Angliya kubogining chorak final bosqichida "Chelsi" o‘z maydonida "Port Veyl" klubini qabul qildi va yirik — 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuv boshlanishi bilan mezbonlar ustunlikni qo‘lga oldi. 2-daqiqada Yorrel Xato hisobni ochdi. 25-daqiqada Joao Pedro jamoa ustunligini oshirdi. Birinchi bo‘lim oxirida esa mehmonlar himoyachisi Jordan Gabriel avtogol muallifiga aylandi — 3:0.
Ikkinchi bo‘limda ham «Chelsi» hujumlarini to‘xtatmadi. 57-daqiqada Tosin Adarabioyo gol urdi, 69-daqiqada Andrey Santos hisobni yiriklashtirdi. 82-daqiqada Estevao o‘z nomini tabloga yozdirgan bo‘lsa, 90+2-daqiqada Alexandro Garnacho penaltini aniq amalga oshirdi.
Shu tariqa, «Chelsi» raqib darvozasiga javobsiz yettita gol urgan holda yarim finalga ishonchli tarzda yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, yarim final juftliklari qur’asi 5 aprel kuni o‘tkaziladi. Ushbu bosqich o‘yinlari 25–26 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Amaldagi g‘olib — "Kristal Pelas", o‘tgan finalda "Manchester Siti"ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Angliya kubogi, 1/4 final
04 aprel 2026 yil, London. «Stemford Bridj» stadioni
«Chelsi» — «Port Veyl» 7:0
Gollar: Yorrel Xato, 2 (1:0), Joao Pedro, 25 (2:0), Jordan Gabriel, 42 (3:0, avtogol), Tosin Adarabioyo, 57 (4:0), Andrey Santos, 69 (5:0), Estevao, 82 (6:0), Alexandro Garnacho, 90+2 (7:0, penalti)