Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Dinamo 28 56
4 Paxtakor 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 28 44
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 28 31
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 28 26
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 28 15

O'tgan o'yinlar.

28-тур OKMK 3-1 Navbahor
28-тур Buxoro 1-1 Neftchi
28-тур Qo‘qon-1912 0-0 Paxtakor
28-тур Bunyodkor 1-3 Dinamo
28-тур Nasaf 1-2 Mash’al
28-тур Qizilqum 2-1 Andijon
28-тур Xorazm 0-2 So‘g‘diyona
28-тур Surxon 1-0 Sho‘rtan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 16.11.2025

      07:00 Д/ф "Килиан Мбаппе. Восходящая звезда".
      08:00 Д/ф "Бобби Робсон. Больше, чем тренер".
      09:40 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      11:35 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      13:30 Д/ф "КОПА 71".
      15:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      17:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      19:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      21:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      23:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      01:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      02:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 16.11.2025

      05:00 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 109 кг.
      06:05 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. Свыше 109 кг.
      07:10 "Страна спортивная".
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2.
      10:10 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Кубок России "Суперфинал РДС" на трассе "Ростов Арена".
      11:00 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      12:35 Д/ф "Криштиану Роналду. Единственный и неповторимый".
      13:45 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      15:25 "Эволюция спорта".
      15:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Женщины. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      16:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Мужчины. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      17:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Женщины. Финал. Прямая трансляция.
      18:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Мужчины. Финал. Прямая трансляция.
      20:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      20:25 "Непобедимый".
      20:55 LIVE Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 3. Прямая трансляция.
      23:30 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      01:05 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      01:35 Боулинг. Кубок Дружбы. Россия - Узбекистан.
      03:40 "Эволюция спорта".
      04:05 Прыжки на батуте. ФГК Чемпионат России в Екатеринбурге.
  • MATCH-TV
    • Sana: 16.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли. Прямая трансляция.
      11:00 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC 173 в Токио, Япония. Анатолий Малыхин против Умара Кейна. Прямая трансляция.
      16:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:55 LIVE Футбол. Лига Пари. "Челябинск" - "КАМАЗ" (Набережные Челны). Прямая трансляция.
      19:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Металлург" (Магнитогорск). Прямая трансляция.
      22:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:00 Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли.
      01:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:35 Д/ф "Мэнни Пакьяо. Непреодолимая сила".
      04:00 Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Белогорье" (Белгород) - "Зенит-Казань".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 16.11.2025

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. Сессия 2.
      08:00 Олимпийский канал. "Сила Олимпиады". "Милан-Кортина 2026. 100 дней до начала".
      09:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      10:00 Автоспорт. WEC. Финальный этап. "8 часов Бахрейна" в Сахире. Лучшие моменты.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      13:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      13:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка. Прямая трансляция.
      15:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      16:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      16:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка. Прямая трансляция.
      18:00 LIVE Пауэрлифтинг. Чемпионат мира в Клуж-Напоке, Румыния. Женщины. До 84 кг; Мужчины. Свыше 120 кг. Прямая трансляция.
      21:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      22:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Короткая программа.
      23:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Произвольная программа.
      00:10 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Танцы на льду. Произвольный танец. Прямая трансляция.
      01:55 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Произвольная программа. Прямая трансляция.
      04:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

MTJ: Tahlil, tarkib, xulosa…

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston milliy jamoasining BAA yashil maydonlarida kamida yarim finalga chiqishini kutganimiz rost. Turnir boshlanishidan oldin ayrimlar tarkib va o‘yin jihatidan vakillarimizni chempionat favoriti sifatida e’tirof etishdi. Hattoki, bosh murabbiy Ektor Kuper ham shu mazmunda gapirgandi. Bosh jamoamiz imkoniyatlarini sizu-bizdan yaxshi biladigan argentinalik mutaxassisning bunday dangal bayonoti muxlislarda ko‘tarinki kayfiyat hosil qilgani, shubhasiz. Afsuski, milliy termamiz bu galgi Osiyo kubogidagi ishtirokini ancha erta yakunladi, garchi o‘yin nuqtai nazaridan katta umid uyg‘otgan bo‘lsada. Tushunarliki, har qanday mag‘lubiyat alam qoldiradi, uni birdaniga unutish qiyin... Xo‘sh, jamoamiz qayerda xatoga yo‘l qo‘ydi? OK-2019 natijasi tasodifmi yoki Kuperning himoyaviy o‘yin asosiga qurilgan uslubi «meva»si?

Hozirda muxlislar milliy jamoamizning qit’a birinchiligidagi ishtiroki yuzasidan ikki xil fikr bildirmoqdalar. Birinchi lagerning xulosasi: yigitlarimiz munosib o‘ynashgan, yakunlangan turnir yangilanayotgan tarkib uchun katta tajriba vazifasini o‘tab bergan. Ikkinchi tomon aksincha, yana natijani asosiy mezon sifatida ko‘rsatib, jamoaga tanqidiy ko‘z bilan qaramoqda. Muxlislar baho berishda deyarli teng ikki lagerga bo‘linishganing sababi oddiy: vakillarimiz turnir davomida darhaqiqat, turlicha taassurot uyg‘otishdi. Chunonchi, ba’zi uchrashuvlarda faqat natija uchun o‘ynashdi, qolganlarida ijobiy yakunni chiroyli va mazmundor futbol namoyish etish asnosida ta’minlashdi. Afsuski, bunday yondashuv o‘zini to‘liq oqlagani yo‘q. Ya’ni kutilgan natija sari yetaklamadi. Turnir davomida ko‘rdik, ayrim futbolchilarimizda ishtiyoq juda baland, shuning barobarida ba’zi yigitlarimiz ayni shu masalada oqsashdi. Misol uchun, yetakchilardan faqat Odil Ahmedov va Ignatiy Nesterov ijrosidagi o‘yin manzur bo‘ldi, xolos. Terma jamoamiz libosini ancha oldin kiyishgan Akmal Shorahmedov, Marat Bikmayev, qolaversa, musobaqa starti arafasida ajoyib sport formasini tiklagani aytilgan Sardor Rashidov kabi tajribali futbolchilarimiz haqida esa bunday iliq fikr bildirish mushkul. Osiyo chempionati ular uchun shunchaki, faoliyatlaridagi navbatdagi oddiy turnir sifatida yodda qoldi, bizningcha. Ayniqsa, Shorahmedovning orqa chiziqdagi xatolari, Bikmayevning hujumda aytarli naf keltirolmagani hafsalamizni pir qildi. Ha, Marat chempionatdagi birinchi golimizga katta hissa qo‘shdi (eslang, aynan u jarima zarbasi ishlagandi), ammo faxriy hujumchidan ancha ko‘prog‘ini kutgandik. Yaxshiyamki, o‘tgan yili Osiyo futbolini mahv etgan bir qator yosh futbolchilarimiz maydonda ishtiyoq bilan, asosiysi, mas’uliyatni his qilgan holda harakatlanib, qaysidir ma’noda akalaridagi sustkashlik o‘rnini yopishdi. Ayniqsa, futbolimizning yaqin kelajakdagi bosh umidlari - Eldor Shomurodov va Doston Hamdamov uchun xursand bo‘lishimiz kerak. Bu musobaqa ularga chinakam burilish nuqtasi bo‘lsa, ajabmas.

Bosh murabbiy Ektor Kuper haqida nima deyish mumkin? Hammaga ma’lum, argentinilik mutaxassisni taklif etishdan asosiy maqsad - Qatar-2022 mundialiga yo‘l ochish. Kuper ish boshlagan vaqtdan buyon jamoamizda himoyaviy futbol yo‘lga qo‘yilayotgani bot-bot tilga olinmoqda. Turnir boshlanmasidan oldin esa himoyaviy uslub o‘zbek futboliga uncha to‘g‘ri kelmasligi ko‘p bora ta’kidlandi. Mana, murabbiy tomonidan ma’qullangan va maqtalgan taktik chizma samara keltirgani yo‘q, hisobi. Har holda, vakillarimiz chempionatdan ancha barvaqt qaytishdi. Himoyaga kuchli e’tibor vositasida ko‘zlangan natijaga erishish mumkindir, lekin buning bitta eng yomon tarafi shuki, futbolchilar butun 90 daqiqa davomida maydonda bosim va qo‘rquv bilan harakatlanishadi. Bosh-qacha aytganda, ular asosan gol qo‘yib yubormaslik haqida bosh qotirishadi. Muxlislarda esa «igna ustida o‘tirish»dan o‘zga ilojlari qolmaydi. Ochig‘i, BAA-2019 o‘yinlarida ayrim futbolchilar hattoki, maydondagi asl vazifalarini anglamagandek taassurot qoldirishdi. Xo‘sh, himoyaviy futbol vositasida chempion bo‘lishimiz mumkinmidi? Albatta, yo‘q! Ayniqsa, Avstraliya termasiga qarshi kechgan uchrashuvning ikkinchi va yakuniy  qismida yurak hovuchlab o‘tirishimizga to‘g‘ri keldiki, bu holatni janob Kuper «imzo»si bilan bog‘lasak, hech kim ranjimasa kerak. Binobarin, futbolchilarimizning tezkor qarshi hujumlarda qanday harakatlanishlarini yaxshi bilamiz. Boz ustiga, 2018 yil boshida Osiyo chempioniga aylangan yoshlar jamoamiz ham hujumkorlik evaziga muvaffaqiyatga erishgani barchamizga yaxshi ma’lum.

Endigi asosiy masala - xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish. Ko‘rdikki, futbol bir joyda turmayapti, taraqqiyotdan aslo to‘xtamayapti. Kecha nazarimizdan chetda bo‘lgan jamoalar bugun kuchlilar davrasiga kirish ilinjida. O‘zi hayot qonuni shu - izchil harakat. Birinchi navbatda, termamizning yaxlit asosini shakllantirish zarur, chunki endi bir qator yetakchilarimiz bosh jamoamiz bilan xayrlashishlari turgan gap. Demakki, asosiy e’tibor yana yoshlarga qaratilishi maqsadga muvofiq. Ayni payt ularga ozgina turtki berilsa, bas, kelajakda ishonchni oqlashadi, albatta. Ikkinchi masala - o‘yin uslubi. To‘g‘ri, bu haqda ortiqcha to‘xtalish shart emas. Zero, Osiyo kubogi ham himoyaviy o‘yinga tobimiz yo‘qligini amalda yana bir bora ko‘rsatib berdi. Demakki, janob Kuper oldida aniq strategiyani belgilash kabi muhim vazifa turibdi. Agar hozirdan muayyan o‘yin chizmasi tayyorlab borilsa, bu bo‘lajak muvaffaqiyatlar uchun poydevor bo‘larmidi?

Yana bir masala - bu tarkib. Xabaringiz bor, Osiyo kubogidan keyin milliy jamoamizning bir necha yillik darvozaboni Ignatiy Nesterov xalqaro faoliyatini yakunlashi va o‘z o‘rnini yoshlarga bo‘shatib berishini ma’lum qildi. Shuningdek, yana bir necha faxriylar uchun xayrlashish vaqti keldi. Tabiiyki, bu holatda barchani bitta savol qiynaydi: «Yaqin kelajakda terma jamoamiz asosiy tarkibi qanday ko‘rinish olishi mumkin?» Darhaqiqat, o‘ta dolzarb masala - navbatdagi mundial saralashida nihoyat, ijobiy natija, ya’ni yo‘llanma yutishni ko‘zlayotgan va bunga erishishi kutilayotgan bosh jamoamiz tarkibda mavjud kemtiklarni qaysi futbolchilar hisobiga to‘ldiradi? Ektor Kuper BAA-2019da kuzatilgan xato va kamchiliklarni batafsil o‘rganib chiqayotgani o‘z-o‘zidan ayon. Binobarin, u kelajakda zafarli yurishlarni ta’minlash uchun qaysi yo‘ldan borishni aniqlashtirib olishi lozim. Aytish o‘rinli, hozirda terma jamoamiz tarkibiga doir muhokamalar futbolimizda eng dolzarb mavzu bo‘lib turibdi va hech bir mutaxassis yoki muxlisni befarq qoldirmayapti. O‘zi tarkibni keskin yangilash jarayoni oldinroq boshlanishi kerak edi Biroq Ektor Kuper nimadandir cho‘chidimi, har holda, Osiyo kubogida faxriylar tajribasi va yoshlar ishtiyoqi omixtasiga tayanishni ma’qul ko‘rdi. Qit’a miqyosidagi turnir esa shunday xulosa berdiki, jamoamiz tarkibi chindan ham, «rekonstruksiya»ga muhtoj. Hozirdan ma’lum - BAA-2019  ba’zi futbolchilar uchun bosh jamoamiz safidagi oxirgi turnir bo‘lib qoladi. Harqalay, shunday voqelik yaqinligi tobora oydinlashmoqda. Shu o‘rinda Nesterov masalasida shoshilmaslik kerak - buni murabbiylar shtabi ham yaxshi tushunib turibdi. Ignatning hozirgi jismoniy holati va ichki energiyasini hisobga olib aytsak, u kamida aynan 2022 yilga qadar bosh jamoamiz darvozasini munosib qo‘riqlashga qodir. Lekin boshqa faxriylarni ortiq ushlab turishdan ma’no yo‘q. Hamma biladigan jarayon - avlodlar almashuvini kechiktirish yaxshi oqibatga olib kelmasligi ko‘p bora isbotlangan. Bunda hattoki, butun mamlakat suyuklisi sanalgan futbolchiga ham boshqacha nazar bilan qaramaslik kerak. Ya’ni uning oldingi xizmatlari evaziga jamoada olib qolish mantiqqa ziddir. Ayni vaziyat bosh jamoamizda shu jarayonni imkon qadar tezlashtirishni taqozo etmoqda. Aslida ko‘pchilik ushbu og‘riqli almashuv xususida uncha tashvishlanayotgani yo‘q, boisi, bizda nomzod futbolchilar yetarli. Asosiysi, ularning ayrimlari yaqin kelajakda jamoada yetakchilik qila olishlariga ishora qilishdiki, shu ishonch bizni alohida quvontirmoqda. Tushunarliki, birinchi navbatda, o‘tgan yili yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni maqomiga erishgan Doston Hamdamov va Javohir Siddiqov kabi yigitlarga umid bilan qaraymiz. Nazariy tomondan olsak, ular hozir bemalol asosiy tarkibga munosib o‘yin namoyish etmoqdalar. Umuman, bunday tizimli tajriba jahon futbolida ko‘p bora sinovdan o‘tgan. JCH-2018 g‘olibi Fransiya termasi fikrimizga yaqqol misol: fransuzlar avvaliga, 2013 yili yoshlar miqyosida jahon futboli taxtiga ko‘tarilishdi, keyin asosiy mundialda zafar quchishdi.

Xulosa bitta - Ektor Kuper va uning shtabi endi almashuv jarayoni haqida ko‘proq qayg‘urishi, bosh qotirishi, bunda hech kimga ististo tariqasida qaramasligi lozim. Xo‘sh, terma jamoamizning o‘zagini tashkil qilishlari kutilayotgan futbolchilar imkoniyatilari qanday? Darvoza pozisiyasi katta muammodan xoli, bizningcha. Birinchidan, Ignatiy Nesterov garchi ketish haqida og‘iz ochgan bo‘lsada, uning hali ish berishiga ishonch katta. Qolaversa, Kuper zaxirasida Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov va O‘tkir Yusupov kabi iqtidordan bebahra qolmagan kiperlar bor. Ehtiyoj tug‘ilsa, ular Ignat o‘rnini bemalol bosishlari mumkin. Ko‘pchilikka g‘alati eshitilar, balki, ammo himoya chizig‘i xususida ham xuddi shunday ishonch bilan gapirishga asos yo‘q emas. Inchunin, tobora baralla «kuylayotgan» yoshlar safi keng: Akram Komilov, Rustam Ashurmatov, Doston Tursunov... Ha, yosh avlod vakillarining katta doirada mudofaani qanday ushlashlari hozircha noma’lum. Lekin aynan shu yigitlarga tayanish mumkinligini anglatadigan katta sabab bor - tajriba. Ayniqsa, Akram va Rustamning xalqaro maydonga chiqishganiga ancha bo‘ldi. Ikkinchidan, tezkor qarshi hujum uslubi jamoa uchun ideal variantga aylanayotgan bir sharoitda himoyachilarning ham bundan xabardor ekanliklari muhim. Bilamizki, yoshlar termasi safida qit’a chempionatida zafar sharobini ichgan bu yigitlarimiz hujumni yoqtirishadi, oldinga intilishni xush ko‘rishadi. Qisqasi, qarshi hujum taktikasiga asoslangan o‘yin ular uchun yangilik emas. Yarim himoyada porlashi kutilayotgan yangi ijrochilar yanada ko‘p - Javohir Siddiqov, Doston Hamdamov, Odil Hamrobekov, Jasur Yaxshiboyev... Qit’a birinchiligida ko‘rdik, Javohir va Dostonning ayni holati milliy jamoa talabiga muvofiq keladi. Faqat bitta savol qolmoqda - bu futbolchilar o‘z imkoniyatlari darajasida to‘p sursalar, bas. Qolaversa, markaz uchun Odil Ahmedovdek yetuk ijrochiga egamiz, Fozil Musayevdan ham umidimiz katta. Nihoyat, hujum chizig‘i. Ochig‘i, milliy jamoamizning JCH-2018ga chiqolmagani avvalo, ushbu chiziqning «xarob»ligi bilan bog‘liq. Umuman, bir necha yilki, futbolimizda aynan hujumchilar tanlovi past. Deylik, so‘nggi yillarda sof hujumchi roliga munosib ko‘rilgan Igor Sergeev ishonchni oqlay olmadi. Hozir eski gaplarni yana takrorlashga hojat yo‘q. Xursand qiladigan tomoni, Osiyo chempionati bizda Maksim Shaskix va Aleksandr Geynrix izdoshi bo‘lishga da’vogar yetishib chiqayotganini ko‘rsatdi.  Ha, Eldor Shomurodovning OK-2019dagi mahsuldorligi barchamiz uchun yoqimli yangilik bo‘ldi. Lekin birgina hujumchi bilan ish bitmasligi tayin. Shunday ekan, Bobur Abduxoliqov kabi yigitlar ham sur’atni oshirishlari shart.  Ehtimolki, Kuper hujumchilar borasidagi kichik tanlov tufayli ham, himoyani birinchi o‘ringa olib chiqqandir. Ajabmas, Eldor effekti ta’sirida uning fikri nisbatan o‘zgarsa. Har holda, o‘zbek futboli hujumkorlikka mo-yil, faqat ma’lum muddatga cho‘zilgan «forvard tanqisligi» davriga barham berilsa, bas.

   Xulosa o‘rnida aytsak, terma jamoamizning yaqin vaqtdagi tarkibi masalasida muammo tug‘ilmasligi kerak. Chunonchi, bosh jamoa eshigini ochgan, qiyo ochgan yoxud endi «tepish»ga shaylanayotgan nomzodlar orasida umidli yigitlar ko‘p va ular haqida  yaxshigina ma’lumotga ham egamiz. Shunday ekan, Kuper zimmasidagi missiya - tarkibga eng munosib ijrochilarni jalb etish va ularni o‘yin maromiga moslashtirish. Umid shuki, argentinalik ko‘pni ko‘rgan mutaxassis bu yumush uddasidan chiqadi va tez orada milliy jamoamizning ajoyib o‘yinlaridan bahra olamiz, yana uzoq kutilgan natijasidan ham!

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 18:19, 16.02.2019. O'qildi: 4284 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.