Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Surxon» Superligaga da’vogar…mi?

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ayni paytda uning joyi Pro “A”ga ham “tortishi” qiyin, ammo boshlangan ishlar ko‘lami ijobiy bahoga ham loyiq ko‘rilmoqda.  

Keyingi paytlarda Termizning “Surxon” jamoasi bilan bog‘liq shov-shuvlar ko‘paysa ko‘payyaptiki, kamayayotgani yo‘q. Tajribali mutaxassis Ilhom Mo‘minjonovning bosh murabbiy bo‘lishi, keyin ma’lum muddatga chetlashtirilishi, jamoa Anvar Soliyev qo‘lga o‘tishi, tarkibning tobora kuchayib borishi, jamoa kun yoki haftalab emas, balki oylab poytaxtda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishi, hammasidan ham jamoaning Super ligaga da’vogarlik qilishi shov-shuvlarning bosh sababchisi bo‘lib keldi.  

Rostdan ham Surxondaryo vakili hisoblangan jamoa yanvar oyidan buyon mashg‘ulotlarini poytaxtda o‘tkazyapti. Tarkibga kelib qo‘shilgan futbolchilarga e’tibor bering - Asilbek Omonov, Sherzod Karimov, A’zam Aliyev, Azamat Allaniyozov, Dilshod Jabborov, Zabixillo O‘rinboyev, Vladimir Bubanya, Darko Stanoyevich... Kelgan va kelayotganlarning o‘zi bir jamoa. Bugun “Surxon” “lagerida” yana bir taniqli inson jamoaga tanishtirildi. Ilhom Mo‘minjonov o‘rniga vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini Anvar Soliyev bajarib turgandi, bugun klub mutasaddilari uni sport direktori lavozimiga o‘tkazishdi. Jamoa bosh murabbiyi deb esa asli kelib chiqishi surxondaryolik bo‘lgan, 2016-2018 mavsumlarda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida bosh murabbiy va yordamchi murabbiy lavozimlarida faoliyat yuritgan, “PRO” murabbiylik lisenziyasiga ega Andrey Miklyayev tanishtirildi.   Tarkib-ku kuchaytirilyapti, mashg‘ulotlar, o‘rtoqlik uchrashuvlari Superliga darajasida amalga oshirilyapti. Lekin “Surxon”ning manzili – Termiz shahridagi sharoitlar Super liga talabiga javob bera oladimi?

    Snimok3.PNG 

Yaqinda O‘zbekiston Professional futbol ligasining maxsus guruhi vaziyatni o‘rganish maqsadida Termizga tashrif buyurdi. Ma’lum bo‘lishicha, barcha e’tibor Toshkentga – tarkibni kuchaytirishga qratilgan-u, bu yerda – Termizda deyarli ish qilinmagan. Sharoit Superligaga emas, hatto Pro “A”ga ham javob bera oladigan darajada bo‘lmagan.

To‘g‘ri, klub O‘zPFL tomonidan Super va Pro “A” liga klublari zimmasiga yuklayotgan talablar sifatida birinchilardan bo‘lib futbol akademiyasiga ega bo‘ldi – viloyat futbol akademiyasi bilan hamkorlik shartnomasi tuzdi, yangi ta’mirdan chiqqan stadion va uning chimi yuqori toifadagi musobaqa o‘tkazish talabiga javob bera oladi. Ammo shundan boshqa talablarga e’tibor qaratilmagan.

Aytaylik, muhim talablardan biri stadionning yoritgich masalasi hal etilmagan, qad rostlab turgan eski yoritgichlarning quvvati ancha past, stadion o‘rindiqlari o‘tgan yili zamonaviy o‘rindiqlar bilan almashtirilishi boshlangan-u, chala qolib ketgan. Stadionni ta’mirdan chiqqan dedik, biroq jihozlanmagan, futbolchilarning kiyim almashtirish, matbuot anjumani o‘tkazish xonalari, umuman, hali jihozlar xarid qilinmagan. Yana boshqa kamchiliklar ham talaygina.  

 Snimok1.PNG 

Bu kechaning manzarasi edi, bugun esa Termizda, aynan “Surxon” sport majmuasida butunlay boshqacha manzara. O‘zPFL vakillarining so‘roq-so‘rog‘i ta’sir qildimi yoki viloyat hokimiyati-yu klub mutasaddilarining ish boshlashi bo‘yicha rejasi shu muddatga belgilanganmidi, xullas bugun Termizda katta ko‘lamdagi ishlar boshlanib ketdi.

Avvaliga klubning to‘rt-besh kishilik vakillari, stadion direktoridan iborat katta guruh qurilish tizimi bo‘yicha birxillikka ega bo‘lgan AGMK stadioniga tashrif buyurdi va u yerdagi sharoit bilan yaqindan tanishdi. Ko‘p o‘tmay, barcha e’tibor “Surxon” sport majmuasini ham AGMK darajasiga keltirish harakatlariga qaratildi. Shu tariqa ayni paytda Termizda chinakam tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.  

Ish shu tarzda davom etadigan bo‘lsa, kim biladi, “Surxon”ning Superligaga da’vogarlik urinishlari haqiqatga aylanadimi? Klub Superligadan joy oladimi-yo‘qmi, ruxsat berilsa kimning o‘rnini to‘ldiradi yoki Pro “A”da faoliyat yuritadimi, endi bu boshqa masala... 

Manba: UZA
Kiritildi: 13:14, 16.02.2019. O'qildi: 5356 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.