"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich 2026 yilda "Barselona"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Fichajes nashrining xabar berishicha, serbiyalik forvard "Barselona"ning asosiy nishoniga aylangan. Manbaga ko‘ra, 25 yoshli Vlaxovich 2022 yilda "Fiorentina"ga 80 million yevro to‘lagan "Yuventus" bilan shartnomani uzaytirishdan allaqachon bosh tortgan. Ta’kidlanishicha, Vlaxovichning o‘yin uslubi "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka juda yoqmoqda.
Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda o‘nta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Yuventus" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.