Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Andrey Kanchelskis: «Mourinyo vaqtida ketdi, ammo u barbir qaytadi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘tgan chorshanba kuni Rossiya futbolidagi eng omadli legionerlardan biri, 90-yillardagi «Manchester Yunayted»ning yetakchi yarim himoyachisi Adrey Kanchelskis o‘zining 50 yoshlik tavallud ayyomini nishonladi.

Shu bois, «SSF» sayti jurnalistlari darrov «Navbahor» ustozi bilan aloqaga chiqib, uni tabriklash asnosida o‘zlarini qiziqtirgan ba’zi savollarga javob olishdi.

MANCHESTER VA LIVERPULDAN BO‘LGAN QO‘NG‘IROQ

- Avvalambor, samimiy qutlovlarimizni qabul qilib oling! Aytingchi, 50 - bu sizga nimani anglatadi?

- Ochig‘ini aytsam, bu raqamning men uchun hech qanday o‘zgacha xususiyati yo‘q. Yubileyga odatiy bir kundek yondashib, kamtargina nishonlayapman. Buning ustiga, hozir «Navbahor» klubi bilan Qrimdagi yig‘indaman va yubiley haqida o‘ylashga ortiqcha vaqtning o‘zi ham yo‘q. Miya esa faqat mashg‘ulotlar, tez orada boshlanadigan O‘zbekiston chempionati haqidagi fikrlar bilan band.

- «Navbahor» rahbariyatidagilar sizni tabriklashdimi?

- Albatta! Qolaversa, kattakon tort olib kelishdi. Jamoamiz tasvirchisi esa bu kichik tadbirni suratga olib, muxlislarga tortiq qildi. Ularga e’tibor uchun katta rahmat, deyman.

- Yana kimlar qo‘ng‘iroq qilishdi?

- «Manchester Yunayted»dan tabriknoma oldim. Shuningdek, «Everton»dagilar ham kaminani eslashdi. Bir-ikkita rossiyalik jurnalistlar, agentlar qo‘ng‘iroq qilishdi. Umuman, telefonimga juda ko‘plab begona raqamlardan xabarlar kelibdi. Ammo afsuski, mashg‘ulotlarga telefonimni olib ketmaganim uchun ularning aksariyatiga o‘z vaqtida javob qaytara olmadim.

- Murabbiylik faoliyatingizda tanaffus yuzaga kelgandi. Ayting­chi, «Navbahor»dagilar sizni qanday topishdi?

- Meni qanday topishganiga unchalik e’tibor qaratmadi-u, ammo eng muhimi, Namangan klubi o‘z vaqtida juda mashhur bo‘lgan. Muxlislar-chi?! Bunaqasini faqat orzu qilish mumkin: ular qaynoq, jo‘shqin, mag‘lubiyatni aslo yoqtirishmaydi. Uy o‘yinlarimiz har gal 20-25 ming muxlis guvohligida o‘tadi. Bu esa tabiiyki, bizni cheksiz quvontiradi. Ishqibozlar hatto, futbolchilarning mashg‘ulotlarini ham katta e’tibor bilan tomosha qilishadi. Shunaqa paytlarda beixtiyor «Fiorentina»ni eslayman. Chunonchi, Italiyada ham muxlislar klub bilan birga yashashardi. Bilasizmi, bir safar italiyalik tiffozilar ketma-ket mag‘lubiyatlardan so‘ng biz bilan ochiqchasiga gaplashib olish uchun klub bazasiga kelishgandi. O‘shanda Shtefan Effenberg sarosimada uyiga qochib qolgan. Bechora qattiq qo‘rqib ketgandi. Umid qilamanki, Namanganda muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatamiz va ahvol bu darajaga yetib bormaydi, hech qachon.

«NAVBAHOR» VA UNING REJALARI

- «Navbahor» oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?

- O‘tgan chempionatda biz uchinchi o‘rinni egallagandik. Demak, bu yil eng kamida kumush medallarni qo‘lga kiritishimiz lozim. Bu esa klubga qit’a arenalari sari yo‘l ochadi. Shuningdek, O‘zbekiston Kubogi bahslarida ham eng yuksak natija uchun kurashamiz.

- Jamoaning ba’zi o‘yinchilari Osiyo kubogida ishtirok etishdi. O‘zbekiston terma jamoasi esa turnirda munosib qatnashib, faqat penaltilar seriyasidagina Avstraliyaga mag‘lub bo‘lishdi.

- Ha, chindan ham amirliklarga borgan tarkibda bizning darvozabonimiz va bitta yarim himoyachimiz bor edi. Osiyo chempionati ular uchun katta tajriba bo‘lishi aniq. Tez orada yana uchun nafar futbolchimiz Olimpiya terma jamoasi yig‘iniga yo‘l oladi. Zero yigitchalar, chindan-da, iqtidorli. Tarkibimizda yana to‘rt nafar legioner ham bor. Bundan ortig‘iga limit yo‘l qo‘ymaydi.

- Mashg‘ulotlar Yevpatoriyada bo‘l­yaptimi?

- Xuddi shunday. Dastlabki yig‘inni Namanganda o‘tkazib, katta hajmdagi jismoniy yuklamalarni deyarli yakunlab olgandik. Bu yerda esa boshqa yo‘nalishlarda ishlayapmiz. Bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazib, qisqa tanaffus qilamizda, so‘ng Turkiyaga jo‘naymiz. Xullas, hammasi reja asosida ketyapti.

- O‘zi Qrim varianti qanday paydo bo‘ldi?

- Nega endi bo‘lmasligi kerak edi? Bu yerdagi mashg‘ulotlar bazasi juda ajoyib. Boz ustiga, do‘stlarim ham meni bu yerga bir necha bor taklif qilishgandi. Mayli, bunisi muhim emas. Asosiysi - kerakli manzillar bir-biriga juda yaqin, maydonlar holati zo‘r, havo ham iliq - 10 daraja atrofida. Darvoqe, moliyaviy jihatdan ham Qrim varianti juda qulay.

- Qrim atrofidagi mojarolar sabab UYEFA jazosiga yo‘liqishdan qo‘rqmaysizmi?

- Biz bu masalani safardan avval yaxshilab o‘ylab ko‘rganmiz. Axir biz bu yerda hech qanday rasmiy turnirda qatnashmaymiz. Shunday ekan, UYEFA sanksiyalaridan qo‘rqishga hojat yo‘q.

 

KOKORINNI JAZOLASH

- Rossiya futboliga befarq emasligingiz aniq. Ayni paytda «Zenit» Doxada yig‘in o‘tkazyapti. Sevimli futbolchingiz Aleksandr Kokorin esa Pavel Mamayev bilan qamoqda o‘tiribdi...

- Shaxsiy fikrimni aytaman: Kokorin qamoqda o‘tirishi emas, futbol o‘ynashi kerak. Ixtiyor menda bo‘lganida, ikkala futbolchiga kattakon, deylik, ikki million yevrodan jarima solib, pullarni bolalar uylari yoki internatlarga o‘tkazib berardim. Ularni hibsga olishdan kimga naf tegadi?! Katta jarima esa yigitlarni ko‘zini ochib qo‘yardi. Ha, Kokorin va Mamayevlar katta xato qilishdi, ammo unutmaslik kerakki, kamchilik hammamizda ham bor. Eng yomoni shuki, ular qamoqda qancha ko‘p o‘tirishsa, tiklanish jarayoni shunchalik ortga surilaveradi.

- Kokorinning «qo‘ylar podasi» haqida aytgan gaplarini eshitdingizmi?

- E, qo‘ysangizchi... Axir bu ehtirosga berilgan paytda aytilgan so‘zlar-ku... Qolaversa, Kokorin butun rus xalqini nazarda tutmagan. Aftidan, u vaziyatni bo‘rttirib ko‘rsatganlar haqida gapirgan. Biznikilar «pashshadan fil yasash»ga juda usta bo‘lib ketishgan...

SULSHER VA MAQTOV

- O‘z vaqtida «MYU» uchun ko‘plab gollar urib, ikki marta APL chempioni bo‘lgansiz, turli sovrinlar yutgansiz. Xo‘sh, klub tarixiga aloqador inson sifatida Joze Mourinyoning ketishiga nima deysiz?

- Mourinyo ozroq dam olmasa bo‘lmasdi. Chunki u juda hissiyotlarga beriluvchan shaxs. Baxtga qarshi, so‘nggi paytlarda uning ishlari yurishmay qoldi. Bir muammo ortidan ikkinchisi chiqib kelavergani sababli, ahvol o‘nglanmas darajaga yetib bordi. Menimcha, qisqa tanaffusdan keyin u yana murabbiylikka qaytadi. «MYU» bilan xayrlashuv esa o‘z vaqtida yuz berdi.

- «Qizil iblislar»ning yangi murabbiyi haqida fikringiz qanday?

- To‘g‘risi, men Sulsher bilan tanish emasman. Deylik, norvegiyalik klubga kelganida, men boshqa jamoa­da edim. Ha, hozirgi «MYU» Sulsher bilan ketma-ket g‘alaba qozonyapti. O‘yin sifati ham chakki emas. Ammo xulosa chiqarishga hali erta. Sulsherning asosiy yutug‘i shundaki, u jamoadan og‘ir ruhiy bosimni olib tashladi. Mourinyo vaqtida «qotib qolgan» Pogba va bosh­qa yulduzlarni qaytadan kashf qilmoqda. Biroq «MYU»ning asosiy o‘yinlari hali oldinda. Agar klub YECHLdan erta chiqib ketsa yoxud bu turnirga APL orqali yo‘l ololmasa, hozirgi muvaffaqiyatlar tezda unutilib ketadi.

- Lekin rahbariyat «mahalliylashtirilgan» xorijlik mutaxassisni tanlab, to‘g‘ri yo‘l tutdi...

- «Mahalliylashtirilgan» deganingiz nimasi?! Sulsher - norvegiyalik. Bu sizga Brayan Robson, Stiv Bryus yoki Mark Xyuz emas. Ammo «MYU» ishqibozlari chindan ham uni yoqtirishadi. Klubda u avvalgi obro‘sidan foydalanmoqda va asosiysi, bu naf keltiryapti. Xullas, aynan uning murabbiylikka taklif etilishida ortiqcha tavakkal yo‘q edi.

GLAZGO VA FLORENSIYADAGI DO‘STLAR

- 14 yoshli Pinyayev haqida eshitdingizmi? Rossiyalik bu yigitcha tez orada «MYU» akademiyasiga qabul qilinishi kutilmoqda.

- Bundan juda xursandman. Zero «MYU» akademiyasi - Yevropadagi eng yaxshilaridan biri. Har qanday yosh futbolchi uchun orzular mamlakati.

- «MYU»dan tashqari boshqa sobiq klublaringiz bilan ham aloqadamisiz?

- Albatta, lekin imkoniyatga qarab. Deylik, yaqinda Glazgoga safar qilib, o‘yinni tomosha qildim, «Reyndjers»dagi og‘aynilarim bilan suhbatlashdim. Florensiyaga esa oxirgi marta o‘tgan yili borgandim.

- Yevropada sizga murabbiylikni taklif qilishmayaptimi?

- Ochig‘i, Shotlandiyaning bir klubidan taklif olgandim. Biroq kelisha olmadik. Albatta, bu «Reyndjers» emasdi...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 19:57, 31.01.2019. O'qildi: 3109 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.