Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kelajakda «Oltin to‘p» uchun kurashidagan futbolchilar Top 5

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Sir emas, Ronaldo va Messining davritobora o‘tib bormoqda.«Oltin to‘p» qariyib 10 yildan oshiq muddat davomida ikki «Gigant» tomonidan band qilingandi… Vaqt o‘z so‘zini aytmay qo‘ymaydi, deganlaridek, ularga ham oliy hakam o‘z so‘zini o‘tkazmoqda. O‘z – o‘zidan bir savol tug‘iladi. Kelajakda bu sovringa kimlar da’vogar bo‘la oladi?!

Bugun shu savolga javob topishga urunib ko‘ramiz

Vinicius Junior

Hali 20 yoshga ham to‘lmagan Braziliyalik iqtidor egasi ko‘plab yoshlar singari «Real Madrid»da yo‘qolib qolmadi. U hammani hayratda qoldirgancha, asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanib bormoqda. Eng quvonarlisi shundaki, Vinisius qo‘rqmasdan o‘yinni o‘ziga bo‘ysundura oladi va tezkor qaror qabul qilish xususiyatiga ega. Kelajakda uning atrofida jamoa tuziladigan bo‘lsa, qahramonimiz o‘zining to‘liq imkoniyatlarini ko‘rsata oladi. Afsuski, u Ronaldo bilan bir jamoada o‘ynay olmadi. Bunday yosh va iqtidorli hujumchi uchun Krish yaxshigina mahorat maktabini o‘tab berishi mumkin edi… Mutaxassislar uning potensialini juda ham yuqori baholashmoqda. Sababi, unda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun mahorat yetarli, faqat, ishlashdan to‘xtab qolmasa bo‘lgani

Djeyden Sancho

«Manchester Siti» rahbariyati bu bolaga ishonqiramagan va boshqa ayrim sabablarga ko‘ra Dortmundning «Borussiya»siga arzimagan pulga sotib yuborishgan edi. Sancho yangi jamoasida o‘zining nimalarga qodir ekanligini namoyon qilib kelmoqda. Hozirda uning «sovchilari» ko‘pligiga qaramasdan futbolchi klub bilan uzoq muddatli shartnoma tuzdi. U o‘zini Bundesligada suvda yurgan baliqdek his qilmoqda. Uning Pako Alkaser bilan birgalikda hujumda ko‘rsatayotgan «tomoshalari» butun Yevropani hayratga solmoqda. Bu mavsum «Bavariya» jamoasi deyarli chempionlikni qo‘ldan boy berib bo‘ldi. Sababi, azaliy raqiblari bo‘lmish «Borussiya» fantastik formada. Jeydon Sancho o‘z ustida ishlashdan to‘xtab qolmasa, uni ajoyib kelajak kutmoqda.

Jurnalistlar unga bejiz “ «Oltin to‘p» ga «tortadi» “, -degan tashxisni qo‘yishmagan. Jeydon maydonda juda tez va taktik ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishi bilan ko‘plab klublarning transfer nishoni bo‘lib turibdi. «Borussiya» esa unga oid hech qanday takliflarni hali-beri ko‘rib chiqmasligini ochiqchasiga e’lon qildi.

Matteys De Ligt

Aql bovar qilmas jismoniy va ruhiy tayyorgarlikka ega zamonaviy markaziy himoyachi De Light hozirning o‘zidayoq qariyib butun Yevropaning transfer shortlistidan joy olgan. U maydonda yurak bilan emas, aql bilan harakat qiladi va vaziyatlarni oldindan o‘qiy oladi. To‘p uchun kurashda tanasi bilan foulsiz yengib chiqadi va tezkor qarshi hujum boshlay oladi…

Uning imkoniyatlari haqida gapirsak, gap ko‘p. Bir so‘z bilan aytganda u Serxio Ramos va Puyol singari haqiqiy sardor va yetakchi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan, terma jamoa uchun ham 13 ta o‘yinda maydonga tushgan qahramonimizning kelajagi porloq. Faqat o‘sishdan to‘xtab qolmaslik zarur. Aks xolda, Balotellining kuni uning ham boshiga tushishi aniq.

Klian Mbappe

Bu futbolchi shu yoshidayoq ko‘plab yulduzlar uchun orzu bo‘lgan JCH g‘olibligiga erishishga ulgurdi. Fantastik tezlik va o‘z kuchiga ishonch uni sekundsayin ulg‘aytirib bormoqda. Hozirgi kunda Transfermarketning eng qimmat futbolchisi sanaladigan qahramonimiz 2018-yilda «Oltin to‘p» ni olishga to‘liq haqli edi. Afsuski, Modrich klub miqiyosidagi g‘alabalari evaziga so‘rovnomada yutib chiqdi. Mbappe shu ro‘yxatdagi yigitlarning ichida birinchilardan bo‘lib «Oltin to‘p» ni qo‘lga kiritsa kerak. Sababi, unda buning uchun iqtidor va mahorat yetarli. Faqat klublar o‘rtasidagi sovrinlarni yutish qoldi, xolos.

Bonus

Fedor Chalov

Moskvaning «SSKA» jamoasi yosh hujumchisi hozirda RFPL da to‘purarlar bahsida yetakchilik qilmoqda. Undagi favqulotda iqtidor haqida to‘xtalmasak bo‘lmaydi. So‘nggi yillarda Chalov singari klassik hujumchilar sayyoramizda juda ham kamayib ketdi. Men uning o‘yinlariga qarab Fernando Mariyentesni ko‘rgandek bo‘laman. Vaziyatlardan ortiqcha ehtiroslarga berilmay, sovuqqonlik bilan foydalanadigan hujumchiga hozirda bir nechta top klublar qiziqib qolgan. Lekin «Armiyachilar» uni hali-beri qo‘yib yubormoqchi emas. Chalov «Oltin to‘p» uchun kurashga qo‘shilishi haqiqatdan yiroq, lekin uning iqtidorini alohida ko‘rsatishga qaror qildik.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:39, 02.02.2019. O'qildi: 17570 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик