Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 6 15
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 6 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 6 8
9 OKMK 7 8
10 Surxon 7 8
11 Dinamo 7 7
12 Andijon 7 6
13 Qo‘qon-1912 6 6
14 Qizilqum 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

14/04/26 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04/26 Bunyodkor - Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Santyago Solari: «Barselona»ga qarshi faqat g‘alabani ko‘zlab maydonga tushamiz»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mamlakat kuboklari / Ispaniya kubogi
Rukn: Intervyular
A A A

«Real» bosh murabbiyi «Barselona»ga qarshi bo‘ladigan Ispaniya kubogi yarim final bosqichi doirasida bo‘ladigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Mazkur o‘yin ertaga tunda — Toshkent vaqti bilan 01:00da «Santyago Bernabeu»da boshlanadi.

Muxlislarga murojaat
«Bu ajoyib o‘yin bo‘ladi — ispan futboli klasikosi. Men hamisha Ispaniyani ajoyib futbol mamlakati deb hisoblaganman. Futbol — bu Ispaniyani ajoyib mamlakatga aylantiradigan unsurlardan biri. Muxlislar, stadionga tashrif buyuring. Siz — asosiy tarkibning almashtirib bo‘lmas yagona o‘yinchisisiz».

Garet Beyl haqida
«Biz ertangi o‘yinga bor e’tiborimizni qaratyapmiz: ajoyib o‘yin bo‘ladi. Safarda ajoyib o‘yin namoyish qilib, durang o‘ynadik. Hozir esa barcha, jumladan, Garet ham bor e’tiborini ertangi o‘yinga qaratgan».

Beylga intizom yetishmayaptimi?
«Yana takrorlayman, bor e’tiborimizni ertangi o‘yinga qaratganmiz. Barchamiz yakdilmiz. Maqsadimiz aniq: finalga chiqish. Shu maqsad yo‘lida ko‘p ishladik. Finalga chiqish uchun haqiqatan ham ko‘p mehnat qilish kerak edi.

«Real» Messidan qo‘rqadimi?
«G‘olib chiqishni istagan jamoa bunday o‘ylamaydi. Biz musobaqa ishtirokchilari kurashish orqali maroqlanamiz. Maydonga esa kurashish va g‘alaba qozonish uchun chiqamiz. Durang yoki mag‘lubiyat haqida o‘ylamaymiz».

Chap qanot himoyachisi haqida
«Hali bir qarorga kelmadim. Bir qarorga kelgan bo‘lsam-da, buni sizga aytmayman».

Vinisius haqida
«Vinisius Madridga kelganidan beri jamoadoshlari unga yordam berishmoqda. Tajribali futbolchilar vaqt ajratib, Juniorga maslahatlar berishmoqda. Uning iqtidori va jamoadoshlaridan olayotgan tajribasi — bu eng muhimi. Men ham Vinisiusga har tomonlama yordam beryapman. U zehnli yigit».

Marselo asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyormi?
«Har bir o‘yin — bu yangi dunyo. Biz buni shunday qabul qilamiz: biz Marseloga e’tibor qaratishimiz kerak. U ertangi o‘yinda maydonga tushishi uchun ozmuncha kuch sarflamadik. Biz o‘zimiz ishtirok etayotgan har bir musobaqada muvaffaqiyatga erishishni istaymiz».

Ertangi o‘yin haqida
«Ertaga Ispaniya kubogi yarim final bosqichining javob o‘yinini o‘tkazamiz. Umid qilaman, bu safargisi ham avvalgisi ham ajoyib o‘tadi».

Finalga chiqish uchun nima qilish kerak?
«Biz birinchi o‘yinni yaxshi o‘tkazdik, ayniqsa, ikkinchi bo‘limda: yanada yaxshiroq natijaga erishish uchun golli vaziyatlarga ega bo‘lgandik. Biz shunday ruhda davom etishimiz kerak. Bizning jamoa nima qilish kerakligini yaxshi biladi».

Beyl mashg‘ulot o‘tkazmagani haqida
«Nima uchun bunday savol berayotganingizni tushunib turibman. Siz o‘zingiz e’tibor qaratgan narsa haqida so‘rayapsiz. Ammo biz e’tiborimizni boshqa muhimroq narsaga qaratganmiz. Qanday qilib yakdil bo‘lish va oldimizga qo‘ygan maqsadga qay tarzda erishish mumkinligi haqida o‘ylayapmiz».

Kazemiro ishlagan penalti haqida
«Videotakrorlar foydalanilganda, turli fikrlar yuzaga keladi. Yangi texnologiya sportning xolis bo‘lishiga qaratilgan. O‘ylaymanki, №12 qoidani biladiganlarda hech qanday shubha qolmadi. Barchamiz aybni hakamga ag‘darishga harakat qilamiz, ular xato qilganida ham, haq bo‘lishganida ham…».

Asosiy tarkib haqida
«Ertagacha boshlang‘ich tarkibni ma’lum qilmayman».

Mavsumdagi eng yaxshi o‘yin haqida
«Bu o‘yin xuddi birinchisi kabi muhim».

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 21:58, 26.02.2019. O'qildi: 4966 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик