Bugun 1 oktyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • APL
      • 30.09.2025 00:00
      • Everton
      • 1:1
      • Vest Xem
  • Elit OCHL
      • 30.09.2025 15:00
      • Seul
      • 3:0
      • Buriram Yunayted
      • 30.09.2025 15:00
      • Sanfrechche Xirosima
      • 1:1
      • Shangxay Port
      • 30.09.2025 17:15
      • Chengdu Rongcheng
      • 1:0
      • Kangvon
      • 30.09.2025 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 0:0
      • Matida Zelviya
      • 30.09.2025 21:00
      • As-Sadd
      • 1:1
      • Sharja
      • 30.09.2025 23:15
      • Al-Ittihod
      • -:-
      • Shabab al-Ahli
      • 01.10.2025 15:00
      • Vissel Kobe
      • 1:0
      • Melburn Siti
      • 01.10.2025 17:15
      • Shanghai Shenhua
      • 1:1
      • Ulsan Xyonde
  • OChL-2
      • 30.09.2025 18:45
      • Ahal
      • 1:4
      • Al-Hussayn
      • 01.10.2025 15:00
      • Lion Siti Seylors
      • 4:2
      • Selangor
      • 01.10.2025 17:15
      • Bangkok Yunayted
      • 0:2
      • Persib
      • 01.10.2025 18:45
      •   Andijon
      • 0:0
      • Al-Ahli Doha
  • Superliga
      • 30.09.2025 19:00
      • So‘g‘diyona
      • 0:1
      • Neftchi
      • 30.09.2025 19:00
      • Mash’al
      • 0:0
      • Buxoro
  • ECHL
      • 30.09.2025 21:45
      • Atalanta
      • 2:1
      • Bryugge
      • 30.09.2025 21:45
      • Qayrat
      • 0:5
      • Real Madrid
      • 30.09.2025 23:59
      • Atletiko
      • 5:1
      • Ayntraxt F
      • 30.09.2025 23:59
      • Chelsi
      • 1:0
      • Benfika
      • 30.09.2025 23:59
      • Bude-Glimt
      • 2:2
      • Tottenhem
      • 30.09.2025 23:59
      • Galatasaroy
      • 1:0
      • Liverpul
      • 30.09.2025 23:59
      • Inter
      • 3:0
      • Slaviya
      • 30.09.2025 23:59
      • Marsel
      • 4:0
      • Ayaks
      • 30.09.2025 23:59
      • Pafos
      • 1:5
      • Bavariya
      • 01.10.2025 21:45
      • Qorabog‘
      • -:-
      • Kopengagen
      • 01.10.2025 21:45
      • Yunion
      • -:-
      • Nyukasl
      • 01.10.2025 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • PSJ
      • 01.10.2025 23:59
      • Monako
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 01.10.2025 23:59
      • Borussiya D
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 01.10.2025 23:59
      • Napoli
      • -:-
      • Sporting
      • 01.10.2025 23:59
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Yuventus
      • 01.10.2025 23:59
      • Arsenal
      • -:-
      • Olimpiakos
      • 01.10.2025 23:59
      • Bayer
      • -:-
      • PSV
  • La-liga
      • 30.09.2025 23:00
      • Valensiya
      • 1:2
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 23 52
2 Neftchi 23 48
3 Paxtakor 23 43
4 Dinamo 22 41
5 OKMK 23 40
6 Bunyodkor 23 39
7 Navbahor 23 36
8 Qizilqum 23 26
9 So‘g‘diyona 23 25
10 Andijon 22 25
11 Surxon 23 25
12 Qo‘qon-1912 23 23
13 Mash’al 23 23
14 Buxoro 23 21
15 Xorazm 23 20
16 Sho‘rtan 23 12

O'tgan o'yinlar.

23-тур Nasaf 2-1 Xorazm
23-тур Andijon 1-0 OKMK
23-тур Navbahor 1-0 Qizilqum
23-тур Qo‘qon-1912 2-2 Bunyodkor
23-тур Paxtakor 1-0 Surxon
23-тур Dinamo 2-0 Sho‘rtan
23-тур So‘g‘diyona 0-1 Neftchi
23-тур Mash’al 0-0 Buxoro

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 5441 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2346 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 01.10.2025

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Жувентуде". Прямая трансляция.
      07:30 "Наши иностранцы".
      08:00 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Галатасарай".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Жувентуде".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Сеара".
      15:10 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      17:10 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Жувентуде".
      19:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:20 Чемпионат Турции. "Фатих Карагюмрюк" - "Трабзонспор".
      22:25 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Жувентуде".
      00:25 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Крузейро".
      02:25 "Всё о главном". Александр Тукманов.
      02:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Васко да Гама". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 01.10.2025

      05:25 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Женщины. Команды. Финал.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве.
      09:30 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших. Этап 3 в Казани.
      11:25 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
      13:50 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук. Матчи за 3-е место.
      16:40 LIVE Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Женщины. Многоборье. Финал. Прямая трансляция.
      18:50 "Команда мечты".
      19:20 "Небесная грация".
      19:35 Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве.
      21:15 "Тайны звёзд спорта".
      21:40 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших. Этап 3 в Казани.
      23:35 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
      02:00 "Команда мечты".
      02:30 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук. Матчи за 3-е место.
  • MATCH-TV
    • Sana: 01.10.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших. Этап 3 в Казани.
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Голевая неделя. РФ".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Команда мечты".
      11:55 "Вид сверху".
      12:30 Бокс голыми кулаками. Bare Knuckle FC "Knucklemania 5" в Филадельфии, США. Эдди Альварес против Джереми Стивенса.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:40 LIVE Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Прямая трансляция.
      18:50 Новости.
      18:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:45 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Пари Нижний Новгород" - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция.
      22:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      22:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Локомотив" (Москва) - ЦСКА. Прямая трансляция.
      00:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Смешанные единоборства. UFC 308 в Абу-Даби, ОАЭ. Илия Топурия против Макса Холлоуэя.
      03:55 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. Бразилия - Марокко. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 01.10.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Обзор.
      07:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      08:30 Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 1.
      09:45 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Ленцерхайде, Швейцария. Женщины. Даунхилл.
      10:15 LIVE Велоспорт. Тур Лангкави в Малайзии. Этап 4. Прямая трансляция.
      11:30 Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 1.
      13:00 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани".
      13:30 Скалолазание. Чемпионат мира в Сеуле, Южная Корея. Женщины. Болдеринг. Финал.
      15:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Ленцерхайде, Швейцария. Женщины. Даунхилл.
      16:00 Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 1.
      17:00 LIVE Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 2. Прямая трансляция.
      19:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Ленцерхайде, Швейцария. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      20:00 Скалолазание. Чемпионат мира в Сеуле, Южная Корея. Женщины. Болдеринг. Финал.
      22:00 Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 2.
      23:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      00:00 Конный спорт. Конкур. Чемпионат мира среди молодых лошадей в Ланакене, Бельгия. Обзор.
      01:00 Велошоссе. Чемпионат мира в Кигали, Руанда. Мужчины. Групповая гонка.
      02:00 Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 2.
      03:00 Скалолазание. Чемпионат мира в Сеуле, Южная Корея. Женщины. Болдеринг. Финал.
      04:30 Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 2.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xuan Sebastyan Veron: «Imkon bor ekan, Messining o‘yinidan bahra olishsin»

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

U maydonda Maradona va Messi bilan yonma-yon to‘p surgan. 39 yoshigacha faoliyat yuritdi - o‘z yurti Argentinada, Italiyada, Angliyada va yana Argentinada... «Estudiantes» futbolchisi bo‘lish asnosida birdaniga prezidentlikka saylandi. Bir yil avval esa yana maydonga tushib, o‘ynovchi prezidentga aylandi... SOFOOT.com shunday qiziqarli suhbatdosh topdi, biz esa mazkur intervyuni muxlislar bilan baham ko‘rmoqchimiz.

- «Estudiantes». Bu klub siz uchun nimani anglatadi?

- Bu muhabbat va oilaviy an’analar - axir otam 60-yillarda shu klubda o‘ynagan. Shunday ekan, «Estudiantes»dan boshqa jamoani tanlashim to‘g‘ri bo‘larmidi?

- 2009 yili «Estudiantes» bilan Libertadores kubogini yutganmidingiz?

- Bolaligimda «Estudiantes» libosida to‘p surish orzum bo‘lgan. Ke-yinchalik ishtaha oshib, faoliyatingiz haqida o‘ylaysiz, rejalar tuzasiz - bular endi orzular emas, balki aniq maqsadlardir... Ketayotgan kunim (1996 yili «Boka Xuniors»ga o‘tib, o‘sha yiliyoq Italiyaga yo‘l olgan) qaytishimni bilgandim. Yevropa vaqtinchalik ekanligini tushunib turardim. Boz ustiga, o‘z yurtimda bor-yo‘g‘i bir yarim yil o‘ynagandim, xolos. Futbolchi faoliyatining ibtidosi va intihosi bir klubga tegishli bo‘lishi tabiiy hol. Libertadores kubogidagi g‘alaba esa shu faoliyatimdagi eng yorqin voqea bo‘lsa kerak.

- Endilikda «Estudiantes» prezidenti hisoblanasiz - taqdirning mantiqiy sovg‘asimi bu?

- Klub menga ko‘p narsa berdi, endi uning uchun xizmat qilmoqchiman, Yevropada orttirgan tajribamni qo‘llamoqchiman. «Estudiantes» tizimli o‘zgarishlarga ehtiyoj sezmoqda, mazkur holatda aynan «ko‘hna qit’a»dagi eng yaxshi jihatlarni olishimiz kerak. Argentinada buni amalga oshirish mushkul, chunki klublar yo aksiyadorlik jamiyati yoki xususiy mulk sanaladi. Yevropada esa klublar nisbatan ochiqroq, u yerda professionallar emas, oddiy odamlar ishlaydigan ma’muriy kengash bor. Ular uchun bu asosiy ish hisoblanmaydi. Argentinada esa o‘ziga xos an’analar mavjud, bu yerdagi tizimni buzish imkonsiz. Ammo ayrim jihatlarni o‘zgartirish, klub ishini nisbatan professionallashtirishga kuchim yetadi.

- Nega murabbiy bo‘lmadingiz?

- Ha, sobiq sheriklarimdan aksariyati murabbiylikda ishlashmoqda - Pochettino, Simeone, Galyardo... Ammo men zaxira o‘rindig‘idagi jamoani emas, butun boshli klubni boshqarishni xohlayman.

- Siz Italiyaga ketganingizdan keyin Argentina qanchalik o‘zgargan?

- Mamlakat to‘g‘ri yo‘ldan bormayapti, bu fakt. O‘zgarishlar katta. Ta’lim tizimi izdan chiqqan, yashash xavfli bo‘lib bormoqda. Bunday sharoitda futbol xalqning kundalik hayotida yanada kattaroq ahamiyat kasb etadi. Klublar nafaqat futbolchilar, balki yetuk shaxslarni yuzaga chiqarishlari kerak bo‘ladi.

- Intervyularingizning birida futbolchilar psixologlar yordamiga ehtiyoj sezishi haqida gapirgandingiz.

- Ha, bu mavjud muammolardan biri. Ammo o‘zim hech qachon ruhshunosga murojaat etmaganman. Bugun esa bu dolzarb mavzuga aylangan. 20 yil avval Argentinada oilaviy klanlar tushunchasi mavjud edi, ko‘p hollarda barcha bir hududda, zich joyda yashashardi, ammo hech kim ranjimasdi. Endi esa har bir oila alohida kun kechirmoqda, qondoshlik aloqalari zaiflashmoqda, bu esa bola uchun mutlaqo boshqa muhitdir. Otasi qamoqda, akasi narkodiler. Albatta, bunday holat futbolchiga ta’sir o‘tkazadi. Mana shunday vaziyatda unga psixolog yordami kerak bo‘ladi.

- Termada o‘ynash - biografiyaning alohida sahifasimi?

- Uchta JCHda qatnashish - bunday ko‘rsatkich bilan hamma ham maqtana olmaydi. Ammo bu terma qanchalik asablarni sinovdan o‘tkazganini bilsangiz edi! Axir 1990 yildan so‘ng hech qanday sovrin yutilmagandi, o‘sha yillar ishonch oqlanmagandi. O‘yinchilar saviyali edilar, klubda hammasi binoyidek kechardi, termada esa...

- 2002 yili Angliyaga qarshi o‘yin (0:1)dan so‘ng sizni vatan xoini deb atashgandi...

- O‘sha payt «Manchester Yunayted» safida o‘ynardim. Go‘yoki, atayin bor kuchimni sarflamagan ekanman, kimnidir ayblash kerak edi, meni tanlashdi. Ba’zan shunday ahmoqgarchilikka duch kelasiz. Biroq argentinaliklar shunday soddalarki, matbuotning yozganlariga ishonishdi. Ammo o‘zim bularga e’tibor bermadim, aks holda, futbol o‘ynay olmasdim.

- O‘sha mundialda termani Marselo Byelsa boshqargandi. Bu murabbiy faoliyatingizda muhim o‘rin tutadimi?

- Ha, Marselo mazkur jamoa o‘yinchilariga katta ta’sir o‘tkazgan, ke-yinchalik o‘sha yigitlarning ko‘pchiligi murabbiyga aylanishdi. Pochettino, Berisso, Sensini, Xaynse, Galyardo - barchalari qaysidir ma’noda undan namuna olishga intilishdi. Byelsa nimagadir ishondimi, o‘sha fikrini sizning miyangizga ham singdiradi. Biroq men hech qachon murabbiy bo‘lishni xohlamaganman, shu bois uning aytganlarini eslab qolishga intilmaganman.

- Maradona bilan ham (1996 yili «Boka Xuniors»da), Messi bilan ham birga o‘ynagansiz. Ular haqidagi fikringiz qanday?

- Messi termada paydo bo‘lganida, uning fenomen ekanini barcha darhol tushungan. Maradona esa... o‘sha payt yosh edik, u barchamizning kumirimiz edi. Argentinaning omadi chopgan - ushbu mamlakatdan chiqqan ikki shaxs tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘lishdi. Maradona ketdi, oradan o‘n yil o‘tib Messi kashf etildi. Bu ham o‘ziga xos mo‘’jizadir.

- Argentinada Leo terma jamoa uchun borini bermayotganligini ko‘p ta’kidlashadi.

- 2010 yilgi jahon chempionati arafasida Messini madhiya kuylamayotganlikda ayblashdi - go‘yoki so‘zlarini bilmasmish. Darrov hazil qilishni boshlashdi - matnini jo‘natishdi. Bema’nilik! Xuddi shunday holga men ham tushganman, bunaqasi futbolga siyosat aralashgan paytda avj oladi. Argentina hamisha Messiga nisbatan haddan ziyod talabchan bo‘lgan. Keyinchalik xalq biroz yumshadi, ammo baribir alam qiladi. Axir bunday futbolchi qachon yana dunyoga keladi?! Imkon borida uning o‘yinidan bahra olish lozim. Biroq muntazam ravishda Maradona bilan solishtiraverish sababli Leodan jahon chempionatida g‘olib chiqishni talab qilishayotgandek tuyuladi. Tirnoq ostidan kir qidiraverishadi, qandaydir xatolarini topishga urinishadi...

- 21 yoshda Argentinani tark etish qiyin bo‘lgandir?

- U paytlari hozirgidek ijtimoiy tarmoqlar, kommunikasiya vositalari bo‘lmagan, uy va do‘stlar bilan aloqa o‘rnatish oson emasdi. Juda qiynalganman. Birdaniga begona mamlakatda bo‘lib qoldingiz, hamma narsa boshqacha, futbol darajasi ham mutlaqo o‘zgacha. Ammo omadim keldi - «Sampdoriya» tarkibiga qo‘shildim, ajoyib jamoa edi: Umar Diyeng, Pyer Legl, Kristian Karambyo, Bogossyan - barchalari bilan do‘st tutindik. Murabbiy ham menga ehtiyoj sezardi. Asosiysi shu. Asta-sekin muhitga moslashdim. U paytlari Italiya chempionati dunyodagi eng kuchli ligalardan biri bo‘lgan. Raqobatchilarni aytmaysizmi! «Yuventus», «Milan»... Keyinchalik «Parma», «Lasio»da - xuddi «Sampdoriya» kabi ajoyib jamoalarda o‘ynadim!

- Italiyada muvaffaqiyatga erishdingiz, Angliyada esa ishingiz yurishmadi...

- Angliya men uchun har doim o‘zgacha mamlakat bo‘lgan. Tog‘am «Sheffild»-da o‘ynagan. Otam bir safar «Old Trafford»da o‘tkazilgan qit’alar-aro kubok finalida gol urgan. Taqdir taqozosi bilan aynan shu yerda - 1968 yili «Estudiantes» kubokni qo‘lga kiritgan stadionda o‘ynashimga to‘g‘ri keldi. Bir qarashda bu mistik tasodifga o‘xshaydi.

- Angliyada o‘zingizni boshqa sayyoraga tushib qolgandek his qilganmidingiz?

- Xuddi shunday. Hamma narsa - mash-g‘ulotlar jarayoni, ovqatlanish - ta’bir joiz bo‘lsa, Italiyadagidek professional darajada emas. Sizga nisbatan karantin, cheklovlar qo‘llanmaydi. O‘yindan so‘ng kiyinish xonasida yigitlar chips yeyishardi - buni ko‘rib lol qolgandim. Italiyada bunga yo‘l qo‘yishmasdi. Shunga qaramay, Angliyadagi futbolchilarda jismoniy holat havas qilsa arzigulik edi. O‘ylashimcha, bu genetikadan. Aks holda, qanday tushuntirish mumkin: o‘zlari xohlagandek ovqatlanishardi - o‘yinlarda esa shunday tezlik, tinimsiz kurash!

- Lekin hozir Angliyadagi futbolchilar bu qadar xotirjam tarzda chips tanovvul qilishmasa kerak?

- Kim biladi deysiz! Biroq Argentinada so‘nggi o‘n yillikda ko‘p narsa o‘zgardi, hammasi ancha professionallashdi. Muayyan parhez va tibbiyot tufayli futbolchilar faoliyati sezilarli uzaymoqda. Bugun yoshlarni diyetologlar kuzatishadi, har bir kishi individual parhezga amal qiladi. Angliyadan qaytganimda (2006 yili), bunday tartib hali yo‘lga qo‘yilmagandi.

- Italiyada o‘ynayotganingizda shunday professional munosabat mavjudmidi?

- Italiyaga borganimda, qornim chiqqandi va men bilan diyetolog ishlagandi. O‘sha paytlardayoq hammasi professional tarzda yuritilardi. Shu bois ham, bu mamlakatda nafaqat o‘yinim, balki o‘zim ham ancha o‘zgardim. Argentinada kola ichimliklarini ichardim, Italiyada esa bunga chek qo‘ydim.

- Angliyada siz uchun qulay bo‘lganmi?

- O‘ylashimcha, tumanli o‘lkada futbolchilar boshqa yerga qaraganda yaxshiroq yashashadi. Qandaydir muammo bo‘lsa, faqat futbol maydoni bilan bog‘liqlik kasb etadi. O‘yindan ke-yin esa xotirjam yashaysiz, hech kim ta’sir o‘tkazishga intilmaydi, e’tibordan chetda bo‘lasiz. Shunchaki, ajoyib!

- «Manchester Yunayted» haqida nima deysiz?

- Bu men uchun jahondagi eng buyuk klub. Ko‘pchilikning fikricha, dunyoning tengsiz jamoasi «Real» yoki «Barsa», ammo «MYU» - bu butun boshli imperiya. Oltin avlod vakillari faoliyatini yakunladi - Nevill, Skoulz, Bekxem, Giggz, Aleks Fergyuson, ammo uslub o‘zgarmadi.

- Nima sababdan u yerda o‘yiningiz qovushmagan?

- «Manchester Yunayted»da hamma narsani ko‘rdim: o‘sishni ham, pasa-yishni ham. Italiyada barchasi bir maromda kechgandi. Manchesterda o‘yinni yo‘lga qo‘yish uchun hamma shart-sharoit yaratilgandi: ajoyib klub, ishqibozlar, yaxshi sheriklar... Biroq men mutlaqo o‘zgacha futbol tizimiga tushib qolgandim. Italiyada qattiqqo‘llik birinchi o‘rinda turardi, bu yerda esa birdaniga xotirjamlik kuzatildi. Mashg‘ulotlar kam - ketma-ket o‘yinlar, mavsumlar oldidan ortiqcha kuch sarflamaysiz. O‘ylashimcha, bunday hayot tarziga ko‘nikmagandim. Oxirigacha mavjud vaziyatga o‘rganolmadim. Axir men kabi futbolchilar jismoniy jihatdan 100 foiz tayyor bo‘lmasa, ko‘ngildagidek o‘ynay olmaydi. Boz ustiga, o‘yinlar tempi va tezlik o‘ta yuqori. Angliyada barcha faqat g‘alabani ko‘zlaydi, boshqa yopiq variantlarga o‘rin yo‘q. Italiyada esa safarga chiqish oldidan qandaydir taktik sxemalar tuzishadi. Tumanli o‘lkada ochiq futbol ko‘rsatiladi. Shunday pallada jismonan tayyor bo‘lmasang, yaxshisi, maydonga chiqmaganing ma’qul.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 21:12, 17.02.2019. O'qildi: 6185 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 14
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
3 Насаф Husayn Norchayev 12
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.