Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma.

  • Superliga
      • 02.04.2026 18:30
      • So‘g‘diyona
      • 2:2
      • Qo‘qon-1912
      • 02.04.2026 19:00
      • Bunyodkor
      • 2:0
      • Lokomotiv
      • 03.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • 2:1
      • Dinamo
      • 03.04.2026 19:00
      •   Navbahor
      • 2:1
      • Mash’al
      • 03.04.2026 20:15
      •   Nasaf
      • 0:0
      • Andijon
      • 04.04.2026 17:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • OKMK
      • 04.04.2026 18:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Neftchi
      • 04.04.2026 19:15
      • Surxon
      • -:-
      • Buxoro
  • La-liga
      • 04.04.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Elche
      • 04.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Levante
      • 04.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Madrid
      • 04.04.2026 21:30
      • Betis
      • -:-
      • Espanyol
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Barselona
  • «A» Seriya
      • 04.04.2026 18:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Kalyari
      • 04.04.2026 21:00
      • Verona
      • -:-
      • Fiorentina
      • 04.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Parma
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 4 12
2 Buxoro 4 10
3 Bunyodkor 5 10
4 Paxtakor 4 9
5 Nasaf 4 7
6 Lokomotiv 5 7
7 Xorazm 5 7
8 Andijon 4 6
9 Navbahor 4 6
10 Qizilqum 4 6
11 Qo‘qon-1912 5 5
12 OKMK 4 4
13 Dinamo 5 4
14 Surxon 4 4
15 So‘g‘diyona 5 2
16 Mash’al 4 0

O'tgan o'yinlar.

5-тур So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
5-тур Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
5-тур Xorazm 2-1 Dinamo
5-тур Navbahor - Mash’al
5-тур Nasaf - Andijon

Navbatdagi o'yinlar.

03/04/26 Navbahor - Mash’al
03/04/26 Nasaf - Andijon
04/04/26 Paxtakor - OKMK
04/04/26 Qizilqum - Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘FA Krishtianu Ronaldu tahsil olgan akademiya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Baho:
+ | -1
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A
Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mamlakatimizda futbolni rivojlantirish uchun xorijiy mamlakatlar futbol federasiyalari, klublar va akademiyalar bilan yaqin hamkorlikni o‘rnatib ish olib borishga asosiy e’tiborni qaratmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mutasaddilari San’at Sharipov va Sharofiddin Hojiniyozov Portugaliyaning "Sporting" klubiga tashrif buyurib, bu klub bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha kelishib olishdi. Jumladan, "Sporting" klubi akademiyasi direktori Paulo Gomes va klubning Sport loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha mas’uli Diyego Goma bilan uchrashuv chog‘ida O‘FA mutasaddilari bolalar futbolini rivojlantirish va murabbiylar malakasini oshirish mavzusida suhbatlashishdi. Shuningdek, yozda mamlakatimizda "Sporting" klubi futbol oromgohi tashkil etishi bo‘yicha ham maslahatlashib olindi.

"Sporting" klubi akademiyasi dunyoga mashhur akademiya bo‘lib, o‘z vaqtida bu yerda Luish Figu, Krishtianu Ronaldu kabi jahon yulduzlari, "Oltin to‘p" sohiblari tahsil olishgan. 2016 yil Yevropa chempionligiga erishgan Portugaliya terma jamoasi tarkibidagi 23 nafar futbolchining 10 nafari "Sporting" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

"Biz futbolchilardan o‘zining yoshiga mos standartlar asosida mehnat qilishni, mashg‘ulotlar olib borishni talab qilamiz. Biz 14-15 yoshli futbolchidan aqlbovar qilmas o‘yin ko‘rsatishni so‘ramaymiz. Bu yoshda u o‘z salohiyatini to‘liq namoyish qila olmaydi. Ammo bizning talablar asosida mehnat qilsa, 20 yoshga borib biz "tayyor mahsulot" - top-klublar e’tiborini qozona oladigan futbolchiga ega bo‘lamiz. Akademiyamiz tarbiyalanuvchisi Krishtianu Ronaldu bunga yorqin misol",- deydi klub direktori Paulo Gomes.

Diyego Goma esa 7 yil davomida Qatarning mashhur "Aspire" akademiyasida faoliyat olib borib, futbolchilarni tayyorlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish bo‘yicha katta hajmdagi mehnatni amalga oshirdi. Qatar milliy terma jamoasining yaqinda BAAda o‘tgan Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatida mazkur insonning ham hissasi katta deb aytish mumkin.     

Muzokaralar davomida Diyego Goma yozda mamlakatimizga tashrif buyurib, "Sporting" klubi tomonidan tashkil qilinadigan futbol oromgohida ishtirok etishi bo‘yicha kelishib olindi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 14:14, 21.02.2019. O'qildi: 2494 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 ОКМК Abror Karimov 2
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
4 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
5 Пахтакор Doston Hamdamov 2
6 Пахтакор Piotr Pajishek 2
7 Нефтчи Alisher Odilov 2
8 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
9 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
10 Насаф Sharof Muhitdinov 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик