Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • 1:2
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • 2:1
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • 4:1
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • 0:0
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • 2:1
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • 1:0
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • 1:2
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • 1:1
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • 0:2
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
      • 29.12.2025 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Inter
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 18 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 18 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 17 27
8 Brentford 18 26
9 Kristal Pelas 17 26
10 Fulhem 18 26
11 Everton 18 25
12 Brayton 18 24
13 Nyukasl 18 23
14 Tottenhem 17 22
15 Bornmut 18 22
16 Lids 17 19
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 13
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
18-тур Arsenal 2-1 Brayton
18-тур Brentford 4-1 Bornmut
18-тур Byornli 0-0 Everton
18-тур Liverpul 2-1 Vulverhempton
18-тур Vest Xem 0-1 Fulhem
18-тур Chelsi 1-2 Aston Villa

Navbatdagi o'yinlar.

28/12/25 Sanderlend - Lids
28/12/25 Kristal Pelas - Tottenhem

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Intervyu. Eldor Sakayev: «Maqsadimiz superligada munosib qatnashish»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ikki yillik tanaffusdan keyin yana Superligaga qaytgan «Andijon» klubi yangi mavsumga astoydil ko‘rmoqda. Shuningdek, jamoa tarkibni ham sezilarli darajada kuchaytirish niyatida. Biz andijonliklarning navbatdagi mashg‘uloti yakuniga yetgach, klub bosh murabbiyi Eldor Sakayevdan yangi mavsumga tayyorgarlik hamda tarkibdagi o‘zgarishlar borasida intervyu oldik.

- Eldor Usmonovich, suhbatimizni 2018 yil yakunlari borasidagi fikrlaringiz bilan boshlasak...

- O‘zingizga ma’lum, o‘tgan yili O‘FA va PFL tomonidan Superliga hamda Pro-ligada bir qator islohotlar o‘tkazildi. Jumladan, quyi liga jamoalari infratuzilmasiga qarab, «A» va «V» guruhlarga ajratildi. Ta’kidlash joizki, 2017 yildagiga qaraganda, 2018 yilgi mavsum bahslari ancha qiziqarli hamda murosasiz tarzda o‘tdi. Jumladan, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish yo‘lida bizga «Mash’al», «Istiqlol», «Surxon», «Sho‘rtan» va «Dinamo» klublari munosib qarshilik ko‘rsatishdi. Shunday bo‘lsa-da, biz o‘z niyatimizga yetib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Superligada klublar soni 12 taga qisqartirilgach,  futbolchilar o‘rtasida ham raqobat ancha kuchaydi. Qisqasi, o‘tgan mavsumdagi islohotlar o‘z samarasini berdi, menimcha.

- Jamoada bo‘lajak mavsumga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

- Tayyorgarlikni o‘tgan yilning 28 dekabridan o‘z qarorgohimizda boshladik. Uch kunlik mashg‘ulotlardan ke­yin Yangi yil munosabati bilan futbolchilarga qisqa muddatli ta’til berildi. 4-8 yanvar kunlari yana Andijonda yig‘ilib, mashg‘ulotlar o‘tkazdik. 9 yanvardan esa o‘quv-mashg‘ulot yig‘inimizni Toshkentda olib boryapmiz. Poytaxtda kuniga 2 mahal mashg‘ulotlardan tashqari, bir qator nazorat-sinov bahslari ham o‘tkazyapmiz. To‘g‘ri, o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi hisoblar ijobiy ko‘rinish olmadi va ko‘plab o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchradik. Ammo nazorat bahslarida sparring-raqiblarga kichik hisoblarda imkoniyatni boy berganligimizni ham ta’kidlash joiz. Bundan tashqari, o‘rtoqlik uchrashuvlarida asosiy maqsad natija emas, balki futbolchilarning jismoniy  va ruhiy tayyorgarliklarini ko‘zdan kechirib olish. Mazkur o‘yinlar orqali qaysi pozisiyada kamchiliklar borligini bilib, shuning ustida ishlayapmiz. Shuningdek, seleksiya ishlari ham davom etmoqda.

- Jamoaning keyingi rejalari qanday? Xorijda ham yig‘in o‘tkaziladimi?

- Albatta. Imkoni bo‘lsa, Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Mazkur masala tez orada hal bo‘ladi.

- Jamoa tarkibida qanday o‘zgarishlar yuz berayotganligi barchani qiziqtiradi. Shu haqda ham to‘xtalib o‘tsangiz...

- O‘zingizga ma’lum, Superliga bilan Pro-liganing o‘rtasida katta farq bor. Shu bois, tarkibni kuchaytirishga harakat qilyapmiz. O‘tgan yili «Andijon» sharafini himoya qilgan o‘yinchilardan Nikita Ribkin, Oybek Ortiqov, Eldor Mamatkazin, Xushnud Avilov, Farhod Mirahmadov, Farhod Bekmurodov, Davron Isoqov, Shahboz Jumaboyev, Sunnat Ermatovlarni tarkibda olib qoldik. Superliga klublarida o‘ynagan bir qator tajribali va mahoratli futbolchilar, shu jumladan, Bobur Akbarov, Bobur Amonov, Abror Husinov, Abdurahmon Abdulhaqov, Abdulloh Olimov, Ro‘zimboy Ahmedov hamda Sardor Sulaymonovlar safimizga qo‘shilishdi. Darvoqe, bugun serbiyalik himoyachi bilan ham shartnoma tuzdik.

- Demak, legionerlar limitidan to‘liq foydalaniladi?

- Xuddi shunday. Aslida har bir chiziqqa bittadan malakali xorijlik o‘yinchini jalb etishni niyat qilganmiz. Mazkur seleksiya ishlarini amalga oshirishda, shuningdek, jamoa tarkibini shakllantirishda yaqindan yordam berayotgan Andijon viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shuhrat Qo‘shoqboyevich Abdurahmonovga jamoamiz va muxlislar nomidan minnatdorchilik bildiraman.             

- Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, murabbiylar shtabidan Viktor Jalilov va Amet Memetlar joy olishgan. Ular hozir siz bilan birgami?

- Bilishimcha, Qrimda istiqomat qilayotgan Amet Abdullayevichning keksa otasi betob ekan. Shuning uchun Amet Memet klubdagi faoliyati borasida keyinroq gaplashishini ta’kidlab, Simferopolga ketdi. Viktor Romanovich ham oilaviy sabablarga ko‘ra, jamoadagi faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Ayni paytda menga Qobil Olimjonov, Jamshid Saidov va Diyorbek Mirzaboyevlar yordam berishyapti.     

- Bir vaqtlari Namanganning «Nav­bahor» klubida ham to‘p surgansiz. Namanganliklarning o‘tgan mavsumda namoyish etgan o‘yinlari borasida nima deya olasiz?

- Albatta, sobiq jamoamning Superligadagi bahslarini nafaqat televizor orqali, balki, bevosita Namangandagi stadionda ham tomosha qildim. «Navbahor» o‘tgan mavsumda tezkor o‘yinlar ko‘rsatib, o‘z maydonida kuchli raqiblar ustidan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu ijobiy natija esa «lochinlar»ning yana sovrindorlar safidan joy olishlarida asqotdi. Menga ayniqsa, «Navbahor» yarim himoyachilari Azizbek Turg‘unboyev va Oston O‘runovning o‘yinlari yoqdi. Oston ancha yosh bo‘lishiga qaramay, juda ajoyib o‘yin namoyish etdi va haqli ravishda 2018 yilning «eng yaxshi yosh futbolchisi» deb tan olindi.

- «Andijon»ning Superligaga qaytishi tufayli «vodiy derbisi» jonlanadi...

- Qo‘shnilarning to‘qnashuvi doimo o‘z nomiga yarasha murosasiz va kurashlarga boy o‘tadi. Bu vodiy klublari uchun o‘ziga xos chaqiruv. Barchamiz muxlislar uchun ishlaymiz. Shunday ekan, «vodiy derbisi»da ham munosib o‘yin namoyish etishga intilamiz.

- O‘tgan mavsumda Superligada «oltin ochko» tizimi qo‘llangandi. Bu yil esa bahslar boshqacha tizimda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bunga qanday qaraysiz?

- Hech bir jamoa muvaffaqiyatga osonlikcha erishmaydi. Uch ochkoni qo‘lga kiritish uchun futbolchilar ter to‘kishadi, murabbiylarning esa asablari taranglashadi. «Oltin ochko» tizimi esa mehnatlarning besamar ketishiga olib kelayotgandi. Shu sababli, tizimning bekor qilinishini yoqlayman. Chunki peshona teri bilan qo‘lga kiritilgan har bir ochko jamoalar uchun qadrli.

- Yangi mavsumda «Andijon»ning oldiga qanday vazifa qo‘yiladi?

- Quyi ligadan yuqori ligaga yo‘l olgan klub uchun asosiy maqsad, albatta, Superligada o‘z o‘rnini saqlab qolish. Ammo biz imkoni boricha yuqori o‘rinlar sari intilamiz. O‘ylaymanki, bunga qurbimiz ham, imkoniyatimiz ham yetadi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:13, 09.02.2019. O'qildi: 2172 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 7
6 Манчестер Сити Filip Foden 7
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Тоттенхэм Risharlison 7
9 Ньюкасл Nik Voltemade 7
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.