «Chelsi»ga yoqib qolgandi. Lekin duetni uzoq vaqt saqlab qolishning iloji yo‘qligini mutasaddilar oldindan his etishlari shart edi. Chunki bunday vaziyatda kimdir, ayni pallada men o‘z ishtirokimdan qoniqmadim. «Chelsi»ga kuchli hurmatim bois, mavzuni cho‘zib o‘tirmadim va masalani muzokara stolida hal qildik».

«Arsenal»

«Arsenal» safidan joy olganimdan behad mamnunman. Yangi jamoadagi ilk mashg‘ulotni intiqlik bilan kutgandim. Futbolga bo‘lgan muhabbatim, g‘alabaga chanqoqligim va motivasiya avvalgidan kam emasdi. Bu qarorni qabul qilishimda Arsen Venger muhim rol o‘ynadi. Uning klub va mening jamoadagi o‘rnim haqidagi hikoyalari taklifni qabul qilishimga sabab bo‘ldi».

Ijtimoiy tarmoQlardagi turfa fikrlar

«Mening «Arsenal»ga ketishimni aksariyat «Chelsi» muxlislari to‘g‘ri qabul qilishdi, samarali faoliyatim uchun minnatdorchilik bildirib, omad tilashdi. Lekin bema’ni fikrlar ham yo‘q emasdi. Ularning mualliflarini men «Chelsi»ning chinakam muxlislari deb hisoblamayman. Ular - shunchaki tarbiya ko‘rmagan kishilardir».

Venger va Mourinyo

«Hayotda bu ikki mutaxassisni qarama-qarshi qutb vakillari, desam xato bo‘lmaydi. Ulardagi yakka-yu yagona o‘xshashlikni futbolda uchratish mumkin - Venger ham, Mourinyo ham mag‘lubiyatni yoqtirishmaydi».

Kuchli zarbalarga munosabat

«Faoliyatim davomida ko‘plab kuchli zarba sohiblariga duch kelganman, kimnidir alohida e’tirof etishim mushkul. Lekin mening nazdimda eng kuchli zarbani yo‘llaydigan futbolchi - Robert Xut. U «Chelsi»dagi sobiq jamoadoshim. Mashg‘ulotlarda Robertning zarbalari rosa charchatgandi. Xayriyat, hozir Xut boshqa klubda o‘ynayapti» (kuladi).

O‘zini oQlagan bashorat

JCH-2010 arafasida Petr Chex bo‘lajak chempion xususida fikr bildirgan va yakunda uning bashorati to‘g‘ri chiqqandi: «Ishonchim komilki, chempionlik unvonini qo‘lga kiritish imkoniyati Ispaniya termasida ko‘proq. Chunki bu jamoaning o‘zagini sayyoraning eng kuchli klubi - «Barselona» vakillari tashkil etgan. Ulardagi hamjihatlik a’lo darajada».

Tarixiy final

2012 yilning mayida «Chelsi» YECHLning hal qiluvchi bahsida «Bavariya» bilan kuch sinashish uchun Myunxenga parvoz qildi. Nufuzli sovrin taqdirini belgilab beradigan o‘ta muhim bellashuv. Bunday paytlarda darvozabonlar raqiblari o‘yin uslubini sinchiklab o‘rganib chiqadilar. Lekin Chex charchoqni bahona qilib, bu ishni paysalga solaverdi. Vaholanki, uning qo‘lida «Bavariya» futbolchilarining so‘nggi 5 yil ichida amalga oshirgan penalti zarbalari yozuvi bor edi. Parvoz paytida Petr bekorchilikdan zerikdi, uxlay olmadi. Shu bois, vaqtini yozuv bilan tanishishga sarfladi. Shu tariqa darvozabon qimmatli ma’lumotlarga, jumladan, Robbenning «tabiiy» (chap oyog‘i bilan o‘ng tomonga), Shvaynshtaygerning «g‘ayritabiiy» (o‘ng oyog‘i bilan o‘ng tomonga) usullarini bilib oldi. «Myunxenga yetib borguncha ikki soatcha vaqtimni zarbalarni o‘rganishga sarfladim. Murabbiylar shtabi ham tegishli ko‘rsatmalarni berdi. Penaltilar seriyasi arafasida jamoadoshlarimdan maslahat so‘radim. Shunda Ilariu (uchinchi darvozabon) quyidagicha javob qaytardi: «Senga ko‘rsatmaning keragi yo‘q, busiz ham zarbalarni qaytara olasan». Ilariu deyarli haq bo‘lib chiqdi. «Overtaym»da Chex Robbenning zarbasini, penaltilar seriyasida Olich va Shvanshtaygerlar zarbalarini qaytardi. Qizig‘i, darvozabon barcha zarbalarda to‘p yo‘nalishini aniq topa olgandi. Yakunda Chex va uning «Chelsi»si ilk marta «shalpangquloq» kubokni qo‘lga kiritishdi.

Yakunlanayotgan faoliyat va kelajak

«Hozir yashil maydonlardagi 20-mavsumimni o‘tkazyapman, ilk shartnomani imzolaganimdan keyin shuncha vaqt o‘tdi. Endi futbol bilan xayrlashish vaqti keldi. APLdagi 15 yil ichida orzularimga erishdim, barcha sovrinlarga ega bo‘ldim. Mavsum oxirigacha «Arsenal»ga yordam berishga harakat qilaman. Keyin e’tiborimni maydon tashqarisidagi yumushlarga qarataman. Murabbiylik sohasiga befarq emasman. Faoliyatim davomida muayyan tajribaga, o‘yin falsafasiga ega bo‘ldim. Ular yordamida o‘z jamoamni shakllantirish, o‘z uslubim va mashg‘ulotlar jarayonini tashkil etish niyatidaman. Yangi sohada ham muvaffaqiyatga erishishimga umid qilaman».

Ha, chexiyalik afsona «Arsenal»da to‘rtinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Himoya chizig‘idagi jamoadoshlari uchun Petr nafaqat ishonchli qo‘rg‘on, balki eng yaqin yordamchi ham. Ular ko‘rsatmalarni oson tushunishlari uchun Chex mustaqil ravishda 5 xil xorijiy tillarni o‘rgandi. Natijada Belyerin va Monreal bilan ispan, Kosyelni bilan fransuz, Bundesligadan o‘tgan jamoadoshlari bilan esa nemis tilida so‘zlashadi. O‘z faoliyati davomida Petr APL doirasida 1000dan ortiq zarbalarni bartaraf etdi, 202 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini ta’minladi (rekord ko‘rsatkich), 4ta chempionlik, bittadan YECHL va YEL kuboklaridan tashqari, 4ta «Oltin qo‘lqop» va 18ta turli sovrinlarga sazovor bo‘ldi.

Xullas, yozda afsonaviy darvozabon qo‘lqoplarini mixga iladi. Tabiiyki, «to‘pchi»ga aylangan «tankchi» va uning ko‘p sonli muxlislari uchun yashil maydon bilan xayrlashish oson bo‘lmaydi. Lekin bu o‘tkinchi dunyoning shafqatsiz qonuni barchaga barobar, qahramonimiz ham bundan mustasno emas. Shunday ekan, mohir posbonga porloq kelajakni tilagan holda, uning yangi sohadagi muvaffaqiyatlarini kutish orqali unga va o‘zimizga taskin berishdan o‘zga iloj yo‘q.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 12:40, 30.01.2019. O'qildi: 6165 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 16
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Барселона Robert Levandovski 8
4 Мальорка Vedat Muriki 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Леванте Karl Etta-Eyong 6
8 Эльче Rafa Mir 6
9 Бетис Kucho Ernandes 6
10 Барселона Lamin Yamal 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.