Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 21 52
2 Real Madrid 21 51
3 Atletiko 21 44
4 Vilyarreal 20 41
5 Espanyol 21 34
6 Betis 21 32
7 Selta 21 32
8 Real Sosyedad 21 27
9 Osasuna 21 25
10 Jirona 21 25
11 Elche 21 24
12 Sevilya 21 24
13 Atletik Bilbao 21 24
14 Valensiya 21 23
15 Alaves 21 22
16 Rayo Valyekano 21 22
17 Xetafe 21 22
18 Malyorka 21 21
19 Levante 20 17
20 Real Ovyedo 21 13

O'tgan o'yinlar.

21-тур Levante 3-2 Elche
21-тур Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
21-тур Valensiya 3-2 Espanyol
21-тур Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
21-тур Vilyarreal 0-2 Real Madrid
21-тур Atletiko 3-0 Malyorka
21-тур Barselona 3-0 Real Ovyedo
21-тур Real Sosyedad 3-1 Selta
21-тур Alaves 2-1 Betis
21-тур Jirona 1-1 Xetafe

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ignatiy Nesterov Xitoyda ishlab chiqarilgan dori vositasi qurboniga aylandimi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Intervyular
A A A

Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda darvozabonimiz Ignatiy Nesterov hakidagi turli xil gap-so‘zlar va munosabatlar ko‘payib ketganligi sababli O‘FA Matbuot xizmati milliy terma jamoamiz bosh shifokori Abror Pirriyev bilan suhbat uyushtirib, OFKning bu boradagi oxirgi xulosasi chiqquniga qadar mazkur holatga mutaxassis sifatida oydinlik kiritib berishni so‘radi.

— Abror aka, Siz terma jamoa bosh shifokori sifatida Ignatiy Nesterov borasida OFKdan kelgan xat haqida birinchilardan bo‘lib xabar topgansiz. Lekin xatda ko‘rsatilganidek, oxirgi xulosa chiqarilmaguncha bu haqida ommaga oshkor qilmay turilgan. Shunday bo‘lsa-da, bugungi axborot zamonida biror narsani sir saqlash qiyin. Shu sababli muxlislar uchun Nesterov bilan bog‘liq vaziyat haqida batafsil ma’lumot berib o‘tsangiz.
— Avvalambor, doping tushunchasi haqida oddiy muxlisga tushunadigan tarzda to‘xtalib o‘tsam. Bir so‘z bilan aytganda, doping bu sportchining VADA (jahon antidoping agentligi) tomonidan taqiqlangan dori vositasini istemol qilishi. Ushbu taqiqlangan vositalarni shartli 3 guruhga bo‘lish mumkin.

1.Sportchining qabul qilishi qat’iyan taqiqlangan vositalar;
2.Sportchi davolanish ko‘rsatmasi asosida qabul qilishi mumkin bo‘lgan vositalar;
3.Ko‘rsatmalarsiz istemol qilish mumkin, lekin doping tekshiruvi blankasida qayd etilishi kerak bo‘lgan vositalar. (Ignatning vaziyati 2-guruhga to‘g‘ri keladi).

Bizda doping so‘zi juda bir vahimali talqin kilinadi-ki, bu bilan sportchi albatta dahshatli ta’sirga ega bulgan preparat qabul qilgan deb tushuniladi. Holbuki, oddiygina bosh og‘rigi uchun ichilgan “Sitramon” ham doping deb topilishi mumkin, agarda u shifokorga aytilmasa va doping varag‘ida yozilmagan bo‘lsa. Siz o‘zingizni yoki boshqa birovni “Sitramon” ichganlikda ayblay olmaysiz, to‘g‘rimi? Ammo professional sport bilan hayotini bog‘lagan sportchilarimizda shunga o‘xshash mas’uliyatli vaziyatlar mavjud. Shuning uchun muxlis va mutaxassislarimizdan bir narsani iltimos qilardim-ki, ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarda vaziyatga to‘g‘ri baho bergan holda, terma jamoamiz g‘alabalariga katta hissa qo‘shgan darvozabonimizni ushbu murakkab vaziyatda qo‘llab-quvvatlovchi fikrlar bildirishsa adolatdan bo‘lardi.

— Umuman, Osiyo Kubogi musobaqasi doirasida terma jamoamizdan necha kishi doping tekshiruvidan o‘tkazildi?
— Umumiy hisobda Osiye kubogi musobaqasi doirasida bizning jamoamizdan 12 nafar futbolchi doping tekshiruvidan o‘tkazildi. Darvozabonimiz Osiyo kubogi guruh boskichining birinchi o‘yinidan keyin (9 yanvarda bo‘lib o‘tgan Ummonga qarshi o‘yindan keyin) doping tekshiruvidan o‘tgan. Shuni aytib o‘tish joizki, odatda musobaqa doirasidagi doping tekshiruvlar natijasi ushbu musobaqa tugaguniga qadar ma’lum bo‘ladi, chunki biror futbolchida u yoki bu taqiqlangan modda topilsa, unga o‘sha musobaqa davomidayoq chora ko‘rish maqsadida. Ammo mustasno tarzda ancha kech muddatlargacha tekshirilishi ham mumkin, bizdagi vaziyatga o‘xshab.

— Abror aka, Nesterovda kanday taqiqlangan modda topilgan va u nima maqsadda ishlatiladi, organizmda qanchalik uzoq muddat saqlanib qoladi?
— Men bir narsani aytib o‘tishim joizki, Ignatiy Nesterov borasida OFK oxirgi xulosasini chiqarmas ekan, suhbatimiz faqatgina muxlislar uchun ma’lumot tarzida qabul qilinishi kerak. O‘FAga yuborilgan maktubda darvozabonimizda «sibutramin» moddasi topilgani aytilgan. Bu modda asosan vaznni kamaytirish uchun qo‘llaniladigan dori vositalari tarkibiga kiradi. Darvozabonimizda topilgan modda faqat musobaqa davridagina taqiqlanuvchi tarkib bo‘lib, uni futbolchi musobaqadan tashqari davrda (terma jamoada bo‘lmagan davrida) qabul qilganida yoki musobaqa davrida ichmay turganida ham unda bu modda aniqlanmagan bo‘lar edi. U organizmda uzoq vaqt turmaydi.

Shu o‘rinda bir vaziyatni alohida ta’kidlab o‘tishim joiz. Bugungi kunda vitamin va BAD (biologik faol qo‘shimchalar) ishlab chiqaruvchi kompaniyalar juda ham ko‘payib ketgan. Taqiqlangan modda topilayotgan ko‘p sportchilar qabul qilgan BAD vositalari tarkibi o‘rganilganda, raqobatdosh kompaniyalar o‘z mahsulotlarining samarasini oshirish maqsadida turli egri yullarni tanlashmoqda. Bu haqida so‘nggi paytlarda o‘tkazilayotgan xalqaro sport konferensiyalarida ham ko‘p gapirilmoqda. Ular o‘z mahsulotlari annotasiyasida tarkibini «toza» deb, yani fakat tabiiy o‘tlardan iborat yoki sportchi uchun taqiqlangan moddalar yo‘q, deb yozib, aslida esa taqiqlangan kimyoviy moddalar qo‘shib tayyorlashmoqda. Ignatiy Nesterov ham shunday holat qurboniga aylandi.
 
— Bunday holatlardan qanday qilib muhofazalanish mumkin?
— Buning uchun faqatgina ishonchli, VADA va boshka xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlovchi kompaniyalar mahsulotini qabul qilish lozim. Xuddi shu sababli O‘FA bugungi kunda terma jamoamiz tibbiy xizmatini mukammal tashkil qilish maksadida Yevropaning top-klub va jamoalari bilan hamkorlik qiluvchi Shveysariyaning «Sponcer» kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan. Hozirda barcha vitamin va energetik vositalarni mazkur kompaniyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilmoqdamiz. Bugungi kunda milliy terma jamoamizda to‘laligicha tibbiy ta’minotimiz mavjudki, futbolchining boshqa qo‘shimcha narsalar qabul qilishiga umuman hojat yo‘q. Shu sababli terma jamoa yig‘iniga kirgan har bir futbolchi jamoa shifokori bergan dori vositalari va vitaminlardan tashqari ruxsatsiz biror dori qabul kilishga haqqi yo‘q. Ushbu mas’uliyat musobaqa davrida ikki hissa ko‘payadi. Chunki Osiyo kubogi, Jahon chempionati saralash o‘yinlari kabi xalqaro rasmiy uchrashuvlarda futbolchilarning doping nazorati kuchaytirilgan tarzda olib boriladi. Bu jarayon Nesterovdek tajribali darvozabonimizga notanish emas edi. Bu haqda musobaqa oldidan o‘tkazilgan Turkiya yig‘inida, shuningdek, musobaqa davomida har bir o‘yin oldidan terma jamoa shifokorlari va murabbiylar shtabi tomonidan futbolchilarga bot-bot eslatib turildi. Shunga qaramay, ro‘y bergan ushbu holat albatta noxushdir.
 
— Futbolchi ham “issiq jon”, kasal bo‘lishi, jarohat olishi bor. Yuqorida aytib o‘tganingizdek, oddiy dorilar ham doping tekshiruvida taqiqlangan vosita bo‘lib chiqishi mumkin. Sizdagi mavjud vitamin va dori vositalarining musobaqa davrida qo‘llanilishi qanday nazorat kilingan?
— Men boshchiligimdagi tibbiy shtab musobaqa oldidan tibbiy ta’minot yuzasidan O‘FAga bildirgi berib, qanday dori-darmon, vitamin va bog‘lov materiallari zarurligini ko‘rsatib o‘tamiz. Yuqorida aytib o‘tganimdek, mahalliy dori vositalari bilan bir qatorda barcha vitaminlarimiz, energetik ichimliklarimiz belgilangan kompaniyadan xarid qilinadi. Men ularni tasdiqlangan shaklda musobaqadan oldin OFK va BAA tashkiliy qo‘mitasiga yuborganman. Ya’ni, men musobaqaga kanday preparat va vitaminlarni olib borishim va ishlatishim hakidagi barcha malumot OFK va u orqali Antidoping Tashkilotiga malum edi. Bundan tashqari, agarda qaysidir futbolchi kasal bo‘lib qolsa yoki jarohat olsa, men bu haqida yozma ravishda OFKga bildiraman hamda qanday davo muolajalarini qilganimni va qanday dori vositalarini ishlatganimni hisobot tarzida yuborib turaman.

Ularda biror shubha paydo bo‘lsa, menga yoki O‘FAga albatta bildirgan bo‘lishardi. Agarda ushbu muammo dori vositasi yoki vitaminlar bilan bog‘liq bo‘lganida, o‘z e’tirozimizni bizni tibbiy ta’minlayotgan kompaniyaga bildirishimiz yoki qonun doirasida arz qilishimiz mumkin bo‘lardi. Hozirgi vaziyatning yana bir qiyin tarafi shundaki, darvozabonimiz qabul qilgan Xitoyda ishlab chiqarilgan BADni olib kelgan va sotgan vositachilar faoliyatining qonuniyligiga kafolat yo‘q.

Darvozabonimizdagi doping masalasi ma’lum qilinganidan boshlab bugungi kungacha O‘FA mutasaddilari tomonidan ushbu vaziyatga oydinlik kiritish, darvozabonimiz haq-huquqlarini himoya kilish, OFKning so‘nggi xulosasi imkoni boricha “yumshoqroq” bo‘lishi maqsadida barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

— Suhbat uchun katta rahmat.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 14:05, 20.02.2019. O'qildi: 14139 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 21
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Осасуна Ante Budimir 9
6 Вильярреал Alberto Moleyro 8
7 Барселона Rafinya 8
8 Бетис Kucho Ernandes 8
9 Сельта Borxa Iglesias 8
10 Барселона Lamin Yamal 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.