Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 134 53 45 232
2 Yaponiya 41 68 63 172
3 Janubiy Koreya 21 26 44 91
4 O‘zbekiston 12 17 13 42
5 Qozog‘iston 9 13 23 45
6 Tailand 9 8 12 29
7 Bahrayn 9 3 3 15
8 Eron 8 15 10 33
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 3 9 18

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1893 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2150 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 29.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Афины-2004.
      09:00 Снукер. Второй раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      15:30 Снукер. Второй раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Женщины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:15 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      21:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на трудность. Финал. Мировая серия. Копер.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Обзор.
      02:00 Трейлраннинг.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      03:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Islombek Ismoilov — o‘zbek futbolidagi yangi qiyofa

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Tayinlovlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Osiyo futboli haqida qariyb 10 yildan buyon yoritib kelayotgan britaniyalik futbol jurnalisti Martin Lou «The Asian Game» nashrida «Neftchi» bosh murabbiyi Islombek Ismoilov haqida maxsus tahliliy maqola e’lon qildi.

Martin Lou — Osiyo futboliga ixtisoslashgan mustaqil jurnalist va «The Asian Game» nashrining katta muallifi (Senior Contributor). U 2019 yilgi OFK Osiyo kubogi vaqtida Al Jazeera English telekanali hamda Football Nation Radio orqali futbol muxlislariga tanilgan.

Quyida jurnalistning Islombek Ismoilov va «Neftchi» haqidagi maqolasini o‘zbek tilida taqdim etamiz.

Chorak asrlik tanaffusdan so‘ng «Neftchi»ning OFK Chempionlar ligasi — Elit musobaqasiga qaytishi klub tarixidagi muhim voqeaga aylandi. O‘zbekistonning amaldagi chempioni tarixda ilk bor turnirning liga bosqichida ishtirok etmoqda.

Jamoa boshqaruvida esa o‘z rekordini o‘rnatish arafasida turgan yangi murabbiy — Islombek Ismoilov bor. U turnir tarixidagi eng yosh bosh murabbiy bo‘lish arafasida edi.

Ismoilov bu yutuqni ancha oldin ko‘zlagan. U dekabr oyida «Neftchi» bosh murabbiyi etib tayinlanganidan ko‘p o‘tmay, ushbu kelajakdagi rekord haqidagi xabarni ijtimoiy tarmoqlarida ulashgan. Kimgadir qariyb to‘qqiz oy oldindagi natijani nishonlash biroz ertadek tuyulishi mumkin edi. Ammo Ismoilov uchun bu tobora yuksalib borayotgan murabbiylik faoliyatidagi navbatdagi bosqich edi.

Murabbiylik kasbiga bag‘ishlangan faoliyat

34 yoshida Islombek Ismoilovning murabbiylik faoliyatidagi tajribasi va erishgan natijalarini to‘liq baholash oson emas. Uning faoliyatida allaqachon salmoqli muvaffaqiyatlar bor.

U «Paxtakor»ning sobiq bosh murabbiyi Murod Ismoilovning o‘g‘li. Murabbiylik faoliyatini juda yoshligidan Toshkent klubining akademiyasida boshlagan. Keyinchalik O‘zbekiston uchinchi ligasida ishtirok etgan ambisiyali «Turon» jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi.

Qo‘lga kiritilgan ketma-ket natijalar «Turon»ni Superligaga olib chiqdi va Ismoilov o‘zining murabbiylik salohiyati bilan ko‘plab muxlislar hamda mutaxassislar e’tiborini tortdi.

Keyinchalik u yoshlar futbolida ham katta muvaffaqiyatlarga erishdi. O‘zbekiston U-14 terma jamoasidan boshlab U-17 darajasigacha bo‘lgan faoliyati davomida jamoani Osiyo kubogi g‘olibligiga olib bordi. Shuningdek, U-17 Jahon chempionatida 1/8 finalga qadar yetib bordi va keyinchalik turnir g‘olibiga aylangan Italiya terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, Ismoilovning futbol olamidagi nufuzi tobora oshib bordi.

Bugun u O‘zbekiston futbolidagi yangi avlod murabbiylari orasida nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham o‘ziga xos qiyofaga ega. Ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, o‘ziga bo‘lgan qat’iy ishonchi va zamonaviy qarashlari bilan Islombek Ismoilov O‘zbekiston futbolidagi yangi avlodni ifodalovchi murabbiylardan biriga aylanmoqda.

Zamonaviy futbol va hujumkor falsafa

O‘zbekistonda Timur Kapadze va Sergey Tokov kabi istiqbolli yosh murabbiylar ham bor. Ammo Ismoilov o‘z qarashlari bilan an’anaviy o‘zbek murabbiylik maktabidan yanada uzoqlashmoqda.

Uning falsafasi, avvalo, hujumkor futbolga asoslangan. Taktik qarorlar qabul qilishda statistika va tahliliy ma’lumotlarga katta e’tibor beradi.

Ismoilov uchun eng muhim jihatlardan biri — jamoaning o‘ziga xos futbol identiyentiga ega bo‘lishi.

Uning jamoalari yuqori sur’atda, faol pressing ostida va hujumkor ruhda o‘ynashga intiladi. Tezkor hujumlar va yuqori energiyaga asoslangan ushbu futbol uslubi uni Markaziy Osiyoda zamonaviy Yevropa futboliga eng yaqin murabbiylardan biriga aylantirmoqda.

Eng muhimi, bu yondashuv O‘zbekiston Superligasida ham o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

Farg‘onadagi yangi davr

Mavsum boshida Farg‘onaga kelgan Ismoilov oldida katta vazifa turardi. U «Neftchi»da asr boshidan buyon klubga ilk katta muvaffaqiyatni olib kelgan Vitaliy Levchenkoning o‘rnini egalladi.

Ismoilov avvalgi murabbiydan himoyaviy barqarorlik va minimal hisobdagi g‘alabalarga tayanadigan jamoani qabul qilib oldi.

Biroq ikki murabbiyning futbol falsafasi bir-biridan ancha farq qilardi.

Ammo bu tafovut uzoq davom etmadi.

Ismoilov boshqaruvidagi dastlabki beshta uchrashuvda «Neftchi» 16 ta gol urdi va bor-yo‘g‘i 1 ta gol o‘tkazib yubordi, shuningdek, turnir jadvalida peshqadamlik qildi.

Ambisiyali, shiddatli va samarali futbol — bu Ismoilovning imkoniyatlariga shubha bilan qaraganlarga berilgan ilk javob edi.

Bundan tashqari, «Neftchi» chempionlik uchun asosiy raqiblaridan biri bo‘lgan «Paxtakor» ustidan Superkubokda ishonchli g‘alabaga erishdi. Bu Ismoilov uchun O‘zbekiston futbolidagi ilk sovrin va murabbiylik faoliyatidagi navbatdagi rekord bo‘ldi.

«Neftchi»ning uyg‘onishi

«Neftchi»dagi yangi davr tasodifan yuzaga kelgani yo‘q.

Klubning rivojlanish strategiyasida futbolga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yosh va istiqbolli murabbiy tanlovi, tajribali xorijlik mutaxassislarning jalb etilishi hamda transfer siyosatining kuchaytirilishi jamoaning ambisiyalarini yanada oshirdi.

O‘tgan mavsum chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibga bu yil ham yangi futbolchilar qo‘shildi.

Terma jamoa futbolchilari Jamshid Iskandarov va Alisher Odilovdan tashqari, xorvatiyalik hujumchi Stipe Peris hamda Fransiya Liga 1 tajribasiga ega bo‘lgan qanot himoyachisi Koffi Kuako kabi futbolchilarning kelishi jamoaga yanada katta imkoniyatlar va tarkib chuqurligini taqdim etdi.

Endi «Neftchi» bir vaqtning o‘zida bir nechta frontda kurash olib borishi kerak.

Bu esa Ismoilov uchun mavsumdagi eng katta sinovlardan biridir.

Chempionlar ligasi va O‘zbekiston

«Neftchi»ning OFK Chempionlar ligasi — Elitdagi ishtirokiga bo‘lgan katta e’tibor faqat klubning 25 yildan so‘ng qit’a futboliga qaytishi bilan bog‘liq emas.

Bu — O‘zbekiston futboli uchun ham muhim voqea.

«Bunyodkor»ning eng yaxshi davrlaridan buyon O‘zbekiston klublaridan biri qit’a miqyosida bunday yuqori maqsadlarni ochiqchasiga qo‘yib kelmagan edi.

«Neftchi» dekabr oyida chempionlikni qo‘lga kiritganidan beri e’tibor aynan Chempionlar ligasi — Elit musobaqasiga qaratildi.

Maqsad oddiy — turnirda shunchaki ishtirok etish emas, balki raqiblarga munosib qarshilik ko‘rsatish va o‘z so‘zini aytish.

Albatta, oldinda juda katta sinovlar bor.

«Neftchi»ning asosiy kuchlaridan biri — Farg‘onadagi muxlislarning beqiyos qo‘llab-quvvatlashi.

Biroq liga bosqichidagi to‘rtta uy uchrashuvining uchtasi Saudiya Arabistoni klublariga qarshi bo‘ladi. Ularning tarkibidagi ayrim futbolchilarning transfer qiymati «Neftchi»ning butun tarkibidan ham yuqori.

Shunga qaramay, imkoniyatlar mavjud.

Yangi tarixning boshlanishi

«Neftchi»ning «Al-Quva Al-Javiya»ga qarshi Farg‘onadagi ilk uchrashuvi ayniqsa muhim ahamiyatga ega.

Ismoilovning ijobiy va hujumkor yondashuvi jamoaga dastlabki uchrashuvdayoq g‘alaba qozonish, ishonch va katta impuls olish imkonini berishi mumkin.

Ismoilovning yuksalishi esa hozircha chegarasizdek ko‘rinmoqda.

Dekabr oyida «Neftchi» bosh murabbiyi etib tayinlanganida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan o‘sha postiga kelasi yili yana bir bor o‘zgartirish kiritishiga to‘g‘ri kelishi ham mumkin.

O‘zbekiston futbolidagi eng yosh murabbiydan — bir necha yil ichida OFK Chempionlar ligasi tarixidagi eng yosh murabbiygacha.

Endi 34 yoshli mutaxassisni qanday kelajak kutmoqda?

O‘zbekiston terma jamoasi?
Osiyo?
Yevropa?

«Kuzatishda davom etamiz», — deb yoziladi maqolada.

Manba: @pfcneftchi_uz
Kiritildi: 14:31, 15.09.2026. O'qildi: 1255 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик