Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 128 52 45 225
2 Yaponiya 40 67 61 168
3 Janubiy Koreya 21 26 43 90
4 O‘zbekiston 12 17 12 41
5 Qozog‘iston 9 13 23 45
6 Tailand 9 7 12 28
7 Eron 8 15 9 32
8 Bahrayn 8 2 3 13
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 3 9 18

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1860 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2113 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 28.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      08:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      09:30 Снукер. British Open. Финал.
      11:00 LIVE Снукер. Первый раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Теннис. Лондон.
      15:30 Снукер. Первый раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:30 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      21:00 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      23:00 Снукер. Второй раунд.
      00:00 Трейлраннинг.
      01:00 Велоспорт. Тур Хорватии. Шестой этап. Мужчины.
      02:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      03:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      04:30 Снукер. Второй раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umid Ahmadjonov Ilhom Mo‘minjonov haqida: «Jamoasini taron-taloj qilishni o‘ylaydiganlarga oramizda joy yo‘q»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

O‘FA qoshidagi qo‘mitalar va nihoyat Aziz Turg‘unboyev masalasini yopdi. Unga ko‘ra, biryo‘la 5 kishi futboldan ma’lum muddatlarga chetlashtirildi. Bu mavzu yuzasidan biz O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning fikrlari bilan qiziqdik.

“Aziz Turg‘unboyev masalasi o‘z yechimini topdi. Bu ishda bir emas, ikki qo‘mita a’zolari mehnat qildi. Mojaroga aloqador deb gumon qilingan shaxslar birma-bir chaqirtirilib, so‘roq qilindi. Bu esa gap nimada ekanini aniqlashga yordam berdi”, — deb gap boshladi Ahmadjonov.

— Qo‘mita a’zolari ish olib borayotgan vaqtda ular bilan ko‘rishdingiz. Ularga nimalar dedingiz?

— Ish boshlangan vaqtda hamma bilan uchrashdim. Gap-so‘zlar, murojaatlar, fikrlar xilma-xil bo‘layotgani, ularga e’tibor bermay, nizomlarda belgilab qo‘yilgani bo‘yicha adolatli qaror chiqarishlarini so‘radim. Ya’ni, bu yerda hech bir klubga yon bosish va kimnidir ayash shart emas edi. Har qanday holatda ham aybdorlar adolatli jazoga tortilsa, bu qolganlar uchun ham ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroq bo‘lardi.

— Bu yerda futbolchiga berilgan jazo jiddiy emasmi? Milliy terma futbolchisining keyingi taqdiri haqida o‘ylab ko‘rildimi?

— Birinchidan, Aziz yosh bola emas. Kelajagi haqida avvalo o‘zi o‘ylashi shart. Ikkinchidan, u milliy terma a’zosi bo‘ladimi yoki oddiy futbolchi — qonun-qoida hamma uchun bir. Uchinchidan, bunday holat mamlakat futbolida adashmasam birinchi bor bo‘layotgani yo‘q. Bungacha Ilhom Yunusov degan futbolchi ham ikki klub bilan shartnomaga imzo chekkani uchun 6 oyga chetlatilgan. Va to‘rtinchidan, qanday bosim bo‘lmasin, qanday ishontirishmasin, futbolchi o‘z haqini talab qilishni o‘rganishi kerak. Kimdandir qo‘rqsa, mana O‘FAga murojaat qilsin. Qaysidir futbolchining huquqlari poymol etilayotgan bo‘lsa, uni himoya qilishga kuchimiz yetadi.

— Ilhom Mo‘minjonovning chetlatilishiga qanday qaraysiz?

— Men yanada jiddiyroq jazo berishlariga ham qarshi bo‘lmasdim, aslida. Biroq komissiya shu qarorga kelgan bo‘lsa, biz uni hurmat qilamiz. O‘z klubi uchun borini berish o‘rniga, uni talash, taron-taloj qilish haqida ko‘proq o‘ylaydigan kishilarga oramizda joy yo‘q. U kim bo‘lishidan qat’iy nazar, kimningdir tuzini yeb, tuzlug‘iga tupurishi kerak emas. Bu hali hammasi emas, O‘FA inspeksiyasi boshqa masalalar yuzasidan ham tekshiruvlarni davom ettiradi. Agar kimdir totalizator yoki kelishilgan o‘yinlarda ham ishtirok etgan bo‘lsa, biryo‘la butun umrga chetlashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu gap hammaga tegishli. Kim shunday ish qilgan, qachon qilgan, nimani istagan — ahamiyati yo‘q, poyezd ketib bo‘ldi. Hamma qilmishiga yarasha jazosini olmasa, futbol shunday nopokliklar sabab tag-tomiridan chirib ketyapti. Ularni hoziroq to‘xtatishimiz shart.

— Irismetov va Sarikov masalasida nima deysiz?

— Qo‘mita ularni ham chetlashtirgan. Komissiya a’zolari buni izohlab berishdi. Masalan, har ikki klubni ham jarimaga tortish mumkin edi. Keyingi safar klublar o‘z ishchilarini nazorat qilmasa, tiyib turmasa, ular ham jazodan chetda qolmaydi. Chunki har bir klub o‘z xodimlari uchun javobgardir.

— Bu kabi ishlar bir-birining ketiga ulanib ketsa, ayni vaqtda futbolda faoliyat olib borayotgan bir qator nomlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinmi?

— Bunisi endi bizni qiziqtirmaydi. Nafsi yo‘lida futbol rivojini bir chetga surib qo‘ygan odam xoh yulduz bo‘lsin, xoh iqtidor egasi — birdek javob beradi. O‘zbekiston iqtidorlarga to‘la mamlakat, ularning o‘rni bo‘shab qolmaydi. Aslida mana shunday “bo‘rilar”ning borligi sabab ham qator iqtidorlar oyoq ostida, e’tibordan chetda qolib ketyapti.

Futbolni tozalashda davom etamiz, aybdorlarga shafqat qilinmaydi. Prezidentimizning o‘zlari har sohada shunday siyosat olib boryaptilarmi, nega endi bu narsa futbolni chetlab o‘tishi kerak? Futbol xalq uchun, biz ularni alday olmaymiz. Shu kabi ishlar girdobida qolgani uchun ham stadionlardan odamlarning qadami uzilgandi. Oson bo‘lmaydi, sekin-sekinlik bilan muxlislarni qaytaramiz.

Manba: UFA
Kiritildi: 14:57, 05.02.2019. O'qildi: 5382 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик